Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
moliya va soliqlar 1-qism fanidan maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-mavzu. Korxonalar va tashkilotlar moliyasi 4-ma’ruza. Jamoat tashkilotlari va birlashmalari moliyasi Reja
- 4. Siyosiy partiyalar moliyasi 1. Jamoat tashkilotlari moliyasini tashkil etish asoslari
- 2. Jamoat tashkilotlari va birlashmalarining daromad va xarajatlari
- 3. Kasaba uyushmalari moliyasi Kasaba uyushmalari
- 4. Siyosiy partiyalar moliyasi Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar
Nazorat savollari. 1. Notijorat tashkiloti tijorat tashkilotidanqanday farq qiladi? 2. Notijorat tashkiloti qanday maqsadlarda tashkil etiladi? 3. Notijorat tashkilotlar qanday turlarga bo‘linadi? 4. Notijorat asosida faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa va tashkilotlar moliyaviy resurslarining shakllanishi qanday xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi? 5. Notijorat tashkilotlar moliyaviy resurslarini shakllantirish xususiyatlari nimalardan iborat? 58 4-mavzu. Korxonalar va tashkilotlar moliyasi 4-ma’ruza. Jamoat tashkilotlari va birlashmalari moliyasi Reja 1. Jamoat tashkilotlari moliyasini tashkil etish asoslari 2. Jamoat tashkilotlari va birlashmalarining daromad va xarajatlari 3. Kasaba uyushmalari moliyasi 4. Siyosiy partiyalar moliyasi 1. Jamoat tashkilotlari moliyasini tashkil etish asoslari Jamoat tashkilotlari mamlakat siyosiy jamoat tizimining ajralmas qismidir. Bu tashkilotlar odamlarning bitta mutaxassislikka yoki ijtimoiy guruhga, bir xil maqsadlarga, qiziqish yoki umumfuqarolik masalalarini hal qilishda bir xil yondashuvligi, g‘oyaviy maqsadlar uchun birlashishi asosida vujudga keladi. Bizning mamlakatimizda bir qancha jamoat tashkilotlari faoliyat yuritadi: kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, ijodiy uyushmalar, sport va boshqa o‘z xohishiga ko‘ra birlashgan jamiyatlar, maxsus tashkiliy shakl asosida birlashgan va keyingi yillarda keng tarqalgan maqsadli fondlar va hayriya fondlari misol bo‘ladi. Jamoat tashkilotlari moliyasi quyidagi munosabatlarni o‘z ichiga oladi: jamoat tashkilotlari va ularning a’zolari o‘rtasidagi jamoatga kirish va a’zolik badallarini to‘lash, shuningdek jamoat tashkiloti bo‘yicha har xil to‘lovlar va imtiyozlarni qo‘llash; jamoat tashkilotlarining korxonalar, ishlab chiqarish birlashmalari va tashkilotlar bilan moliyaviy munosabatlari. Korxonalar tomonidan xayriyalar, shuningdek har xil madaniy tadbirlar va ko‘rgazma, festivallar o‘tkazish uchun mablag‘lar ajratish; jamoat birlashmalari ichida fondlarni tashkil qilish va foydalanish bo‘yicha (ish haqi fondi, kapital qo‘yilmalar) munosabatlar; yuqori va quyi turuvchi jamoat tashkilotlari o‘rtasida daromadlarini yuqori tashkilotga o‘tkazish yoki yuqori tashkilotdan yordam olish; jamoat tashkilotlari va ularga bo‘ysinuvchi xo‘jalik-ishlab chiqaruvchi tashkilotlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar. Jamoat tashkilotlarining moliyasiga, asosan, ikkita omil ta’sir ko‘rsatadi. Birinchisi shundan iboratki, jamoat birlashmalari fuqarolarning o‘z xohishiga ko‘ra birlashishi asosida yuzaga keladi. Shuning uchun pul fondlarini moddiy bazasi sifatida shakllantirish va ulardan foydalanish o‘z xususiyatlariga ega. Mablag‘lar tushishining asosiy manbai birlashmalarga kirish va a’zolik badallaridan tashkil topadi. Ikkinchi omil, jamoat birlashmalari ma’lum mulkka (imoratlar va asbob-uskunalar), korxonalar va ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan (sanoat, qurilish, nashriyot va boshqalar), shuningdek moliyaviy mablag‘larga ega bo‘ladi. Jamoat birlashmalari ulush asosidagi mulkka ham ega bo‘lishi mumkin (masalan, tijorat banklari, qo‘shma korxonalar va boshqalarni tashkil etishda). Natijada jamoat tashkilotlari moliyasi davlat tomonidan qisman boshqariladi, lekin asosan nizom bilan belgilangan bo‘ladi. Jamoat birlashmalarining nizomida uning maqsadlari, vazifalari va boshqa tizimlar bilan hamkorlikning yo‘nalishlari, shuningdek moliyaviy-moddiy ko‘rinishdagi mablag‘larning shakllanish tamoyillari o‘z aksini topadi. Davlat bilvosita ta’sir qilish, ya’ni iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish usullarini qo‘llaydi: - har xil obyektlarni soliqka tortish; - foydaga solinadigan soliq stavkasi; - moliyaviy va soliq imtiyozlari, shuningdek ayrim hollarda dotatsiya va subvensiyalar ajratish orqali. Jamoat birlashmalarining mulkidan foydalanishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u ayrim olingan a’zolar uchun daromad manbai bo‘ladi. Jamoat birlashmalarining barcha daromadlarlari umumiy xizmat ko‘rsatishga, nizom ehtiyojlarini to‘la qondirishga yo‘naltiriladi. 59 A’zolik badallarini to‘lash va u yoki bu ko‘rinishdagi moddiy yordam olish o‘rtasida hech qanaqa bevosita bog‘liqlik mavjud emas. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan omillar birgalikda jamoat birlashmalarining moliya-xo‘jalik faoliyatidagi tijorat hisobi va moliyaviy smetalarini belgilaydi. Bu xususiyatlar ularning moliyasi faoliyatida o‘z aksini topadi. 2. Jamoat tashkilotlari va birlashmalarining daromad va xarajatlari Jamoat birlashmalarining moliya rejasidagi daromad qismi jamoatga kirish va a’zolik badallaridan, xo‘jalik asosidagi karxonalarning faoliyatidan va pulli tadbirlar asosida yuzaga keladigan daromadlardan tashkil topadi. Ijodiy birlashmalarni moliyalashtirish manbai bo‘lib, shuningdek korxona va tashkilotlar foydasidan ajratiladigan maxsus pul ajratmalari ham bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bo‘yicha bu ko‘rinishdagi foydadan ajratmalar daromad solig‘idan ozod etilgan. Keyingi-yillarda jamoat birlashmalari faqat tekinga emas, balki pulli xizmatlar doirasini kengaytirmoqda (sport seksiyalarini tashkil etish, tikuvchilik kurslarini tashkil etish va h. k.) va bu tadbirlar ular daromad manbasini kengaytirmoqda. Bundan tashqari ayrim jamoat birlashmalari daromadlari tarkibida davlat budjetidan ajratmalar ham bo‘lishi mumkin. Jumladan, ko‘ngilli sport jamiyatlariga jismoniy tarbiyani rivojlantirish uchun mablag‘lar ajratilar edi. Biroq, mazkur manba hozirgi vaqtda deyarli ishlatilmayapti. Jamoat tashkilotlari va birlashmalari moliyaviy rejalarining xarajatlar qismida jamoat birlashmalari asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan va ular apparatini saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan, kapital qurilish va kapital ta’mirlash bilan, ma’muriy xo‘jalik xarajatlari bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar aks ettiriladi. Jamoat tashkilotlari va birlashmalari moliyaviy rejasining xarajat moddalarini aniqlashtirish mazkur birlashmalarning faoliyat xususiyatidan kelib chiqadi. Sport jamiyatlarida mablag‘lar sport inshootlarini saqlashga, instruktor-trenerlik tarkibining ish haqiga safarbar etilsa, madaniy oqartuv tashkilotlarida - binolarni saqlash va lektorlarga haq to‘lashga sarflanadi, Qizil yarim oy jamiyatlarida esa, sanitariya-oqartuv tadbirlariga, tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatishga ishlatiladi va h. k. Ko‘pchilik jamoat tashkilotlari va birlashmalari moliyaviy rejalarida xalqaro aloqalar bo‘yicha xarajatlar ham ko‘zda tutiladi. Bunday xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: xorijiy delegatsiya vakillarini mamlakat ichida qabul qilib olish va chet ellarga safar xarajatlari, xalqaro seminarlar, kongresslar, uchrashuvlar tashkil etish xarajatlari. Ayrim holatlarda ushbu xarajatlar xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari uchun ham ishlatilishi mumkinki, bunda ushbu jamoat birlashmalari xalqaro tashkilotning haqiqiy a’zosi bo‘lmog‘i lozim. Jumladan, mamlakatimiz sport federatsiyalari: - alohida sport turlari bo‘yicha xalqaro sport federatsiyalariga a’zolik badallarini to‘laydilar; - xalqaro federatsiya o‘tkazayotgan sport tadbirida ishtirok etish uchun qatnashish badallarini to‘laydi; - o‘yinlardan tushgan mablag‘lardan ajratmalar qiladilar. Jamoat tashkilotlari va birlashmalari o‘z nizom faoliyatiga ko‘ra odatda davlat budjeti oldida hech qanday moliyaviy majburiyatlarga ega emas. Jumladan, faxriylar, nogironlar jamoat birlashmalari, Qizil yarim oy jamiyati, ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati va h. k. lar soliqlardan to‘la ozod etilgan. Jamoat birlashmalari qoshida faoliyat yurituvchi korxonalar tijorat hisobi tamoyilida faoliyat yuritadilar. Shuning uchun ular moliyasini tashkil etish boshqa korxonalardagi asosiy xususiyatlar bilan umumiy bo‘lib, asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar doiraviy aylanishini tashkil etish (nizom fondini shakllantirish), foyda olish va taqsimlash, budjet bilan hisob-kitoblar odatdagi tartibda amalga oshiriladi. Xo‘jalik faoliyatidan daromadlarning o‘sishi jamoat birlashmalariga o‘z mulkini ko‘paytirish va umumiy daromadlar summasida a’zolik badallari ulushini kamaytirish imkonini beradi, jumladan, qurolli kuchlarga ko‘maklashuv ko‘ngilli jamiyatlarida xo‘jalik faoliyatidan 60 olingan daromadlar uning 80% atrofidagi xarajatlarini, a’zolik badallari esa, taxminan 20% ini qoplashga imkon berdi. Kinochilar uyushmasi, rassomlar uyushmasida a’zolik badallarining jami daromadlardagi ulushi 3% dan ortmaydi. 3. Kasaba uyushmalari moliyasi Kasaba uyushmalari - ishlab chiqarishda, xizmat ko‘rsatish va madaniyat sohasida faoliyatining umumiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan mehnatkashlarni birlashtiruvchi ommaviy tashkilotlardir. Ular "Kasaba uyushmalari" to‘g‘risidagi qonunga asosan faoliyat yuritadilar. Hozirgi kunda Kasaba uyushmalarining umumiy konfederatsiyasi tashkil etilgan (KUUK). Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida kasaba uyushmalari ishchi va xizmatchilarning manfaatlarini, ayniqsa, davlat va tadbirkorlar bilan mehnat shartnomasi tuzish vaqtida himoya qilishga qaratilgan. Kasaba uyushmalari mehnatkashlar moddiy va kasbiy holatiga aloqador bo‘lgan barcha qonun loyihalarini (masalan, aholi bandligi to‘g‘risidagi, ijtimoiy-ta’minot va ijtimoiy himoya to‘g‘risidagi qonunlar) ishlab chiqishda faol ishtirok etishlari lozim. Kasaba uyushmalari mehnatkashlar mehnat sharoitlari, turmush tarzi va dam olishlarini tashkil etish va yaxshilash uchun harakat qiladilar. Kasaba uyushmalari moliyasini tashkil qilish, asosan, o‘zida jamoat birlashmalari moliyasiga xos bo‘lgan xususiyatlarni aks ettiradi. Kasaba uyushmalari va ularga bo‘ysunuvchi korxona va tashkilotlar quyidagi uch tur pul munosabatlarini o‘zida mujassamlashtiradi: - kasaba uyushmalari va uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar. Ular ikki tomonli xarakterga ega, ya’ni a’zolar kirish va a’zolik badallarini to‘laydi va ikkinchi tomondan kasaba uyushmalaridan har xil moddiy va moliyaviy yordam oladilar; - kasaba uyushmalarini korxona, tashkilot va birlashmalar bilan moliyaviy munosabatlari. Ular tarkibiga ish haqidan ajratmalar, korxonalarning ixtiyoriy badallari, jumladan, madaniy tadbirlar o‘tkazish uchun ajratmalar kiradi; - kasaba uyushmalari tizimi ichidagi pul munosabatlari, ya’ni kasaba uyushmalari yuqori va quyi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi, kasaba uyushmalari va ular qaramog‘idagi ijtimoiy-madaniy muassasalar, xo‘jalik tashkilotlari o‘rtasidagi pul munosabatlari va h. k. Kasaba uyushmalari o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun mustahkam moddiy-moliyaviy vositaga egadirlar. Ularning ixtiyorida sihatgohlar, pansionatlar, dam olish uylari, turistik bazalar, madaniy-oqartuv muassasalari, sport inshootlari mavjud. Mazkur fondlarning ayrim qismi davlat (budjet) mablag‘larini jalb etish hisobiga yaratilgan. Kasaba uyushmalari qator qo‘shma korxonalar, tijorat banklari kabi yirik investorlarning ta’sischilari, ya’ni ular nizom jamg‘armasining mulkdorlari hisoblanadi. Kasaba uyushmalari mablag‘larining bir qismi qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga safarbar etilgan. Kasaba uyushmalari to‘la moliyaviy mustaqil bo‘lib, davlat budjeti oldida o‘zining asosiy faoliyati bo‘yicha hech qanday moliyaviy majburiyatlarga ega emas (ularga qarashli bo‘lgan korxonlar foyda, va h. k. soliqlaridan tashqari). Kasaba uyushmalari tashkilotlarining o‘z mablag‘lari tarkibiga quyidagilar kiradi: - a’zolik badallari; - xo‘jalik tashkilotlari faoliyatidan daromadlar; - pullik tadbirlardan daromadlar. Kasaba uyushmalari tashkilotlari daromadlarida a’zolik badallari ular umumiy hajmining yarmidan ko‘p qismini tashkil etadi. A’zolik badallari ish haqidan 1% miqdorida belgilangan. Kasaba uyushmalari tashkilotlari o‘z daromadlarining ikkinchi manbai Kasaba uyushmalari tomonidan moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, jumladan, uning qaramog‘idagi korxona va tashkilotlar, yordamchi xo‘jaliklar (qishloq xo‘jaligi, savdo, transport, sanoat, maishiy xizmat va h. k. ) yuritilishi bilan bog‘liqdir. Kasaba uyushmalari tashkilotlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyati o‘zini-o‘zi qoplash tamoyiliga asoslanadi, vakolatli Kasaba uyushmalari tizimi ichida o‘z mablag‘larini bo‘g‘inlar o‘rtasida qayta taqsimlash bilan bog‘liq smeta asosidagi moliyalashtirish ham qo‘llanilishi mumkin. 61 Kasaba uyushmalari tashkilotlarining xarajatlari ularning nizom vazifalaridan kelib chiqadi. Ular tarikibiga avvalo moddiy yordam ko‘rsatish, mehnat muhofazasi hamda ma’muriy-xo‘jalik xarajatlari kiradi. Tashkiliy xarajatlariga yig‘ilishlar, konferensiyalar o‘tkazish va safar xarajatlari kiradi. Kasaba uyushmalari xarajatlarining belgilovchi qismi madaniy-oqartuv va sport muassalarini saqlash va rivojlantirish bilan bog‘liq. Kasaba uyushmalarining umumiy konfederatsiyasi (KUUK) xalqaro tashkilot - Umumjahon Kasaba uyushmalari federatsiyasi (UKF) tarkibiga kiradi. Shuning uchun KUUK xarajatlariga xalqaro aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash xarajatlari, jumladan, UKFga a’zolik badallarini to‘lash xarajatlari kiradi. Kasaba uyushmalari tashkilotlari moliyasi vertikal boshqaruv tizimini hisobga olgan holda tuziladi. Kasaba uyushmalarining daromadlari uning yuqori va quyi tashkilotlari orasida taqsimlanadi. A’zolik badallari, asosan, birlamchi tashkilotda qoladi va uning ayrim qismi Kasaba uyushmalari bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlanadi. Hozirda mamlakatimizda mustaqil kasaba uyushmalarining konfederatsiyasi (MKUK) shakllangan va faoliyat yuritmoqda. Mustaqil kasaba uyushmalarining konfederatsiyasi (MKUK) moliyasini tashkil etish odatdagidek, ammo bu tashkilot unchalik katta mulkka ega emas. 4. Siyosiy partiyalar moliyasi Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar jamoat birlashmalarining muhim ko‘rinishidir. Bu yerda jamoaga birlashtirishning asoslari sifatida g‘oyaviy tamoyillar yoki ijtimoiy g‘oyalar maydonga chiqadi. Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar moliya tizimi boshqa jamoat birlashmalaridagi kabi bo‘lsada, ma’lum xususiyatlarga ham ega. Har qanday siyosiy partiya faoliyatining asosiy manbai sifatida a’zolik badallari maydonga chiqadiki, ular odatda barcha xarajatlarni qoplashga imkon bermaydi. Shu bilan bir vaqtda ijtimoiy harakatlar uchun bundan tashqari korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, xususiy tadbirkorlar va alohida fuqarolarning jamg‘armalari va xayriya-exsonlari ham qo‘llaniladi. Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar daromadlari manbalarining uchinchi guruhiga nashriyotchilik va boshqa faoliyatdan tushumlar kiradiki, ushbu manba tijorat xususiyatiga ega bo‘ladi. Demokratik jamiyatlarda ko‘p holatlarda siyosiy partiyalarni nafaqat to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirish, balki ularga moddiy yordam (yig‘ilishlar uchun binolarni tekinga yoki imtiyozli shartlarda berish, siyosiy-partiyaviy yo‘nalishdagi muzeylarni moliyalashtirish va h. k.) ko‘rsatish uchun ham davlat budjeti mablag‘laridan foydalanish qonun yo‘li bilan taqiqlangan. Shu bilan bir vaqtda qonunan rasmiylashtirilgan ma’lum cheklanishlar ham ko‘zda tutilishi mumkin. Masalan, Chexiya va Slovakiyada parlamentga saylangan barcha partiya va harakatlar har bir saylov ovozi uchun 10 krondan mablag‘ oladi. Shunday qilib, davlat oz miqdorda bo‘lsada partiyalar saylov tadbirlarini va ularning joriy faoliyatini subsidiyalashtiradi. Mamlakatimizda so‘nggi-yillarda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlar natijasida siyosiy partiyalarning moliyaviy ta’minoti, shu jumladan davlat budjetidan ham moliyalashtirishning huquqiy asosi yaratildi, ya’ni 2004-yil 30-aprelda siyosiy partiyalarni moliyalashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida"gi qonuni qabul qilindi. Unga asosan siyosiy partiyalarni moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat: kirish va a’zolik badallari, agar siyosiy partiyaning ustavida bunday badallar to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa; qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qonunga muvofiq ajratiladigan mablag‘lar; O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari tomonidan qonunga muvofiq beriladigan xayriya yordami. Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish qonuniylik, ochiqlik, oshkoralik va siyosiy partiyalarning teng huquqliligi kabi asosiy prinsiplar asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, qonunda siyosiy partiyalar faoliyatining turli jabhalarni davlat tomonidan moliyalashtirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalarni 62 moliyalashtirish to‘g‘risida"gi qonunining 7-moddasida siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish to‘g‘risida quyidagilar nazarda tutilgan: «Siyosiy partiya, agar u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda qonunchilik palatasi deb yuritiladi) saylov yakunlari bo‘yicha "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuniga muvofiq qonunchilik palatasida siyosiy partiya fraksiyasini tuzish uchun zarur miqdorda deputatlik o‘rinlarini olgan bo‘lsa, o‘zining ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablag‘larini olish huquqiga ega bo‘ladi. Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining yillik hajmi shu mablag‘larni ajratish mo‘ljallanayotgan yildan oldingi yilning 1-yanvaridagi holatga ko‘ra belgilangan eng kam ish haqining ikki foizini qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan oxirgi saylovda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar soniga ko‘paytmasi miqdorida shakllantiriladi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan davlat mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilik palatasiga oxirgi saylovning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan aniqlangan natijalari asosida bu mablag‘larni olish huquqiga ega bo‘lgan siyosiy partiyalar o‘rtasida ularning qonunchilik palatasida olgan deputatlik o‘rinlari miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlaydi». Mazkur qonunning 8-moddasida esa, siyosiy partiyalarning qonunchilik palatasiga va davlat hokimiyatining boshqa vakillik organlariga saylovda ishtirok etishini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi keltirilgan: «Siyosiy partiyalarning qonunchilik palatasiga va davlat hokimiyatining boshqa vakillik organlariga saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish belgilangan tartibda faqat ana shu maqsadlar uchun ajratiladigan davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalarni saylovda boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtirish va moddiy jihatdan o‘zgacha tarzda qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi. Siyosiy partiyalarning qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining bir deputatlikka nomzod hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi. Siyosiy partiyaning qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘lari shu partiyadan qonunchilik palatasi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olingandan keyin ro‘yxatga olingan nomzodlar soniga muvofiq hajmda siyosiy partiyaning hisob-kitob varag‘iga belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Qonunchilik palatasiga saylovda siyosiy partiyalarning ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari siyosiy partiya tomonidan: saylovoldi ko‘rgazmali tashviqot vositalarini nashr qilishga; qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarning televidenie, radio orqali va boshqa ommaviy axborot vositalarida chiqishlarini tashkil etishga; qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga; qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarning ishonchli vakillari va bevosita saylov okrugida saylovoldi tashviqotini o‘tkazish uchun jalb qilinadigan boshqa faollar ishini tashkil etishga; saylov kampaniyasini o‘tkazishga doir umumpartiyaviy tadbirlarga sarflanishi kerak. Agar qonunchilik palatasiga saylov yakunlari bo‘yicha siyosiy partiya fraksiya tuzish uchun zarur miqdorda deputatlik o‘rinlarini ololmagan bo‘lsa, siyosiy partiyaning qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari mazkur partiyaning boshqa manbalardan olgan mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarilishi kerak». Siyosiy partilarni davlat tomonidan moliyalashtirish manbai va uni ajratish tartibi qonunning 10-moddasida keltirilgan: «Siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish manbai O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘laridir. Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘lari siyosiy partiyalarning hisob-kitob varaqlariga belgilangan tartibda o‘tkaziladi. 63 Moliya yili uchun ajratilgan, lekin shu yil mobaynida siyosiy partiya tomonidan foydalanilmagan davlat mablag‘lari moliya yili tugaganidan keyin bir oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarilishi kerak. Siyosiy partiya davlat mablag‘larini olishdan voz kechishga haqli». Shuningdek, siyosiy partiyalarning daromadlari yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablag‘lari hisobidan ham shakllanishi mumkin. Siyosiy partiyalarga xayriya yordamlari berishning tartibi va umumiy jihatlari yuqoridagi qonunning III qismida keltirilgan. Unga ko‘ra siyosiy partiya xayriya yordamini faqat O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno) va fuqarolaridan pul shaklida hamda mol-mulk berish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish tarzida va faqat ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun olish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari tomonidan xayriya yordami berish ixtiyoriy ravishda va ularning faqat o‘z mablag‘laridan amalga oshiriladi. Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasining bir yuridik shaxsidan bir yil mobaynida olgan xayriya yordami summasi xayriya yordami berilgan yilning 1-yanvaridagi holatga ko‘ra belgilangan eng kam ish haqining besh ming baravaridan oshmasligi lozim. O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi siyosiy partiyaga pul mablag‘lari shaklidagi xayriya yordamini berishda uni siyosiy partiyaning hisob-kitob varag‘iga yuridik shaxslar uchun naqd pulsiz hisob-kitoblar qoidalarida nazarda tutilgan rekvizitlarni ko‘rsatgan holda o‘tkazadi va to‘lov topshiriqnomasida xayriya yordami berishga cheklashlar yo‘qligi haqida belgi qo‘yadi. Xayriya yordami, agar u yuqorida ko‘rsatilgan summadan ortiqroq bo‘lsa, olingan kundan e’tiboran bir oy ichida siyosiy partiya xayriya yordami beruvchiga uni qaytarishi, qaytarish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, davlat daromadiga o‘tkazishi lozim. Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasining bir fuqarosidan bir yil mobaynida olgan xayriya yordami summasi xayriya yordami berilgan yilning 1-yanvaridagi holatga ko‘ra belgilangan eng kam ish haqining besh yuz baravaridan oshmasligi lozim. Ushbu cheklash siyosiy partiya a’zolari partiya ustaviga asosan to‘laydigan a’zolik badallariga tatbiq etilmaydi. O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi siyosiy partiyaga pul mablag‘lari shaklidagi xayriya yordamini berishda uni siyosiy partiyaning hisob-kitob varag‘iga shaxsan, pasporti yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatni taqdim etgan hamda to‘lov topshiriqnomasida yoxud pul jo‘natmasida familiyasi, ismi, otasining ismi va pasportiga oid ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda o‘z mablag‘laridan o‘tkazadi. Xayriya yordami, agar yuqorida ko‘rsatilgan summadan ortiqroq bo‘lsa, olingan kundan e’tiboran bir oy ichida siyosiy partiya xayriya yordami beruvchiga uni qaytarishi, qaytarish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, davlat daromadiga o‘tkazishi lozim. Siyosiy partiyalarga pul mablag‘lari shaklidagi, mol-mulk berish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish tariqasidagi (shu jumladan grantlar ajratish, texnik yordam ko‘rsatish, safarlar bilan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida o‘tkaziladigan treninglar, seminarlar, konferensiyalar bilan bog‘liq xarajatlarga haq to‘lash orqali) xayriya yordami quyidagilar tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi: chet davlatlar; chet davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vakolatxonalari va filiallari; xalqaro tashkilotlar, ularning vakolatxonalari va filiallari; chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar; chet el fuqarolari; fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, diniy tashkilotlar va nomi yashirilgan yoki faqat taxallusi ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan siyosiy partiyalarga pul mablag‘lari shaklida, mol- mulk berish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish tarzida xayriya yordami berilishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Siyosiy partiyalar uchun boshlang‘ich partiya tashkilotlari va markaziy boshqaruv apparati mavjudligi sharoitida boshqarishning vertikal tarkibi xosdir. Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar moliyasini tashkil etish uchun yuqori va quyi partiya tashkilotlari o‘rtasidagi, jumladan, dotatsiya shaklidagi ichki partiyaviy moliyaviy munosabatlar ham xosdir. 64 Siyosiy partiyalar odatda ma’lum mulkka egadirlarki, ularning miqdori uning rahbariyati o‘tkazayotgan siyosatniig ommabopligi hamda mamlakat ijtimoiy-siyosiy tizimida ushbu partiya egallagan mavqedan kelib chiqadi. Ijtimoiy harakatlar, aksincha hech qanday mulkka ega emas, ularning yo‘lboshchilari ko‘pincha jamoa asosida o‘z hisobidan faoliyat yuritadilar. Siyosiy partiyalar moliyaviy rejalarida daromadlar tarkibini to‘liqligini ko‘rish mumkinki, ular tarkibida tijorat hisobi asosida xo‘jalik yurituvchi tashkilotlardan tushum muhim o‘rin eggallaydi. Ijtimoiy harakatlarda moliyaviy reja sifatida yillar bo‘yicha farq qiladigan smeta maydonga chiqadi. Alohida siyosiy partiyalar xarajatlarining tarkibi ular faoliyatining ko‘lamiga bog‘liq. Mazkur xarajatlar siyosiy partiya nizom faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib o‘z ichiga quyidagilarni oladi: - partiya rahbariyati va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ish haqi xarajatlari; - mitinglar, yig‘ilishlar, namoyishlar o‘tkazish xarajatlari; - ko‘rgazmali tashviqot bo‘yicha xarajatlar; - memorial uy-muzeylarni saqlashni joriy xarajatlari. Bundan tashqari bu xarajatlar tarkibida ma’muriy binolarni saqlash va yangilarini qurish xarajatlari va h. k. lar ham hisobga olinishi mumkin. Ijtimoiy harakatlar smetasida asosiy o‘rinni homiylarning va maxsus maqsadli badallar mablag‘larining harakatning faol qatnashchilari uchun qilinadigan xarajatlar egallaydi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling