Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Dialektikaning asosiy prinsiplari


Download 0.86 Mb.
bet59/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Dialektikaning asosiy prinsiplari: ob'ektivlik, umumiy aloqadorlik, determinizm, rivojlanish.
Ob'ektivlik – narsaning inson ongidan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjudligi.
Determinizm (lot. “determino”“belgilamoq yoki taqozo etmoq, aloqadorlik”) – barcha hodisalarning o‘zaro ob'ektiv qonu-niy aloqadorligi va sababiy bog‘lanishi to‘g‘risidagi ta'limot, sababiyatning umumiyligini inkor etuvchi indeterminizmga ziddir.
Dialektik bog‘lanishlar ichida sababiy bog‘lanish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, buni determinizm prinsipi asoslab beradi. Unga ko‘ra, tabiiy, ijtimoiy va psixik hodisalar, jarayonlar muayyan sabablarga binoan kelib chiqadi, rivojalanadi, yo‘qotiladi.
Masalan, O‘rta Osiyo mutafakkirlari Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ahmad Donish va boshqalar, borliqning taqozolanganligi ta'limotiga katta hissa qo‘shganlar. Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida Ollohni dunyodagi barcha mavjudot mavjudligining sababi deb ko‘rsatadi. Tangri, uning uqtirishicha, barcha narsa va hodisalarning dastlabki sababchisidir. Olloh ilk borliq bo‘lib, uning borlig‘i boshqa narsalarning borlig‘iga bog‘liq emas. Qolgan barcha mavjudot borlig‘i esa uning borlig‘iga bog‘liq, boshqa mavju-dot shu “ilk borliq”dan toshib chiqadi, undan “fayz olish” oqibatida bor bo‘ladi. “Ilk borliq” eng yuqori borliq bo‘lib, undan keyingi barcha borliq tobora nomukammal bo‘lib boradi. “Ilk borliq”dan birinchi kelib chiqqan ikkinchi borliq, “ilk borliq”dan nomukam-mal, lekin o‘zidan keyin keladigan barcha borliqning sababi deb qaraladi. Bu kabi g‘oyalar qadim yunon falsafasidagi, xususan, Demokrit, Aflotun, Arastu va boshqa mutafakkirlarning g‘oyalari bilan uyg‘undir.
Rivojlanishmateriya va ongning qaytarilmas, bir yo‘nalish-dagi qonuniy o‘zgarishi, ularning universal xossasi. Rivojlanish natijasida ob'ektning tarkibi yoki strukturasining yangi sifat holati vujudga keladi. Rivojlanish tabiat, jamiyat va bilish tarixini tushuntirishning umumiy prinsipidir.
Rivojlanishning 2 shakli: ob'ektning sekin-asta sodir bo‘luv-chi miqdor o‘zgarishlari bilan bog‘liq evolyusion rivojlanish va ob'ekt strukturasidagi sifat o‘zgarishlaridan iborat revolyusion rivojlanish mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida o‘zaro dialektik aloqa mavjud. Rivojlanish haqidagi teran falsafiy g‘oyalar nemis mumtoz falsafasida xususan, Kant, Gegel ta'limotlarida bayon etilgan deb hisoblab kelingan edi. Vaholanki, Gegelning tan olishiga ko‘ra, uning rivojlanish haqidagi dialektik g‘oyalarining shakllanishiga so‘fizm ta'limotining taniqli namoyandasi Jaloliddin Rumiy asarlari kuchli ta'sir ko‘rsatgan ekan.
Hozirgi kunda rivojlanish tushunchasi o‘zgarish tushunchasi yordamida ta'riflanmoqda. Unga ko‘ra, rivojlanish – ortga qaytmaydigan, muayyan yo‘nalish bo‘yicha qonuniyatli ravishda sodir bo‘ladigan o‘zgarishdir.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling