Ijtimoiy faoliyat deb, jamiyatni tashkil etuvchi kishilar-ning moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlariga aytiladi. Kishining faoliyatga kirishishi uchun ehtiyoj va manfaat kerak bo‘ladi. Ijtimoiy ehtiyojlar va manfaat-lar ijtimoiy faoliyatni harakatga keltiruvchi kuch jamiyatning moddiy va ma'naviy hayotining tayanchi bo‘lib xizmat qiladi.
Jamiyatda o‘z xarakteri va mazmuniga qarab, ijtimoiy faoliyatning bir necha turini ko‘rish mumkin. Bular:
birinchidan, hayotiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqaruvchi, utilitar faoliyat;
ikkinchidan, jamoaviy harakatlarning o‘zaro muvofiqligini ta'minlashga va jamoat tartibini saqlashga qaratilgan tashkiliy, boshqaruv faoliyati;
uchinchidan, bilimlar, qadriyatlar va xatti-harakat normalarini to‘plash, saqlash va uzatishga qaratilgan axboriy faoliyat.
Mana shu faoliyat turlari natijasida jamiyat hayotining turli xil sohalari ajraladi. Bular quyidagi sohalar:
Iqtisodiy;
Ijtimoiy;
Siyosiy;
Madaniy-ma'naviy.
Ushbu ijtimoiy hayot sohalariga oid muammolarni o‘rganish falsafaning iqtisod falsafasi, siyosat falsafasi, madaniyat falsa-fasi kabi sohalarining mavzusi hisoblanadi.
Jamiyatning iqtisodiy sohasi keng ma'noda kishilarning o‘z moddiy sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarish, taqsimlash, ayir-boshlash va iste'mol qilish bilan bog‘liq barcha faoliyat turlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Ana shu faoliyat turlari insonning hayvon-dan farqini bildiradi.
Iqtisodiy munosabatlarning asosini esa mulkiy munosabatlar tashkil qiladi. Mulkiy munosabatlarning turli-tumanligi jamiyat-da mulkning turli shakllarini vujudga keltirgan. Jamiyatning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida o‘rni va vaqtiga ko‘ra turli xil mulk shakllari mavjud bo‘lgan. Jamiyatning iqtisodiy sohasi insonning faqat jismoniy mehnati bilangina emas, balki uning ongi, tafakkuri mahsuli - ilm-fan, texnika va texnologiya bilan ham bog‘liqdir. Moddiy ishlab chiqarishning asosini hamisha inson intellekti – fan-texnika taraqqiyoti, ilg‘or texnologiya tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |