Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lesson PlansWords in the News
- O`QITISH JARAYONINI LOYIHALASHNING METODOLOGIK ASOSLARI
BBC World Service. Some of the programmes can be not only listened to on-line but also
downloaded as MP3 and then listen to off-line. http://www.bbc.co.uk/worldservice/learningenglish/teachingenglish/index.shtml BBC World – Learning English – Teachers Lesson PlansWords in the News A weekly lesson plan based on our Wednesday Words in the News story. Each lesson plan comes with notes and instructions for teachers, worksheets for students and a full answer key.http://www.bbc.co.uk/worldservice/learningenglish/radio/specials/1728_uptodate/This link leads you to another BBC World Radio recent help for teachers:a series of lesson plans based on short talks by Professor David Crystal on new words and expressions that have come in to the English language in recent years. Each unit comes with downloadable transcripts, audio and lesson plan. The series is called Keep your English up to date. http://www.bbc.co.uk/worldservice/learningenglish/flatmates/index.shtml O`QITISH JARAYONINI LOYIHALASHNING METODOLOGIK ASOSLARI Shamsidinova G., Kuychieva M., Bekmurodova O., Turdiyev S. – NavDPI Hozirgi globallashuv davrida ta’lim – tarbiya jarayonini olib borish o`ta murakkab bo`lganligi tufayli, har qanday faoliyatni to`g`ri amalga oshirish garovi bo`lib xizmat qiladi, tabiatdagi narsa va hodisalarni boshqalarga tushuntirishni osonlashtiradi hamda beriladigan bilimni tez o`zlashtirib, uzoq vaqt davomida yodda saqlab turilishiga xizmat qiladi. Dars – ta’limning asosiy tashkiliy shakli bo`lib, u muayyan miqdordagi doimiy tinglovchilar tarkibi bilan qat’iy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yo`naltirilgan didaktik tadbir hisoblanadi. Dars ta’lim-tarbiya sohasining birlamchi asosi, uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil qiluvchi omili, o`qituvchi va pedagoglarning faoliyat ko`rsatish joyi bo`lib, u turli qismlardan tashkil topgan. Darsning tashkil etilishi uchun, avvalo, o`qituvchi va o`quvchilar bo`lishi, uni amalga oshirish uchun, sinf xonasi yoki auditoriya, uning ichidagi jihozlar: doska, stol,stul va hokazo, shu jumladan axborot uzatish moslamalari, ya’ni texnik vositalar zarurligi, dars o`tilishi uchun reja, dastur, darslik va boshqa bir qator me’yoriy hujjatlar kerak bo`lishi hamda o`qituvchilar zamonaviy pedagogik usul va uslublar bilan qurollangan bo`lishlari shart. O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining dastlabki yillaridanoq, pedagogikaning mazmun va mohiyati, ta’lim nazariyasi, usul va uslublarda katta o`zgarishlar ro`y berib, rivojlangan xorijiy 31 mamlakatlar ta’lim tizimida muvaffaqiyatli qo`llanilib kelinayotgan pedagogik texnologiya tamoyillariga tayangan holda, ijtimoiy – pedagogik sharoitni hisobga olingan, professor- o`qituvchilarlarning ma’rifiy mentalitetidan kelib chiqqan pedagogik texnologiyaning zamonaviy milliy modeli vujudga keldi. Mamlakatda “Ta’lim to`g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi, o`qituvchilar tafakkurida asrlar davomida shakllanib kelgan pedagogik mentaliteti va shu hudud aholisining milliy o`ziga xosligidan kelib chiqib, milliy pedagogikaning mazmun va mohiyati muayyan bir tartibga keltirildi.Buning natijasi o`laroq, “Pedagogik texnologiya” tushunchasi ilmiy muomalaga kiritilib, ta’lim-tarbiya sohasi tubdan o`zgardi. “Pedagogik texnologiya yuqori samaradorligi bilan alohida o`rin tutib, o`quv jarayonining sifati va ta’lim-tarbiya jarayonini faqat yaxshi va a’lo darajada bo`lishligini kafolatlash imkonini beradi. Bugungi kunda DTS asosida shakllantirilgan ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiya asosida tashkil qilishda qo`llaniladigan pedagogik usullar uch toifaga ajratilmoqda. Mazkur usullar o`quv predmetlari mashg`ulotlarining loyihalarini tuzganda va pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy qilinayotganda, bilim sohalarining xususiyatidan kelib chiqib, kerakli joylarida ishlatiladi. Bularga quyidagilar kiradi: -An’anaviy usullar. O`quvchilarga bilimlarni “etkazib berish” tamoyiliga asoslanib,“Aytib berish”, “Ko`rsatib berish”, “Namoyish”, “Ma’ruza taqdimoti”, “Savol-javob”, “To`rt pog`onali usul”lar kiradi. -Interaktiv yoki noan’anaviy usullar. O`quvchilarni bilim egallashlarida “Faollashtirish” tamoyiliga suyanib, ularga:“jadallashtirib o`qitish usuli”, “muammoli dars”, “fikriy hujum”, “aqliy hujum”, “kichik guruhlar bilan ishlash”, “davra suhbati”, “klaster usuli”, “B.B.B.”,”6x6x6”, (“3x3”, “4x4”), “bumerang”, “qora quti”, “beshinchisi ortiqcha”, “ishbob o`yin”, “rolli o`yin”, “bahs- munozara”, “qarama-qarshi munosabat”, “zakovatli zukko”, “zig-zag”, “charxpalak”, “zinama-zina” va boshqa ko`p usullar kiradi. -“Ilg`or yoki Zamonaviy usullar”. Ta’lim – tarbiya jarayonini “Jadallashtirish va samaradorlikni oshirish” tamoyilidan kelib chiqib,ularga “yo`naltirilgan matn”, “dasturlashtirish”, “texnologik xarita usuli”, “modulli o`qitish usuli“,“loyihalash usuli” hamda barcha usullarning afzallik tomonlarini o`zida mujassamlashtirgan “Pedagogik texnologiya” usuli kiradi. Bu uch toifadagi usullar tarixan tarkib topib, vaqt o`tishi bilan biri-biridan takomillashib, o`z davrining talabiga javob berganlar. Ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalash, shu loyiha asosida o`quv mashg`ulotini amalga oshirishda,"Pedagogik texnologiya" quyidagi tamoyillarga asoslanadi. 1. Tizimli yondashuv tamoyili. 2. Didaktika y’ani ta’lim nazariyasining barcha qonun-qoidalaridan kelib chiqish. 3. O`quv mashg`ulotining elementlarini o`zaro uzviy, funksional bog`liq, yaxlitlik sifatida ko`rish. 4. Tinglovchilar egallashlari shart bo`lgan bilimlarni, o`zlari mustaqil ravishda topishlariga urg`u berish. 5. Pedagogik texnologiya tamoyillari asosida tuzilgan loyiha bo`yicha o`quv mashg`ulotini amalga oshirishda, egallanadigan bilimlarni tinglovchilar anglashlari, xotirasida saqlashlari va amaliyotda qo`llay olishlarini bir vaqtning o`zida olib borishga erishish. 6.Har bir o`quv mashg`uloti yakunida erishiladigan natijalarning tinglovchi erishishi shart bo`lgan ish harakatlar tizimi shaklida bo`lishi. 7. O`quv mashg`ulotining yakunida, oldindan shu mashg`ulot uchun aniqlangan baholash tur va mezonlari asosida barcha tinglovchilarning bilimlarni o`zlashtirganlik darajasini aniqlash va hokozolar. O`quv mashg`ulotlar loyihasini tuzishda bajariladigan vazifalar quyidagicha: 32 - o`quv predmetini yaxlit, “o`ta katta -mego”, “katta -makro” “o`rta- mezo” modullarga ajratilib, bu modullar yakunida kutiladigan o`quv va tarbiyaviy maqsad aniqlanadi va jadval shakliga keltiriladi. - har bir juft soatlik o`quv mashg`ulotlarning, ya’ni o`rta modullarning xususiy jadvallarini tuziladi. - ushbu o`quv mashg`ulotining loyhalash xususiy jadvallarida ko`rsatilgan tartib bo`yicha o`quv jarayonini amalga oshirishning jarayoni yoziladi. Unda har bir o`rta modulda beriladigan bilimlar birma-bir ifodalanib, ularni tinglovchilarga yetkazishda qo`llaniladigan dars tipi va turi, pedagogik uslublar, axborot-texnologiya va didaktik materiallarning qo`llanish joylari ko`rsatiladi. Ushbu qoidalarga asoslanib, “Pedagogik texnologiya” tamoyillariga suyangan holda, istalgan o`quv mashg`ulotning loyihasini tuzish imkoniyati mavjuddir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling