Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Ushbu bitiruv malakaviy ishimizning ilmiy
yangiligi shundaki, unda umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Jahon tartixi”
darslari misolida o’quvchilarda tarixiy bilimlarni uzluksiz holatda shakllantirib
borishning innovatsion texnologiyalarini ko’rsatib berishni rejalashtirdik.
Chunki, fanda jahon tarixi insoniyat taraqqiyoti haqida to’la va batafsil tasavvur,
bilim hamda tushunchalar berib yoshlarning har tomonlama barkamol shaxs
bo’lib yetishishida muhim o’rin tutadi. Zotan, komil inson tarbiyasi davlatimiz
siyosatining ustivor sohasidir. Jahon xalqlarining tarixiy tajribalaridan
foydalanish, ya’ni tarixda bo’lib o’tgan voqealardan, hodisalardan, turli shaxslar
hayotidan, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidan, yangi va farovon jamiyat qurish
yo’lida insonlarni fozil, komil kishilar qilib tarbiyalashda foydalanish va hozirgi
davrga xizmat qildirish eng dolzarb vazifalarimizdan hisoblanadi.
Biz insoniyatning o’tmish tarixini o’rganganimizda uni sobiq sovetlar
davrida hukmron bo’lgan g’oya, ya’ni tarixni sinfiy kurashlar nuqtai nazaridan
talqin etishlardan yoki noo’rin bo’rttirib ko’rsatishlardan saqlanishimiz zarur.
Chunki, “Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati orqali bilamiz,
Do'stlaringiz bilan baham: |