¤збекистон республикаси халк таьлим вазирлиги


III. KURS ISHINI BAHOLASH TARTIBI


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/35
Sana20.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787907
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Bog'liq
курс ишини ёзиш буйича услубий тавсиялар1212 1

 
III. KURS ISHINI BAHOLASH TARTIBI 
 
Kurs ishlari О’zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil
13-dekabrdagi 470-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligida 2013- yil 13-dekabrda № 981-2-son raqami 
bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini 
baholashning reyting tizimi to‘g‘risida Nizom”ga ko‘ra 100 ballik tizim 
orqali baholanadi.
Reyting 
nizomiga 
muvofiq 
ballar 
taqsimoti 
quyidagicha 
belgilanadi: 
86 - 100 ball − “a’lo” 
71 - 85 ball − “yaxshi” 
55 - 70 − “qoniqarli” 
0 - 54 ball − “qoniqarsiz”. 
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan yozilgan kurs ishlarini baholashda 
talabaning kurs ishini yozish va himoya qilishga qo‘yilgan talablarga qay 
darajada amal qilganligi muhimdir.
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan kurs ishlarini yozish va himoya 
qilishga quyidagi talablarni qo‘yish maqsadga muvofiq: 
1. Kurs ishi mavzusining dolzarbligini ochib berish, mavzuning tadqiq 
darajasini belgilash va unga xolisona tanqidiy munosabat bildirish. 
2. Kurs ishining maqsad va vazifalarini to‘g‘ri belgilash. 
3. Kurs ishi mavzusi yuzasidan mustaqil mushohada yuritish, mavzuni 
atoroflicha va izchil yorita bilish. 
4. Kurs ishi mavzusini yoritishda til hodisalarini o‘zaro aloqa-
bog‘lanishda tahlil etish, til hodisalarining o‘xshash va farqli jihatlariga 
aniqlik kiritish. 
5. Kurs ishi mavzusini yoritishda masalaga oid daliliy misollarni to‘g‘ri 
tanlash, ularni tahlil etish asosida nazariy xulosalar chiqara bilish. 


22 
6. Kurs ishi mavzusini yoritishda nazariy bilimlarni amaliyot bilan 
bog‘lash. 
7. Kurs ishi mavzusi yuzasidan umumlashma xulosalar chiqarish. 
8. Kurs ishi mavzusini ochiq himoya qilish. 
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan kurs ishini yozish va himoya 
qilishga qo‘yilgan bu talablar asosida uni baholashning quyidagi mezonini 
tavsiya etish mumkin: 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling