Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Imkoniyat va voqyelik
- Dialektika qonun va kategoyalarining umumiy tomon va farqlari.
Sabab – bu o‘ziga muvofiq keladigan biror natija keltirib chiqaruvchidir. Oqibat – sabab amalining natijasidir.
Zaruriyat va tasodif – moddiy dunyoning ob'ektiv aloqa-larini ifodalovchi falsafiy kategoriyalar. Zaruriyat – hodisalarning ichki negizi (tuzilishi va qonuniyatlari)ni belgilaydigan bog‘lanish turi. Tasodif – shu hodisa uchun tashqi hisoblangan sabab bilan belgilanuvchi bog‘lanish turi. Zaruriyat hodisa taraqqiyotining aso-siy qonuniy tendensiyasini, tasodif esa bu taraqqiyotning o‘tkinchi tashqi formalarini ifodalaydi. Zaruriyat va tasodifning o‘zaro bog‘liqligi dialektik xarakterga ega: bir jihatdan tasodif bo‘lgan hodisa boshqa bir jihatdan zaruriyat bo‘lishi mumkin. Zaruriyat ko‘pdan-ko‘p tasodiflar orqali namoyon bo‘lsa, tasodif zaruriyatning mujassamidir. Tasodifiy aloqalar tarixiy sharoitlar o‘zgarishi bilan zaruriyatga aylanishi va aksincha bo‘lishi mumkin. Imkoniyat va voqyelik – narsa va hodisalar rivojining asosiy bosqichlarini ifodalovchi falsafiy kategoriyalardir. Imkoniyat – narsa rivojining ob'ektiv tendensiyasi. Voqyelik – muayyan imkoniyatning ro‘yobga chiqish natijasi bo‘l-mish ob'ektiv mavjud narsa. Imkoniyat va voqyelik dialektik bir-likni hosil qiladi. Abstrakt yoki formal (ro‘yobga chiqishi uchun hamma zarur sharoit yo‘q) va real (yuzaga chiqishi uchun hamma sharoit-lar mavjud) imkoniyatlar farqlanadi. Voqyelik har doim imkoniyatdan kelib chiqadi va, o‘z navbatida, rivojlanish jarayonida voqyelikka aylanib boradigan yangidan-yangi imkoniyatlarni tug‘diradi. Dialektika qonun va kategoyalarining umumiy tomon va farqlari. Dialektika asosiy qonun va kategoriyalarining o‘zaro aloqadorligini bilish ilmiy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. Dialektikaning asosiy qonun va kategoriyalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni aynanlik va tafovut orasidagi munosabat deb ta'-riflasak bo‘ladi. Ular o‘rtasida aynanlik ham, tafovut ham mavjud. Dialektikaning qonun va kategoriyalari moddiy olamni in'i-kos etish, kishilarning bilish va amaliy faoliyatidagi dunyoqarash va uslubiy vazifalarga hamda uning xususiyatlariga qarab bir qator umumiy jihatlarga ega. Modomiki, dialektika tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotining eng umumiy qonunlarini o‘rganar ekan, u holda uning asosiy qonun va kategoriyalari moddiy olamdagi narsa va hodisalar taraqqiyotining eng umumiy qonunlarini inson ongida in'ikos etishdan iborat. Shu o‘rinda dialektikaning qonun va kategoriyalari bir - biriga mos keladi. Bunga ko‘ra kategoriyalarni asosiy bo‘lmagan qonunlar deyish ham tasodifiy emas. Ya'ni, qonunda olamning narsa va hodisalar o‘rtasidagi obektiv, muhim, takrorlanadigan, nisbiy turg‘un, aniq muayyanlik va mohiyat bilan umumiy bog‘lanish va aloqadorlik o‘z ifodasini topadi. Bu umumiy bog‘lanish va aloqadorliklar ma'lum shart-sharoitlarda voqyealar rivojlanishining yo‘nalishi va xususiyatini belgilab bera-di. Bundan ko‘rinib turibdiki, dialektika qonunlari faqat katego-riyalar orqali ta'riflanishi va ifodalanishi mumkin. Demak, kategoriyalar qonunning belgilariga ega bo‘libgina qolmay, balki qonunlar ham kategoriyalar belgilariga ega. Shuning uchun “qonun” va “kategoriya” tushunchalarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish noto‘g‘-ridir. Dialektikaning qonun va kategoriyalari o‘z harakatining xususiyatlari bilan ham bir-biriga mos keladi. Chunki dialektik qonun va kategoriyalar faoliyatining harakat doirasi juda keng, ular hamma joyda namoyon bo‘ladi. Dialektikaning asosiy qonun va kategoriyalari o‘xshashligi quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: ular ilmiy bilishda, kishi-larning asosiy faoliyatlarida bir xil metodologik va dunyoqarash-lik vazifalarini bajaradilar. Falsafaning fan sifatida muhim tomoni shundan iboratki, u duyoqarash xususiyatiga ega bo‘lgan fandir. Boshqa fanlar ob'ektiv olamning ayrim qonunlarini o‘rgangani uchun ham olam haqida bir butun dunyoqarash bo‘la olmaydi. Falsafa tabiat, jamiyat va inson tafakkurining eng umumiy qonunlari asosida dunyo haqida to‘liq tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Dialektikaning asosiy qonun va kategoriyalari o‘rtasidagi birlikni, har qanday farqni istisno qiluvchi mutlaq to‘la aynanlik deb tushunmaslik kerak. Dialiktik qonun va kategoriyalar o‘rtasi-dagi umumiy birlik bo‘lishi bilan bir qatorda rivojlanish jarayonining o‘ziga xos munosabatlarida va o‘zaro aloqadorlikning umumiy shakllarida namoyon bo‘ladigan muayyan faqrlari ham mavjud. Dialektikaning asosiy qonun va kategoriyalrining farqini taraqqiyot jarayoniga bo‘lgan munosabatlaridagina emas, balki o‘zaro aloqadorlikning umumiy shakllarida ham ko‘rish mumkin. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling