Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Yangi davrga xos bo‘lgan antropotsentrik yondashuvdir
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologizatorlik talimoti
Yangi davrga xos bo‘lgan antropotsentrik yondashuvdir (yun. “anthropos” – “inson” va lot. “cetrum” – “markaz”). Dunyo markaziga insonni qo‘yuvchi yondashuv doimo antropotsentristik yondashuv deb atalgan. Qadimgi sofist Protagorning: «Inson barcha narsalarning mezoni», degan mashhur iborasi antropotsentrizmning aniq ifodasidir. Bunda jonsiz va jonli tabiatning o‘zaro ta'siri inson me'yorlari, ideal hamda da'volari nuqtai nazaridan qaraladi. Inson dunyoning asosiy va eng katta boyligi sanaladi.
Antropotsentrizmga qarama-qarshi – insonga geologik kuchlar-dan biri sifatida qaraydigan yondashuv dezantropotsentrizm deb ataladi. Hozirda ancha mashhur bo‘lgan bu yondashuv insonni uning ustun mavqyei va o‘rnidan mahrum etadi, hyech narsa bilan cheklanmagan o‘zboshimchalik oqibatlari haqida o‘ylashga majbur qiladi. Insonni o‘zi yaratgan texnokratik, sun'iy dunyo bilan universal evolyusion rivojlanishga bog‘lashdan iborat bo‘lgan masala koevolyusiya muam-mosi sifatida namoyon bo‘ldi. Koevolyusiya g‘oyasi tabiat va insonning o‘zaro bog‘langan ta'siri hamda mushtarak o‘zgarishini anglatadi. Inson kuzatuvchi emas, balki kosmosning tabiiy qismi, deb tan olinadi. U hayotni nafaqat oqilona, balki ruhi va tanasi orqali hissiy idrok etadi. Hozirgi ilmiy adabiyotlarda insonning tabiiy-ijtimoiy borlig‘i mavjudligi tan olinadi. Biologizatorlik ta'limoti – ancha cheklangan, chunki u insoniy munosabatlar me'yor-larining evolyusion-biologik asoslariga e'tibor qaratadi. Inson-ning mohiyatini biologiyalashtiruvchi ta'limotlar jumlasiga irq-chilik, sotsial darvinizm oqimlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bu oqimlar inson mohiyatini to‘g‘ri tushunishga imkon bermaydi. Ch.Darvin (1809-1882) o‘zining tabiiy tanlash va evolyusion taraqqiyot haqidagi ta'limoti uchun yashash uchun kurash g‘oyasini asos qilib oladi. Ch. Darvin ta'limotidagi yashash uchun kurash g‘oyasi sotsial darvinizm tarafdorlari tomonidan jamiyatga tatbiq etila-di. Bu g‘oyaga ko‘ra, jamiyatdagi turli sinflar orasidagi kurashda oliy sinf vakillari yuqori pozitsiyani egallab turishlari lozim, chunki ularning aqliy qobiliyatlari boshqalarnikidan ustundir. Ya'ni, sotsial darvinizm tarafdorlari yashash uchun kurash faqat tabiatga taalluqli emas, balki jamiyat hayotida ham bu qonunga bo‘ysunish lozim, degan xulosaga keladilar. Insonning mohiyatini biologiyalashtiruvchi qarashlarga qarshi chiqqan insonshunos olimlar inson kamolotida hal qiluvchi omil ijtimoiy muhitdir, degan g‘oyani ilgari surdilar. Bunga freydizm, marksizm ta'limotlarini kiritish mumkin. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling