Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта
UZLIKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MASOFALI TA’LIM VA SAMARADORLIK
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism
UZLIKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MASOFALI TA’LIM VA SAMARADORLIK
Ibraimov X. – NDPI, prof., p.f.d. O`zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida “o`qishni, mustaqil bilim olishni indivudiallashtirish hamda distansion ta’lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va o`zlashtirish” haqida alohida ta’kidlangan. O`zbekiston Respublikasi ta’lim sohasida turli o`yin, uslubiyotlar va texnologiyalar virtual fazoda muvaffaqiyat bilan qo`llanilmoqda. Bir vaqtlar pero va qog`ozni yaratilishi ta’limni yangi bosqichga ko`targani kabi, axborot texnologiyalarining paydo bo`lishi va rivojlanishi hozirgi zamon jamiyatining ta’lim tizimida yangi inqilob bo`lishiga olib kelmoqda. Ta’limda telekommunikatsiya va kompyuter texnologiyalari axborotlarni tasvirlash va uzatishning yangi shakllariga yo`l ochmoqda, yangi o`qitish shaklini paydo bo`lishga asos solmoqda. Ana shunday o`qitish shakllaridan biri «masofali o`qitish» deb nomlangan Internet tarmog`idagi ta’limdir. «Masofali o`qitish - davlatda va xorijda aholining keng qatlamiga masofada turib o`quvchi va o`qituvchini o`quv axborotlar bilan almashinish vosita (kompyuter aloqa, sun’iy yo`ldoshli televideniye va sh.k.) larga asoslangan maxsus axborot-ta’lim muhiti yordamida ta’lim xizmatlar majmuasini taqdim qilishdan iborat». Masofali o`qitishning xususiyatlariga, birinchidan, o`quvchini o`qituvchidan uzoqdaligi; ikkinchidan, mustaqil o`qish - sirtqi o`qitish shaklining qandaydir varianti; uchinchidan, axborot vositalari va ashyolarini o`quv jarayoniga faol birlashishidir. Masofaviy o`qitish texnologiyasi tushunchasi standartlashtirilmagan. Eng ko`p tarqalgan ta’rif quyidagicha: masofaviy o`qitish texnologiyasi bu ta’limni belgilangan mazmunini nusxalab amalga oshirishga yo`naltirilgan usullar tizimi, maxsus vositalarning, o`qitish shakllarining majmuasidir. Ma’lumki, hozirgi kunda ta’lim olishning kunduzgi shakli - asosiy shakllardan biri hisoblanadi. Ko`pgina davlatlarda va shu jumladan, respublakimizda ham ma`lum bir davrlarda ta’limning sirtqi, kechki va eksternat shakllaridan ham keng foydalanib kelindi. Shu kecha-kunduzda bularning safiga yangi rivojlanayotgan zamonaviy shakli-masofali ta’lim tizimi qo`shilmoqda. Masofali ta’limni dastlab buyuk ajdodlarimiz Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Al Xorazmiy va boshqalar amalga oshirganlar. Ular boshqa shaharlardagi shogirdlariga xat orqali (chopar, kabutar yordamida) bilim va topshiriqlar berib turganlar. Ammo xat orqali axborot (ma`lumot) almashishga haftalab, oylab vaqt ketgan. Olimlar orasidagi bu an’ana telegraf, radio va televidenie kashf etilishigacha davom etdi. Hozirgi davrda esa, kompyuter texnikasi axborot telekommunikatsiyasi va Internet tizimi asosida masofali ta’lim, xuddi o`qitishning kunduzgi shakli darajasidagidek amalga oshirilmoqda. Masofaviy o`qitish texnologiyasi quyidagilarni o`z ichiga oladi: ta’lim axborotlarini taqdim etish texnologiyasi; ta’lim axborotlarini uzatish texnologiyasi; ta’lim axborotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. Masofali o`qitishning asosiy tamoyillaridan biri uning barchaga barobarligi-aniq shartlarda xohish bildirgan ixtiyoriy kishi «virtual o`quvchi» bo`lishi mumkinligidir. Yangi ta’lim texnologiyalaridan biri, uy sharoitlarida kompyuter yoki telekommunikatsiya yordamida boshqa davlatda joylashgan maktabda kurslarni o`tish imkoniyatini beradigan masofali o`qitishdir. Virtual ta’limda, shuningdek, o`quv jarayonini samarali tashkil etish, o`quvchilarning qiziqishini ko`tarish kabi vazifalari ham mavjud va bu yerda an’anaviy ta’limda ham foydalaniladigan, tarmoq o`yinlari, virtual seminarlar, treninglar va hamkorlikdagi jamoaviy loyihalar va boshqa shu kabi psixologo-pedagogik texnologiyalar katta ahamiyat kasb etishi mumkin. 42 Ikki turdagi: axborot va o`qitish texnologiyalar — o`qitish jarayoniga yangicha yondashish, shaxslarni ta’limning umuman mazmunidan iborat bo`lgan ijodiy salohiyatini va bilishga intilishlarini rivojlantirish imkoniyatini berib muvaffaqiyatli birlashtirilishi mumkin. Masofali ta’limni amalga oshirishda o`quv kurslarini qo`llab-quvatlash, o`quvchilarga o`quv materiallarini yetkazib berish, ma’lumotnoma materiallari bilan ta’minlash (kutubxona), maslahat berilishi, bilimlarni nazorat qilib turilishi lozimdir. Masofali ta’limda ham o`quvchilar xuddi kunduzgi o`quv shaklidagidek bir-birlari bilan telekommunikatsiya tizimi orqali o`zaro muloqotda bo`ladilar va maslahatchi (o`qituvchi)laridan yordam olib turadilar. Masofali o`qitishda o`quvchilarni onlayn (qachon axborot kerak bo`lganda, o`sha paytda axborot olish imkoniyatiga onlayn tartibi deyiladi) qo`llab-quvvatlash, chat va forumlar, onlaynli axborot taxtalari, onlayn do`konlari va boshqa maslahat vositalari bo`lishi kerak. Masofali o`qitishni amalga oshiradigan o`quv yurtlari, asosan, ular tomonidan taklif etiladigan o`quv dasturlariga muvofiq ravishda tabaqalanadilar. 1. “Natural masofali universitetlar”. Bunday universitetlarning o`quv dasturlari shunday tuzilganki, ularni to`la o`tganlar bakalavr yoki magistr darajasini oladilar (masalan, AQSH, Ispaniya, Germaniyalarda bunday ta’lim muassasalarini ko`rish mumkin). 2. Malaka oshirish kurslari provayderlari. Bu muassasalarning asosiy dasturlari (o`quvchilarga sertifikat berishga mo`ljallangan bo`lib, o`quvchilarni kasbiy malakalarini oshirishga katta ahamiyat beradi). 3. Onlayn o`qitishni taqdim etuvchi universitetlar. Ushbu universitetlar o`zlarining o`quv dasturlar sonini ko`paytirib onlayn tartibida (rejimida) taqdim eta boshladilar. Masofali ta’limning yagonalik, ikkilangan, aralash, konsetsium, franchayzing, validatsiya, uzoqlashtirilgan auditoriyalar va loyihalar kabi modellari mavjud. Masofali ta’lim texnologiyalari qatoriga: elektron o`quv moduli, radio-televideniye texnologiya (RT), korrespondentlik texnologiya (KT) va tarmoq texnologiyalari (SO), mobil texnologiya(MT)larni kiritish mumkin. Elektron o`quv moduli – didaktik vosita sifatida uch komponent (information, amaliy va nazorat qilish)dan tashkil topgan multimediali ta’lim resursini o`zida aks ettirib, zamonaviy sharoitda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan keng foydalanishga qo`yilayotgan talablarga mos keladi hamda innovatsion tavsifga ega bo`lib, bilimlarni o`zlashtirish, mustahkamlash va nazorat qilish imkonini beradi. Elektron o`quv moduli auditoriyadan tashqari faoliyat jarayonida talabalarning kasbga oid bilimlarini mustaqil o`zlashtirish va mustahkamlashlariga yordam beradi. TV texnologiya - 1940 yillardan boshlab o`quv materiallarini odatdagi pochtadan tashqari - radio, magnitofon lentalari, televideniyadan foydalanib ta’lim oluvchilarga yetkizila boshlandi. Ta’lim oluvchilarni televizion ma’ruzalardan foydalanib, o`quv materillarini o`rganishlari TV texnologiyani asosini tashkil etadi. Tarmoq texnologiyalariga - Internet texnologiyalari kiradi. Internetdan foydalanib o`qituvchi- ta’lim oluvchi o`rtalarida muloqot o`rnatiladi va o`quv uslubiy materiallaridan foydalaniladi. Hozirgi davrda masofali ta’lim texnologiyalariga CD-ROM texnologiyalari ham qo`shildi. Korrespondentlik texnologiyada o`quvchi o`quv materiallar oladi va unga maslahat beradigan hamda nazorat ishlarini tekshiradigan o`qituvchi biriktiriladi. Kunduzgi uchrashuvlar mo`ljallalanadi. Axborot almashinish asosi ko`proq an’anaviy pochtaga tushadi. Mobil texnologiya mobaynida mobil shaxsiy portativ kompyuterdan (MSHPK) foydalaniladi. «Pleyer» tartibida MSHPKdan o`qish uchun o`quvchi elektron ko`rinishdagi o`quv materiallarni foydalanadi. Keltirilgan masofali o`qitish texnologiyalari ixtiyoriy ta’lim muassasalarida muvaffaqiyat bilan qo`llanilishi mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling