Tasavvuf falsafasiga ko‘ra, inson borliqning eng mukammal mavjudoti hisoblanib, u o‘zida olamning mohiyatini mujassamlash-tirgan. Sharq falsafasi insonning ichki olamini yanada takomil-lashtirishga qaratilgan edi.
Sharq mutafakkirlari jamiyatdagi tartib, boshqarish va axloq-ning o‘zgarishini insonning ijtimoiy muhitga moslashuvi bilan bog‘lar edilar. Tarixan tarkib topgan ijtimoiy tartiblarni o‘zgar-tirish insoniyatga mislsiz kulfatlar keltirishini uqtirganlar.
Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan ulug‘ mutafakkirlarning inson to‘g‘risidagi qarashlari islom dini g‘oyalari bilan uzviy bog‘liq ravishda vujudga kelgan va sharqona hayot, tafakkur va turmush tarzi bilan bog‘liq ravishda rivojlangan edi. Sharqda shaxs erkin-ligi rag‘batlantirilmas, o‘zlikni anglash tabiat va jamiyatning kichik bir bo‘lagi, Ollohning gunohkor bandasi sifatida anglashdan nariga o‘tmas edi. Shu boisdan ham Sharq falsafasida inson to‘g‘ri-sidagi alohida bir soha - antropologiya fan sifatida rivojlana olmagan edi. Sharq mutafakkirlari insonga umumfalsafiy muammo-larning bir bo‘lagi, sohasi sifatidagina qarar edilar.
O‘rta asrlarda insonning eng muhim xususiyati, uning “Xudoga o‘xshashligidir”, deya faylasuflar tomonidan e'tirof etilishi bo‘ldi. Xudoni esa koinotdan tashqarida, deb bildilar. Xudo butun koinotning, jumladan, insonning Yaratuvchisidir, degan fikrni o‘rtaga tashladilar.
Musulmon faylasuflari ham, xristian faylasuflari ham, o‘rta asr sharoitida Xudoda mavjud bo‘lgan jamiki yaxshi fazilatlar va xislatlarni o‘rganishga intildilar, Xudoga xos barkamollikni insondan izladilar. Olloh vasliga yetishni orzu qilgan, ruhiy-ma'naviy barkamol inson qiyofasini tasvirlashga urindilar. Islom dinidagi Ollohning nomi sifatida ko‘rsatilgan atamalar ilohiy-lashtirilgan insoniy fazilatlar ekani ham buni isbotlaydi.
XVII asrdan boshlab, inson tanasining fizik tuzilishi bilan mashg‘ul bo‘lgan olimlar “antropologiya” terminini o‘zlarining tabiiy-ilmiy sohasini belgilash uchun qo‘llay boshladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |