Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni


Download 0.86 Mb.
bet53/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuniga ko‘ra, ob'ektning sifati miqdor o‘zgarishlari ma'lum bir chegaraga yetgandan so‘ng o‘zgaradi. Bu qonun ob'ektiv va umumiy xarak-terga ega bo‘lib, u rivojlanishning eng umumiy mexanizmini ochib beradi. Ob'ektning miqdor o‘zgarishlari muayyan me'yor chegarasiga yetgach, uning struktura o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Natijada sifat jihatidan yangi sistema yuzaga keladiki, uning o‘z rivojlanish qonu-niyatlari va strukturasi bo‘ladi. Miqdor va sifat o‘zgarishlari bir-biriga bog‘liq bo‘lib, mazkur qonun yuqoridagiga teskari holatni belgilaydi: sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlarini yuzaga keltiradi.
O‘tish (o‘zgarish) jarayoni bir vaqtning o‘zida ham uzlukli, ham uzluksiz kechadi, uzluklilik sifat sakrashlari shaklida, uzluksiz-lik miqdor o‘zgarishlari shaklida namoyon bo‘ladi.
Tabiat, jamiyat, tafakkurdagi har bir narsa, hodisa, jarayon o‘z sifat miqdoriga ega. Miqdor o‘zgarishlar doim sifat o‘zgarishlariga o‘tib turadi. Masalan, sportchi, hunarmand, injener, aqllilik, ong-lilik va boshqalar juda mayda, kichik, oz miqdordan to‘planib, asta-sekin sezilarli bo‘lib boradi. Bu jarayonlarni miqdoriy o‘zgarish-larning sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni izohlab, tushuntirib beradi. Borliq, materiya turli-tumandir. U ko‘z o‘ngimizda har xil xususiyatlarga ega bo‘lgan narsa, hodisa, jarayon tarzida namoyon bo‘ladi. Mana shularning yig‘indisi xususiyat deb ataladi. Xususiyat-larning barqaror yig‘indisi, majmuasi sifat degan falsafiy kategoriyada ifodalanadi.
Sifat bu – narsa, hodisa, jarayonning eng muhim belgilovchi muayyanligi bo‘lib, shu tufayli ular xudi shu narsa, hodisa, jarayon-ning o‘zginasi bo‘lib qoladigan, boshqalaridan tubdan farqlanadigan kategoriyaga aytiladi.
Demak, miqdor narsa bir xilligi, o‘xshashligi, ayniyligining ifodasidir, buning natijasida ular kamaytirilish yoki ko‘paytiri-lishi, bo‘linishi yoki qo‘shilishi mumkin. Hodisalar qanchalik murak-kab bo‘lsa, miqdoriy parametrlar ham shunchalik murakkabdir. Biroq, dialektik metod rivojlanib, ijtimoiy hodisalarni tahlil qilish imkoniyatini bermoqda.
Miqdorning sifatdan farqi shundaki, ba'zi miqdoriy nisbat-lar o‘zgarsa ham, narsaning o‘zida unchalik o‘zgarish yuz bermaydi. Masalan, daftar kattaroq yoki kichiqroq bo‘lishi mumkin. Biroq, bu uni muayyan daftar sifatiga ega bo‘lishdan mahrum etmaydi. Demak, miqdor bilan sifat o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq. Bu bog‘liqlik va o‘zaro taqozo etish narsa va hodisaning me'yoridir.
Me'yor – bu falsafiy kategoriya bo‘lib, u ob'ektning sifat va miqdoriy jihatlari o‘zaro bog‘liqligini anglatadi.
Har qanday ob'ektning sifati muayyan miqdor (moddiy tizim-larning xususiyatlari, unsurlari, soni va h.k.) bilan uzviy bog‘liq-ligi bilan belgilanadi. Me'yor doirasida miqdor o‘zgarishlarining chegarasi mavjud. Ushbu chegara (miqdor o‘zgarishlari, unsurlarining katta-kichikligi, diskretligi, davriyligi, bog‘lanish tartibi, tuzi-lishi, harakati va h.)dan xatlab o‘tilganda, ob'ekt boshqa shaklni olishi mumkin. Me'yor ob'ektning sifat o‘zgarishlari o‘z navbatida miqdoriy o‘zgarishlarga olib keladi. Masalan, chigit muayyan haro-ratli, namli, yumshoq tuproqqa qadalgach, bulardan foydalanib ko‘pchiydi, yorilib, nihol chiqaradi.
Jamiyatda me'yor kategoriyasi muhim ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Bir sifat holatidan ikkinchi sifat xolatiga o‘tish sakrash yo‘li bilan amalga oshadi.
Sakrash deb, narsalarning miqdoriy o‘zgarishlar natijasida bir sifatdan boshqa sifatga o‘tishiga aytiladi. Sakrashlar ikki xil bo‘ladi: asta-sekin sakrash, bunda eski sifat yangi sifat bilan alma-shishi sekin-asta amalga oshadi va keskin portlash yo‘li bilan ya'ni, nisbatan oz vaqt oralig‘ida yangi sifat eski sifat o‘rnini egallaydi. Masalan, sutning qaynashi va toshishi, talabaning institutni tuga-tib diplom olishi yoki uylanishi.
Miqdor o‘zgarishidan farqli o‘laroq, sakrash taraqqiyotning uzluksiz shakliga ko‘ra ancha tezroq sodir bo‘ladigan shaklidir. Sak-rash davrida narsa, hodisa rivoji yanada tezlashadi, eski o‘z o‘rnini taraqqiyotning yangi, yanada yuksak darajasiga bo‘shatib beradi. Sifat o‘zgarishlari qanchalik sekin yuz bersa ham, baribir sakrashdan iborat bo‘ladi. Ya'ni, bir sifatdan ikkinchi sifatga o‘tish qanchalik sekin bo‘lmasin, baribir sakrashdir.
Demak, har qanday o‘zgarish, har qanday rivojlanish miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bir-biriga o‘tishi orqali sodir bo‘ladigan jarayonlardan iborat. Borliqning hamma sohasida doimo eski, umri tugayotgan narsa va hodisalarning barham topishi, yangi narsa va hodisalarning vujudga kelish jarayoni sodir bo‘lib turadi. Bundagi eskining yangi bilan o‘rin almashishi inkor deb ataladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling