Zbekiston respublikasi andijon davlat universiteti


Detal — bir xil nomdagi va bir xil markali materialdan (yig'ish jarayonlari qoilanilmagan) yasalgan bo'ladi. Yig'ish birligi


Download 451 Kb.
bet7/8
Sana09.06.2023
Hajmi451 Kb.
#1467568
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dopusk va oʻtkazishlar ularni chizmada belgilashni

Detal — bir xil nomdagi va bir xil markali materialdan (yig'ish jarayonlari qoilanilmagan) yasalgan bo'ladi.
Yig'ish birligi — tayyorlovchi korxonalarda tarkibiy qismlari o'zaro yig'ish jarayonlari bilan biriktiriladigan buyumlar.
Kompleks — tayyorlovchi korxonada yig'ish jarayonlari bilan birlashtirilmagan, ammo bir-biriga bogiiq ekspluatatsion vazifalarni bajarish ko'zda tutilgan ikki va undan ortiq buyum (22.1-chizma).
Komplekt — tayyorlovchi korxonada yig'ish jarayonlari bilan birlashtirilmagan, biroq umumiy yordamchi vazifalarga ega bo'lgan ikki va undan ortiq buyum to'plami. Masalan, ehtiyot qismlar to'plami.
Buyumlarning tarkibi va tuzilishi konstruktorlik hujjatlari bilan aniqlanadi.
S tandart detallar va o'zaro almashuvchanlik. Texnikaning barcha sohalarida qoilaniladigan bir xildagi detallar ko'plab uchraydi. Ularga turli boltlar, shpilkalar, vintlar, gaykalar, shaybalar, shponkalar, shtiftlar, prujinalar, parchin mixlar, burama mix (shurup)lar, turli vallar, o'qlar, relslar, prokatlar, qistirma kabilar kiradi.
Bunday detallar ishlab chiqarishning turli sohalarida qo'llanilgani uchun ular standartlashtirilgan. Har bir buyum uchun standart joriy qilingan. Masalan, boltni olsak, tatbiq qilinadigan joydagi teshikning diametri va detallarning

qalinligi ma'lum bo'lsa yetarlidir. Standart asosida joriy qilingan jadval bo'yicha kerakli diametr va uzunlikdagi tayyor boltni jamg'armadan olib ishlatiladi.
StandartlashtiriJgan kundalik hayotimizdagi bir turdagi buyumlarning detallarini bir-biri bilan almashtirishga imkon beradi. Masalan, bir xil markadagi
1 — elektr motor, 2 — nasos, 3 — yurgizuvchi, 4 — moy nasosi, 5 — moy zaxirasi, 6 — tasmali uzatma shkivi, 7 — moy o'tkazuvchi quvurlar, 8 — monometr, 9 — biriktiruvchi mufta.
avtomobillarning detallari bir-biriga to'g'ri keladi va buzilganini darhol almashtirishga imkon bo'ladi.
Hozirgi ishlab chiqarishni avtomatlashtirish jarayoni kuchaygan davrda har bir detal va buyumlarni aniq standart talabiga ko'ra bir-biri bilan almashtirishni joriy etish talab qilinadi. Shuning uchun mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni o'ta aniqlikni talab qiladi. Shundagina buyumlarni o'zaro almashtirishda qiyinchilik tug'ilmaydi.

Download 451 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling