chambarchas bog’langan holda ko’rsatilishi kerak…
2. Tarixiy arbob qaysi sinf yoki sinfiy guruhning manfaatlarini
ifodalasa, o’sha sinf yoki sinfiy guruh bilan yaqindan bog’langan holda
ko’rsatilishi kerak; bu ishni tarixiy shaxsning o’z faoliyati, fikr –
mulohazalari bilan bog’lash lozim…
3. Tarixiy arbob “jonli shaxs” qilib ko’rsatilishi, uning individual
xususiyatlari, o’ziga xos ma’naviy va jismoniy qiyofasi ta’riflab berilishi
kerak…”
14
.
Qisqacha bayon – bir qancha dalillarni batafsil tahlil qilmay
tushuntirishdan iborat bo’lib, u o’quvchilarga tarix kursidagi asosiy dalillarning
o’zaro bog’langanligini anglatish, ularda tarixiy jarayonning borishi haqida
yaxlit, bir butun tasavvur hosil qilish uchun zarurdir. O’qituvchining materialni
qisqacha bayon qilishi o’quvchilarni, ayniqsa VI – VII sinf o’quvchilarini
odatda uncha qiziqtirmaydi, bunda ular materialni bo’sh o’zlashtiradilar.
Binobarin, o’quvchilarning bilish faoliaytini faollashtirishning maxsus usullarini
qo’llash, ya’ni ularga xronoligik jadval tuzishni, o’qituvchi hikoya qilib bergan
narsaning rejasini tuzishni vazifa qilib topshirish lozim bo’ladi.
14
A.I.Strajev Metodika prepodavaniya istorii. M., 1992. 144 – 145 – betlar.
29
29
Do'stlaringiz bilan baham: |