Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Ali ibn Sino ning “Ishorat va tanbixat”
- Gerodot (er.av. 485-425 yillar atro-fida), Fukidid (er.av.460-480 y.), Demokrit, Platon, Aristo-tel
- Volter (1694-1778 yillar), Djambattista Viko (1668-1744 yillar), Iogann Gottlib Fixte (1762-1814 yillar), Iogann Gotfrid Gerder (1744-1803 yillar)
- Immanuil Kant (1724-1804)
- Lyudvig Feyerbax (1804-1872)
- Ogyust Kont (1798-1857)
Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida shunday deydi: “Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi... Shu sababli yashash uchun zarur bo‘lgan, kishilarni bir-birlariga yetkazib beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi ko‘p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o‘z tabiati bo‘yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa a'zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko‘paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o‘rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi”6. Forobiy jamiyatning kelib chiqishi to‘g‘risidagi qarash-larida inson jamoasining kelib chiqishi asosida tabiiy ehtiyojlar yotadi, tabiiy ehtiyoj kishilarni bir-biri bilan birlashishiga, jamoaga uyushishiga, o‘zaro yordamga olib keladi ana shu o‘zaro yordam tufayli ehtiyoj qondiriladi, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro yordam inson jamoasini keltirib chiqaradi, deb hisoblaydi.
Forobiyning ta'kidlashicha, insoniyat jamiyati turlicha xalq-lardan tashkil topgan bo‘lib, ular bir-birlaridan tillari, urf-odatlari, madaniyatlari, xususiyatlari bilan farqlanadilar. Foro-biy jamiyatning asosida kishilar orasidagi munosabat yotishi haqida to‘xtalib: “odamlarga nisbatan ularni birlashtirib turuvchi ibtido – insoniylikdir, shu tufayli odamlar, odamzod turkumiga oid bo‘l-gani uchun ham o‘zaro tinchlikda yashamoqlari lozim”, deb hisoblaydi. Abu Rayxon Beruniyning fikricha, “odamlarning bir-birlari bilan birlashishi, jamiyatning paydo bo‘lishi moddiy ehtiyoj natijasidir. Inson ortiqcha jismoniy kuch va qudratdan mahrum ekanligi, unda o‘z-o‘zini muhokama qilish vositalarining yo‘qligi, boshqalar tomonidan tashkil etilgan xurujlarga duch kelishi oqiba-tida uni himoya qiladigan va ehtiyojlarini qondirishini ta'minlay oladigan narsaga doimiy zaruriyat sezadi. Aynan shu zaruriyat ularni birlashishga da'vat etadi. Kishilarning ehtiyodlari ko‘p va xilma-xildir. Ularni amalga oshirish odamlardan tashkil topgan jamoa-larga nasib etadi. Buning uchun ular shaharlar qurishga ehtiyoj sezadilar, natijada jamiyat vujudga keladi”7. Shuningdek, Beruniy jamiyatni “idora kilish va boshqarishning mohiyati aziyat chekkanlarning huquqlarini himoya qilish, birovning tinchligi yo‘lida o‘z tinchligini yo‘qotishdan iborat”8, deb biladi. Jamiyatning inson uchun muhimligi masalasi Abu Ali ibn Sinoning “Ishorat va tanbixat” asarida o‘z ifodasini topgan: “Inson o‘z shaxsiy talablari jihatidan boshqalardan ajralgan holda yashay olmaydi, chunki u insoniyatning boshqa vakillari bilan munosabatda bo‘libgina, o‘z ehtiyojlarini qondirishi mumkin”9. Bobokolonimiz, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy “Ideal jamiyat”ning, xayoliy qiyofasini yaratadi. U “ideal jamiyat deganda, adolat hukmron bo‘lgan, ilm-ma'rifatli kishilar jamoasini nazar-da tutadi”10. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining jamiyat to‘g‘risi-dagi qarashlari keyinchalik yevropalik olimlar tomonidan yanada rivojlantirildi. XIX asrga qadar falsafiy qarashlarda jamiyatni o‘rganishga doir ikki muammo o‘z yechimini topgan. 1. Jamiyatni, uning tarkibini falsafiy tahlil etish. 2. Jamiyat tarixini falsafiy anglash. Ingliz faylasufi Tomas Gobbs (1588-1679 yillar), fransuz mutafakkiri Jan Jak Russo (1712-1778 yillar), Sen Simon (1760-1826 yillar); ingliz olimlari Adam Smit va David Rikardo jamiyat, uning tarkibi haqidagi ilmiy bilimlarni ilgari surdilar. Masalan, Jan Jak Russo “Odamlar o‘rtasidagi tengsizlikning kelib chiqishi va uning sabablari haqidagi mulohazalar” asarida mulkiy tengsizlik, jamiyatning boy va qashshoqlarga bo‘linishi ijtimoiy tengsizlikning birinchi bosqichidir, deb hisoblaydi. Ikkinchi bosqich davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Uchinchi bosqichda hokimiyat zulm va adolatsizlik hokimiyatiga aylanadi, deb tahlil etish asosida ideal jamiyat g‘oyasini ilgari suradi11. Jamiyat tarixini falsafiy anglash miloddan oldingi davrlar-dan boshlab yuzaga kela boshlagan. Bu – tarix falsafasi, deb yuriti-ladi. Qadimiy yunon olimlari Gerodot (er.av. 485-425 yillar atro-fida), Fukidid (er.av.460-480 y.), Demokrit, Platon, Aristo-tel asarlarida jamiyatlar tarixi haqidagi falsafiy fikrlar ilgari surilgan. Tarix falsafasi muammolari Avgustin Avreliy (354-430 yillar), Foma Akvinskiy (1225-1274) asarlarida ham ifoda-langan. Olimlar Volter (1694-1778 yillar), Djambattista Viko (1668-1744 yillar), Iogann Gottlib Fixte (1762-1814 yillar), Iogann Gotfrid Gerder (1744-1803 yillar) asarlari jamiyat tarixini falsafiy anglashga qaratilgan. Fransuz faylasufi Volter jamiyat manfaatlaridan yiroq monarxiya hokimiyatiga qarshi kurashga o‘zining butun umrini bag‘ish-ladi va jamiyatni aql-zakovat asosida o‘zgartirish mumkinligiga ishondi. O‘rta asrlarda yevropa ijtimoiy-falsafiy tafakkurida diniy qarashlar yetakchi mavqyeni egalladi. Bu davr mutafakkirlari (nominalistlar va realistlar) inson va jamiyatning qay biri oldin vujudga kelgan, degan masala atrofida bahs-munozara yuritganlar. Mashhur ilohiyotchi Foma Akvinskiy va uning izdoshlari inson va jamiyatning paydo bo‘lishini Xudoning irodasi bilan bog‘laganlar. Jamiyatning rivojlanib borishi natijasida jamiyat to‘g‘risi-dagi turli xil qarash va ilmiy bilimlar ham takomillashib, boyib bordi. Natijada, shu narsa ma'lum bo‘ldiki, jamiyat nihoyatda murak-kab va ziddiyatli ijtimoiy organizm bo‘lib, uning mohiyatini tari-xiy hodisalar va jarayonlar tashkil qiladi. Jamiyat tabiatning aj-ralmas bir qismi, jamiyat tabiat taraqqiyoti asosida kelib chiqqan, u tabiat taraqqiyotining oliy mahsuli, shu tufayli jamiyatda ham tabiat qonunlari amal qiladi, degan qarash qaror topdi. Yangi davrga kelib, bu qarashni yevropada (XVIII asr) fransuz mutafakkirlari ilgari surishdi. Ular o‘z asarlarida tabiat qonun-lari bilan ijtimoiy, ya'ni jamiyat qonunlarini aynanlashtirib, ular o‘rtasidagi muhim farqni tushunib yetmadilar. Jamiyatni bunday tushunish o‘z mohiyati bilan uni naturalistik izohlash edi. Keyinchalik, jamiyatni bir butun holda olib o‘rganish, uning mohiyatini tushuntirishga qaratilgan turli xil falsafiy nazariya-lar vujudga kela boshlaydi. Jamiyatni ilmiy tahlil qilishga nemis mumtoz falsafasi vakillari muhim hissa qo‘shgan. Buyuk nemis faylasufi Immanuil Kant (1724-1804) kishilik jamiyatining paydo bo‘lishini ahloqiy ongning rivojlanishi, oilaning vujudga kelishi bilan bog‘laydi. Bu nazariyalarning yana biri nemis mumtoz falsafasining buyuk vakili Fridrix Gegel (1770-1831) nazariyasidir. Gegel jamiyat mohiyatini va uning taraqqiy etishini o‘zining “mutlaq g‘oya”si bilan bog‘laydi. Uning fikricha, tabiat “mutlaq g‘oya”ning ifodala-nishi va o‘z-o‘zini bilishning ilk bosqichi maqomini bajaradi. Bu g‘oya tabiatni tark etib, jamiyatda o‘zligini topadi12. Jamiyatda “mut-laq g‘oya”, “mutlaq ruh” qiyofasini oladi. “Mutlaq ruh” jamiyatni harakatga keltiruvchi va uni boshqaruvchi kuchdir, deydi. Gegelning fikricha, “mutlaq g‘oya” insondan oldin mavjud bo‘lib, jamiyatdagi barcha hodisa va voqyealar, jarayonlar shu “mutlaq g‘oya”ning begonalashuvidan boshqa narsa emasdir. Nemis mumtoz falsafasining so‘nggi vakili Lyudvig Feyerbax (1804-1872) esa, jamiyat mohiyatini din bilan bog‘lab, jamiyatning taraqqiyotini dinning taraqqiyotidan keltirib chiqarib izohlaydi. Uning fikricha, jamiyatni rivojlantirish uchun dinni takomillash-tirish, yangi din yaratish lozimdir. Jamiyat to‘g‘risidagi falsafiy fanga asos solgan fransuz faylasufi Ogyust Kont (1798-1857) esa, jamiyatning paydo bo‘lishi va rivojlanishini insoniyatning ma'na-viy taraqqiyoti mahsuli sifatida talqin etadi. XIX asrning o‘rta-lariga kelganda, jamiyat to‘g‘risidagi barcha mavjud nazariyalarni o‘rganish va tahlil qilish natijasida K. Marks va F. Engelslar o‘zlarining jamiyatni dialektik-materialistik tushunish haqi-dagi nazariya – tarixiy materializmni yaratdilar. Bu nazariyaga ko‘ra, jamiyat o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi ijtimoiy tartibot, jonli organizm bo‘lib, uni kishilarning ijtimoiy-tari-xiy faoliyatlari yaratadi. Shu bilan birga kishilarning o‘zlari ham jamiyatning mahsullaridir. Kishilar bir-birlari bilan o‘zaro muayyan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy, madaniy va ma'na-viy munosabatlarda bo‘lishib, moddiy va ma'naviy boyliklar ishlab chiqaradilar. Ular o‘zlarining bu ijtimoiy ishlab chiqarish faoli-yatlari tufayli biologik tur – odamlar (to‘dasi)dan insonlarga aylangan va kishilik jamiyati kelib chiqqan. Bunday qarashga ko‘ra, jamiyat har doim ma'lum ijtimoiy-iqti-sodiy formatsiya shaklida mavjud bo‘ladi. “Moddiy ishlab chiqarish jamiyat hayoti va taraqqiyotining asosidir”, “ishlab chiqarish jarayo-nida kishilar o‘zaro muayyan ijtimoiy aloqa va munosabatlarda bo‘la-dilar...”, “ishlab chiqarish munosabatlarining jami ijtimoiy muno-sabatlardir”, “ijtimoiy borliq ijtimoiy ongni belgilaydi, uning aksicha bo‘lmaydi...”, “ijtimoiy borliq – birlamchi, ijtimoiy ong ikkilamchi hosiladir...”, “ishlab chiqaruvchi kuchlar ishlab chiqarish munosabatlarini belgilaydi”, “iqtisodiy bazis siyosiy ustqurmani belgilaydi...”. Bu kabi fikrlar K. Marks va F. Engelsning jamiyat mohiyatini dialektik-materialistik ta'limoti asosini tashkil qilar edi. Ular o‘z nazariyalari bilan falsafa oldiga jamiyatni bi-lish, izohlash va tushuntirishni emas, balki uni o‘zgartirish vazifa-sini qo‘yishadi. Shu uchun ular o‘z nazariyalarida, “antogonistik formatsiyalar rivojlanishining manbai – sinfiy kurashdir...”, “sin-fiy kurash sotsialistik revolyusiyaga olib boradi...”, “sotsialistik revolyusiya sinfiy kurashning oliy shaklidir...” degan fikrni ilgari suradilar va shular asosida jamiyatni o‘zgartirish yo‘llari va usullari to‘g‘risidagi siyosiy maqsadlar uchun xizmat qiluvchi qarash-larni ham o‘rtaga tashlaydilar. Bu nazariya o‘z davrida va, ayniqsa, XX asrning boshlarida ayrim kishilar tomonidan qo‘llab-quvvat-lanib, uni jamiyatni tushunishda va o‘zgartirishda “birdan-bir re-volyusion ta'limot” deb baholanib, ijtimoiy hayotga tatbiq etishga kirishadilar. Bu ta'limot bilan qurollangan rus bolsheviklari vaziyatdan foydalangan holda oktyabr to‘ntarishidan keyin Rossiya va uning mustamlakalarida hokimiyatni o‘z qo‘liga olib, 70-yildan ortiqroq muddatda o‘z hukmronligini o‘rnatdilar. “Revolyusion ta'limot” deb e'tirof etilgan bu nazariya, mohi-yat e'tibori bilan bir tomonlama ilgari surilgan ta'limot edi. Uning jamiyatni inqilobiy asosda zo‘rlik bilan tubdan o‘zgartirish haqidagi qarashlari insoniyat boshiga juda katta fojealarni soldi. Ingliz faylasufi G.Spenser jamiyatni tabiatning ajralmas bir qismi, umumiy evolyusion jarayon sifatida tushuntirdi, jamiyat va tabiatni bir-biri bilan qiyoslash orqali ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va tafovutlarni ko‘rsatdi. Jamiyat mohiyatini bilishda ijtimoiy darvinizm, psixologizm (freydizm, instinktivizm, xalqlar psixologiyasi), marksizm sin-gari falsafiy ta'limotlar muayyan rol o‘ynadi. Bunday ijtimoiy-falsafiy qarashlar hozirgi paytda tanazzulga uchrab o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa-da, jamiyat mohiyatini ilmiy asosda bilish yo‘lidagi urinishlar edi deyishimiz mumkin. Hozirgi zamon ijtimoiy fal-safasi ana shu ta'limotlarning biryoqlama, xato va ijtimoiy ama-liyotga zid va u tasdiqlanmagan tomonlarini yanada takomillashti-rish asosida qaror topdi. Jamiyat to‘g‘risidagi har bir falsafiy ta'limotda konkret tarixiy davrning ruhi, ma'naviy salohiyati o‘z ifodasini topadi. Gegel iborasi bilan aytganda, “jamiyat falsafa orqali o‘zligini anglaydi”. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling