Ўзбекистон республикаси халқ таълим вазирлиги


Download 0.72 Mb.
bet18/47
Sana13.09.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1676963
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
Bog'liq
Nutq mad.-majmua.doc 1 (3)

Tаyanch tushunchаlаr: Nutqning to`g`riligi nutq madaniyati haqidagi ta`limotning markaziy masalasi ekanligi. Bu asosiy kommunikativ sifatning nutq qurilishining adabiy til me`zonlariga to`la mos kelishi asosida yuzaga kelishi. Xalq tili va adabiy til.
Nutqning to`g`riligi va badiiy adabiyot. Nutqning aniqligi. Aniqlik nutqning asosiy kommunikativ sifatlardan biri ekanligi. Sinonimiya va nutqning aniqligi. Badiiy nutqda aniqlikning o`ziga xosligi.
5-mavzu: Nutqning mantiqiyligi va tozaligi, ta`sirchanligi va maqsadga muvofiqligi
RЕJА:
1. Mаntiqiylikning nutqdаgi аhаmiyati.

  1. Nutqning tozaligini ta’minlovchi unsurlar.

3. Nutqning ta'sirchanligi.
4. Nutqning maqsadga muvofiqligi.
5. Xulosa.


Adabiyotlar:
1. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. -Toshkent., 1993.
2. Qo’ng’urov R., E. Bеgmatov, Y. Tojiеv. Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari. -Toshkent., 1992.
3. Tursunov U., B.O’rinboеv, A. Aliеv. O’zbеk adabiy tili tarixi. -Toshkent., 1995.
4. Inomxo’jaеv S. Notiqlik san'ati asoslari. -Toshkent., 1982.
5. Mahmudov. N. O’qituvchi nutqi madaniyati. - Toshkent, 2007.
6. Bekmirzayev N. Nutq madaniyati va notiqlik asoslari. - Toshkent: Fan, 2007.
7. Shomaqsudov Sh., Sh Shoahmеdov. Ma'nolar mahzani. -Toshkent., 2001.
Nutqning mantiqliligi uning asosiy sifatlari bo'lgan to'g'rilik va aniqlik bilan chambarchas bog'langandir. Chunki grammatik jihatdan to'g'ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifodalash uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan lug'aviy birlik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o'quvchiga ifodalanayotgan fikrning to'liq yetib bormasligiga, ba'zan umuman anglashilmasligiga olib keladi.
Nutqni tuzishdagi e'tiborsizlik natijasida ba'zan mantiqsizlik yuz beradi. Quyidagi misolga e'tibor qiling: "Оnа Tеrеzа dоim o’zini Оllоh qo’lidаgi siyohmаn, dеb tа’kidlаb kеlgаn” (Gazetadan).
Оllоh so’zining islоmiy tushunchа ekаnligidаn kеlib chiqib, gаpdа Хudо so’zi qo’llаnishi lоzim edi. Bu so’zning nоto’g’ri qo’llаnishi nutqning mаntiqdаn uzilib qоlishigа sаbаb bo’lgаn.
Nutqda mantiqiylikka erishish uchun qo'llangan so'zlar bilan ularning predmetlik ma'nolari mos bo'lishi lozim. Boshqacha aytganda, har bir so'z nutqda qo'llanganda, o'ziga xos ma'nonigina ifodalashi zarur. Mantiqiylikni predmet mantiqiyligi va tushuncha mantiqiyligi deb ikkiga ajratish mumkin. Predmet mantiqiyligi nutqdagi til birliklarining o'zaro ichki munosabatlarining mosligadan iborat. Tushuncha mantiqiyligi mantiqiy fikr tuzilishidan hamda bu tuzilishning nutqdagi til belgilarning ma'noviy aloqalaridan iborat. Tushuncha mantiqiyligi alohida olingan matnda fikriy ketma-ketlik, mantiqiy izchillik bo'lishini taqozo qiladi. Ammo, bu talabni nutqning hamma ko'rinishlariga nisbatan qo'llab bo'lmaydi. Masalan: ilmiy va badiiy nutq uslublarida bu talabga qanday amal qilinishini ko'rib chiqaylik. Ilmiy uslubda yozilgan asarlar yaxlit bir tuzilshiga ega. Unda kirish, asosiy qism va xulosa mavjud bo'lib, ular yagona bir halqaga birlashadi. Matnda berilgan fikrlar qat'iy izchillikda bayon qilinadi.
Badiiy nutq tuzilishi esa bir oz boshqacha. Aytaylik, fikrlar bir maromda bayon etib kelinadiyu, birdaniga uzilish yuz beradi, ya'ni boshqa voqealar hikoya qilinadi. Bu narsa go'yo mantiqiy izchillikka putur yetkazganday ko'rinsa-da, aslida unday emas. Badiiy asarlarda, xususan, qissa, roman kabi janrlardagi keng qamrovli tasvir qurilishini ana shunday tuzishni taqozo qiladi. Mantiqqa putur yetmaganligi bunday asarlarning oxirida ma'lum bo'ladi.
Xulosa shuki, nutqning mantiqiyligi deganda, yaxlit bir sistema asosida tuzilgan, fikrlar rivoji izchil bo'lgan, har bir so'z, ibora aniq, maqsadga mos holda ishlatiladigan nutqni tushunamiz.
Nutqning tozaligi. Nutqning tozaligi deganda, eng avvalo, uning adabiy tilning lisoniy normasiga muvofiq kelish-kelmasligi tushuniladi. Darhaqiqat, yaxshi, toza nutq hozirgi o'zbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilgan bo'lishi, turli til, g'ayriadabiy til elementlaridan xoli bo'lishi kerak. Nutqimizning sofligiga, asosan, quyidagilar halaqit beradi:
1. Mahalliy dialekt va shevalarga xos so'z, ibora, shuningdek, grammatik shakllar, so'z va so'z birikmalarining talaffuzi, urg'usi.
2. O'rinsiz qo'llangan chet so'z va so'z birikmalari.
3. Jargonlar.
4. Vulgarizmlar.
5. Nutqda ortiqcha takrorlanadigan "parazit" so'zlar.
6. Kanselyarizmlar.
Sanab o'tilganlardan o'rinsiz foydalanish kundalik nutqni ham, badiiy nutqni ham xiralashtiradi. Har bir so'zlovchi o'z nutqining adabiy normalar darajasida bo'lishi uchun harakat qilishi lozim. O'z shevasiga xos bo'lgan til vositalarini nutqqa o'rinsiz olib kirish nutqni buzadi. Lekin dialektizm va varvarizmlar badiiy asar tilida ma'lum badiiy - estetik vazifani bajarishi, muallifning ma'lum g'oyasini, niyatini amalga oshirishga xizmat qilishi ham mumkin. Muallifning milliy koloritni berish uchun, asar qahramonining qayerlik ekanligiga ishora qilish uchun dialektizm va varvarizmlarga murojaat qilishi hatto zarurdir. Masalan: "Yoshulli, siz buni emas, meni tinglang! Bu manglayi qoraning sherigi bor" (T.Malik).
Ayrim kishilarnnng o'z nutqini nazorat qilmasligi, "yoqimli so'z qidirishda erinchoqlik qilishi, ruscha atamalarning o'zbekcha shakllarini bilmasligi, ba'zi hollarda o'zining ruschani ham bilishligini namoyish etishga intilishi natijasida varvarizmlar nutqqa kirib keladi. Ulardan qutulishning birdan-bir yo'li ona tilini har tomonlama chuqur o'rganish, unga hurmat bilan qarash, badiiy asarlarni ko'p o'qish, o'qiganda notanish so'zlarning ma'nosiga e'tibor berish va boshqalar. Ayrim kasb egalarining, ayrim guruhlarning o'z "tili" bo'lib, ular bu "til" orqali so'zlashishda boshqalardan ajralishga, ifodalanayotgan fikrlarini kishilardan bekitishga intiladilar. Bunday so'zlar jargon so'zlar deb ataladi.
"Kanselyarizm"lar ish qog'ozlari uchun zarur bo'lgan, ma'lum bir shaklda saqlanadigan so'z birikmalari, gaplardir. Ular o'z o'rnida juda zarur. chunki ish qog'ozlari qat'iy bo'lgan ma'lum shakllarni talab qiladi. Bunday "qat'iy shakllar", shablonlar so'zlashuv nutqiga, badiiy adabiyotga, publitsistikaga o'tsa, nutqni buzishi mumkin. O'rinsiz kanselyarizmlar majlislarda, kengashlarda, gazetalarda, radio va televideniyedagi nutqlarda ko'plab uchraydi. Masalan: "Bundan 365 kun muqaddam siz bilan biz o'z hayotimizda qat'iy burilish yasab, zo'r sinovlar sharoitiga bevosita qadam qo'ydik..." (A.Qahhor). Gapdagi "365 kun muqaddam", "qat'iy burilish yasab", "zo'r sinovlar sharoitiga bevosita qadam qo'ydik" birliklari siyqasi chiqqan bo'lib, ular ijtimoiy hodisalarni ifodalashga moslashgan, bu o'rinda esa nobopdir.
Nutqning ta'sirchanligi deganda, asosan, og'zaki nutq jarayoni nazarda tutiladi. Shunga ko'ra nutqning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyat ham e'tiborga olinishi lozim. Ya'ni, bunda notiq tinglovchilarni ularning bilim darajasidan tortib, hatto yoshigacha, nutqining qanday qabul qilinayotganigacha nazorat qilishi zarurdir. Professional bilimga ega bo'lgan kishilar oldida jo'n, sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq bo'lmagani kabi, oddiy, yetarli darajada ma'lumotga ega bo'lmagan tinglovchilar oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga harakat qilish maqsadga muvofiq emas. Xullas, notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi va ifodalamoqchi bo'lgan fikrni to'laligicha tinglovchilarga to'liq yetkazishga harakat qilish vazifa qilib belgilanadi. Xo'sh, ta'sirchan nutq deganda qanday nutqni tushunmoq kerak? B.N.Golovin aytganidek, ta'sirchan nutq tinglovchi va o'quvchining e'tiborini va qiziqishini hisobga oladigan nutqdir.
So'zlovchining o'z nutqiga munosabati ham muhimdir. chunki shunday bo'lgandagina quruq rasmiyatchilikdan voz kechiladi. So'zlovchi va tinglovchi o'rtasidagi aloqa mustahkamlanadi. Notiq fikrlarini o'zi yoki tinglovchilar hayotidan olingan misollar asosida isbotlashga harakat qilsa, mavzuga doir subyektiv fikr-mulohazalarini bildirsa, nutq yana ham ishonarli va ta'sirli bo'ladi.
Nutqning maqsadga muvofiqligi juda muhimdir. Nutq madaniyati adabiy til me'yorlarini puxta egallash va ulardan nutqda to'liq foydalanish demakdir. Nutq madaniyati yuksak bo'lgan kishi, birinchidan, o'z nutqini to'g'ri, adabiy til me'yorlariga muvofiq tuzadi. Ikkinchidan, til vositalaridan eng muvofiq, eng zarurlarini tanlab olib, nutqning jozibali bo'lishini ta'minlaydi. Shuningdek, nutqning ixchamligi, mazmundorligi ham katta ahamiyatga egadir.
Хullаs, so'zlovchi u yoki bu so'zning, u yoki bu sintaktik qurilma matnining maqsadga muvofiq tuzilganini sezishi, shunga muvofiq ish olib borishi lozim. Norma va maqsadga muvofiqlikning birgalikdagi harakati nutq madaniyatini mukammallashtirishdir.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling