Bolalar va o‘smirlar tashkilotlari majlislarini kuzatish va tahlil qilishning namunasi
1. Majlisning nomi va maqsadi, uning tashkilot oldida turgan tarbiyaviy vazifalarga loyiq bo‘lishi; 2. Majlisga tayyorgarligi, o‘quvchilarning qatnashishi, o‘quvchilar tomonidan ko‘rsatilgan tavsiyalar; 3. Majlisning borishi: majlisni tashkil etish va uni o‘tkazish sharoiti; tashkilot dasturlarini inobatga olish, majlisning ayrim elementlari, ketma-ketligi, tartibi, kiyinishi, ozodaligi; 4. Majlis xulosasi, tashkilot ishlari oldiga yangi vazifalar qo‘yish; tashkilot faollarining majlisni tayyorlash va o‘tkazishdagi faoliyati; 5. Amaliyotchining (sinf rahbarining) majlisni tayyorlash va tashkil qilishdagi rahbarligi; 6. Uchragan qiyinchiliklar, uni bartaraf qilish yo‘llari; 7. Majlis natijasiga pedagogik baho berish.
«Kamolot» Yoshlar ijtimoiy harakati majlislarini kuzatish va tahlil qilish tartibi
1. Majlisning mavzusi va maqsadi. Uning ahamiyati. O‘quvchilarning qiziqish va istaklariga muvofiqligi; 2. Tahlil qilinayotgan masalalarning xarakter xususiyati, yoshlar hayotiga aloqadorligi; 3. Har bir a’zoning majlisga ishtiroki va ularni rag‘batlantirish usullari; 4. Amaliyotchining majlisga tayyorgarligi; 5. Majlisni o‘tkazish metodikasi; 6. Ma’ruzalarning ma’naviy xususiyatlari, o‘zaro oshkora va tanqidiy nazar bilan qarash darajasi. O‘quvchilarning faolligi, prinsipialligi, mustaqilligi; 7. Majlis qarori loyihasining aniqligi, odilligi; 8. Majlis qarorining ijrosi nazoratini tashkil qilish; 9. Amaliyotning (sinf rahbarining) majlisni o‘tkazishdagi faoliyati; 10. Yoshlar majlisining kelajak ishlarga ta’siri; 11. Majlis haqida xulosa chiqarish, baholash.
O‘quvchilarning oilalari bilan tanishish va ularning hujjatlarini tahlil qilishning pedagogik namunasi
1. O‘quvchilarning oilasi bilan tanishishning maqsadi va vazifalari, rejasi (dasturi). O‘quvchilarning uylariga borganda har bir talaba-amaliyotchi quyidagilarga amal qilishi kerak: o‘quvchining barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirishi; dars va qo‘shimcha darslarga qatnashishi; o‘quvchiga sinf rahbari tomonidan berilgan tavsifnoma; otaqonalarning ish joyi, uydagi sharoiti, tarbiya jarayoni; 2. O‘quvchining uyiga borganda suhbatlashish, kuzatish orqali quyidagilarni aniqlash zarur: uy sharoiti (xonalar, o‘quvchining ish o‘rni, ota-onaning bolaning o‘qishiga e’tibori, munosabati; o‘quvchining kunlik rejasi, uydagi mashg‘ulotlari, qiziqishi, o‘quvchining xususiyatlari; 3. Ota-onaga o‘quvchining uy hayoti yuzasidagi zarur pedagogik maslahatlar berish; 4. Ta’lim-tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatlashish; 5. Xulosa. Baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |