Amaliyotchi talabaning bir soatlik sinov darsi bayonnomasi, namunasi
Fizika-matematika fakulteti informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishining 4-kurs amaliyotchi talabasi Nazarova Kamolaning SH.Rashidov nomidagi 10-o‘rta maktabning 8-sinfda informatika fanidan o‘tkazgan bir soatlik sinov darsining
BAYONNOMASI
Kun tartibi:
8-sinfda “Ma’lumotlarni tartiblash» mavzusida o‘tkazilgan dars muhokamasi.
Eshitildi:
Nazarova K. Shu mavzuni o‘tish uchun qanday darsliklar, metodik qo‘llanmalar va qo‘shimcha adabiyotlardan foydalangani, tayyorlangan ko‘rgazmali qurollar vositasi, texnika vositalari, dars o‘tish metodi, darsni qanday uyushtirganligi va dars maqsadiga erishganligini bayon qiladi.
So‘zga chiqdilar:
Turdieva SH. (taqrizchi) - Amaliyotchi talabaning darsi haqidagi to‘liq fikrlari yoziladi. Dars qanday tashkil qilinganligi yangi mavzuga tayyorgarlik bosqichi, yangi mavzu bayoniga qanday metodlardan, vositalardan foydalandi, mavzu qay darajada yoritildi, yangi mavzuni mutsahkamlashda qanday ishlar bajarildi, vaqt qanday taqsimlandi, dars qanday yakunlandi, uyga vazifa uchun ko‘rsatma berildimi va boshqalar qayd qilinadi.
Karimova S. (fan o‘qituvchisi) - amaliyotchining dars o‘tishdagi kamchiliklari batafsil bayon qilinadi.
Salimov M. (metodist) - yuqoridagi fikrlar asosida amaliyotchi talabaning darsiga yakun yasaladi va o‘z fikr mulohazalarini bildiradi.
QAROR QILINDI:
Amaliyotchi talaba K.Nazarovaning 8-sinfda Informatikadan “Ma’lumotlarni tartiblash» mavzusida bir soatlik sinov darsi “qoniqarli” (“yaxshi”, “a’lo”) deb baholansin.
Dars yuzasidan bildirilgan kamchiliklarni bartaraf qilish Nazarova Kamolaga yuklatilsin.
Yig‘ilish raisi: _____________________________
(F.I.SH)
Kotibi: _____________________________
(F.I.SH)
Do'stlaringiz bilan baham: |