Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


O`QUVCHILAR KOMPENTENTSIYALARINI SHAKLLANTIRISH – ZAMON TALABI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/159
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817026
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

O`QUVCHILAR KOMPENTENTSIYALARINI SHAKLLANTIRISH – ZAMON TALABI 
Xolmuratova D., Xorazm viloyat Xazorasp tumani 44-son makabining ingliz tili fani o`qituvchisi 
XXI asr fan va texnika taraqqiyotining cho`qqisi desak mubolag`a bo`lmaydi. Xayotimizni 
zamonaviy texnika va texnologiyalarsiz tasavvur etish juda mushkul. Fan va texnika taraqqiyoti- 
yoshlarimiz ongi va tafakkurining yuksalishiga, dunyo qarashining tobora kengayishiga sabab 
bo`lmoqda. Albatta, bu biz ota-onalar va ustozlardan juda katta ma’suliyatni talab qiladi. Hozirgi 
kunda, bu borada hamma sohalarda bo`lgani kabi, ta’lim sohasida ham juda ko`plab yangi islohotlar 
o`tkazilib kelinmoqda. Ayniqsa, Prezidentimizning 2012 yil 10 dekabrda qabul qilgan Chet tillarni 
o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida“ gi qaroriga muvofiq, 2013-
2014 o`quv yilidan boshlab respublikaning barcha xududlarida chet tillarni asosan ingliz tilini 
o`rganish umumta’lim maktablarining birinchi sinflaridan o`yin tarzidagi darslar va o`gzaki nutq
darslari shaklida, ikkinchi va uchinchi sinflardan boshlab esa, alifbo, o`qish va qrammatikani 
o`zlashtirishdan bosqichma bosqich boshlandi. Shubhasizki, yoshlar uchun yaratib berilayotgan 
bunday imkoniyatlar, avvalo, ularning o`zlariga bo`lgan ishonchini, dunyoga keng va chuqur nazar 
bilan boqish imkonini beradi.
Ma’lumki, ta’limning asosiy tamoyillaridan biri o`quvchilarda bilim, ko`nikma va malaka 
bilan birga, hayotiy kompententsiyalarini shakklantirish hisoblanadi. Bu o`quvchilarni o`zlari 
egallagan bilimlaridan umri davomida, har qanday vaziyatda foydalana olishga imkoniyat yaratadi. 


27 
Dastlab, kompententsiya so`zining ma’nosini bilib olsak: bu so`z lotincha “competere” so`zidan 
olingan bo`lib, “layoqatli, munosib bo`lmoq” degan ma’nolarni anglatadi. 
Demak, kompententlik deganda shaxsning bilim, ko`nikma, malaka va tajribalari o`zlari 
egallab turgan mavqiega haqiqiy mosligi, o`zlariga tegishli vazifalarni bajarish va muammolarni hal 
etishga qodirligi nazarda tutiladi. Shubhasizki, bu- ta’lim sohasida yana bir yangi qadamni tashlash 
keragligini anglatadi. Bu to`g`risida xalq ta’limi vazirligining va O`rta maxsus kasb-hunar ta’limi 
markazining 2013 yil 4 iyundagi “Umumta’lim fanlari bo`yicha uzluksiz ta’limning Davlat ta’lim 
standartlari va o`quv dasturlarini ishlab chiqish to`g`risida ”gi qo`shma qaroriga asosan umumiy 
o`rta, o`rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida o`qitiladigan 16 ta umumta’lim fanlari bo`yicha 
uzluksiz ta’limning takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari va o`quv dasturlari loyihalari 
tayyorlandi. Aytishimiz mumkinki, o`tgan vaqt mobaynida, bu borasida rejalashtirilgan ko`plab 
ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
O`quvchilar kompententsiyalarini shakllantirishda zamonaviy pedagogik va axborot 
kommunikatsiya tehnologiyalarining roli juda katta. Negaki, avvalo o`quvchida kompententlik 
tuyg`usini shakllantirish uchun, unda mustahkam bilim, ko`nikma bo`lishi shart. Buning uchun esa, 
biz ustozlarga, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari eng katta 
yordamchidir. Deylik, ingliz tili fani bo`yicha beriladigan mavzulardan birini tanlaylik, masalan, 
“Fruits” (mevalar) mavzusi, bu mavzuni tushuntirish uchun o`qituvchi mevalarning rasmlaridan 
yoki ularning yasalgan nusxalridan foydalanishi mumkin, bu albatta tushuntirishning eng oson yo`li 
bu o`quvchilar mavzuni yaxshiroq tushinishlariga yordam bersa, axborot kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalanib mavzuni tushuntirish o`quvchining mavzuni tushunish darajasini ikki 
barobar oshiradi. Masalan, xuddi shu mavzuni kompyuter multemedia vositalari yordamida 
tushuntirsak, quyidagi ustunliklarga ega bo`lamiz: 

vaqtdan unumli foydalanish imkonini beradi 

o`quvchi rasmni yaqqol va yorqin rangda koradi 

rasmlarni harakatlantirish imkonini beradi 

ularning sifatlari: katta kichikligi, rangi maza- ta’mi kabilarni o`quvchilarga qiziqarli va oson 
tushuntirish imkoninini beradi 

mavzuga bog`liq qo`shiqni musiqasi bilan birga tinglash imkonini beardi,
Yuqorida ko`rsatilganlarning bari o`quvchilarda tinglab tushinish va gapirish bosqichlarini 
shakklanishiga sabab bo`ladi, bu albatta, o`quvchilarda o`z fikrini dadil aytish imkonini beradi. 
Nazarimda, o`quvchilar kompententsiyalarini shakllantirishda ko`proq psixologik omillar 
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Avvalo, o`quvchilarda o`ziga bo`lgan ishonch, dadillik, 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling