Makon va zamonning bilish jarayonidagi mavqyei to‘g‘risidagi masala turlicha hal etilgan. Ba'zi faylasuflar makon va zamonni borliqning ob'ektiv xususiyatlari deb bilsa, boshqalari olamni tasavvur etishning jarakterlovchi sof sub'ektiv tushunchalar deyi-shadi. Makon va zamon borliqning ob'ektiv xarakteristikasidir. Falsafa tarixida makon va zamonning materiyaga munosabati xusu-sida ikki xil nuqtai-nazar mavjud. Birinchisini substansial konsepsiya deb shartli ravishda aytish mumkin. Unda makon va zamon materiyaning alohida mavjud bo‘lgan mohiyat sifatida talqin etilgan. Bu esa makon va zamonning xususiyatlari ularda bo‘layotgan moddiy jarayonlarga bog‘liq emas, degan xulosalarga olib keladi. Ikkinchisini relyasion konsepsiya deb atash mumkin (“relatio” – “munosabat”). Uning tarafdorlari makon va zamonni alohida mohi-yatlar emas, balki material ob'ektlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘luvchi munosabatlar tizimi sifatida tushunilar edi. Bu munosa-batlardan tashqarida makon va zamon mavjud emas.
XVII-XIX asrlarda substansial konsepsiya Nyuton mexani-kasi asosida yotar edi. Elektrodinamikada yorug‘lik tashuvchi efir to‘g‘risidagi tasavvur ham shu qarashga asoslanar edi. yevklid geomet-riyasi ham kuchli argument edi. XIX asrning 30-yillarida Lobachevskiy tomonidan noevklid geometriyasi kashf etilgan bo‘lsa-da, uning fikrlari real bo‘lmagan matematik konstruksiyalar deb qaralar edi.
XX asr boshlarida nisbiylik nazariyasi kashf etildi. U makon va zamonga nisbatan substansial qarashdan voz kechishga majbur etdi. Nisbiylik nazariyasi o‘zaro bog‘lik ikkita nazariyasi: maxsus nisbiylik nazariyasi (1905 y.) va umumiy nisbiylik nazariyasini (1916 y.) o‘z ichiga oladi. A. Eynshteyn fizikaning nisbiylik prinsipini elektrodinamika qonunlariga tadbiq etdi. Bu Nyutondan qolgan makon-zamon tasavvurlarining o‘zgarishlariga olib keldi.
Makon va zamonning o‘zgarmas, deb hisoblangan xususiyatlari o‘zgaruvchan ekanoigi aniqlandi. Bu xususiyatlar moddiy ob'ektlar-ning harakatiga bog‘liq ekanligi aniqlandi. Og‘ir ob'ektlarga yaqinlashganda makonning geometrik xususiyatlari Evklidnikidan og‘ar ekan, zamonning o‘tishi esa sekinlashar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |