25. Tavsifnoma va pedagogik amaliyot hisoboti bo‘yicha namunalar
O‘quvchini, sinf jamoasini o‘rganish va ularga psixologik-pedagogik tavsifnoma yozish
O‘quvchilarni o‘rganishning asosiy metodlari: 1. O‘quvchining shaxsiy hujjati bilan tanishish; 2. Sinf jurnalini ko‘zdan kechirish; 3. Kuzatish; 4. Tabiiy eksperment; 5. O‘quvchi faoliyatini tahlil qilish; 6. O‘quvchilar, o‘qituvchilar, ota-onalar bilan suhbatlashish; 7. Insho yozishni tashkil qilish; 8. O‘quvchilarning o‘zaro munosabatini o‘rganishda ijtimoiy metodlardan foydalanish; 9. Tavsiflarni umumlashtirish; 10. Ish natijasiga ko‘ra tashxis qo‘yishi.
O‘quvchini o‘rganish va unga psixologik-pedagogik tavsifnoma berish namunasi
Umumiy ma’lumotlar; ismi-sharifi, tug‘ilgan yili, sinf, yoshlar tashkiloti a’zoligi. Umum jismoniy rivojlanishi. Oilaviy sharoiti. Uy tarbiyasi.
O‘quv faoliyati: o‘zlashtirish (reyting baholar yig‘indisi); umum aqliy rivojlanishi; nutqi (o‘z fikrini og‘zaki va yozma bayon qila olishi) o‘qishga uquvliligi, diqqatning alohidaligi; jamlanishi; barqarorligi, uddaburonligi; o‘quv materiallarini qabul qilish darajasi; kunlik rejimni saqlash, kitob bilan ishlashishi, xotirasi, o‘z-o‘zini nazorat qilishi;
Mehnat (o‘qish, uy faoliyati, maktabdagi ijtimoiy foydali mehnat) malakalari va ko‘nikmalarini egallash, ularni o‘zlashtirishi, mehnatdagi tashkilotchilik va tartib, uzoq davom etuvchi mehnatga moslashishi; ijobiy va yoqmaydigan mehnat turlari.
Ijtimoiy faoliyati va faolligi; elimizning ijtimoiy hayotiga aralashishi; bajarayotgan ijtimoiy vazifalari.
O‘quvchining shaxsiy malakalari yo‘nalishi; qiziquvchanligi (barchasini ko‘rsatish kerak); alohida qobiliyati (rasm, raqs, ashula, she’riyat) kelajak haqida fikrlari.
Tartibi: xulq-atvoriga umumiy tavsif berishi; maktab qonunlarini saqlash; kattalar talabalarini bajarishi; tartib buzish sabablari.
O‘quvchilar jamoasi va maktabga munosabati; jamoada va tashqarida o‘zini tutishi; jamoada tutgan o‘rni; o‘z maktabini qadrlash; o‘qituvchi va tarbiyachilarga munosabati.
Xulq-atvori va temperament xususiyatlari; ijobiy va salbiy xususiyatlari.
Umumpsixologik va pedagogik xulosalar; o‘quvchi shaxsining shakllanishidagi asosiy yutuq va kamchiliklar; kamchiliklarning asosiy sabablari (ichki va tashqi) tarbiyachi oldida turgan ahamiyatga molik pedagogik vazifalarni belgilash; o‘quvchilar bilan kelajakda olib boriladigan ishlar.
Tavsifnomaga sinf rahbari va amaliyotchi imzo qo‘yadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |