Zbekiston respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi


Download 219.41 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.05.2023
Hajmi219.41 Kb.
#1432738
Bog'liq
OOOO



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
HUQUQNI MUHOFAZA QILISH AKADEMIYASI
1-kurs talabalari uchun
Modul nomi:Xalqaro huquq va inson huquqlari______________________ 
Ish turi: Oraliq nazorat 
O‘tkazilgan sana: ____._____. 2023-yil 
Sizning javobingiz quyidagi baholash mezonlari asosida baholanadi: 
 
1. 
Muammoli masalaning mohiyati to‘g‘ri tushunilganligi va 
javobning to‘liqligi hamda masala mazmuniga mos kelishi 






2. 
Mustaqil fikrlar, nazariy qoidalar, olimlarning ilmiy 
qarashlari bayon etilganligi 






3. 
Huquqni qo‘llash amaliyotidagi misollar asosida ijodiy 
bayon qilinganligi, normativ-huquqiy hujjatlar 
normalaridan foydalanilganligi 






4. 
Normativ-huquqiy hujjatlarning to‘g‘ri qo‘llanilganligi va 
sharhlanganligi, shuningdek matnda grammatik, orfografik 
va stilistik xatolarning mavjud emasligi 






Oraliq nazorat bo‘yicha qo‘shimcha taqriz:
Umumiy ball 
Tekshiruvchi imzosi:___________ 
_______________________ _________ 
Talabaning F.I.O. Kurs
Modul nomi: _________________________________________________________________ 


Avvalo Xalqaro shartnoma va qonunga sharh berb o'tsak.Xalqaro shartnoma - 
davlatlar yoki xalqaro huquqlarning boshqa subʼyektlari oʻrtasida siyosiy, 
iqtisodiy, madaniy yoki boshqa sohalarga oid oʻzaro huquq va majburiyatlarni 
belgilab beradigan kelishuv; xalqaro huquqning asosiy manbai. Xalqaro shartnoma 
2 tomonlama va koʻp tomonlama shartnomalarga boʻlinadi. Koʻp tomonlama 
shartnoma ochiq boʻlishi unga boshqa davlatlar qoʻshilishi va yopiq boʻlishi unga 
boshqa davlatlar Xalqaro shartnoma ishtirokchilarining roziligi bilangina 
qoʻshilishi mumkin. Xalqaro shartnoma ning nomlari turlicha: shartnoma, bitim, 
konvensiya, pakt, deklaratsiya, memorandum statut, protokol, ustav, bayonot va 
boshqa Xalqaro shartnoma muddati tugagandan keyin, unda belgilangan 
majburiyatlar bajarilgach, taraflarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha va denonsatsiya 
yoʻli bilan amal qilishdan toʻxtaydi.Xalqaro shartnomaning asl mazmuni shundan 
iborat.Xalqaro shartnoma turlari va shakllari ham mavjud.Ya'ni Xalqaro 
shartnoma shakli deganda shartnoma tuzishda ishtirok etuvchi sub'ektlarning 
irodasi ular o'rtasidagi kelishuvga rasmiylashtiriladigan vosita va usullar 
tushuniladi.Xalqaro huquqda xalqaro shartnomaning muayyan shaklini belgilovchi 
normalar mavjud emas. Bu shartnoma taraflarining ixtiyoriga bog'liq. 
Shartnomalarning aksariyati shu yillarda tuzilgan. Biroq, og'zaki kelishuvlar ham 
mavjud. Shunday qilib, 1969 yilgi Konventsiya xalqaro shartnomalarga nisbatan 
qo'llanilmasligi bunday shartnomalarning yozma bo'lmagan shakldagi yuridik 
kuchiga ta'sir qilmaydi (3-modda). Og'zaki xalqaro shartnomalar mustaqil 
shartnomalar hisoblanmaydigan, lekin har qanday masala bo'yicha davlatlarning 
og'zaki kelishuviga dalil bo'lib xizmat qilishi mumkin bo'lgan davlat rahbarlarining 
Kommyunikesida tasdiqlanishi mumkin.Xalqaro shartnoma shaklining asosiy 
elementlari shartnomaning tili, tuzilishi va nomi hisoblanadi. Shartnomaning eng 
muhim elementi - bu shartnoma tili bo'lib, uning yordamida tomonlar shartnoma 
mazmuni bo'yicha o'z pozitsiyalarini bildiradilar. Xalqaro huquqda shartnoma 
tuzishda biron bir tilning majburiyatini belgilovchi norma yo'q.Endi esa qonunga 
sharh berb o'tsam.Qonun–bu inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan 
eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish 


va tartibga solish vositasi. Qonun davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori 
kuchga ega boʻlgan hujjatidir. Qonun davlat huquq tizimining asosini tashkil 
qiladi, davlatning boshqa hamma organlarining normativ aktlariga nisbatan eng 
katta yuridik kuchga ega boʻladi. Qonun uchun uni qabul qilishning alohida tartibi. 
bir necha bosqichdan iborat maxsus qonun chiqarish jarayoni xosdir. Bu bosqichlar 
qonunchilik tashabbusi, qonun loyihasining muhokama qilinishi, Qonunning qabul 
qilinishi va uning eʼlon qilinishidan iborat. Qonunlar oʻzida mujassamlashgan 
normalarning mohiyati boʻyicha konstitutsiyaviy toʻgʻridan-toʻgʻri konstitutsiya 
talablari asosila qabul qilinadigan organik va oddiy Qonunlarga boʻlinadi. Oddiy 
Qonunlar, oʻz navbatida, kodifikatsiya qilingan va joriy Qonunlarga boʻlinadi. 
Federativ davlatlarda Qonunlar, shuningdek, federal va federatsiya subʼyektlari 
Qonunlariga ajratiladi. Qonunlarning alohida toifasini favqulodda Qonunlar tashkil 
etadi.Normativlik Qonunning muhim belgisi va xususiyati hisoblanadi. Huquqiy 
hujjatlarning boshqa shakllari ham normativ boʻlishi mumkin, lekin ular 
Qonunchalik qatʼiy kuchga ega boʻlmay, qisqa muddat amal qiladigan yoki 
huquqni muhofaza etuvchi boʻlishi mumkin. Qonunning normativligi uning bir 
xildagi qoidani barcha uchun norma, meʼyor, mezon darajasiga koʻtarilishidadir. 
Qonunda mustahkamlangan qoida hamma oʻxshash hollarda bir xildagi talab 
sifatida takror-takror amal qiladi. Qonunning normativligi unda ifodalangan davlat 
irodasining qatʼiyligi, ustunligi va oliyligi bilan chambarchas bogʻliqligidadir. 
Aynan shu irodaning imperativ (boʻysundiruv-chi) mazmuni Qonun vositasi bilan 
umumiy yurish-turish va xulq-atvor mezonlarini belgilaydi.Aslini olganda 
shartnomalar ham qonunlar asosida tuziladiBundan kelib chiqadiki qonun 
shartnomadan ustun turadi.Kazusda qabul qilingan yoki bekor qilingan qonunlar 
hech kimga zarari yo'qdeyilgan.Ammo men bunga qo'shilmayman chunki har bir 
qabul qilinadigan qonunlar o'zimizni barcha fuqorolarni taqdiriga tasir qilishi 
mumkin.Shu sababli qabul qilinadigan qonunlar har biri haqida bilishimiz va uni 
mazmuni bilan tanishib chiqishimiz zarur.Soliq to'lovchi yani fuqorolar bilan 
davlat o'rtasida ham shartnomalar bo'ladi.Bularni qonun aralashmasi desak 
bo'ladi.Bir davlat bilan tuzilgan shartnomalar hozirgi kunda qonun sifatida 


kiritilishi mumkin emas chunki hozirda biz demokiratik davlatda yashaymiz har bir 
qonun xalq fikiri va ovozi bilan qabul qilinadi.Agarda u qonun xalqqa jabr 
yetkazsa u qonun bekor qilinadi.O'zbekistonda qonun loyixasini tayorlar tartibi 
quydagicha Qonun loyihasini tayyorlash: 
qonun loyihasini tayyorlash to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqish va uni tayyorlash 
to‘g‘risida qaror qabul qilishni; 
qonun loyihasini tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy va moliyaviy jihatdan 
ta’minlashni; 
zarur materiallar va axborot to‘plashni; 
qonun loyihasining konsepsiyasini ishlab chiqishni; 
qonun loyihasini tuzishni;
huquqiy va boshqa zarur ekspertiza o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. 
Xulosa qilib aytadigan bo'sam hozirgi demokratik davlatlarda albatta 
shartnoma,qonunlar xalga insonlarga fuqorolariga foydali bo'lishi lozim.Avvalgi 
zamonlardagidek shohga,qirolga foydali bo'lishi kerak emas.Harbir davlat hozirgi 
kunda o'ziga va fuqorolariga foydali bo'lgan qonun va shartnomalar tuzishga 
harakat qiladi.O'zi aslida demokrtik davlat qanday bo'lishi lozim?.Demokratik 
davlat – bu Demokratik davlatda inson manfaati, qadr-qimmati, hayoti har 
narsadan yuqori turadi. Bunday davlat oʻzini oʻzi boshqarish, koʻp partiyalilik, 
ommaviy axborot vositalari erkin boʻlishi, fikrlar xilma-xilligiga sharoit yaratadi. 
Biroq demokratiya hamma narsada xohlagancha erkinlik emas, qonunga 
asoslangan erkinlikdir. Demokratiyaning ajralmas qismi intizom, qonunlarni 
hurmat qilish, boshqalarning haq-huquqini himoya qilishdir. Demokratiya 
tartibotlari huquqiy davlatda mukammal rivojlanib boradi.Hozirgi kunda har bir 
qilingan sharnoma qonunlar ahamiyatli.Mening fikirim shulardan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Xalqaro huquq kitobi.2018-yil prof.G.Yuldasheva. 


2.INTERNET MANBALAI.LEX.UZ,ARXIV.UZ 

Download 219.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling