Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet43/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Ongning manbalari masalasida ob'ektiv idealistik, vulgar materialistik, fenomenologik va h.k. yondashuvlar mavjud. Vulgar materialistik qarashga asosan (jigar safro ishlab chiqarganday miya fikr ishlab chiqaradi) ongning moddiy substrati bilan bog‘liq-ligiga e'tibor berishadi, ongni moddiy o‘zgarishlarga bog‘laydi. Ob'ektiv idealistik qarashga asosan ongning miyaga bog‘liq bo‘lmagan tuzilishi va tashkil etuvchilarini aniqlashga e'tibor berishadi, ongning qandaydir ruhiy faktor tomonidan belgilanadi, deb tushun-tirishadi. Falsafiy realistik oqim vakillari ongning mazmuni-ni belgilovchi faktorlar ichida quyidagilarni ajratib ko‘rsatadi-lar. Birinchidan, tashqi moddiy va ruhiy dunyo, tabiiy, ijtimoiy va ruhiy hodisalar ongda konkret-hissiy va tushunchaviy obrazlar sifatida aks etadi. Ikkinchidan, ongning manbai ijtimoiy-mada-niy muhitdir. Umumiy tushunchalar, axloqiy, estetik qoidalar, ijtimoiy ideallar, huquqiy normalar, bilish faoliyatining shakl-lari va usullari. Uchinchidan, individning ruhiy dunyosi ongning manbaidir. Insonning o‘z hayotiy tajribasi, kechinmalari: tashqi ta'sirotlar bo‘lmagan vaqtda inson o‘z o‘tmishini eslaydi, o‘z kelaja-gini rejalashtiradi va h.k. Insonlar musiqa, rassomchilik san'ati-ning namunalariga turlicha munosabatda bo‘ladilar. Boshqacha aytgan-da, in'ikos etish jarayonining dinamikasiga insonning ruhiy dunyo-si qo‘shiladi. To‘rtinchidan, makrotuzilishga ega tizim bo‘lgan miya ongning manbai hisoblanadi. Miya neyronlardan tashkil topgan bo‘lib, ongning umumiy funksiyalarini materiyaning hujayra dara-jasida amalga oshirishni ta'minlaydi. Miyaning shartli-reflektor faoliyatigina emas, balki uning bioximik tuzilishi ham ongga, uning holatiga ta'sir etadi.
Ongning aktual mazmuni shakllanishida barcha manbalar o‘zaro bog‘liqdir.
Ongning funksiyalari. Ong yordamida inson 4 xil vazifalarni hal etadi:

    1. borliqni aks ettiradi va u haqida bilimlar hosil qiladi (ongning bilish funksiyasi);

    2. borliqning hodisalariga baho beradi va ularga nisbatan o‘z munosabatini aniqlaydi (ongning baholi-yo‘naltiruvchi funksiyasi);

    3. o‘z ehtiyojlarini anglaydi va ularga intilish kerak deb hisoblaydi (ongning maqsadni aniqlovchi funksiyasi);

    4. dastalabki uch vazifaning hal etilishiga qarab o‘z xulqini boshqaradi (boshqariuv fnuksiyasi).


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling