Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- A.Spirkin
III sektor ongning emotsional komponentidir. U tashqi olam bilan bevosita bog‘liq emas. Bu ko‘proq shaxsiy, sub'ektiv-psixolo-gik kechinmalar, xotiralar sohasidir:
1) instinktiv-affekt holatlar (anglab bo‘lmas kechinmalar, gollyusinatsiyalar, stresslar); 2) emotsiyalar (jahl chiqishi, qo‘rquv va boshqalar); 3) hissiyotlar (ko‘proq aniq bo‘lgan lazzatlanish, nafrat-lanish, sevgi, simpatiya, antipatiya va h.k.) shu sohaga kiradi. Bu sohani tartibga keltiruvchi narsa Z.Freyd aytgan “lazzatlanish tamoyili” hisoblanadi. IV sektor ongning qadriyatiy-ma'noviy komponentidir. Bu yerda faoliyatning motivlari, shaxsning ma'naviy ideallari, ularni shakllantirish qobiliyatlari, fantaziyalarni hosil qilish ijodiy jarayoni, turli intuitsiyalar kiradi. Bu sohani tartibga keltiruvchi narsa go‘zallik, haqiqat. adolat. Ong maydonida ikkita segmentni ajratib ko‘rsatish mumkin. Pastkisi ongsizlikka, yuqoridagisi ong usti ongiga mos keladi. 1-onggacha bo‘lgan davr 2-tana bilan birga “Men”ning taraqqiyoti 3-ongli “Men”ning shakllanish davri 4-axloqiylikning shakllanishi 5-kosmik ong 5
4 IV II 3 III I 2 1 Ong muammosi o‘z ichiga ongning tarkibi to‘g‘risidagi tasavvur-ni olib, o‘z-o‘zini anglash to‘g‘risidagi savol bilan uzviy bog‘liq. Shunday fikrlar borki, ularga asosan, ong mavjud, undan tashqarida o‘z-o‘zini anglash mavjud. Ko‘pchilik faylasuflar o‘z-o‘zini anglashni ong doirasiga kiritadilar. Predmetli ongning ob'ekti atrof borliq bo‘lsa, o‘z-o‘zini ang-lashda sub'ekt o‘z-o‘zini ob'ektga aylantiradi. Tasavvurlar, o‘ylar, hissiyotlar, kechinmalar, qiziqishlar, maqsadlar, hatti-harakatlar, jamoadagi odamning o‘rni tahlil ob'ektiga aylanadi. “O‘z-o‘zini anglash faqat o‘z-o‘zini bilish bo‘lib qolmay, balki o‘zining sifatlari va holatlari, imkoniyatlari, jismoniy va ruhiy kuchiga bo‘lgan ma'lum munosabatdir, ya'ni o‘z-o‘zini baholashdir,”-deydi A.Spirkin. Inson shaxs sifatida o‘z-o‘zini baholovchi mavju-dotdir. Faylasuflarning o‘z-o‘zini anglashga sub'ektiv dunyoning bir sohasi sifatidagi munosabati Suqrotning “o‘z-o‘zingni bilgin” degan fikridan boshlanadi (Ongni predmetli ong, kechinmalar tarzidagi ong va o‘z-o‘zini anglashga bo‘lish mumkin). Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling