Axloqiy mavzudagi suhbatlarni baholash va tahlil qilishning pedagogik namunasi
1. Suhbatning mavzusi va maqsadi, uning sinf jamoasining tarbiyaviy vazifalariga mos kelishi; 2. Tarbiya tizimida etikaviy suhbatning o‘rni; 3. Amaliyotchining (o‘qituvchining) va o‘quvchilarning suhbatga tayyorgarligi. Maxsus materiallarning tanlanganligi. Suhbat rejasi, o‘quvchilarga berilgan topshiriqlar; 4. Suhbat mazmuni, milliylik-g‘oyaviylik darajasi, amaliy ishlar, sinf hayoti bilan bog‘liqligi, o‘zligini anglashga yordam; 5. Suhbatni tashkil qilish, suhbat jarayonida axloqiy-psixologik holat, uning borishidagi vaziyat; 6. O‘quvchilarning ongi va hislariga ta’sir qilishi, (ko‘rgazmalilik, misollarning aniqligi); 7. Suhbat jarayonida o‘quvchilarning faollik darajasi. Amaliyotchining (o‘qituvchining) sinf bilan aloqasi, munosabati, o‘quvchilarni qiziqtirish usullari, xalq pedagogikasidagi tajribalarni qo‘llash; 8. Suhbatning ta’sirchanligi, uning maqsadga erishishi, yutuq va kamchiliklarning sabablari; 9. Suhbatning baholanishi.
Siyosiy axborotni nazorat qilish va tahlil qilishning pedagogik namunasi
1. Siyosiy axborot mavzusi, uning tarbiyaviy maqsadi; 2. Siyosiy axborot materiallarining to‘g‘ri tanlanishi; 3. Siyosiy axborotni o‘tkazish turi. O‘quvchilar bilan birgalikda yuzma-yuz suhbatlashish; 4. Siyosiy axborotni tashkil etish turining mazmuniga o‘quvchilarning yosh xususisyatlariga va ularning rivojlanish darajasiga mos kelishi; 5. Tanlangan siyosiy axborot mavzusining mazmunini ochishda ketma-ketlik, aniqliq, tushunarlilik, bog‘liqlik nutqning siyosiy yo‘nalishi; 6. O‘tgan voqealarni o‘quvchilarning bilishi, gazeta, jurnal, radio, televideniedan o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish darajasi; 7. Mazkur voqeaga o‘quvchilarning munosabati. Voqeaga baho berishda, ahamiyatli siyosiy masalalarni echishda o‘quvchilarning ishonchini shakllantirishi; 8. Siyosiy axborotga o‘quvchilarning munosabat darajasi. Siyosiy axborotning samaradorlik darajasini orttirish vositalari: a) Tarbiyaning texnik vositalari (diafilmlar, kinofilmlar, magnitafon, videofilmlar) va h.; b) Ko‘rgazmalilik (xarita, fotorasm va h.); v) Illyustratsiya (gazeta, jurnal lavhalari); g) Voqea ishtirokchilari bilan uchrashuv; 9. Siyosiy voqeaga o‘quvchilarning munosabati. O‘quvchilarni ko‘proq qiziqtirgan masalalar; 10. Siyosiy axborot vaqtida va uni tahlil qilishda amaliyotchining mahorati; 11. O‘quvchilar tomonidan berilgan savollar va javoblar; 12. Tavsiya va tilaklar. Tashkil etilgan siyosiy axborotning samarasi haqida xulosalar; 13. Siyosiy axborotni baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |