Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni


Download 0.86 Mb.
bet52/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni – dialekti-kaning asosiy qonunlaridan biri hisoblanib, u ob'ektiv dunyodagi o‘z-o‘zidan bo‘ladigan harakat va rivojlanishning hamda bilishning manbaini ochib beradi. Har qanday rivojlanish asosida ziddiyat – bir-biriga qarama-qarshi, o‘zaro bir-birini istisno qiluvchi, shu bilan birga ichki birlik va bir-biriga o‘tish jarayonida bo‘lgan tomonlar va tendensiyalar kurashi (o‘zaro ta'siri) tashkil etadi.
Qarama-qarshiliklar birligi – nisbiy, ularning kurashi mut-laqdir. Birlik ziddiyat rivojining boshlang‘ich bosqichini aks etti-radi (qarama-qarshiliklarning bevosita birligi, ularning alohida-ligi), kurash ziddiyat rivojining yuqori bosqichini – qarama-qar-shiliklar nihoyatda keskinlashganligini, ob'ektning sifat jihati-dan o‘zgarishiga va yangi ziddiyatning paydo bo‘lishiga olib keluvchi ziddiyatni ochib beradi. Ziddiyatlar odatda, tafovutdan boshlanadi.
Tafovut – narsa, hodisalarning o‘z-o‘zidan, bir-biridan ajra-tib, farqlab turadigan belgilar yig‘indisi hisoblanadi. Ayniyat deganda, narsa va hodisalarning o‘zaro o‘xshash bo‘lgan tomonlari, belgilari birligi tushuniladi.
Qarama-qarshilik deb, narsa, hodisalarning bir-birini taqozo qiladigan, ayni paytda bir-birini inkor, istisno etadigan, jihat, xususiyat va mayllar birligiga aytiladi.
Ziddiyatlar deb, qarama-qarshi tomon, mayl, kuch, sifat va xususiyatlar orasidagi munosabatni, harakat va taraqqiyotda hal etuvchi, belgilovchi asosiy sabab manbalarga aytiladi.
Konflikt deb, ijtimoiy ziddiyatlarning g‘oyat keskinlashgan holatiga aytiladi.
Borliq va ong ziddiyatli bo‘lgani uchun ularni bilish jarayoni ham ziddiyatlidir. U bilmaslikdan bilishlikka, yuzaki bilishdan mukammal bilishga tomon boradi. Insonlarning fikri ham qarama-qarshilik, ziddiyatlar orqali harakat qiladi, o‘zaro zid, qarama-qar-shi tomonlarni, g‘oya, fikrlarni bilmasdan narsa, hodisaning mohiya-ti, ahamiyatini bilib bo‘lmaydi. Bilish nazariyasining o‘zi ham turli xil oqimlar orasidagi doimiy bahslar, kurashlar oqibatida shakl-langan va rivojlanmoqda. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni dialektikaning shakl va mazmun, mohiyat va hodisa kabi juft kategoriyalarida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Qarama-qarshiliklar kurashi ularning birligini taqozo qiladi. Agar qarama-qarshi tomonlar faqat bir-birini inkor etib, ular bog‘lanmaganda edi, har holda ular o‘rtasida kurash bo‘lmas edi, bir-biriga qarshi kurashuvchi tomonlar o‘rtasidagi birlik deganda bu tomonlarning bir-birini taqozo etishi tushuniladi. Masalan, inson miyasida bir vaqtning o‘zida ham tormozlanish, ham qo‘zg‘alish yuzaga chiqadi.
Qarama-qarshilik va ziddiyatlar umumiy bo‘lib, taraqqiyotning hamma bosqichlarida saqlanib qolaveradi, biri yechilishi bilan ikkinchisi paydo bo‘laveradi.
Ziddiyatlarning asosiy shakllariga ichki va tashqi, antogonis-tik va noantogonistik ziddiyatlar kiradi.
Birinchidan, ichki ziddiyat bir butun tizim yoki alohida narsa va hodisaning o‘z ichidagi qarama-qarshi tomonlardir.
Ikkinchidan, tashqi ziddiyatlar narsa, hodisa, jarayon o‘rtasida mavjud bo‘lgan ziddiyatlardir.
Uchinchidan, antogonistik ziddiyatlar maqsad va manfaatlari bir-biriga tubdan zid bo‘lgan, hyech qachon kelishtirish mumkin bo‘lma-gan nuqtai nazarlar, konsepsiyalar, ijtimoiy guruh va tabaqalar o‘rtasidagi ziddiyatlardir.
To‘rtinchidan, noantogonistik ziddiyatlar asosiy maqsad, man-faatlar, intilishlari o‘zaro mos keladigan ijtimoiy guruh, tabaqa-lar, millatlar orasidagi ziddiyatlardir.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunining fan va amaliyot uchun metodologik ahamiyati beqiyosdir. Fan eski va yangi g‘oya, nazariya va mayllar orasidagi kurash tufayli olg‘a intiladi, ijodiy yuksaladi. Agar bilish bilan yangilanishni olib qaraydigan bo‘lsak, ular nisbiy birlikda bo‘ladi va bir-biriga qarama-qarshi kurashadi. Olamni bilish o‘z mohiyati jihatidan uzoq, cheksiz, juda murakkab jarayon hisoblanadi. Bilishdagi qarama-qarshiliklarning birligi va kurashining bir shakli sifatida fandagi turli g‘oya, qarashlarni olishimiz mumkin. Masalan, fanda biror-bir yangi kashfiyot ixtiro qilinadi yoki tabiatda biror yangi narsa, hodisa ma'lum bo‘ladi, deylik. Bunda, albatta, shu g‘oya, kashfiyot haqida turli g‘oya, qarash, mulohazalar vujudga keladi. Asosan, bularning barchasi bir-biriga qarama-qarshi va zid bo‘ladi. Bunda bu zid tomonlar o‘rtasida kurash ketadi va oxir-oqibatda haqiqatga erishiladi.
Demak, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi:
birinchidan, tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining ichki mazmunini, harakatlantiruvchi kuchini ochib beradi;
ikkinchidan, shuning uchun bu ta'limot dialektikaning mag‘zini, mazmun-mohiyatini tashkil etadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling