Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet38/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Ekologik vaziyat. Antropogenez tugallanishidan so‘ng dastlab-ki, boshlang‘ich energiya (yoqilg‘i yonishi natijasida vujudga kelgan)-ning ѕ qismi XX asrda sarflangan. Hozirgi vaqtda insoniyat tarixi davomida iste'mol qilingan energiyaning 1/25 qismi har yili iste'mol qilinadi.
Har yili 700 mln. tonna po‘lat ishlab chiqariladi. 1900 yilda butun dunyoda 28 mln. tonna po‘lat ishlab chiqarilgan.
Akademik A.ye.Fersmanning ta'kidlashicha insoniyat oxirgi 500 yil ichida yerdan 50 mlrd. tonna uglerod, 2 mlrd. tonna temir, 20 mln.tonna tilla, 20 mln.tonna mis qazib olgan.Har yili 5 kub kilometr tuproq yer yuzasiga chiqarilar ekan. yer qa'ridan olingan tuproqdan kichikroq planeta hosil bo‘lishi mumkin.
XX asr davomida moddiy ishlab chiqarish 50 martaga o‘sdi, o‘sishning 4/5 qismi 1950 yildan keyingi davrga to‘g‘ri keladi. Keng ko‘lamdagi urbanizatsiya ketmoqda. Hozirgi davrda yer aholisining yarmi shaharlarda yashamoqda. Ekologik inqirozning yaqinlashuvi dahshatli. “Inson-tabiat” munosabati masalasi iqtisodiy, siyosiy tashvishlardan, nazariy diskussiyadan ustun bo‘lmoqda.
Ongning ekologik yo‘naltirilganligi zamonamizning dominan-tasiga aylanmoqda. Ekologik xavfning mohiyati – antropogenez fak-torlarning biosferaga ta'siri biologik resurslarni qayta ishlab chiqarish sikllarining buzilishiga, tuproq, suv, atmosferaning o‘z-o‘zini tozalash jarayonini buzishga olib kelmoqda. Bu esa “kol-laps”ga, sayyoramizning tezlik bilan nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Ko‘plab raqamlar, faktlar, baholar e'lon qilinmoqda. Atmosferada koslorodning kamayib ketayotgani, ozon teshiklarining kattalashuvi, tabiiy suvlarning ifloslanishi haqida gapirish u yoqda tursin, qichqirmoqdalar. Hisoblanishicha, yer yuzida 1 mlrd. 700 mln. kishi ichimlik suvining tanqisligini sezmoqda. Inson faoliya-ti natijasida har kuni 150 xil o‘simlik va hayvonlar yo‘qotilmoqda. Stanislav Lemning fikricha, XXI asrda barcha yovvoyi hayvonlar yo‘qolib ketadi. Intensiv qishloq xo‘jaligi yuritilishi natijasida yerlar tabiiy tiklanishiga nisbatan 20-40 baravar tuproq ishdan chiqayotgan ekan.
Xavf juda real namoyon bo‘lmoqda. Bizning kelajagimiz “inson strategiyasi” bilan “tabiat strategiyasi”ni o‘zaro moslashtirishga bog‘liq. Global ekologiya g‘oyalar va amaliy hatti-harakatlar yig‘indi-si sifatida iqtisodchilar, siyosatchilar, dunyoning “kuchlilari”ning mushohada etish va qo‘llash predmetiga aylanishi lozim.
“Kollaps” qachon ro‘y berishi mumkin? 2-3 o‘n yillikdan 100 yilgacha bo‘lgan davrni aytishmoqda. Ko‘pchilik ongli insonlar dunyo miqyosida harakat qilinishi lozimligini ta'kidlashmoqda. Shunday choralar ichida aholi o‘sish darajasini kamaytirish ilgari suril-moqda. Dastlab “ishchi qo‘llar” emas, balki “og‘izlar” ko‘paymoqda. Rivojlanayotgan davlatlardagi aholining nazorat qilinmaydigan o‘sishi tabiiy muhitga maksimum yukdan oshib ketishi mumkin. yer yuzida qishloq xo‘jaligi yerlarining yetishmasligi sezilmoqda. XX asr oxirida Hindistonda 44 mln. yersiz xo‘jalik borligi aniqlangan.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling