O‘quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatlarini kuzatish va tahlil qilishning pedagogik namunasi
1. Ijtimoiy foydali mehnatning maktab, sinfning o‘quv-tarbiya ishlarining vazifalariga muvofiq kelishi; 2. Ijtimoiy foydali mehnatni tashkil qilish natijasi, sifati; 3. Bu faoliyatning bolalarning yosh xususiyati va qiziqishiga mos kelishi; 4. Foydali mehnatni tashkil qilishda sinf faollarining roli; 5. O‘quvchilarning tashkilotchiligi va tartibi; 6. Ishga qiziqish darajasi, ijodkorligi, faolligi va mustaqilligi; 7. Ijtimoiy foydali mehnatni tashkil qilishda amaliyotchining sinf rahbarlarining yoshlar ittifoqining, maktab rahbariyatining va homiylarning roli; 8. Xulosalar; 9. Baholash.
To‘garak ishlarini kuzatish va tahlil qilishning pedagogik namunasi
To‘garak mashg‘ulotining mavzusi; 2. To‘garak mashg‘ulotining maqsadi (nazariy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi); 3. Mashg‘ulotning jihozlanishi; 4. Amaliyotchining tayyorgarlik darajasi; 5. Mashg‘ulotga qatnashgan va qatnashmagan o‘quvchilarning umumiy soni; 6. To‘garak mashg‘ulotining mazmuni, ilmiyligi, hayotiyligi; to‘garak darsi borishida yangi bilimlarini o‘zlashtirish, avvalgi bilim va malakalarni mustaqilligi; 7. To‘garak mashg‘ulotining tarbiyaviy jihati; ishning tashkil qilinishi metodlari; ish jarayonidagi sharoit; 8. O‘quvchilarning mashg‘ulotga munosabati, xulq-atvori, qiziquvchanligi, ijodkorligi, faolligi, tartibi; 9. Mashg‘ulotni o‘tkazishda uddaburonligi; 10.O‘quvchilar mustaqil ishining darajasi va hajmi; 11.Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarni mustaqillikka odatlantirish; 12.To‘garak mashg‘ulotining samarasi: o‘quvchilarning bilim, uquv va malaka darajalariga ta’siri; 13.To‘garak mashg‘ulotini baholash
O‘quvchilar konferensiyasini (anjuman) kuzatish va tahlil qilishning pedagogik namunasi
1. Adabiy asarlarning o‘quvchilarning yosh xususiyatiga, talablariga va qiziqishlariga muvofiq kelishi; 2. Konferensiyani tashkil qilishda amaliyotchining uddaburonligi; 3. Badiiy asar tahlilining aniqligi va isbotliligi; 4. Tahlil jarayonida o‘quvchilarning odob-axloqi va hayot tarzi bilan bog‘liqligi; 5. Konferensiyada o‘quvchilar faolligi, fikrlarning mustaqilligi va ijodiy yondashuvi; 6. Xulosalar, konferensiyaning tarbiyaviy ahamiyati, uning yutuq va kamchiliklari; baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |