Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet46/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

O‘rta asrlardan XVIII asrgacha dialektika oddiy (maktabda o‘qitiladigan) mantiq ilmi sifatida tushunib kelindi.
Platon “dialektikani narsalarning ideal mohiyatini bilish maqsadida tushunchalarni bo‘lak-bo‘laklarga ajratish, so‘ng bir-biri bilan o‘zaro bog‘lash uslubi” deb hisoblagan.
Kuzalik Nikolay, Jordano Bruno dialektikani qarama-qarshiliklarning mos kelishi haqidagi ta'limot deb ta'kidlashgan.
Nemis mumtoz falsafasida dialektika alohida o‘rin tutadi. Sababi bu yerda falsafa tarixida ilk bor taraqqiyotning yagona dialektik nazariyasi ishlab chiqildi va u metafizik usulning hukmronligiga zarba yetkazdi. Dialektikaning eng yuqori nuqtasi Gegel dialektikasi edi.
Kant o‘zining sof aql antinomiyasi bilan bu uslub asoschisi sifatida tanilgandi. Uning fikricha, dialektika voqyelikni tajri-ba, hissiy bilimlar orqali emas, balki sof tafakkur asosida bilishga intiladi. Undan so‘ng Fixte, Shelling dialektika to‘g‘ri-sidagi ta'limotni rivojlantirganlar. Dialektika uslubi Gegel falsafiy tizimining barcha bo‘g‘inlarini qamrab olgan. Uning fikricha, taraqqiyot uslubi sifatida tushunchalardagi ziddiyatlarni topish va ularni hal qilish tushuniladi.
Gegel dialektikani borliq, ruh va tarix taraqqiyoti ziddiyat-larini anglashning umumiy uslubi deb biladi. Uning fikricha, ziddiyatlarni qarama-qarshi tushunchalarning o‘zaro to‘qnashuvi va ularning birlashuvi orqali hal bo‘lishi deb biladi. Gegel dialektikaning asosiy mazmunini bir-birini inkor etadigan va shu bilan birga bir-birini taqozo qiladigan qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar tashkil etadi, deydi. Ziddiyatga ruh taraqqiyotining ichki manbai sifatida qaraladi, u qadam-baqadam muayyanlikka va bu orqali to‘laqonli, haqiqiy natijaga qarab intiladi.
Bunday ilgarilab yo‘nalgan progressiv harakat tafakkur jarayo-niga asta-sekin rivojlanish, tadrijiylik xususiyatini beradi. Dia-lektika marksizmda ko‘proq materialistik nuqtai nazardan ishlab chiqildi va mutlaqlashtirildi. Hozirgi zamonda uslub hamda naza-riya sifatida o‘z ahamiyati va maqomini saqlab kelmoqda.
Falsafa tarixida dialektikaning 3 ta asosiy shakli tarkib topdi:
Qadimgi dunyodagi ilk, stixiyali, sodda dialektika (Geraklit, Platon va b.);
Nemis mumtoz idealistik falsafasi (xususan, Gegel);
K.Marks va F.Engels asos solgan materialistik dialektika.
Qadimgi dunyodagi Geraklit, “Milet maktabi” namoyandalari, pifagorchilar, Aristotel, Zenon, Eleya maktabi vakillari Platon ham o‘zining asarlarida dialektikaga oid g‘oyalarni ilgari surganlar. Dialektik tafakkur tufayli Sharq Uyg‘onish davrida yangi-yangi fanlar vujudga keldi, avvalgilari takomillashdi. Xoraz-miy, Beruniy, Ibn Sino, Forobiy asarlarida olamdagi narsa, hodisalarning sababli bog‘lanishi haqida qimmatli fikrlar mav-jud. Ulug‘bek maktabi ham dialektik tafakkur mahsuli edi. Yangi davrda Dekart, Spinoza dialektik tafakkur namunalarini namo-yish qilganlar. XVIII asr oxiriga kelib, Fransiyada Russo, Didro va boshqa faylasuflar dialektik g‘oyalar g‘oyat hayotiy ekanligini ta'kidlaganlar.
Dialektika bir necha ming yillik bosqichlarni bosib o‘tib, oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga tomon rivojlanib, fanga aylandi. U falsafaning yuragi hisoblanib, undagi asosiy g‘oya taraq-qiyot g‘oyasidir. Uning sababi, manbai, harakatlantiruvchi kuchi narsa, hodisa, jarayonlardagi ziddiyatlar kurashidir.
Dialektikaga qarama-qarshi ziddiyatlar, usullar, ta'limotlar ham bor. Dialektika ular bilan kurashda rivojlangan, chiniqqan. Qadimgi dunyo stixiyali dialektikasiga qarama-qarshi muqobil tafakkur uslublari mavjud bo‘lib, ular sofistika, metafizika, eklektika, formal mantiq, dogmatika kabi tafakkur uslublaridir. Falsafa tarixida turlicha tafakkur uslubi haqiqatni ochib bera oladigan universal uslub o‘rnini bosishga harakat qilar edi. Lekin ularning hammasi ham tarixiy taraqqiyot jarayonida davr talabiga javob bera olmaganligi uchun inkor etildi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling