Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Tabiat falsafasi. Tabiat tushunchasi, uning falsafiy mohiyati va mazmuni


Download 0.86 Mb.
bet35/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Tabiat falsafasi. Tabiat tushunchasi, uning falsafiy mohiyati va mazmuni. “Tabiat” tushunchasi keng va tor ma'nolarda ishlatiladi. Keng ma'noda tabiat ko‘p xususiyat va holatlardagi harakatlanuvchi materiyadir. Bunday materiya o‘z ichiga jamiyatni ham oladi. Tor ma'noda tabiat harakatning ijtimoiy shaklini o‘z ichiga olmaydigan moddiy olam. Tabiat jamiyatga qarama-qarshi qo‘yilganda shu tor ma'noda ishlatiladi. K.Marks tabiatni inson mehnat faoliyatining joyi va sohasi, insoniy mehnat predmeti, ishlab chiqarish qurollarining dastlabki o‘chog‘i, iste'mol qilinadi-gan oziq-ovqat ombori sifatida talqin qiladi.
Insonlar siyosat, fan, din, san'at va h.k. bilan shug‘ullanishdan avval yeb-ichishlari, kiyinishlari kerak. Demak, hayotga kerak bo‘la-digan moddiy vositalarni ishlab chiqarish jamiyatni taraqqiy etishi asosida yotadi.
Jamiyat moddiy vositalarini ishlab chiqarishni to‘xtata olma-ganidek, ularni iste'mol qilishni ham to‘xtata olmaydi. Barcha yashash vositalari inson tomonidan u yoki bu usul bilan tabiat pred-metlaridan yaratiladi. Moddiy ishlab chiqarish jamiyat va tabiat-ning yagonaligini ifodalaydi. Shu bilan birga ular o‘rtasidagi kurash shakliga aylanadi. Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatning mavjudligi moddiy ishlab chiqarishning holati, ishlab chiqaruvchi kuchlarning va ishlab chiqarish munosabatlarining taraqqiyotiga bog‘-liq emas. Tabiat sirlarini o‘rganib, tabiat kuchlarini o‘z maqsadlari yo‘lida ishlatib, insoniyat o‘z hayoti va taraqqiyotini ta'minlaydi.
Ishlab chiqarishning taraqqiyoti darajasidan uzoqlashsak, mehnatning unumdorligi tabiiy shart-sharoitlari inson sog‘lig‘i va jamiyatni atrofidagi tabiat bilan bog‘liqligini ko‘rish mumkin. Tashqi tabiiy sharoitlar qanchalik yaxshi bo‘lsa, shunchalik ish vaqti kam sarf bo‘ladi, shuncha ko‘p moddiy qimmatliklar ishlab chiqarish mumkin. Bundan unumdor yer ijtimoiy taraqqiyot uchun eng yaxshi tabiiy sharoitlarni yaratib beradi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Lekin tabiat ijtimoiy taraqqiyotga bevosita emas, balki bavosita ta'sir ko‘rsatadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling