Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi


Download 2.94 Kb.

bet17/34
Sana09.02.2017
Hajmi2.94 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34

kasbiy madaniyatini to'g'risida”gi №96-sonli buyrug'idir.

123
9.3. Ichki ishlar organlar vazifalarini ado etilishida inson huquqlari  
va erkinliklarini ta'minlash
Huquqiy davlatda shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish, shuningdek 
huquqbuzarliklarning oldini olish, bartaraf etish va tergov qilish qonuniy vositalar 
yordamida olib borilishi lozim. Davlatning barcha hokimiyat-ijro etuvchi tuzilmalari 
va ayniqsa, ichki ishlar organlari (o'z vakolatlari doirasida) fuqarolarning huquqlari, 
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishni ta'minlab berishi, ularni 
himoya qilish funksiyasini amalga oshirishi lozim. Biroq, mazkur huquqlarni himoya 
qilish, butunlay huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuklatiladi, ular orasida ichki 
ishlar organlari alohida o'rin egallaydi.
Ichki ishlar organlari oldida turgan asosiy vazifalarga quyidagilar kiradi:
•  fuqarolarning shaxsiy xavfsizligini ta'minlab berish;
•  jinoyatlar va ma'muriy huquqbuzarliklarni o'z vaqtida oldini olish va bartaraf etish;
•  jinoyatlarni tezda va to'la ochish; jamoat tartibini muhofaza qilish va jamoat 
xavfsizligini ta'minlash;
•  mulkni noqonuniy tajovuzlardan himoya qilish;
•  o'zining qonuniy huquq va manfaatlarini amalga oshirishida fuqarolarga, mansabdor 
shaxslarga va boshqa subyektlarga huquqiy va tashkiliy yordam ko'rsatish va 
boshqalar.
Ichki ishlar organlari tuzilmaviy bo'g'inlarining ish faoliyati, O'zbekiston 
Respublikasi Konstitusiyasi va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan mustahkamlangan 
huquqlarga tahdid solayotgan turli xil huquqbuzarliklarga qarshi kurash olib 
borishga qaratilgan.
Faoliyatning ko'rsatib o'tilgan turlari mazmuni va xususiyati turfa xil bo'lishiga 
qaramay, shaxs huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo'yicha vazifalarga 
taalluqli asosiy prinsiplar, shakllar va usullar bir xil hisoblanadi va faqatgina 
tafsilotlardagina farqlanadi, xolos. Hokimiyat vakolatiga ega bo'lgan ichki ishlar 
organlarining faoliyati, qonunda ular uchun belgilab qo'yilgan huquqiy shakllar 
doirasida amalga oshiriladi. Bunday shakllarga, turli mazmunga ega bo'lishiga 
qaramay, bir biri bilan yaqindan bog'langan va o'zaro ta'sir ko'rsatuvchi tashkiliy 
va yuridik shakllar kiradi. Undan tashqari, ularning har biri o'zida, boshqasiga 
taalluqli bo'lgan elementni ham olgan bo'lib, ayrim hollarda ularni farqlash juda 
ham qiyin kechadi.
Bu, ichki ishlar organlarining funksional-tuzilmasining ikki tomonlama hususiyatga 
ega ekanligiddan darak beradi. Ular o'zining egallab turgan holati bo'yicha davlat 
boshqaruvi organlari tizimiga kiradi va shu roli bilan hokimiyat boshqaruvchilik 
vakili sohibi sifatida vakolatini amalga oshiradi hamda o'z kuchlari va vositalariga 
nisbatan ham, shuningdek, tashqi muhitga nisbatan ham boshqaruvchilik tizimini 
tashkil etuvchilik vakolatini amalga oshiradi.
Undan tashqari, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini har qanday 
tahdidlardan himoya qilish majburiyati yuklatilgan huquqni muhofaza qilish tizimining 
faol zvenosi ham hisoblanadi.

124
Qayd etib o'tilganidek, faoliyatning yuridik va tashkiliy shakllari o'rtasidagi 
chegara ancha noaniqdir, chunki ular ko'proq o'zaro bog'liq bo'lib, bir birini to'ldiradi 
yoki bir birini takrorlaydi.
O'z mazmuni, xarakteri va xususiyatiga ko'ra yuridik shakl huquq ijodkorligi 
va huquqni tatbiq etish faoliyatini qamrab oladi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning norma ijodkorligi faoliyati, idoraviy 
me'yoriy hujjatlarni yaratishga qaratilgan bo'lganligi uchun ham, qonunosti hujjatlar 
yaratish xususiyatini kasb etadi. Ularning maqsadi — huquqni muhofaza qiluvchi 
organlar ish faoliyatining turli tomonlarini tartibga solish hisoblanadi. Biroq, ular 
faoliyatning qaysi sohasini tartibga solmasin, asosiy maqsadi — fuqarolarning huquq 
va erkinliklarini himoya qilish maqsadini ko'zlaydi.
Birinchi holatda, masalan, jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashni 
tartibga soluvchi hujjatlar. Ikkinchi holatda esa, ularni oldini olish bo'yicha chora-
tadbirlar mexanizmlari belgilab beriladi.
Qabul qilinayotgan me'yoriy hujjatlarning ko'pgina qismi qonunchilikni 
mustahkamlash, shaxsning huquq va erkinliklariga rioya qilish muammolari va 
boshqalarga taalluqlidir.
Qabul qilinayotgan qator hujjatlar davlat qonunlarini va boshqa qonunosti 
hujjatlarini to'ldiradi va aniqlashtiradi. Ular O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 
va qonunlariga zid kelmasligi; huquq va erkinliklar faqatgina qonun yo'li bilan 
va faqat konstitusiyaviy tuzumni, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini 
himoya qilish uchun zaruriy darajadagina chegaralanishi mumkin degan qoidaga 
mos kelishi shart.
Ichki ishlar organlari faoliyatining ikkinchi shakli huquqni tatbiq etish 
hisoblanadi. Mazkur shaklni, huquqiy normalarni amalga oshirish mexanizmining 
eng ishlovchi elementlaridan biri va individual-konkret ishlar bo'yicha davlat-
hokimiyatiga taalluqli qarorlarni qabul qiluvchi sifatida ko'rish lozim.
Bundan tashqari, Konstitusiya va boshqa normativ hujjatlarda e'lon qilingan huquq 
va erkinliklarni ruyoga chiqarish tegishli huquqiy normalarni qo'llash orqali erishiladi.
Shu bilan birga, huquqni tatbiq etish, bevosita ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilariga 
hokimiyatchilik vakolatlari orqali ta'sir qilishda aks etganligi uchun ham boshqaruv 
faoliyatining shakli hisoblanadi. Ushbu tarzdagi ta'sir ko'rsatish, jo'natilgan organlar 
va shaxslar tomonidan ijro etish majburiy bo'lgan huquqiy hujjatlar va ko'rsatmalar 
ko'rinishiga egadir. Qayd etish kerakki, bunday ko'rsatmalar davlatning majburlash 
choralarini qo'llash imkoniyatini ta'minlab beradi.
Huquq normasini qo'llashga bo'lgan asosiy talab, uning qonuniyligi, 
asoslanganligi, maqsadga muvofiqligi va adolatligi hisoblanadi.
Huquqiy normalarni qo'llashning mohiyati muayyan yuridik holatni tegishli huquqiy 
normaga olib kelish va uning asosida davlat-hokimiyatchilik qarorini qabul qilish 
bo'yicha ichki ishlar organlar mansabdor shaxslarining hatti-harakatlaridan iboratdir.
Huquqni qo'llash jarayonida ichki ishlar organlari:
birinchidan, huquq va majburiyatlarning mavjudligini va ularni chegarasini 
aniqlaydi;

125
ikkinchidan, subyektiv huquq va majburiyatlarning harakati vaqtini yoki ularni 
to'htatilishi holatini belgilaydi;
uchinchidan, huquq va majburiyatlarga egalik to'g'ri bo'lish uchun nazoratni 
amalga oshiradi.
Huquqni tatbiq etish fuqaroning muayyan ijtimoiy boylikdan foydalanishga bo'lgan 
da'vosini qondirishga vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslar bilan huquqiy 
munosabatga kirishini ko'zda tutadi.
Huquqni qo'llash shoshilinch ravishda, bir yo'la amalga oshiriladigan harakat 
bo'lishi shart emas. Ko'p hollarda, bu biror jarayonning (jinoiy ishni qo'zg'ash, 
dastlabki tergov, ma'muriy yurisdiksiya ishlarini ko'rish) ko'plab ishtirokchilarini 
izchillik bilan rivojlanib boruvchi harakatlarining butun kompleksi bo'lishi mumkin.
O'z mazmuniga ko'ra huquqni qo'llash faoliyati turlari regulyativ va huquqni 
muhofaza qilishga bo'linadi.
Qonunni qo'llashda regulyativ faoliyat shaklining zaruriyati, fuqarolarning 
subyektiv huquqlari va yuridik majburiyatlarini o'rnatuvchi huquqiy normalar, 
vakolatli organlar tomonidan tegishli ravishda huquqiy qarorlarni chiqarmasdan 
turib amalga oshirish imkoni bo'lmagan hollarda vujudga keladi.
Mazkur ish shakli asosan ichki ishlar organlari faoliyatining tashkiliy jihatlarini 
qamrab oladi. Mohiyatan u, ichki va tashqi tashkiliy jihatli vazifalarni bajarishga 
qaratilgan turli hil boshqaruvchilik muammolarini hal etishda, ta'minlovchi hisoblanadi.
Ichki tashkiliy funksiyalarga quyidagilar kiradi:
birinchidan — Ichki ishlar organlarining butun tizimini yaxshi ishlashini ta'minlab 
berish. Bunga xo'jalik, ijtimoiy, madaniy, moddiy, moliyaviy va texnik ta'minot, 
shunindek xodimlarni kerakli kiyim bosh bilan ta'minlash funksiyalarini amalga 
oshirish;
ikkinchidan — Huquqni muhofaza qilish bo'yicha chora-tadbirlar va reydlar 
o'tkaziishda kuchlar va vositalarni joy-joyiga qo'yish.
Mazkur faoliyatda ichki ishlar organlari xodimlarining o'zlari inson huquqlarining 
subyektlari sifatida o'rtaga chiqishmoqda va bu mazmunda, ularga nisbatan 
Konstitusiya va qonunlarda ko'zda tutilgan fuqaroning huquq va erkinliklari butun 
kompleksi bilin ta'minlanishiga extiyoj sezishadi.
Tashqi tashkiliy faoliyat quyidagilarni qamrab oladi:
birinchidan — shaxsning huquq va erkinliklari, ularni xavfsiz amalga oshirish 
uchun sharoitlarni (aholi ommaviy yig'ilga joylarda jamoat tartibini muhofaza qilish, 
jamoatchilik havfsizligini ta'minlash) yaratish yo'li bilan muhofaza qilish;
ikkinchidan — murakkab yoki favqulodda holatlarda fuqarolarga yordam ko'rsatish 
(baxtsiz xodisalarning jabrdiydalariga aylangan shaxslarni yig'ish va ular to'g'risida 
ma'lumotlar berish, bedarak yo'qolganlarni qidirish);
uchinchidan — fuqarolarning qator konstitusiyaviy va faqat davlat-hokimiyati 
hujjati orqali tasdiqlash sharti bilan ruyobga chiqarish mumkin bo'lgan sohaga 
(yashash joyini tanlashga bo'lgan huquq, transport vositasiga egalik qilishga oid 
shaxsiy mulkka bo'lgan huquq) oid huquqlarini amalga oshirilishini ta'minlash. 
Mazkur huquqiy imkoniyatlarni amalga oshirish uchun tegishli qarorlar chiqarish 

126
zarur (misol uchun, pasport-viza xizmati tomonidan, yo'l harakati xavfsizligi davlat 
hizmati tomonidan).
Muhofaza qilish choralarni qo'llash uchun asoslar, subyektiv huquqlarni amalga 
oshirishga to'sqinlik qiluvchi yoki bu huquqlarni buzuvchi salbiy xarakterdagi 
holatlarning mavjudligi, shuningdek yuridik majburiyatlarni bajarishdan bosh tortish 
hollari hisoblanadi.
Mazkur turdagi faoliyatning o'zga xos xususiyati bo'lib, keng miqyosdagi huquqni 
muhofaza qilish yo'nalishi hizmat qiladi. Fuqaro huquq va erkinliklarining kafolati 
tizimida huquqni qo'llash faoliyati, turli manfaatlarga tajovuz qiluvchi jinoyatlarni 
bartaraf etish, ochish va tergov qilishni o'z ichiga qamrab olgan huquqni muhofaza 
qilish vazifalariga bo'ysundirilgan.
Salbiy vaziyatlarni tugatish va buzilgan huquqlarni tiklash uchun ichki ishlar 
organlariga, huquqbuzarlarga nisbatan majburiy choralarni qo'llash orqali ta'sir 
qilishdek keng vakolatlar berilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan yuridik normalarni qo'llash 
fuqaro tomonidan, huquqlarini amalga oshirish yoki himoya qilish to'g'risidagi 
rasmiy murojaati asosida amalga oshiriladi. Biroq, ko'p hollarda, hollarda huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarining o'zi tashabbus ko'rsatadi, ya'ni kundalik ish faoliyati 
jarayonida inson huquqlarini buzilishi aniqlangan hollarda.
Ikkala holatda ham, bunday huquqbuzarliklar to'g'risidagi ma'lumotlarning o'zi 
yuridik holatlar sifatida chiqmoqda, natijada shaxs bilan davlat organlari nomidan 
huquqni muhofaza qiluvchi organlar o'rtasida huquqiy munosabatlar vujudga 
kelmoqda. Ular huquqni muhofaza qiluvchi organlarga mazkur holatlarni ko'rib 
chiqish va qonunda o'rnatilgan tartibda hal etish majburiyatini vujudga keltirmoqda. 
Huquqbuzarlikda jinoiy jazoga tortish uchun asos bo'ladigan qilmishning belgilari 
mavjud bo'lgan hollarda, huquqni qo'llovchi hujjat (masalan, jinoiy ish qo'zg'atish 
to'g'risidagi qaror) himoyalanishga nisbatan bo'lgan subyektiv huquqni amalga 
oshirish prosedurasining birinchi bosqichi bo'lib xizmat qiladi.
Huquqni qo'llash vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan yuridik 
ahamiyat kasb etgan va huquq normasida ko'zda tutilgan muayyan hayotiy holatlar 
bo'yicha tegishli qaror qabul qilishni ko'zda tutadi. Bunday qarorda amrning qat'iyligi, 
uning ijrosini majburiy ekanligi hamda davlatning majburiy kuchi bilan hal qilishi 
orqali ta'minlanishi ko'rsatib qo'yiladi.
Ichki ishlar organlarining fuqarolarga, ularni huquqqa itoatkorligi bo'yicha 
irodasi va ongiga ta'sir ko'rsatish yo'llarida ishontirish va majburlash usullari 
hisoblanadi.
Ularni umumiy vazifa, ya'ni qo'llanilayotgan normada o'z aksini topgan-maqsadga 
erishish birlashtirmoqda. Amaliyotda bu usullar ayrim hollarda o'zaro uyg'un holda 
qo'llaniladi va ularni har birida boshqasining elementi bo'ladi. Majburlash odatga 
ko'ra, ishontirishdan keyin qo'llaniladi, ya'ni birinchisini qo'llash orqali kerakli 
natijaga erishib bo'linmagan va zo'rlik ishlatmasdan ta'sir ko'rsatishning barcha 
imkoniyatlaridan foydalanib bo'lingan bo'lsa, majburlash qo'llaniladi. Majburlash 
chorasining o'ziga xos tomoni huquqni muhofaza qiluvchi organlarining jismoniy 

127
kuch, maxsus vosita va o'q otish qurolini qo'llash huquqi hisoblanadi. Majburlash 
asosan quyidagi:
birinchidan, huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bor;
ikkinchidan, ma'muriy noo'rin xatti-harakat yoki jinoyat sodir etgan;
uchinchidan, ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarga 
nisbatan qo'llaniladi.
Ko'llaniladigan choralar bo'yicha inson huquqlarini himoya qilish o'zining 
spesifikasiga ega bo'lgan ichki ishlar organlari faoliyatining turlarini tasniflaymiz:
Ish bo'yicha isbotlashni ta'minlab berish. O'zbekiston Respublikasi JPKining 
82-moddasiga muvofiq, jinoyat obyekti, jinoyat orqali yetkazilgan zararning xususiyati 
va miqdori, jabrlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining shaxsi, jinoyat vaqti, joyi, 
usullari xususiyatini beruvchi holatlar, shuningdek, Jinoyat kodeksida ko'rsatib 
o'tilgan jinoyat sodir etilishining boshqa holatlar xususiyatlarini, qilmish bilan sodir 
etilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar o'rtasidagi sababiy bog'lanishlar isbotlanishi kerak.
Huquqbuzarlikni bartaraf etish. Bartaraf etish — bu jinoyat-prosessual qonunda 
ko'zda tutilgan majburlash chorasi hisoblanib, unga ko'ra tergov va suddan berkinish, 
haqiqatni o'rnatishga to'sqinlik qilish, yangi jinoyat sodir etish imkoniyatlarini bartaraf 
etish, shuningdek sudning hukmini ta'minlash maqsadida qo'llaniladi. Bartaraf etish 
choralari jinoiy jazo chorasi hisoblansada, biroq, ular jarayonning aybdor va gumondor 
kabi ishtirokchilarining huquqlarini vaqtinchalik, ammo yetarli darajada cheklaydi.
Huquqbuzarlikni oldini olish — shaxsga, o'zining huquqqa zid maqsadlarini ijro 
etishdan voz kechishga undash maqsadida tashkiliy, texnikaviy, prosessual, tezkor, 
majburlash va ommaviy-targ'ibot qilish xususiyatiga ega chora-tadbirlarni amalga 
oshirish bo'yicha ichki ishlar organlarining faoliyati. Mazkur maqsadga, ichki ishlar 
organlarining boshqa faol harakatlari natijasidagina erishish mumkin.
Yuridik javobgarlikni amalga oshirish — davlatning qonunlar buzilishiga nisbatan 
keskin va qattiq reaksiyasi. Qonun bilan muhofaza qilinayotgan qadriyatga tajovuz 
qiluvchi shaxsga nisbatan jarima to'lash va muayyan boyliklardan, shu jumladan 
erkinlikdan mahrum qilishdek ta'sir chorasi qo'llanilishi shaxsni aybdor deb e'tirof 
etishning oqibati va uni jazoga tortish hisoblanadi. Mahrum qilish yoki cheklash 
huquqbuzar shaxsga, shuningdek tegishli mulkka ham qaratiladi.
Huquq normasini qo'llash amaliyoti asosida, huquqni muhofaza qiluvchi organlar 
xodimlari tomonidan muayyan harakatlar metodikasi ishlab chiqilgan, unga ko'ra 
butun jarayon bir necha bosqichlardan iborat:
Birinchi bosqich — ishning daliliy holati, ya'ni tadqiq qilinayotgan voqyelikning 
mohiyati va yuridik ahamiyatini aniqlash.
Mazkur bosqichda ishning daliliy holati baholanadi. Birinchi navbatda, salbiy 
yuridik oqibatlar keltirib chiqarayotgan holatlar. Undan keyin, tergov qilinayotgan 
voqyelikka taalluqli bo'lmasada, ammo to'g'ri qaror ishlab chiqish uchun juda ham 
muhim bo'lgan shart-sharoitlar (mintaqadagi kriminologik va ijtimoiy-iqtisodiy 
vaziyat, huquqbuzar shaxsning xarakteristikasi) aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich — normani tanlash, ya'ni mazkur holatni ko'rib chiqishda asos 
bo'ladigan muayyan normani aniqlab olish. Mazkur bosqichda voqyelikni dastlabki 

128
malakalash, oxiri esa ish bo'yicha qaror qabul qilish amalga oshiriladi. To'g'ri tanlov 
uchun ko'pincha bir necha normalarni ko'rib chiqishga to'g'ri keladi. Shu bilan birga 
qayd etish kerakki, qaror qabul qiluvchi shaxsning baho berish bo'yicha mezoni, 
uning ishonchi hisoblanadi.
Uchinchi bosqich — tegishli hujjatda o'z aksini topadigan qarorni chiqarish. Uning 
o'ziga xos tomoni shundaki, u nafaqat muayyan voqyelikni mavjudligini va uning 
muayyan shaxs uchun yuridik oqibatini aniqlaydi, balki chiqarilgan qarorning ijro 
etish tartibini ham belgilab beradi. Bunday hujjatlar huquqni qo'llovchi subyektlar 
tomonidan hokimiyat vakolatlar bilan ta'minlanadigan, yuridik kuchga egadir.
Qaror chiqarish, isbot-dalillarni tadqiq qilish va huquq normasini tahlil qilish 
asosida individual hujjatni ishlab chiqishda ifodalanadi. Qaror, huquqning muayyan 
subyektlariga huquq va majburiyatlarni belgilab beradigan, ya'ni huquqiy munosabatlar 
paydo bo'lishi uchun asos bo'ladigan va bir vaqtning o'zida dalillar va yuridik asoslarni 
tahlil qilishning mantiqiy xulosasi hisoblanadigan hujjat hisoblanadi.
Adabiyotlarda ko'pincha quyidagicha, faqat yuridik normani qo'llash akti muayyan 
shaxsga nisbatan huquq va erkinliklarni keltirib chiqaruvchi shart degan fikr bildiriladi. 
Huquqni qo'llash akti, muayyan huquqning sohibiga, bu huquqni e'tirof etilish va uni 
amalga oshirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Misol uchun, shaxsni jabrlanuvchi 
deb e'tirof etish, ayblanuvchini qamoqqa olish to'g'risidagi qaror. Shular jumladan 
bir vaqtning o'zida mazkur ikkita hujjat insonlar va davlat organlari o'rtasida turli 
huquqiy munosabatlarni o'rnatilishi uchun asos bo'lib hisoblanadi. Huquqni qo'llash 
butun amaliyoti, uning barcha bosqichlari, inson huquqlariga rioya qilish talablarining 
hammasidan o'tgan bo'lishi kerak. Buning uchun esa, xalqaro standartlarni yaxshi 
bilish kerak, shuningdek, ular milliy qonunchilik darajasida mustahkamlangan 
bo'lishi zarur.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlari tarkibi katta qismini tashkil etuvchi qism 
sifatidagi III doimiy ravishda inson huquqlarining himoyasiga e'tibor qaratishi lozim. 
Bu ish tizimli xususiyat kasb etishi kerak. O'zbekiston Respublikasi IIV Kollegiyalarida 
doimiy ravishda, qonuniylik va inson huquqlarini himoya qilish holati muhokama 
qilinadi va bu holatni takominlashtirish masalasi bo'yicha choralar ko'riladi. IIVning 
Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta'minlash bo'yicha boshqarmasi ichki 
ishlar organlari faoliyatida inson huquqlarini himoya qilishning ahvoli monitoringini 
amalga oshiradi. Xalqaro standartlarni bilish va ularni qo'llash ichki ishlar organlari 
xodimlari xizmat baholash uchun mezon hisoblanadi hamda ularni attestasiyadan 
o'tkazishda, lavozimi bo'yicha yuqori pog'onaga ko'tarishda asos bo'lib xizmat qiladi.

129
10-BOB.
QIYNOQ HAMDA MUOMALA VA JAZOLASHNING QATTIQ 
SHAFQATSIZ, INSONIYLIKKA ZID VA QADR-QIMMATNI 
KAMSITUVCHI TURLARIGA QARSHI KONVENSIYA VA HUQUQNI 
MUHOFAZA QILISH ORGANLARI FAOLIYATI
10.1. Qiynoqqa qarshi konvensiyaning umumiy tavsifi va mazmuni
Barcha uchun ma'lum bo'lgan qiynoq va shafqatsiz muomala kabi voqyelikni 
oydinlashtirish yengil bo'lmagan vazifa hisoblanadi, garchi uni qoralash va ta'qiqlash 
barcha davlatlarda odatda qo'llaniladigan xalqaro huquq normasi sifatida barcha 
tomonidan qabul qilingan.
Ko'plab xalqaro huquqiy hujjatlarning mazmunini kiritilgan qiynoqning mutlaqo 
cheklanishi to'g'risidagi xalqaro qonunchilik, shafqatsiz qiynoqlar qo'llanmasligining 
kafolati bo'lib hisoblanmaydi. Ushbu holat davlat organlari uchun xalqaro huquq 
prinsiplarining hamda tolqini bu huquqlarini ta'minlash borasida bir qancha erkinliklar 
hamda bo'shliqlar qoldirilganini ko'rishimiz mumkin bo'ladi.
Qiynoqning huquqiy tavsifi BMTning 1984 yilda qabul qilingan qiynoqlarga 
qarshi Konvensiyasida o'rnatilgan va barcha ishtirokchi davlatlar tomonbidan qo'llab 
quvvatlangan (Bosh Assambleyaning 1984 yil 10 dekabrdagi 39/46 Rezolyusiyasi 
davlatlarning qo'shilishi, ratifikasiya qilishi va imzolashlari uchun ochiq tarzda qabul 
qilindi hamda 1987 yil 26 iyunda kuchga kirdi). Ushbu Konvensiyaning 1-moddasida 
muvofiq qiynoqqa quyidagicha ta'rif berilgan: “og'riq yoki qo'rqitish davlat 
mansabdor shaxsi yoki boshqa rasmiy faoliyat bilan bog'liq biror shaxs tomonidan, 
ular rejasi yordamida amalga oshiriladigan, ularning aybi va bunday harakatlarga 
jim turishlari bilan sodir etiladigan ma'lum bir shaxsga qasddan undan yoki uchinchi 
shaxsdan ma'lumot olish hamda uning sodir etgan harakati, uchinchi shaxs yoki u 
gumon sifatida ko'rilayotgan ishlarda tan oldirish maqsadida kuchli jismoniy yoki 
ruhiy ta'sir o'tkazish, qo'rqitish, shuningdek, kamsitish sifatida tavsiflanuvchi, shaxsni 
yoki uchinchi bir shaxsni qo'rqitish hamda majburlash bilan bog'liq har qanday harakat. 
Bunday holatlarga qonuniy sanksiyalar natijasida ushbu sanksiyalar bilan o'zaro 
bog'liq bo'lgan yoki favqulodda sodir bo'luvchi og'riq hamda qo'rquvlar kiritilmaydi”.
BMTning Qiynoqlarga qarshi qo'mitasi qiynoqning yana quyidagi elementlarini 
ko'rsatib o'tadi:
birinchidan — jismoniy va ruhiy qiynash yo'li orqali qasddan bo'lgan va qasdan 
ijro xatti-harakat;

130
ikkinchidan — muayyan maqsadda amalga oshirilgan harakat;
uchinchidan — davlatning mansabdor shaxsi yoki rasmiy faoliyat yurituvchi 
bog'liq shaxsi tomonidan amalga oshirilgan harakat.
Qiynoqqa qarshi samarali kurashni asosiy jihatlarini uchtaga bo'lishimiz 
mumkin:
birinchidan — samarali qonunchilik asosini yaratish va uni to'liq amalga oshirishni 
ta'minlash, shuningdek, qiynoqqa qarshi kurashi kafolatlarini belgilab berish. Jumladan, 
qamoqda saqlanayotgan shaxslarning asosiy kafolatlari (advokat, shifokor, sudya 
va h. k. larga yetishish huquqi) hamda tashqi olamdan holatlarda uzilish qamoqqa 
olishning ta'qiqlanishi;
ikkinchidan — qamoqda saqlanayotgan shaxsning joylashgan joyini ko'zdan 
kechirish hamda u saqlanayotgan joyning mustaqil monitoringini amalga oshirish 
bo'yicha nazorat mexanizmlarini, eng muhimi milliy mexanizmlarni tashkil etish;
uchinchidan — ichki ishlar organlari, JIEM, advokatlar, sudyalar, tibbiyot 
xodimlari va boshqa mutaxassislarning doimiy professional malakasini oshirib borish.
Qiynoqqa qarshi Konvensiyaning muhim ahamiyatga ega bo'lgan qisqacha xalqaro-
huquqiy tavsifini keltirib o'tamiz. Bularga eng avvalo quyidagilar kiradi:

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling