XX asrning 20 yillarida esa, inson bilan bog‘liq bo‘lgan falsafiy masalalarni o‘rganuvchi fan – falsafiy antropologiya vujudga keladi.
XIX-XX asrlarda antropologiya insonning tabiiy tarixini va biologik tuzilishini o‘rganuvchi alohida mustaqil fan mavqyeiga ega bo‘ladi. Antropologiya ikki qismga ega:
Paleoantropologiya (qadimgi insonlarni o‘rganadi), antropo-genez (insonning kelib chiqishini o‘rganadi), rasogenez (inson irqlarining kelib chiqishini o‘rganadi);
2. Zamonaviy odam antropologiyasi.
Ammo antropologiyaning alohida fan sifatida ajralib chiqishi inson muammosini falsafadan tashqariga chiqishiga olib kelmadi. Tabiiy-ilmiy antropologiya yuqorida aytilgan falsafiy muammo-larning yechimini topa olmaydi. Inson muammosi markaziy falsafiy mavzulardan bo‘lib qolmoqda. Inson haqidagi ta'limot – falsafiy antropologiya fransuz ma'rifatparvarlari davrida falsafiy mushohadalarning bosh mavzuiga aylanadi.
Gelvetsiy va Lametri XVIII asrda bu muammoga o‘z asarlarini bag‘ishlagan. Jumladan, Gelvetsiy (Klod Adrian Gelvetsiy, 1715-1771) “Aql haqida”, “Inson, uning aqliy qobiliyati va tarbiyasi haqida” kabi asarlarida, Lametri (Jyulan Ofro de Lametri, 1709-1751) “Jonning tabiiy tarixi” va “Inson-mashina” asarlari-da mazkur mavzuga oid o‘z qarashlari bayon qilgan. Inson borlig‘ining barcha shakllarida ma'rifat muhim o‘rin tutishini tan olish ushbu davrga xos bo‘lgan. Lekin bu ziddiyatli xususiyatga ega edi. Unga ko‘ra, sof ideal omillar (ilg‘or fikrlar va ma'rifat g‘oyalari) bilan determinatsiya yuz berar edi. Ayni vaqtda g‘oyalar ontologiya doirasida muhim va tanadan mustaqil deb qaralmagan. Lametri fiziologik va biologik jarayonlardan tashqarida hyech qanday ruh haqida eshitishni ham xohlamasdi. Deni Didro (1713-1784) esa, tanani bilmay turib, ruhni bilish to‘g‘risida so‘z bo‘lishi ham mumkin emas, deb hisoblar-di. Bu davr g‘oyalari antropologiyaning eng yangi konsepsiyalarida o‘ziga xos tarzda aks etdi. Shu ma'noda, insonni uning ongi atama-larida tavsiflash va ta'riflash mumkin, degan fikr diqqatga sazo-vordir. Bu holda barcha empirik metodlar, xususan, kuzatish metodining samarasizligi ayon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |