Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
Dogmatizm (aqidaparastlik) – metafiziklarcha bir tomonla-ma, sxematik, qotib qolgan, dogmalarga (“dogma” yunoncha so‘z bo‘lib, “aqida” degan ma'noni anglatadi, ya'ni “dalil isbotsiz har qanday holatda ham o‘zgarishsiz, qabul qilinadigan, shak keltirmay e'ti-rof etiladigan qoida, fikr, ta'limot”) tayangan holda fikrlash. “Dogmatizm” tushunchasi qadimgi yunon skeptiklari Pirron va Zenon tomonidan qo‘llanilgan. Ular har qanday falsafani dogmatik deb atashgan, sababi, ularning ta'limotlari muayyan fikrni, mulohazani qayd etadi.
Dogmatizm narsa va hodisalarga tanqidiy ko‘z bilan qaramas-dan, tushunchalarning asosini o‘zgarmas, deya tushuntirishga intilib, ulardan muayyan sharoit, vaqt va davrni hisobga olmasdan ko‘r-ko‘rona fikr yuritadi. Dogmatizm ilm-fan va amaliyotda bo‘layotgan o‘zgarish-larni qabul qilmay, avvalgi mumtoz shaxslar, faylasuf va olimlar-ning g‘oyalarini ro‘kach qilib, mazkur g‘oyalarni so‘nggi haqiqat deya e'tirof etadi. Dogmatizm shaxslarning obro‘ e'tiboriga ko‘r-ko‘rona e'tiqod qilish, eskirgan qoidalarni yoqlashga asoslanadi. Dogmatizm tarafdorlari o‘z falsafiy qarashlari bilan bilishning ob'ektiv jarayon ekanligini, haqiqat bilishning asosini tashkil qilishini va ob'ektiv olamga yangicha munosabatlar tarzida bilimlarimiz ri-vojlanib, dunyoqarashimiz kengayib borishini inkor etadi. Bunday munosabat bilan ular nisbiy haqiqatning rolini kamsitishga va absolyut haqiqatni esa bilishning birdan-bir bosqichi, deya e'tirof etishiga olib keldi. Sinergetika (yunon.“sunergeia” – “hamkorlik, hamjihatlik”) – sistemalarning o‘z-o‘zidan tashkil bo‘lish nazariyasi, o‘z-o‘zini bosh-qarish, hozirgi zamon nazariyasi, nochiziqli hodisalarni o‘rganish, dunyoni yangicha izohlash, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy murakkab tizimli jarayonlarning tabiatini bilishga qaratilgan ilmiy yo‘na-lish, tafakkur uslubi hisoblanib, hozirgi zamon fanlarida keng qo‘llanilib kelinmoqda. Sinergetika asosiy ilmiy yo‘nalish sifa-tida XX asrning 60-70 yillarida shakllandi. Bunda G. Xaken, I. Prigojin, I. Stengers, G. Nikolis, A. Klimontovichlarning xizmati katta bo‘ldi. Sinergetika fizikaviy, ximiyaviy, biologik, iqtiso-diy, sotsial va boshqa murakkab jarayonlardagi o‘z-o‘zidan tashkil bo‘lish, o‘z-o‘zini boshqarilishi, tartiblilikdan tartibsizlikka (xaos) o‘tish, chiziqli va nochiziqli kabi holatlarning yo‘nalish qonu-niyatini topishga intiladi. Sinergetikani XXI asrda paydo bo‘lib, taraqqiyotning yangi qirralarini tushunishga yordam berayotgan yangi tafakkur uslubi deb baholasa bo‘ladi. Sinergetika jamiyat, inson hayotida, fan taraqqiyotida ilgari uchramagan yangi munosabatlarni falsafiy tahlil qilishga harakat qiluvchi, ilmiy yo‘nalish sifatida paydo bo‘ldi. Sinergetikaning eng muhim tomoni shundaki, ijtimoiy va o‘z-o‘zini boshqaruvchi tizimlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tadqiqotchi-olimlar ishlarini ma'lum bir yo‘nalishda birlashtirishga xizmat qiladi. Sinergetika taraqqiyotning evolyusiyaviy tamoyilini asos qilib oladi. Sinergetika evolyusiyani, borliqning umumiy qonuni sifatida nafaqat insonlar bilan insonlar o‘rtasidagi, balki inson bilan tabiat o‘rtasidagi birlik va mushtaraklik, hamkorlik deb qaraydi. U jamiyat hayotida inson va zamonga bog‘liq geopolitik o‘ziga xoslikni hisobga olishni talab qiladi. Sinergetika taraqqiyot jarayonida beqaror holat bilan barqaror holat, muvozanatsizlik bilan muvozanat o‘rtasidagi qonuniyatga, tartiblilik bilan tartibsizlik, nochiziqlilik va chiziqsizlik ora-sidagi aloqadorlik shaklining mazmuniga tayanadi. XX asr ikkinchi yarmida murakkab tizimning holatini o‘rganish boshlandi. Biroq bu jarayonni turli nomlar bilan o‘rganishdi. Masa-lan, murakkab tizim dinamikasi (AQShda), termodinamika muvoza-natsizligi (I.Prigojin), murakkab tizim nazariyasi, o‘z-o‘zidan tashkillanish nazariyasi kabi nomlar bilan ish olib borildi. Bu ta'limotlarning hammasini ifodalaydigan atama topish kerak edi. Bu vazifani olmon fizigi German Xaken bajardi. Bu ta'-limotni eski yunon tilidan mutaxassis maktabdosh do‘sti bilan mas-lahatlashib “Sinergetika” deb atadi. Buning so‘zning yunon tilidagi ma'nosi “o‘zaro hamkorlik” demakdir. U murakkab tizim haqidagi g‘oyalar uyg‘unligi, birligini tashkil etadi. G. Xaken “Falsafa masa-lalari” jurnaliga bergan intervyusida bu ta'limot xaosni deter-minlashtirganligini, yangi tipdagi determinizm ekanini, yangi tizimning vujudga kelishi qonuniyatlari o‘z-o‘zidan tashkillanish samaradorligi masalalarini ko‘rsatib, sinergetikaning asosiy, hal qiluvchi tamoyillarini aytib o‘tdi. Sinergetikaning asosiy mavzui quyidagi g‘oyalarda o‘z ifodasini topadi: yemiriluvchilik va yaratuvchilik (bunyodkorlik), degratsiya va evolyusiya jarayonlari Koinotda teng huquqlidirlar; bunyodkorlik jarayonlarida murakkablik va tartiblilikni o‘sishi yagona algoritm asosida ro‘y berib, tizimlarning mohiyatiga bog‘liq emas. O‘z-o‘zini tashkil qilish deganda, sinergetika nuqtai nazaridan mikroskopik tartibga tushgan, makon – zamondagi murakkab nochiziq-li tizimni tashkil topish jarayoni tushuniladi. Bu tizim rivoj-lanish jarayonida muvozanat holatidan uzoqlashib, tinchlik (kritik) nuqtasiga yaqinlashishi mumkin. Bu holatni sinergetikada bifurka-siya nuqtasi deb ataladi. Natijada tizimning holati qalqib turuv-chi, turg‘un emas bo‘lib qoladi. Mana shunday davrda alohida olingan tasodif ham, kuchli bo‘lmagan ta'sir ham, tizimning holatini o‘zgar-tirib yuboradi. Bu fluktuatsiya holati deb ataladi. Bunday holat ko‘pincha xaosni tartibga o‘tish asosida boradi. Sinergetika xaos tushunchasiga aniqlik kiritdi. Xaos tushunchasi qayta tahlil qilin-di. Dinamik xaos, determinlashgan xaos tushunchasini maydonga tashladi. Xaos tushunchasidan qo‘rqish, uni faqat salbiy, buzush ma'-noda ishlatish kabi eskicha qarashlarga barham berdi. O‘ta murakkab tizim tashkil topishida xaos ijobiy rol o‘ynashini ko‘rsatib berdi. Sinergetika tushunchasi hozirgi zamon tabiatshunoslik ilmiga global evolyusion ta'limotni maydonga tashlagan, fanlarning sintezi asosida maydonga keldi. Mumtoz fanda jonsiz va jonli tabiatdagi degradatsiya (tanazzul) va rivojlanish assimmetriyasining hayron qolarli holatiga uncha e'tibor berilmagan edi. XIX asr fanida materiyada har qanday tartibli holatni vayron qilish, buzish tendensiyasi mavjud. Bu o‘zining avvalgi holatiga intilish, bar-qaror muvozanat holiga intilish asosida bo‘ladi, energiya ma'nosida esa tartibsizlik xaos deb yuritiladi. Bu qarashlar fizikadagi termodinamikaning muvozanat konsepsiyasi asosida shakllandi. Bu fan turli energiyalarni bir-biriga o‘tishi bilan shug‘ullandi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling