Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Metod (yunon. “methodos”) faoliyat usuli. F.Bekon
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- XVII-XVIII asrlar
- E.M.Chudinov
Metod (yunon. “methodos”) faoliyat usuli. F.Bekon metodni yo‘lni yorituvchi chiroqqa o‘xshatadi.
Falsafaning ko‘p asrlik tarixi gnoseologiyaning boshlang‘ich nuqtasi “Haqiqat nima?” degan savoldan iborat ekanligini ko‘rsat-moqda. Bilish nazariyasining barcha muammolari yo haqiqatga erishish-ning yo‘llari va vositalari, yoki haqiqatning mavjudlik shakllari (fakt, gepoteza, nazariya va boshqa tushunchalar), haqiqatning amalga oshish shakllari va bilish munosabatlarining tuzilishi va h.k.lar bilan bog‘liq. Barcha muammolar aynan shu muammo atrofida jipsla-shadi, uni konkretlashtiradi, to‘ldiradi va h.k. Haqiqat tushunchasi dunyoqarash muammolari tizimida eng muhimlari ichiga kiradi. U “adolat”, “yaxshilik”, “hayotning ma'no-si” kabi tushunchalar bilan bir qatorda turadi. Haqiqat qanday talqin etilishiga ko‘ra, ko‘p hollarda kishining hayotiy pozitsiyasining qanday bo‘lishi bilan ham belgilanishi mumkin. Misol sifatida, mumtoz elektron nazariyasining asoschisi niderlandiyalik fizik X.A.Lorensning fikrlarini keltirish mumkin. 1924 yilda o‘zining elektron nazariyaning kashf etilishiga olib kelgan ilmiy faoliyatining rivoji to‘g‘risida gapira turib, kvant atomida yechib bo‘lmas ziddiyatni ko‘rganligini va bundan tushkunlikka tushganini bildiradi. “Bugun kecha aytilgan narsaga tamomila zid narsani aytishga to‘g‘ri kelmoqda. Demak, haqiqatning mezoni yo‘q hamda fan nima ekanligi noma'lum. Men 5 yil oldin bu ziddiyatlar yo‘q vaziyatda vafot etmaganimdan afsuslanaman”,-degan edi X.A.Lorens. Shu o‘rinda Demokritning atomistik konsepsiyasini eslash joiz. Uning asosiy tezisi: “Barcha jismlar atomlardan tuzilgan, atomlar bo‘linmasdir”. Hozirgi kun nuqtai nazaridan bu fikr haqi-qatmi yoki yolg‘onmi? Zamonaviy fan atomlarning bo‘linuvchanligini isbotlagan. Demak, uni haqiqat deb hisoblash uchun asos mavjud emas. Lekin bu fikrni yolg‘on deb hisoblash ham sub'ektivizm bo‘lib qolmasmikan? Qanday qilib o‘zini amaliyotda haqiqat ekanligini isbotlagan konsepsiya yolg‘on bo‘lishi mumkin? Unday holda bugungi sotsiologiya, biologiya, fizika, falsafaning nazariyalari 10, 100, 300 yillardan keyin yolg‘onga aylanishini tan olgan bo‘lmaymizmi? Bugungi kunda biz yolg‘onni yaratish bilan shug‘ullanayotgan bo‘lib qolamizmi? Shunday qilib, antik dunyoning atomistik konsepsiyasi hamda XVII-XVIII asrlarning atomistik konsepsiyasi haqiqat ham, yolg‘on ham emas. Xo‘sh, haqiqatning o‘zi nima? Haqiqatning turli ta'riflari mavjud. Mana ulardan ba'zilari: “Haqiqat – bu bilimlarning borliqqa mos kelishi”, “Haqiqat – bu tajribada tasdiqlanganlik”, “Haqiqat – bilimlarning o‘zaro mos kelish xususiyati”, “Haqiqat – bu bilimning foydaliligi, effektivligi”. Birinchi ta'rif asosiy bo‘lib, haqiqatning mumtoz konsepsiya-sida bosh ta'rif hisoblanadi. E.M.Chudinovning fikricha, bu haqi-qatning eng qadimgi konsepsiyasi bo‘lib, aynan undan haqiqatning nazariy tadqiqoti boshlangan. Uning dastlabki tadqiqoti Platon va Aristotel tomonidan amalga oshirilgan. Haqiqatning mumtoz tushunilishiga F.Akvinskiy, P.Golbax, G.Gegel, L.Feyerbax kabi faylasuflar va XX asr faylasuflari ham qo‘shiladilar. Haqiqatning zamonaviy talqini o‘z ichiga quyidagi jihatlarni qamrab oladi: 1. Borliq, avvalo, ongimizdan mustaqil mavjud bo‘lgan, ob'ektiv reallik sifatida talqin etiladi. 2. Borliq tushunchasiga sub'ektiv borliq ham kiradi, ruhiy borliq ham haqiqatda aks ettiriladi. 3. Bilish va uning natijasi – haqiqat, ob'ektning o‘zi ham insonning hissiy – predmetli faoliyati – amaliyot bilan bog‘liq deb qaraladi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling