Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
Ijtimoiy sohada jamiyatning ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyati uyg‘unlashtiriladi.
Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy bir-liklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, turli jamoat tashkilotla-rining o‘z siyosiy faoliyatini amalga oshirish makonidir. Ularning faoliyati jamiyatda o‘rnatilgan siyosiy munosabatlar asosida o‘z siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratilgandir. Jamiyatning siyosiy sohasini falsafiy jihatdan tahlil qilganda siyosatning ob'ekti va sub'ektini farqlash, davlatning mohiyati va funksiyalarini bilish muhim ahamiyatga ega. Siyosatning ob'ekti butun jamiyat sohasi hisoblanadi. Jamiyat-da siyosat o‘z ifodasini topmagan birorta ham ijtimoiy hodisa yoki voqyea yo‘q. Jamiyat hayoti sohalari ichida iqtisodiyot va siyosat, ular o‘rtasida aloqadorlik va munosabatlar g‘oyat muhim hisoblanadi. Siyo-satning sub'ekti esa, siyosiy hokimiyat, ya'ni davlat tashkilotlari va organlari, siyosiy partiyalar, guruhlar yoki alohida shaxslar bo‘lib, ular faoliyati markazida siyosiy hokimiyatga intilish yotadi. Davlat – jamiyat hayotini huquq va qonunlarga asoslangan holda tashkil etishning siyosiy shaklidir. Davlat jamiyat hayoti, siyosiy so-hasining muhim element sifatida o‘z fuqarolarining haq va huquq-larini himoya qiladi, ularning mulklarini qo‘riqlaydi, mamlakat aholisining tinchligi va osoyishtaligini ta'minlaydi. Shu bilan birga, boshqa davlatlarning mamlakatni bosib olishlaridan saqlay-di. U boshqa davlatlar, xalqlar bilan o‘zaro iqtisodiy, siyosiy, mada-niy-ma'naviy aloqalar, hamkorliklar kabi munosabatlarni amalga oshiradi. Davlatning asosiy funksiyasi – jamiyat hayoti sohalari o‘rta-sidagi munosabatlarni tartibga solish va ularni boshqarishdan iboratdir. Davlat va davlatchilik shakllarining rivojlanishi bilan siyosiy boshqaruvning murakkab tizimi maydonga keladi. Davlat hokimiyatining tuzilishi, shakllari hilma-xildir. Uning demokratiya, diktatura, monarxiya, aristokratiya, respublika va boshqa shakllari mavjud bo‘lgan. Demokratiya – xalq hokimiyatining manbai ekanligi bilan bog‘liq davlat tuzilishining siyosiy shaklidir. Demokratik davlat hokimiyati tuzilishining davlatning boshqa shakllaridan tub farq-lari: demokratik davlatlarda qonun ustuvorligi, fuqarolarning tengligi, davlat tashkilotlari rahbarlarining pastdan yuqorigacha saylab qo‘yilishi, nihoyat, saylov va referendumlar orqali muqobil-lik (alternativ) asosda ko‘pchilikning xohish irodasini hisobga olishdir. Shuni ta'kidlash kerakki, jamiyat hayotining iqtisodiy va siyosiy sohalari, uni demokratlashtirish madaniy-ma'naviy sohasiz mavjud bo‘lmaydi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling