Ўзбекистон республикаси халқ


 Agressivlik (tajovuzkorlik) barcha asoslarning asosi sifatida


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   106
Bog'liq
Binder1

3.4. Agressivlik (tajovuzkorlik) barcha asoslarning asosi sifatida 
Kundalik hayotda ishlatilayotgan tushuncha bilan ilmiy atama har doim ham 
bir-biriga mos kelavermaydi. Kundalik hayotda agressiya deganda biz ko‘proq 
adolatsiz, asossiz hujumni tushunamiz. Etologiyada agressivlik tushunchasi g‘azab, 
jahl, nafratni anglatadi. U hech qanaqa, ijobiy ham salbiy ham ko‘rinishga ega emas. 
U neytraldir. Bu ta’rifni K.Lorens “G‘azab: agressiv xulq-atvorning tabiiy tarixi” 
nomli kitobida keltirib o‘tadi. Agressiya ko‘pincha hujum qilganda ko‘zga 
tashlanadi, biroq, g‘azabsiz hujumni etologlar agressiya deb atamaydilar. Tabiatda 
bir tur ikkinchi turga hujum qiladi. Bo‘ri quyonga hujum qilsa, agressiya emas, ov 
hisoblanadi. Shu kabi, ovchining o‘rdak otishi yoki baliqchining qarmoq tashlashi 
agressiya emas. Chunki ular o‘ljaga nisbatan qo‘rquv, g‘azab yoki nafrat hissini 
tuymaydi. Agressiv xulq-atvorni esa, ushbu tuyg‘ular yuzaga keltiradi. Itning 
begona odamga tashlanishi agressiyadir. Odamning itga javoban tosh otishi ham 
agressiyadir. Chunki, shu vaqtda ikkala tomon ham bir-biridan qo‘rqib va bir-
biridan nafratlanib, harakatlanadilar. Bir hayvon ikkinchisining jahlini chiqarsa yoki 
xavf tug‘dirsa (o‘ziga, hududiga, uyiga, bolalariga) yoki shunchaki notanish hamda 
shubhali ko‘rinsa, agressiyaga duch keladi. Agressivlik hayvonlarda hudud bilan 
bog‘liq ravishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ushbu holat Govard tomonidan 1920 
yilda kashf qilinganidan so‘ng, ma’lum bo‘ldiki, bu holat juda keng tarqalgan ekan. 
Ko‘p hayvonlar o‘z hayotlarining bir bo‘lagi sifatida o‘z hududlarini qattiq himoya 
qiladilar. Hududlar ayrim hayvonlarda, ko‘proq yovvoyi hayvonlarda, individual 
bo‘lsa, aksar hayvonlar to‘da yoki podaning umumiy hududiga egadirlar. Agar biror 
bir hayvonga tegishli hududga boshqasi, o‘sha turning vakili bo‘lsa ham, tashrif 
buyuradigan bo‘lsa, xo‘jayinning qarshiligiga uchraydi va bu qarshilik hududning 
markaziga yaqinlashgan sari ortib boraveradi. Aksincha, boshqa hayvon hududida 
agressivlik pasayib, begona hayvon qochishga harakat qiladi (Buni yaxshi bilgan 
hayvon o‘rgatuvchilar qafasga birinchi bo‘lib o‘zlari kiradilar. Ikkinchi bo‘lib 
kirgan hayvon qafasni hayvon o‘rgatuvchining hududi sifatida qabul qiladi va uning 
agressivligi yo‘qoladi). Aslida esa, hayvonlarda hudud agressiya natijasida yuzaga 
keluvchi tushunchadir. Lorensning fikriga ko‘ra, agressivlik oddiy instinktdir 
(barcha biologlar ham bu fikrga qo‘shilavermaydilar). Buni isbotlash uchun u va 
uning xodimlari bir qator tajribalar o‘tkazganlar. Ular hayvonlarni turdoshlaridan 
alohida saqlab, ularda agressivlik o‘rganish orqali emas, tug‘ma mavjud bo‘lishini 
isbotlaganlar. Masalan, alohida saqlangan sichqonlar va kalamushlar o‘zlarini 
turdoshlariga qaraganda agressivroq tutishgan. Ular o‘z turdoshlariga ham darhol 
hujum qilganlar, bunda ular o‘z turiga xos usullarni qo‘llaganlar. Agressiya doimo 
qo‘rquv bilan birga yuradi, qo‘rquv har doim agressiyani yuzaga keltiradi. Buni turli 
hayvonlarda olib borilgan tajribalar ko‘rsatib bergan. Agar hayvonlar qo‘rqitiladigan 
bo‘lsa, ular agressivroq bo‘lib qolishgan. Bu insonlar to‘dasi yoki butun jamiyatda 
ham kuzatilishi mumkin. Agressivlik eng xavfli holatdir. Agressivlik ichdan paydo 
bo‘ladi va to‘planib boradi. Oldin psixologlar agressivlik tashqi omillar natijasida 
yuzaga keladi va agar tashqi omillar bartaraf etilsa, agressivlik paydo bo‘lmaydi, 
deb o‘ylashgan. Etologlar buning noto‘g‘ri ekanligini isbotlab berishdi. 
Qo‘zg‘atuvchilar mavjud bo‘lmaganida agressivlik ichkarida yig‘ilib boraveradi. 


42
Agressivlikni saqlovchi holatlar esa kamayib boraveradi va arzimagan sabab ham, 
uning yuzaga chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Oxir oqibatda u hech qanday 
sababsiz ham yuzaga chiqishi mumkin. Kundalik hayotda bizning agressivligimiz 
turli insonlar bilan yuzaga keluvchi mayda-chuyda ziddiyatlar orqali yuzaga chiqib 
turadi. Biz agressivlikni qandaydir qilib boshqarishni o‘rganishmiz mumkin, biroq, 
u insonning eng kuchli instinktlaridan biri bo‘lganligi sababli, uni butunlay yo‘qota 
olmaymiz. 
Shuni 
esda 
saqlash 
lozimki, 
agressiv 
insonning 
atrofidagi 
qo‘zg‘atuvchilarni bartaraf etish orqali uning agressivligini yo‘qotmaymiz, balki 
yig‘ilib borishiga yo‘l qo‘yib beramiz. U baribir yuzaga chiqadi, buning ustiga 
ko‘proq kuch bilan. Qayg‘uli bo‘lsa-da, haqiqat shundan iborat. Agar qo‘zg‘atuvchi 
mavjud bo‘lib, u qo‘rqinchliroq bo‘lsa, agressivlik mo‘ljali o‘zgarishi mumkin. 
Ayni vaqtda boshqa yo‘nalishda amalga oshirilgan agressiya raqibga o‘z kuchini 
namoyish etish vazifasini ham bajaradi: “ko‘rib qo‘y, men nimalarga qodirman”. 
Ko‘p hollarda agressiya uchun mo‘ljal o‘z turdoshi yoki boshqa turdagilarga 
o‘zgartirib turiladi, faqat mo‘ljaldagi nishon javob qaytara olmasa bo‘lgani. 
Yo‘lovchidan so‘kish eshitgan aravakash alamini otlardan oladi. Biror narsadan 
jahli chiqqan kishi itini tepkilab qolishi mumkin. Boshlig‘idan gap eshitgan er 
xotinini so‘kadi; xotin bolasini urishadi; bola esa, alamini mushugidan oladi. 
Agressiya mo‘ljalini kuchsiz va aybsiz tomonga qaratib o‘zgartirish ierarxiyani 
saqlashda muhim ahamiyatga ega. Agressivlik tur uchun muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan bir necha vazifalarni bajaradi. Agressivlik yordamida hudud muhofaza 
qilinadi. Kuchsiz hayvon kuchli hayvondan o‘z uyini himoya qila oladi. Chunki u 
o‘z uyida agressivroq, demak kuchliroqdir. Hududning mavjudligi esa, bir tur 
vakillari uchun muhim bo‘lib, u bir-biriga halal bermasdan yashash imkonini beradi. 
Ikkinchi omil Darvin tomonidan ko‘rsatib berilgan edi. Raqobatlashayotgan 
erkakning kuchlirog‘i ayolga egalik qiladi va avlod qoldiradi. Shu tarzda podaga 
yo‘lboshchilik qiluvchi va himoya qiluvchi erkak saralanadi. Bolalarini himoya 
qilish uchun jangga tashlanishda ham agressivlikning o‘rni yuqori bo‘ladi. Bu 
holatni bolalarni himoya qilishni bir jins vakillari o‘z zimmmasiga oladigan 
hayvonlarda yaqqol ko‘rish mumkin. Mazkur hayvonlarda aynan bola himoyasini 
o‘z zimmasiga oluvchi jins agressivroq bo‘ladi. Agressivlik hayvonlar jamoasini 
saqlanib qolishiga ko‘maklashuvchi qat’iy ierarxiya mexanizmini amal qilishiga 
ham ko‘maklashadi. Buning mazmuni shundaki, jamoaning har bir a’zosi kim 
kuchliroq va kim kuchsizroq ekanligini yaxshi biladi, kuchsizlar kuchlilarga 
ovqatda, ayolga egalik qilishda va boshqalarda yo‘l beradi. Hayvonlar guruhida 
ierarxiya juda tez, ba’zan kichik to‘qnashuvlar orqali, ko‘pincha esa, busiz ham 
o‘rnatilaveradi. Ba’zan bu to‘liq tartiblashuvga olib keladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling