Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet57/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Mazmun va shakl – falsafiy kategoriyalar. Mazmun – butun-ning belgilovchi tomoni, narsaning qism (element)lari majmui, shakl – mazmunning ichki tuzilishi. Masalan, Atomning mazmunini shuni tashkil etgan zarrachalar va ularning harakatidan, atomning shakli esa, bu elementar zarrachalarning joylashish tartibi va tuzilmasidan iborat. Mazmun va shakl nisbiy birlikka ega, rivoj-lanish jarayonida mazmun va shakl o‘rtasida nomuvofiqlik vujudga keladiki, pirovardida bu nomuvofiqlik eskining “uloqtirib tashlanishi” va rivojlangan mazmunga mos keladigan yangi shaklning paydo bo‘lishi bilan hal etiladi.
Qism va butun – falsafiy kategoriyalar bo‘lib, narsalar maj-mui bilan ularni birlashtiruvchi va yangi sifat va qonuniyatlar yuza-ga kelishiga sabab bo‘luvchi ob'ektiv aloqa o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Bu aloqa butun, narsalar esa – uning qismlari, demak-dir. Butunning xususiyatlari uning qismlari sifatlariga o‘xshamay-di. Anorganik butunlik deganda, atomlar, kristallar va shu kabi-larni tushunish mumkin: organik butunlik o‘z-o‘zidan rivojlanish qobiliyatiga ega bo‘lib, unga biologik organizm, jamiyat misol bo‘la oladi.
Element (“tarkibiy qism”) bu – muayyan sistemada, ma'lum narsani ko‘zdan kechirayotganda bundan boshqa bo‘linmaydigan, murak-kab narsa, hodisa, jarayonlarning tahlil etiladigan birligi tushu-niladi. Masalan, Mendeleev tuzgan elementlarning davriy sistema-sidagi har bir kimyoviy modda elementdir.
Muayyan turdagi elementlarning yig‘indisi ma'lum bir struk-turani tashkil etadi. Struktura deb, muayyan murakkab bir butun-ning elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlikning nisbati, barqaror usulini aytamiz. Struktura ob'ektning ichki, tashqi aloqalarining tartibga solinganiligini aks ettiradi. Bunda barqarorlik, sifatiy muayyanlik bo‘lishi ta'minlanadi. Bunda aloqalarning xilma-xil-lari sistemalashgan ob'ektlarda sodir bo‘ladigan barcha jarayonlarga singib, kirishib ketadi.
Struktura (lot.) – ob'ektning yaxlitligi va aynan o‘zligini ta'minlaydigan, ya'ni turli tashqi va ichki o‘zgarishlarda asosiy xususiyatlarini saqlab qoladigan barqaror aloqalari majmui. Masa-lan, materiya muayyan strukturali tuzilishga, ya'ni mikrozarrachalar sistemasiga ega.
Sistema (yunon.) – o‘zaro munosabat va aloqada bo‘lgan, muayyan yaxlitlik, birlik hosil qiluvchi juda ko‘p elementlar. Sistemada uning tarkibidagi elementlar o‘ratsidagi aloqa atrof muhitdagi elemenlardan har birining boshqa sistemalardagi elementlarning aloqasiga nisbatan kuchliroq, barqarorroq va ichki jihatdan zarur-roqdir. Sistemaning ichdan tartibga solinganligi uning element-lari o‘rtasidagi aloqalar, o‘zaro ta'sirlar qonunlarning majmua-sida ifodalanadi. Har bir qonun ba'zi hodisalar o‘rtasidagi aloqalarning muayyan tartibini yoki tipini ifodalaydi. Masalan, Quyosh sistemasi, kristallar sistemasi, elektr tarmoqlari sistemasi va boshqalar. Sistemalar muayyan tartibga solingan yaxlit tuzilma-lardir. Turli xil biologik, ijtimoiy sistemalar bor. Masalan, tabiiy fanlar bir sistema, ijtimoiy fanlar yana bir sistema, elementlar davriy sistemasi ham bor.
3. Uchinchi turkumga voqyelikdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi sababiyatni aks ettiruvchi kategoriyalar kiradi. Ular sabab va oqibat, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqyelikdan iborat.
Yakkalik, xususiylik va umumiylik o‘rtasidagi dialektik munosabatlarni yanada chuqurroq bilish zarurligi ob'ektiv olamdagi sababiy bog‘lanishlar tabiatini o‘rganishni taqozo qiladi. Saba-biyat – ob'ektiv olamdagi narsalar va jarayonlar umumiy bog‘lani-shining alohida ko‘rinishidir. Sababiyat hodisalar o‘rtasidagi shunday ichki aloqadorlikki, har doim hodisa mavjud bo‘lar ekan, uning ketidan muqarra ravishda ikkinchisi ham keladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling