Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- XVII asr
- “Substansiya” ostida o‘z-o‘zicha mavjud bo‘lgan va o‘zi orqaligina aniqlana-digan, aniqlanishi uchun boshqa narsa kerak bo‘lmagan mohiyat-ni tushunaman”
- Fales, Anaksimen, Geraklit
- XVIII asrda Lametri, Gelvetsiy, Golbax
- XX asr o‘rtalari
Birinchidan, gnoseologik obrazlarda ob'ektlarning moddiyli-gidan zarra ham yo‘q. Ikkinchidan, ongning ijodiy tabiatiga ko‘ra moddiy dunyoda prototipi bo‘lmagan obrazlar vujudga keladi. Uchin-chidan, individual ong moddiy borliqqa qaramdir. Konkret moddiy narsalarning yo‘qolishi bilan ongning qarama-qarshiligi nazarda tutiladi. Materiyani tushunishning yana bir tomoni - falsafiy-onto-logik tushunishdir. Bu tomondan qaraganda materiya substansiyadir. Substansiyaning xarakteri to‘g‘risidagi savol falsafaning asosiy yo‘nalishlarini aniqlashdagi asosiy savoldir. XVII asrda angliya-lik faylasuf J.Berkli materiyani narsalarning moddiy asosi deb tushunishga qarshi chiqdi. Mavjudlikning asosiga u ruhni qo‘ydi. Uning uchun yagona ruhiy substansiya mavjud edi.
Materialistik substansiyalizm XVII asrda vujudga keldi. Uning asoschisi niderlandiyalik B.Spinozadir. “Substansiya” ostida o‘z-o‘zicha mavjud bo‘lgan va o‘zi orqaligina aniqlana-digan, aniqlanishi uchun boshqa narsa kerak bo‘lmagan mohiyat-ni tushunaman”, - degan. Bu yerda “substansiya” lotincha “substanti-vus” – “mustaqil”ga teng. Bu yo‘nalish yevropa falsafasida rivoj-lanmay qoldi. Substansiya “substantia” – mohiyatdan keltirilib chiqarila boshladi. Tabiatshunoslar substansiyani moddiy narsalar-ning asosi sifatida tushuna boshladilar. U o‘zgaruvchan hodisalar-ning o‘zgarmas asosi, sifatlarni tashuvchisi edi. Materiya substansiya sifatida yaratilmaydi, yo‘q bo‘lmaydi, aba-diy va cheksiz. In'ikos, harakat kabi xususiyatlar bilan birga mate-riya yana makon, zamon, tizimlilik kabi xususiyatlarga ega. Materiya va ruh 1) aktual, 2) potensial, 3) dispozitsion bog‘liq. Psixolog V.N.Pushkin fikricha, shunday reallik borki, u moddiy bo‘la turib, bir vaqtning o‘zida psixik xususiyatlarga ega. Materiya va ongni qarama-qarshi qo‘yish nisbiydir: 1) ongning moddiy asosi - bosh miya yarimsharlarining fiziologik va biologik jarayonlari-aktual; 2) materiya ongni keltirib chiqaradi; 3) qadriyat-lar olami mavjud. Tabiat qadriyatga inson orqali aylanadi. “Materiya” tushunchasi o‘z taraqqiyotida bir nechta bosqichlarni bosib o‘tgan: Ko‘rgazmali-hissiy tasavvurlar bosqichi. Qadimgi yunon falsa-fasida (Fales, Anaksimen, Geraklit va b.) dunyoning asosida u yoki bu tabiiy hodisa: suv, havo, olov va boshqalar yotadi, deb tasavvur etilar edi. Materiyani moddiy-substrat tasavvur etish bosqichi. Materiya atomlar, modda bilan aynanlashtirilar edi. Bunday tushunish (fizi-kalistik) XVIII asrda Lametri, Gelvetsiy, Golbax ta'limotida o‘z taraqqiyotining yuqori bosqichiga erishdi. Falsafiy-gnoseologik tasavvur davri. XX asr boshlarida shakllangan. Sobiq ittifoqda marksistik dunyoqarash ichida rivoj-landi. Materiya to‘g‘risida substansial-aksiologik tasavvur davri. XX asr o‘rtalarida vujudga kelib, materiyani ko‘p atributlar tizimi sifatida talqin qilingan. Borliqning muhim shakllari makon, zamon, harakat, tizimlilikdir. Materiya atributlari ichida uning asosiy yashash usuli, mavjud-lik shakli – bu harakatdir, chunki materiyaning har qanday ko‘ri-nishining yaxlitligi harakat tufayli saqlanadi. Agar harakat bo‘l-maganda edi, har qanday jismning tarkibiy qismlarini tutashtirib turuvchi o‘zaro ta'sir kuchlar ham bo‘lmagan bo‘lar edi, natijada, hyech bir narsaning butunligi, yaxlitligi, tartibi saqlanmasdi. Biz, atro-fimizdagi narsalarni harakat tufayli, ya'ni ularga yorug‘lik nurlari urilib, bizning ko‘zimizga tushganligi uchun ko‘ramiz. Harakat tufay-li havo tebranishlari kuloqlarimizga tovush tulqinlarini tashib keladi va biz eshitamiz. Harakat tufayli atomlar va molekulalarda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, o‘simliklarda moddalar almashinadi, energiya va axborot uzatiladi, harakat tufayli hayvonot olami va inson muhit bilan aloqada bo‘ladi, jamiyat rivojlanadi. Harakat tufayli Quyosh nurlari yerga yetib keladi, daryolar oqadi, o‘simliklar o‘sadi, fasllar almashinadi. Quyosh sistemasi, galaktikamiz va butun Koinotdagi hayotiy jarayonlar davom etadi. Harakat, bir tomondan, moddiy jismlarning tashkil etuvchi elementlar va turli jismlar o‘rtasidagi aloqadorliklarning nati-jasi sifatida, boshqa tomondan esa, ularda ro‘y beruvchi o‘zgarishlar sifatida sodir bo‘ladi. Harakatning bir-biridan farq qiluvchi bir qancha shakllari mavjuddir. Harakat shakllarini turkumlash falsafada muhimdir. Faylasuflar harakat shakllarini turkumlashda quyidagi qoidalarga tayanadilar: 1) harakat shakllari bir-biri bilan sifat jihatdan farq qilib, ularning har biri materiyaning tashkiliy tuzilish dara-jalarining muayyan bosqichida namoyon bo‘ladi; 2) harakat shakllari bir-biri bilan kelib chiqish jihatidan (genetik jihatdan), ketma-ket bog‘langandir, ya'ni harakatning murakkabrok shakllari uning nisbatan soddaroq shakllaridan kelib chiqqandir; 3) harakatning yuqori shakllari tarkibida ko‘pi darajadagi harakat shakllari qat-nashadi, ya'ni harakatning quyi shakllari uning yuqori shakllariga ham mansubdir, ammo harakatning yuqori shakli o‘zidan quyi shakl-dagi harakatga mansub emasdir. Shu qoidalarga tayangan holda hara-katning bir necha shaklini ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular quyida-gilardir: mexanik harakat, issiqlik, yorug‘lik, elektr, magnitizm, kimyoviy birikish va parchalanish, agregat holatlarning bir-biriga o‘tishi va organik hayot. Bularga ijtimoiy harakatni qo‘shsak, quyidagi harakat shakllari xosil bo‘ladi: 1) mexanik harakat (jismlarning fazodagi siljishi); 2) fizik harakat (issiqlik, yorug‘lik, elektr, magnitizm); 3) kimyoviy harakat (kimyoviy birikish va parchalanish, agregat xolatlarining bir-biriga o‘tishi); 4) biologik harakat (organik hayot); 5) ijtimoiy harakat. Falsafa tarixida makon va zamonning mohiyati to‘g‘risidagi savolni muhokama etishda uchta muammolar guruhi vujudga keladi: 1. Makon va zamonning gnoseologik mavqyei qanday? 2. Makon va zamonning substansiyaga munosabati qanday? 3. Makon va zamonning asosiy xususiyatlari qanday? Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling