Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet86/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Naturalistik model. Unga ko‘ra, madaniyat tabiatning insoniy davomi (Volter, Russo, Golbax). Ya'ni, madaniyatga tabiiy evolyu-siyaning bir bo‘g‘ini sifatida qaraladi. “Tabiiy inson” qobiliyat-larining taraqqiyotini aks ettiradi. Klassik model. Madaniyat inson tabiiy va ilohiy dunyolarga bo‘lgan qaramlikdan ozod bo‘lishi natijasi, deya e'tirof etiladi. Madaniyatning sub'ekti bo‘lgan inson ongli, dinamik mavjudot bo‘lib, madaniyatning yaratuvchisi sifatida o‘zining ma'naviy, ruhiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaradi.
Noklassik model (modernistik). Kishilarning kundalik hayotiga yo‘naltirilgan bo‘lib, shaxs, etnos, sotsium madaniyati mada-niy borliqning elementi bo‘lib, inson ularni fikran ratsional qabul qilish emas, balki faqat hissiy qabul qilish orqali o‘zlashti-radi. Klassik va noklassik modellarda bilish sub'ekti absolyut-lashtiriladi va u madaniy reallikni qayta ishlab chiqarishi nazarda tutiladi.
Postmodernistik model. Unga ko‘ra, olam insonning ta'sir-lariga aks ta'sir etadi. Tabiat uni insonning nazariy sxemalari doirasiga kirmaydi. Madaniyat sub'ekti olam haqidagi tasavvur-larning markazi sifatida talqin etilmaydi, madaniyatni sub'ektsiz anglash yuzaga keladi.
Madaniyatni o‘rganishda ob'ektiv qonuniyatlar, hodisalardagi sababiy bog‘liqlik haqidagi an'anaviy tasavvurlardan foydalanmas-lik ham mumkin. Umumiy bir soha sifatida madaniyatga sistemali yondashuv bir-biriga ta'sir etuvchi turli madaniyat sohalarining o‘ziga xos xususiyatlarini qismlarga bo‘lib emas, balki ularni yaxlit tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Sistemali yondashuv tadqiqot-ning juda ko‘p uslublaridan foydalanishga imkon beradi. Ya'ni, ayrim uslublar bilan olingan natijalarni boshqalariga qarama-qarshi qo‘ymasdan va mutloqlashtirmasdan xulosa chiqarishga asos bo‘ladi. Aynan sistemali yondashuv madaniyatga o‘ziga xos shaklda munosabat bildirgan holda kishilar hayot faoliyati sohalarini ham tushunish imkonini beradi.
Madaniyat taraqqiyoti muayyan ob'ektiv qonunlarga bo‘ysunadi. Ular quyidagilardan iborat:

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling