M U Q A D D I M A
Soat ______ da bayram tomoshasi boshlanganini bildiruvchi“Chorlov” musiqasi yangraydi.
Soat ______ da vatanni madh etuvchi “O’lksmda bayram” qo’shig’i.
Soat ______ da O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yagraydi.
Soat ______ da So‘z, Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev Boltayvichga!
Badiiy qisim
Vatanni madx etuvchi kuy fonida sahna ortidan mustaqillikni madh etuvchi sher o’qiladi.
Boshlovchi yig‘it.
O’tgan ming asrdan beradi sado
Boshqalar bir dunyo o’z bir dunyo
Tanamda doimo jo’sh urgan qonim
Mustaqil Vatanim O’zbekistonim
Har bir qarich yeri jannatlarga teng
Buxoro Samarqand Xivasin ko’ring
Quyoshi porlaydi tinchdir osmonim
Mustaqil Vatanim O’zbekistonim
Assalomu alaykum aziz tumandoshlar va tumanimizga tashrif buyurgan muhtaram mehmonlar!
Boshlovchi qiz:
Assalomu alaykum mehridaryo onaxonlar-u ko‘ksi qalqon otaxonlar!
“Yangi o’zbekistonda el aziz, inson aziz!”g‘oyasini o‘zida mujassam etganjonajon yurtimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining navqiron 31 yilligi barchangizga (birgalikda) muborak bo‘lsin!
Boshlovchi yigit.Baxt qo‘shig‘i yagrab turar bog‘larida,
Oftob tafti ingay yuksak tog‘larida.
Qadri baland el yashagay quchog‘ida,
Yaxshilarni etagidan tutmay nechun?
Tavof etib, gullar to‘shay shu yurt uchun
Boshlovchi qiz .Aziz yurtdoshlar, siz uchun tayyorlangan bayram dasturlarimizni namoyish etamiz.
(Dastur ketma-ketligi)
SHundan so‘ng Viloyatimiz va Poytaxtimizdan tashrif buyirgan san’at ustalari o‘z bayramona dasturlarini namoyish etishadi.
Boshlovchi yig‘it
SHirmoy noni, tuziga bek yurtdir bu yurt,
Dadil aytgan so‘ziga bek yurtdir bu yurt,
Mag‘rur, tanti, o‘ziga bek yurtdir bu yurt,
Xok-poyin ko‘zlarimga surmay nechun?
Umrim bo‘yi yonib yashay shu yurt uchun!
Boshlovchi qiz
Ey muqaddas xur diyorim nurli bo‘stonim yasha,
Ko‘zlarimning gavharisan shakar bo‘stonim yasha,
Dilrabo olamda tanho tilda dostonim yasha,
Mustaqillikga erishgan O‘zbekistonim yasha,
Boshda do‘ppi to‘n yarashgan bobodehqonim yasha.
Do'stlaringiz bilan baham: |