Ўзбекистон республикаси давлат божхона қЎмитасининг божхона институти


TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana27.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1131126
1   2   3
Bog'liq
2394-Текст статьи-6025-1-10-20200704

TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA 
SOLISHNING JAHON TAJRIBALARI. 
N. S. Ismailova- TDIU “Jahoniqtisodiyoti” kafedrasi mudiri i.f.n. dots.,
Q.A.Isayev- TDIU “Jahon iqtisodiyoti” yo’nalishi tayanch doktoranti.
Bugungi kunda mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni samarali boshqarish 
uchun tashqi iqtisodiy aloqalarni to‘liq aks ettiruvchi va mamlakat reytingini 
oshiruvchi amaliy ishlar keng amalga oshirilmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar 
deganda, asosan, tovarlar va xizmatlar eksporti va importi, xalqaro moliyaviy 
operatsiyalar, xalqaro shartnoma bo‘yicha xorijda ishlab chiqarish faoliyati bilan 
shug‘ullanish, ishchi kuchi migratsiyasi va xalqaro turizm harakati, shuningdek, 
xalqaro faoliyatning boshqa yo‘nalishlari tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-apreldagi “Tashqi savdo 
sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gifarmoni 
tashqi savdo aloqalarining samaradorligini yanada oshirish, sohada yangi 
imkoniyatlar yaratishda muhim omil bo‘ldi
1
.
Ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlar, me’yoriy hujjatlar 
mavjud, lekin bu yetarli emas, chunki mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada 
rivojlantirish va ochiqligini taminlash uchun ko‘plab amalga oshirish kerak bo‘lgan 
ishlar turibdi. Bilamizki, mamlakatdagi tashqi iqtisodiy faoliyat yaxshilanishi uchun, 
avvalo, mamlakatning ichki muhiti talablarga javob beradigan holda bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston uchun tashqi savdoni isloh qilish va eksportni rag‘batlantirish 
erkin ayirboshlanadigan valutada daromadlar o‘sishiga olib keladi. U jahon 
iqtisodiyotiga integratsiyallashuv kuchayishida muhim omil sanaladi, Eng muhimi, 
u iqtisodiy o‘sish barqarorligini ta’minlaydigan milliy valutani mustahkamlash, 
iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish kabi eng dolzarb 
masalalarni hal qilishga qaratilgan muhim harakat hisoblanadi.
Jahon tajribasining ko‘rsatkichlariga ko‘ra, ochiq bozor iqtisodiyotiga 
harakatlanish sharoitida eksport salohiyatini rivojlantirish va milliy eksportchiga 
hartomonlama ko‘mak berish samarali tashqi iqtisodiy faoliyatning asosi va 
mamlakat iqtisodiy xavfsizligining garovi bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston uchun 
bu alohida ahamiyat kasb etadi, chunki faqat eksportni rivojlantirish orqali hayot 
uchun muhim tovarlar importini qisqartirmasdan turib savdo muvozanatining 
musbat saldosiga erishish mumkin.
Tashqi iqtisodiy siyosat konsepsiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda 
keng miqyosdagi jahon tajribasiga, ya’ni dunyodagi rivojlangan va rivojlanayotgan 
va o‘tish davri iqtisodiyotini boshdan kechirayotgan turli davlatlar tajribasiga 
1
http://uza.uz/uz/documents/tashqi-savdo-sohasida-boshqaruv-tizimini-takomillashtirish-c-14-04. 



murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Bu o‘rinda, ayniqsa, Janubiy-Sharqiy Osiyo 
va Yevropa mamlakatlari tajribasi O‘zbekiston uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.
Tashqi iqtisodiy siyosat har qanday milliy iqtisodiyotning taraqqiyotini 
ta’minlaydigan muhim vositadir. Bir-biridan tafovut qiluvchi ikki model mavjud. 
Birinchi model asosan eksportga yo‘nalishni, ikkinchi model esa import o‘rnini 
bosishni taqozo etadi.Birinchi modelga o‘tgan asr oxirida Amerika Qo‘shma 
Shtatlari, ikkinchi jahon urushidan keyin G‘arbiy Yevropa davlatlari, Yaponiya ular 
ortidan esa yangi industrial davlatlar ergashgan.Ikkinchi modelni keyingi 20yil 
ichida Lotin Amerikasidagi ba’zi mamlakatlar tanladi.
Yaponiyada ilmiy asoslangan tashqi iqtisodiy faoliyat mamlakat rivojlanishida 
muhim amaliy omil hisoblanadi. U milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda, jahon 
xo‘jaligiga chuqur integratsiyalashuvni ta’minlab, Yaponiyani jahon iqtisodiy, 
ilmiy-texnikaviy, moliyaviy va savdo markazlaridan biriga aylantirdi.
Yaponiyada tashqi iqtisodiy faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinishi 
barcha bosqichlarda davlatdagi va xorijdagi iqtisodiy ahvol tahlili, tarkibiy va 
geografik o‘zgarishlarning ustuvor yo‘nalishlari strategiyasini belgilashdan tortib, 
ma’muriy va iqtisodiy rag‘batlantiruvchi vositalarning keng tizimini qo‘llashga 
qadar amalga oshiriladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning yaponcha 
amaliyotida o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi, ya’ni qonuniy, ma’muriy-huquqiy, 
iqtisodiy, norasmiy uslublardan samarali foydalaniladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning yapon tizimi o‘zaro davlat va 
biznes munosabatlarining maxsus paradigmasi bilan farq qiladi. Uning negizida 
xususiy sektor tomonidan davlat siyosatining eng muhim strategik yo‘nalishlarini 
hech bir e’tiborsiz qabul qilinishi yotadi.
Janubiy Koreyada ham tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga 
solishning ko‘pgina o‘ziga xos va foydali tomonlarini ko‘rish mumkin. Koreya 
tajribasida eksportga yo‘naltirilgan asosiy va muhim tarmoqlardagi korxona ichki 
xarajatlari va mahsulot sifatining davlat tomonidan nazorat qilinishi tajribasi 
O‘zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etishi mumkin.Mamlakat Prezidenti 
eksport muammolari bo‘yicha Kengash majlisini har oyda o‘tkazib turadi, eksport 
bo‘yicha topshiriqlar belgilanadi. Davlat shuningdek, xorijiy kapitalni nazorat qiladi, 
xorijiy valutalar behisob oqib kelishining oldini olinishini qat’iy va mustahkam 
ta’minlaydi. Milliy eksporterlar doimiy ravishda subsidiyalar bilan ta’minlanib 
turiladi.
Yaponiyadan farqli ravishda, Janubiy Koreyada yirik biznes kichik biznes 
evaziga rivojlandi.Aynan yirik konglomeratlar (chebollar) tashqi bozorga 
yo‘naltirilgan koreys rivojlanish modelida asosiy o‘rin egallaydi.
Davlatning chebollar tashqi iqtisodiy faoliyatiga xayrixohligi ularning 
foydasiga xorijiy yordam va subsidiyalar, imtiyozli ichki va valuta kreditlarining 
taqsimlanishida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, chebollarning hukumat bilan 
yaqin aloqada bo‘lishi ularga eng istiqbolli mulkga egalik qilishga, foydali davlat 



buyurtmalarini olishga, tashqi savdo imtiyozlari va boshqa ustunliklarga erishishiga 
imkoniyat yaratadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish borasidagi jahon tajribasi sifatida 
Xitoy Xalq Demokratik Respublikasi tashqi savdo siyosatini oladigan bo‘lsak, ushbu 
mamlakat jahondagi eng yirik eksport va import qiluvchi mamlakatlardan biri 
hisoblanadi. Xalqning farovonligini oshirish va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun 
Xitoyda tashqi savdo faoliyatida huquqiy asosning keng qamrovli isloh qilinishi 
davlatni barqarorlashtirdi. Xitoy hukumati raqobatbardosh ustunlikka ega bo‘lgan 
istiqbolli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun 12 ta erkin iqtisodiy hududini tashkil 
etish uchun strategik favqulodda dastur ishlab chiqdi
1
.
Xitoy iqtisodiyotining yutug‘i “islohotlar va ochiqlik” siyosatini olib borishida 
bo‘lib, Xitoyning tashqi dunyoga ochiqlik darajasining kengaytirilishi bilan amalga 
oshirila boshladi va tashqi savdo aylanmasining o‘sishi, uning tuzilmasining 
yaxshilanishi va xorijiy kapitalning jalb qilinishida namoyon bo‘ldi.
XXR rivojlanishining turli bosqichlarida mamlakat iqtisodiy siyosatidagi tashqi 
savdoning ahamiyati va ustunliklari sezilarli darajada farq qilgan. Birinchi 10-12 
yillarda tashqi savdoning aktiv rivojlanishi birinchi navbatda, sotsialistik 
mamlakatlar bilan bo‘lgan, “madaniy inqilob” davrida ancha turg‘un holatga kelib 
qolgan edi, buning sababi Xitoy tashqi dunyo bilan aloqalarini qisqartira 
boshlaganida.Tashqi savdo xorijdan alohida ilg‘or texnologiyalar namunalarini sotib 
olish va ularni keyinchalik Xitoyning o‘zida ishlab chiqarish uchun valutalarning 
kelib tushish manbayi sifatida qaralgan(harbiy texnika, sanoat uskunalari va shu 
kabilar). 
Eksport-import 
faoliyati 
masshtablarining 
toraytirilishi 
Xitoy 
iqtisodiyotining 
internatsionalizatsiyalashuv 
darajasining 
pasayishiga 
olib 
keldi.Bunday tendensiyalar bo‘lishiga qaramasdan, tashqi savdo hajmi sezilarli 
darajada o‘sgan bo‘lsada 1952-1954-yillarda 23,04mlrd.yuandan 1976-1978yillarda 
89,16 mlrd. Yuangacha bu degani 3,9 martaga o‘sgan, lekin uning sanoatda va 
qishloq xo‘jaligida yalpi mahsulotlar qiymatidagi ulushi 8,16 %dan 5,89 %ga, ya’ni 
2,27%ga kamaygan.
XХP Mkning Uchinchi plenumi 11-chaqirig‘ida (1978-yil dekabr) Xitoyning 
tashqi dunyoga ochiqligi e’lon qilingan va xitoy jamiyatining iqtisodiy islohotlarga 
qadam qo‘yishi boshlangan. Ochiqlikg‘oyasi (“dui waikai fan”) juda muvaffaqiyatli 
bo‘lgan va asosiy uzoq muddatli tashqi iqtisodiy siyosat edi. Bu islohotlar 
boshlangandan so‘ng hukumat iqtisodiy rivojlanishda tashqi iqtisodiy faktorlarning 
o‘rnini chuqur qaytadan ko‘rib chiqdi. 68-70 yillarda mashhur bo‘lgan “o‘z kuchiga 
tayanish” (“zi li gen shen”) tamoili – iste’moltovarlarini, texnika va texnologiyalarni 
importini, turli ko‘rinishdagi xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni qisqartirish yoki 
umuman qilmaslik, “ochiqlik” siyosati bilan almashtirildi.
1980-yilning iyun oyida Den Syao Pin xorij delegatsiyasi bilan uchrashuvida 
birinchi bora “Tashqi dunyoga ochiqlik” atamasini, Xitoyning tashqi dunyoga 
1
Information-Analytical Center “Polpred”. China. Foreign trade. Available at: 



nisbatan iqtisodiy siyosati asosi sifatida qo’llagan va “Xitoy xalqaro munosabatlarda 
ochiqlik siyosatini amalga oshiradi, xalqaro arenaga chiqish yo‘llarini kengaytiradi, 
rivojlangan mamlakatlar bilan tajriba almashadi, milliy rivojlanishni qo‘llab- 
quvvatlash uchun xorijiy kapital va texnikalarni jalbqilishga alohida e’tibor 
qaratadi” deb e’lon qildi.
1982-yil dekabr oyida XXR Konstitutsiyasining yangi tahririda tashqi ochiqlik 
siyosatini amalga oshirish mamlakatning muhim faoliyati sifatida belgilab qo‘yilgan 
edi.
Ochiqlik g‘oyasi bir ovozdan partiya va jamiyat doirasida qo‘llab chiqildi deb 
bo‘lmaydi, chunki Xitoy iqtisodiyotida ochiqlik siyosatining yutuq va kamchiliklari 
haqida, Xitoy xalqi uchun olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli tomonlari haqida bahs 
va munozaralar olib borilgan. Ba’zilar bu ochiqlik g‘oyasiga qarshi edi.Bahs-
munozaralar oqibatida tashqi iqtisodiy ochiqlik konsepsiyasi deyarli to‘liq 
shakllandi, unga munosabat, konyunktura sifatida emas, balki uzoq muddatli 
strategiya sifatida, qoloqlikni yengib o‘tishning asosiy dastagi sifatida, ilg‘or 
mamlakatlarga yetib oluvchi mamlakatlar qatoriga kirish va tashqi savdo va tashqi 
iqtisodiy faoliyatda liderlar qatoriga kirish uchun yo‘l sifatida mustahkamlana 
borgan.
Xitoy maksimal darajada ichki rezervlarni ishga solib, XXI asrda tashqi savdo 
bo‘yicha jahon liderlik pozitsiyasiga o‘zib borayotgan jahon iqtisodiyotining 
giloballashuvida ega bo‘lishga erishdi
1
.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning Turkmaniston tajribasida esa tashqi savdo 
faoliyati doirasida Turkmanistondagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, 
xorijiy davlatlar va ularning yuridik va jismoniy shaxslari bilan o‘zaro manfaatl 
iiqtisodiy munosabatlarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan amaliy harakatlar 
majmuini amalga oshiradi. Turkmaniston tashqi siyosatini amalga oshirayotganda 
mamlakatning xalqaro majburiyatlarini hisobga olgan holda ichki bozorni va 
mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choratadbirlarni 
amalga oshiradi, shuningdek, mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarishni 
rag‘batlantiradi.
Jahonda hech bir davlat o‘ zqobig‘iga o‘ralib, boshqa davlatlar bilan iqtisodiy 
hamkorlik qilmasdan, rivojlanishga qodir emas.
Ota-bobolarimiz qadimdan buni yaxshi bilishgan va shu sababli ajdodlarimiz 
chet el mamlakatlari bilan turli sohalarda hamkorliklar qilishgan. Bu hamkorliklar 
davlat rivojlanishiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan va bugungi kunda ham xorij 
mamlakatlari bilan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hamkorliklarlar qilish ularning tashqi 
iqtisodiy faoliyati tajribalarini o‘rganish mamlakatimizning kelgusi rivojlanishiga 
katta yordam beradi.
  
1
Alimuhamedova Nozima. “Xitoy tashqi savdosini isloh qilish yo’nalishlari va xususiyatlari” bitiruv malakaviy ishi. 
2015-yil, 21-bet. 




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling