Ayrimlik (alohidalik, individuallik) – fazo va vaqtda cheklangan muayyan narsa;
Umumiylik – ayrimlik va xususiylikdan ajratilgan o‘xshash xossalar, narsa va hodisalarning muayyan sinf, tur yoki jinsga bir-lashishiga asos bo‘ladigan belgilar (abstrakt umumiylik), turlilik-ning birligi, turli-tuman hodisalarni sistemaga birlashtiruvchi qonun (ya'ni konrekt umumiylik); Ya'ni, ob'ektiv reallikning barcha yoki bir qancha narsa yoki hodisalardagi ob'ektiv mavjud bo‘lgan tomonlar, xossalar va belgilarning majmui, ular o‘rtasidagi aloqa va munosabatlarni o‘xshashligi tushuniladi.
Xususiylik – ayrimlik va umumiylikning birligi, o‘zining konkret yaxlitligi jihatdan muayyan umumiylik deb va olamdagi o‘zaro bog‘lanishlardan istisno qilinmagan xususiylik deb qaralgan narsa. Ya'ni, xususiylik narsa va hodisalarning shunday doirasiki, bunda ular ma'lum bir munosabatda umumiy, boshqasida esa yakkalik, alohidalikdir.
Ayrimlik voqyelikda umumiylikning mavjudlik formasi. Xususiylik alohidalikka o‘tgan umumiylik. Yakkalik, xususiylik va umumiylik kategoriyalari ob'ektiv olamdagi narsa va hodisalarning o‘zaro bog‘lanishi va taraqqiyotini aks ettiradi.
Mohiyat va hodisa kategoriyalari – bilishning hodisa, mohiyatiga tomon birga borishning bosqichlaridir. Mohiyatni bilish fanning pirovard maqsadi hisoblanadi, chunki u narsa va hodisalarning harakati va rivojlanishining asosida yotgan qonuniyatlarni ochishga imkon beradi.
Mohiyat – narsalarning ichki mazmuni bo‘lib, ularning turli-tuman xossalari va munosabatlarini yaxlit holda aks ettiradi.
Hodisa – narsaning biror tarzda zohir bo‘lishi, tashqi mavjud-lik shaklidir. Bilish doimo hodisadan mohiyatga tomon boradi. Narsalarning mohiyatiga singib borish narsa va hodisalar rivoj-lanishining qonuniyatlarini aniqlashga imkon beradi. Ma'lumki, qonunlarni bilish kishilarning maqsadga muvofiq faoliyatining asosidir, u hozirda ro‘y berayotgan voqyealarni chuqurroq tushunishga va ularni kelajakdagi rivojlanishi yo‘nalishlarini oldindan ko‘ra bilishga yordam beradi.
Qonuniyat yakka qonunlar majmuasidan iborat bo‘lib, voqyelik-dagi narsa va hodisalar jarayonlarining umumiy rivojlanish yo‘l-larini belgilaydi. Shuning uchun ham tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonunlarini bilish kata ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
2. Ikkinchi turkumga voqyelikning tuzilishini aks ettiruvchi kategoriyalar kiradi. Ular mazmun va shakl, qism va butun, struktura, elementdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |