Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi


Download 2.94 Kb.

bet26/34
Sana09.02.2017
Hajmi2.94 Kb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34

13-modda
Mazkur Paktda ishtirok etuvchi biror bir davlat hududida qonuniy ravishda turgan 
chet ellik shaxs qonunga muvofiq holda chiqarilgan qaror ijro etilishi bilangina 

209
chiqarib yuborilishi mumkin, va agar davlat xavfsizligiga bog'liq qat'iy mulohazalar 
boshqacha talab etmasa, o'sha chet ellik shaxs o'zining chiqarib yuborilishiga qarshi 
dalillar taqdim etishi, bu ishni nufuzli hokimiyat tomonidan maxsus tayinlangan 
shaxs yoki shaxslar qayta ko'rib chiqishi hamda ushbu maqsadda ayni hokimiyat, 
shaxs yoki shaxslar huzuriga kirish huquqiga ega.
14-modda
1.  Barcha shaxslar sudlar va tribunallar oldida tengdir. Har bir kishi unga 
qo'yilayotgan har qanday jinoiy ayblov ko'rib chiqilayotganda yoki biror bir fuqarolik 
jarayonida uning huquq va burchlari aniqlanayotganida qonunga muvofiq tuzilgan 
nufuzli, mustaqil va xolis sud tomonidan mazkur ish adolatli hamda ochiq 321 holda 
ko'rib chiqilishi huquqiga ega. Demokratik jamiyatda axloq yuzasidan, jamiyat tartibi 
yoki davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan yoki buni tomonlarning shaxsiy hayoti 
manfaatlari talab etganida yoki sud fikriga ko'ra bu qandaydir darajada qat'iyan zarur 
deb topilganida, ya'ni omma ko'z o'ngida bo'ladigan jarayon sudlov manfaatlariga 
halal beradigan alohida hollarda matbuot xodimlari va omma barcha majlislarga yoki 
shu majlislarning bir qismiga kiritilmasligi mumkin; biroq jinoiy yoki fuqarolik ishi 
bo'yicha chiqarilgan har qanday sud qarori oshkora bo'lishi kerak. Balog'at yoshiga 
yetganlarning manfaatlari boshqacha talab etganda yoki nikoh borasidagi nizolarga 
yoki bolalarga vasiylik qilishga aloqador ishlar bundan mustasno.
2.  Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har qanday kishi qonunga muvofiq aybi 
isbotlanmaguncha begunoh deb sanalish huquqiga ega.
3.  Har bir kishining unga qo'yilgan har qanday jinoiy ishi ko'rib chiqilayotganda 
to'liq tenglik asosida quyidagi kafolatlarga ega bo'lish huquqi mavjud:
a)  unga qo'yilgan ayblov xarakteri va asoslari haqida u tushunadigan tilda darhol 
va batafsil xabardor etilish;
b) o'z himoyasini tayyorlash va o'zi tanlagan oqlovchi bilan muloqotda bo'lish 
uchun yetarlicha vaqt va imkoniyatlarga ega bo'lish:
c)  asossiz holda to'xtatib turilmasdan, ishining sudda ko'rib chiqilishi;
d) o'zi qatnashib sud qilinishi va o'zining o'zi yoki tanlab olingan oqlovchi vositasida 
himoya qilinishi; agar oqlovchisi bo'lmasa, unga ega bo'lish huquqi borligi haqida 
xabardor qilinishi;
odil sud manfaatlari talab etgan har qanday hollarda unga tayinlangan oqlovchiga 
ega bo'lish, ushbu oqlovchiga to'lash uchun yetarli mablag'i bo'lmagan barcha 
hollarda uning uchun oqlovchini tekinga berish;
e)  unga qarshi ko'rsatmalar berayotgan guvohlarni so'roq qilish yoki ana shu 
guvohlar so'roq qilinishi huquqiga ega bo'lish va unga qarshi ko'rsatma berayotgan 
guvohlar uchun mavjud shartlarda uning o'zi tanlagan guvohlarni tergovga chaqirish 
va so'roq qilish huquqiga ega bo'lish;
f)  agar sudda qo'llanilayotgan tilni u tushunmasa yoki bu tilda gapira olmasa, 
bepul tarzda tarjimon ko'magidan foydalanish;
d) o'ziga o'zi qarshi ma'lumotlar berishga yoki o'zini aybdor deb tan olishga majbur 
qilinmaslik.

210
4.  Balog'atga yetmaganlarga nisbatan sud jarayoni shunday bo'lishi kerakki, bunda 
ularning yoshi va ularni qayta tarbiyalashga ko'maklashish istagi inobatga olinishi 
lozim.
5.  Biror bir jinoyat uchun sudlangan har bir kishi uning sudlanishi va hukm 
chiqarilishi yuqori sud instansiyasi tomonidan qonun asosida ko'rib chiqilishi huquqiga 
ega.
6.  Agar biror bir shaxs jinoyati uchun uzil-kesil qaror bilan sudlangan bo'lsa va 
agar biror bir yangi yoki yangidan topilgan holatga asosan sud ishida xato borligi 
shubhasiz isbotlanishi tufayli hukm bekor qilinsa yoki o'sha shaxs avf etilsa, shunday 
sudlov xatosi sababli jazolangan shaxs qonunga muvofiq kompensasiya oladi. Ammo 
yuqorida qayd etilgan noma'lum holat faqat uning aybi yoki qisman aybi bilan o'z 
vaqtida topilmagan bo'lishi isbotlanishi zarur.
7.  Har bir mamlakatning qonuni va jinoyat-prosessual huquqiga muvofiq jinoyati 
uchun uzil-kesil sudlangan yoki oqlangan biror bir shaxs o'sha jinoyati uchun ikkinchi 
bor sudlanishi yoki jazolanishi mumkin emas.
15-modda
1.  Sodir etilgan paytida davlatning amalda bo'lgan ichki qonunchiligi yoki xalqaro 
qoidaga ko'ra jinoyat hisoblanmagan biror bir harakati yoki kamchilikka yo'l qo'ygani 
uchun hyech kim jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilishi mumkin emas. Xuddi 
shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqtda qo'llanishi lozim bo'lgan jazoga nisbatan 
og'irroq jazo berilishi mumkin emas. Agar jinoyat sodir etilganidan keyin qonun bilan 
nisbatan yengil jazo belgilansa, ushbu qonun mazkur jinoyatchiga nisbatan qo'llanadi.
2.  Mazkur moddadagi hyech narsa sodir etilgan vaqtda xalqaro hamjamiyatning 
umumiy prinsiplariga ko'ra jinoyat deb hisoblangan har qanday xatti-harakat yoki 
kamchiligi uchun har qanday shaxsni sudga berishga va jazolashga to'sqinlik qilmaydi.
16-modda
Har bir kishi qayerda turishidan qat'iy nazar, uning subyektlik huquqi tan olinishi 
huquqiga ega.
17-modda
1.  Hyech kimning shaxsiy va oilaviy hayotiga o'zboshimchalik yoki noqonuniy 
tarzda aralashish, uning uy-joy daxlsizligiga yoki yozishmalari sirlari daxlsizligiga 
o'zboshimchalik yoki noqonuniy tarzda tajovuz qilish va uning or-nomusi va sha'niga 
tajovuz qilishi mumkin emas.
2.  Har bir inson xuddi shunday aralashuv yoki tajovuzdan qonun orqali himoya 
etilish huquqiga ega.
18-modda
1.  Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega.
Ushbu huquq o'z ixtiyori bilan o'ziga ma'qul dinni qabul qilish va e'tiqod qilish 
erkini, yakka holda, shuningdek, boshqalar bilan birgalikda, oshkora yoki xususiy 

211
tartibda sig'inishga borish, diniy va boshqa urf-odatlarni va marosimni bajarish 
erkini ham o'z ichiga oladi.
2.  Hyech kim ixti¸riy ravishda o'z dini va e'tiqodiga ega bo'lish yoki qabul qilish 
erkini kamsitadigan majburiy holatga duchor etilmasligi lozim.
3.  Din yoki e'tiqodga sig'inish erkiga faqat qonun bilan belgilangan va jamoat 
xavfsizligini, tartibini, salomatligi va axloqini saqlash uchun, shuningdek, boshqa 
shaxslarning asosiy huquqlari va erkini muhofaza etish uchun zarur bo'lgan cheklashlar 
bilangina daxl qilinishi mumkin.
4.  Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ota-onalarning va tegishli hollarda 
qonuniy vasiylarning o'z bolalarini o'z shaxsiy e'tiqodiga muvofiq diniy va axloqiy 
tarbiyalash erkini hurmat qilish majburiyatini oladi.
19-modda
1.  Har bir inson hyech bir to'siqsiz o'z fikriga sobit bo'lish huquqiga ega.
2.  Har bir inson o'z fikrini erkin bayon etish huquqiga ega; bu huquq davlat 
chegaralaridan mustaqil holda yozma ravishda yoki matbuot vositasida yoki 
ifodalashning badiiy shakllari yoki o'z ixtiyoriga ko'ra boshqacha usullarda turli 
axborot va g'oyalarni qidirish, olish va tarqatish erkinligini qamrab oladi.
3.  Ushbu moddaning 2 bandida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish alohida 
majburiyatlar va alohida mas'uliyat yuklaydi. Bu tarzda foydalanish ayrim cheklashlar 
bilan bog'liq, lekin bu cheklashlar qonun bilan belgilanishi va quyidagilar uchun 
zarur bo'lishi lozim.
a)  boshqa shaxslarning huquqlari va obro'-e'tiborini hurmat qilish uchun;
b) davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholi salomatligini yoki axloqini muhofaza 
etish uchun.
20-modda
1.  Urushni har qanday yo'l bilan targ'ib etish qonun orqali ta'qiqlanishi kerak.
2.  Kamsitishga, adovatga yoki zo'ravonlikka undovchi milliy, diniy yoki irqiy 
nafrat ruhidagi har qanaqa harakat qonun yo'li bilan ta'qiqlangan bo'lishi lozim.
21-modda
Tinch yig'inlarga huquqlar tan olinadi. Bu huquqdan foydalanishda hyech bir 
cheklashga yo'l qo'yilmaydi. Qonunga muvofiq qo'yilgan va demokratik jamiyatda davlat 
va jamiyat xavfsizligi, jamoat tartibi, aholi salomatligi va axloqi yoki boshqa shaxslar 
huquqlari va erkinligi manfaatlari uchun zarur bo'lgan cheklanishlar bundan mustasno.
22-modda
1.  Har bir inson boshqalar bilan assosiasiyalar tuzish, jumladan, kasaba 
uyushmalar tashkil etish erkinligiga va o'z manfaatlarini himoya qilish uchun 
shunday uyushmalarga kirish huquqiga ega.
2.  Bunday huquqlardan foydalanish hyech bir cheklanmaydi, qonun bilan 
belgilanganlari va demokratik jamiyatda davlat yoki jamoat xavfsizligi, jamoat 

212
tartibi manfaatlari uchun, aholi salomatligi va axloqini muhofaza etish yoki boshqa 
shaxslarning huquq va erkinligi himoyasi uchun zarur bo'lganlari bundan mustasno.
Ushbu modda qurolli kuchlar va polisiya tarkibiga kiruvchi shaxslar uchun shu 
huquqdan foydalanishda qonuniy cheklashlar kiritishga xalal bermaydi.
3.  Mazkur moddadagi hyech bir narsa 1948 yilgi Xalqaro Mehnat Tashkiloti 
Konvensiyasida ishtirok etuvchi davlatlarga uyushmalar ozodligi va huquqini himoya 
qilish borasida, ushbu konvensiyada ko'zda tutilgan kafolatlarga zarar yetkazib 
qonuniyaktlar qabul qilish yoki ushbu kafolatlarga ziyon yetkazilgan holda qonun 
qabul qilish huquqini bermaydi.
23-modda
1.  Oila jamiyatning asosiy bo'g'ini sanaladi va jamiyat hamda davlat tomonidan 
himoya qilinish huquqiga ega.
2.  Balog'at yoshiga yetgan erkaklar va ayollarning nikohdan o'tishva oila qurish 
huquqi tan olinadi.
3.  Nikohdan o'tuvchilarning erkin va to'liq roziligisiz birorta nikoh tuzilmasligi kerak.
4.  Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar nikohdan o'tishda, nikohda bo'lgan 
vaqtda va u bekor qilinayotganda er-xotinlarning huquq hamda majburiyatlari 
tengligini ta'minlash uchun zarur choralar ko'rishlari lozim. Nikoh bekor qilingan 
holatda barcha bolalar zarur tarzda himoya qilinishi hisobga olinishi kerak.
24-modda
1.  Har bir bola irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, 
mulkiy ahvoli yoki tug'ilishi (nasli)dan qat'iy nazar, hyech bir kamsitishsiz, go'dakligi 
sababli oila, jamiyat va davlat tomonidan muhofaza choralari ko'rilish huquqiga ega.
2.  Har bir bola tug'ilgandan so'ng darhol ro'yxatdan o'tkazilishi va ismiga ega 
bo'lishi kerak.
3.  Har bir bola fuqarolik olish huquqiga ega.
25-modda
Har bir fuqaro 2-moddada eslatib o'tilgan hyech bir kamsitishlarsiz va asoslanmagan 
cheklashlarsiz quyidagi huquq hamda imkoniyatlarga ega bo'lishi kerak:
a)  ham bevosita, ham erkin saylangan vakillar orqali davlat ishlarini boshqarishda 
qatnashish;
b) yalpi va teng saylov huquqi asosida, yashirin ovoz berish orqali o'tkaziladigan va 
saylovlarning erkin holdagi xohish-irodasini ta'minlovchi chinakam davriy saylovda 
ovoz berish va saylanish;
c)  o'z mamlakatida umumiy shartlarda davlat xizmatiga kirishda tenglikka yo'l 
qo'yish.
26-modda
Barcha kishilar qonun oldida tengdir va hyech bir kamsitishsiz qonun orqali teng 
himoya qilinish huquqiga ega. Bu borada har qanday turdagi kamsitish qonun orqali 

213
ta'qiqlab qo'yilishi va qonun barcha shaxslarga hyech bir kamsitishsiz, jumladan, irqi, 
tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy va boshqa e'tiqodi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, 
mulkiy ahvoli, tug'ilishi (nasabi)dan va boshqa holatidan qat'iy nazar, kamsitishga 
qarshi teng va samarali muhofazaga kafolat berishi kerak.
27-modda
Etnik, din va til jihatdan ozchilikni tashkil etuvchi shaxslar guruhi mavjud bo'lgan 
mamlakatlarda, o'sha shaxslarga o'z guruhining boshqa a'zolari bilan birgalikda o'z 
madaniyatidan foydalanish, o'z diniga sig'inish va rasm-rusumlarini bajarish huquqi, 
shuningdek, ona tilidan foydalanish huquqi rad etilishi mumkin emas.
IV QISM
28-modda
1.  Inson huquqlari bo'yicha qo'mita (u bundan buyon ushbu Paktda «Qo'mita» 
deb nomlanadi) tuziladi. U o'n sakkiz a'zodan iborat bo'ladi va quyida ko'rsatilgan 
vazifalarni bajaradi.
2.  Qo'mita tarkibiga ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlarning fuqarosi bo'lgan 
va yuksak ma'naviy fazilatga ega hamda inson huquqlari borasida obro'li deb e'tirof 
etilgan shaxslar kiradi, ayni paytda adliya tajribasiga ega bo'lgan bir necha shaxsning 
qatnashuvi foydali bo'lishi e'tiborga olinadi.
3.  Qo'mita a'zolari saylanadi va shaxs sifatida ishlaydi.
29-modda
1.  Qo'mita a'zolari 28-moddada nazarda tutilgan talablarga javob beruvchi va 
mazkur Paktda ishtirok etuvchi Davlatlar tomonidan ko'rsatilgan shaxslar ro'yxatidan 
yashirin ovoz bilan saylanadi.
2.  Ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat ko'pi bilan ikki shaxsni ko'rsatishi 
mumkin. Bu shaxslar ularni ko'rsatgan davlatlar fuqarolari bo'lishi lozim.
3.  Har bir shaxs qaytadan ko'rsatilish huquqiga ega.
30-modda
1.  Ilk saylov mazkur Pakt kuchga kirgandan keyin olti oydan kechiktirmay 
o'tkaziladi.
2.  Qo'mitaga har bir saylovga ko'pi bilan to'rt oy qolganida (34-moddaga muvofiq 
bo'sh o'rinlarni to'ldirish uchun e'lon qilinadigan saylov bundan mustasno) Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi mazkur Paktda qatnashuvchi davlatlarga uch oylik 
muddatda qo'mita a'zoligiga nomzodlarni taqdim etishni so'rab yozma ravishda 
murojaat qiladi.
3.  Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlarning nomini ko'rsatib Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi davlatlar ko'rsatilgan taxlitda barcha nomzodlar 
ro'yxatini tuzib chiqadi va saylov o'tadigan kundan kamida bir oy oldin mazkur 
ro'yxatni ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlarga taqdim etadi.

214
4.  Qo'mita a'zolarini saylash Birlashgan Millatlar Tashkilotining markaziy 
muassasalarida Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Bosh kotibi tomonidan chaqirilaigan mazkur Paktda qatnashuvchi 
davlatlarning yig'ilishida o'tkaziladi. Bu yig'ilishda ushbu Paktda ishtirok etuvchi 
davlatlar vakillari bergan ovozga qarab ularning eng ko'p ovozini olgan va mutlaq 
ko'p ovoz olgan shaxslar Qo'mitaga saylangan bo'ladi.
31-modda
1.  Qo'mitaga biror bir davlatning bir nafardan ortiq fuqarosi kirishi mumkin emas.
2.  Qo'mitaga saylov paytida a'zolarning jo'g'rofiy jihatdan adolatli taqsimlanishiga va 
sivilizasiyaning turli shakllari hamda asosiy adliya tizimlari vakilligiga e'tibor beriladi.
32-modda
1.  Qo'mita a'zolari to'rt yil muddatga saylanadi. Ularning nomzodi qayta ko'rsatilsa, 
ular qaytadan saylanish huquqiga egadir.
Biroq birinchi saylovda saylangan a'zolardan 9 nafarining vakolatlari muddati 
ikki yillik davrning oxirida tugaydi;
birinchi saylovdan so'ng darhol o'sha 9 a'zoning ismi majlis Raisi tomonidan qur'a 
tashlab aniqlanadi (30-moddaning 4 bandida bu to'g'rida eslatilgan).
Vakolatlari tugagandan so'ng saylov ushbu Pakt mazkur qismining bundan ilgarigi 
muddatiga muvofiq o'tkaziladi.
33-modda
1.  Agar boshqa a'zolarning yakdil fikriga ko'ra, Qo'mita a'zolaridan biri ma'lum 
bir sababga (vaqtincha bo'lmasligi bundan mustasno) ko'ra o'z vazifasini bajarishni 
to'xtatsa, Qo'mita raisi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga bu haqda xabar 
qiladi, so'ng Bosh kotib bu a'zo o'rnini bo'sh deb e'lon qiladi.
2.  Qo'mitaning biror bir a'zosi vafot etsa yoki iste'foga chiqsa, rais darhol bu 
to'g'rida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibini xabardor qiladi. Bosh kotib 
o'sha a'zo vafot etgan kundan yoki haqiqatan iste'foga chiqqan kundan boshlab bu 
o'rinni bo'sh (vakant) deb e'lon qiladi.
34-modda
1.  33-moddaga binoan bo'sh turgan o'rin e'lon qilinganda, almashtirilishi kerak 
bo'lgan a'zo vakolatlari o'sha bo'sh o'rin e'lon qilingandan so'ng oradagi olti oy 
mobaynida tugamasa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ushbu Paktda 
ishtirok etuvchi har bir davlatga bu to'g'rida xabar qiladi va o'sha davlat 29-moddaga 
muvofiq ikki oy mobaynida bo'sh turgan o'rinni to'ldirish uchun nomzod ko'rsatishi 
mumkin.
2.  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi shu tarzda ko'rsatilgan shaxslar 
ro'yxatini alifbo tartibida tuzib, uni Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlarga 
taqdim etadi. So'ng bo'sh o'rinni to'ldirish uchun bo'ladigan saylov mazkur Pakt 
ushbu qismining tegishli qoidalariga muvofiq o'tkaziladi.

215
3.  33-moddaga binoan e'lon qilingan bo'sh o'rinni egallash uchun saylangan 
Qo'mita a'zosi ushbu modda qoidalariga muvofiq Qo'mitada o'rni bo'shayotgan 
a'zoning vakolatlari muddatining qolgan qismi mobaynida lavozimni egallaydi.
35-modda
Qo'mita a'zolari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi belgilaydigan 
tartibda, Qo'mitadagi vazifasining muhimligini hisobga olgan holda Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining mablag'idan Bosh Assambleya tasdiqlaydigan maosh oladilar.
36-modda
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ushbu Paktga muvofiq Qo'mita vazifasini 
samarali amalga oshirish uchun kerakli xodimlar va moddiy mablag' taqdim etadi.
37-modda
1.  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
Markaziy muassasalarida Qo'mitaning birinchi yig'inini chaqiradi.
2.  O'zining birinchi yig'inidan keyin Qo'mita o'z qoida-tartibida ko'zda tutilgan 
vaqtda yig'iladi.
3.  Qo'mita odatda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy muassasalarida 
yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jenevadagi bo'limida yig'iladi.
38-modda
Qo'mitaning har bir a'zosi o'z vazifasini bajarishga kirishganda Qo'mitaning 
ochiq yig'ilishida o'z vazifasini xolis va vijdonan amalga oshirishi haqida tantanali 
ravishda va'da beradi.
39-modda
1.  Qo'mita o'z mansabdor shaxslarini ikki yil muddatga saylaydi. Ular qayta 
saylanishi mumkin.
2.  Qo'mita o'z shaxsiy qoida-tartibini belgilaydi, lekin bu qoidalar, xususan, 
quyidagilarni e'tiborga olishi lozim:
a)  Qo'mitaning o'n ikki a'zosi kvorumni tashkil etadi;
b)  Qo'mita Qarorlari ishtirok etuvchi a'zolarning ko'pchilik ovoziga asosan qabul qilinadi.
40-modda
1.  Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar mazkur Paktda e'tirof etilgan huquqlarni 
hayotga tatbiq etish borasidagi tadbirlari va bu huquqlardan foydalanishda erishilgan 
siljishlar haqida ma'ruzalar taqdim etadi;
a)  mazkur Pakt kuchga kirgandan so'ng bir yil oralig'ida tegishli ishtirokchi-
davlatlar xususida;
b) bundan so'ng Qo'mita talab qilgan barcha hollarda.
2.  Barcha ma'ruzalar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga taqdim 
etiladi va u ushbu ma'ruzalarni ko'rib chiqish uchun Qo'mitaga yuboradi. 

216
Ma'ruzalarda, agar mavjud bo'lsa, mazkur Paktni hayotga tatbiq etuvchi omillar 
ko'rsatiladi.
3.  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Qo'mia bilan maslahatlashgandan 
keyin manfaatdor ixtisoslashtirilgan muassasalarga ular vakolatiga tegishli bo'lgan 
ma'ruza qismini yuborishi mumkin.
4.  Qo'mita ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar taqdim etadigan ma'ruzalarni 
o'rganadi. U ishtirokchi-davlatlarga o'z ma'ruzalarini va maqsadga muvofiq deb 
hisoblaydigan fikr-mulohazalarini yuborib turadi. Qo'mita shuningdek, Iqtisodiy va 
Ijtimoiy Kengashga mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlardan olingan ma'ruzalar 
nusxalari bilan birga, ushbu fikr-mulohazalarini ham yuborib turishi mumkin.
5.  Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar Qo'mitaga mazkur moddaning 4 bandiga 
muvofiq qayd qilinishi mumkin bo'lgan har qanday mulohazalar borasida o'z fikrini 
taqdim etishi mumkin.
41-modda
1.  Mazkur moddaga muvofiq ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har qanday 
vaqtda Qo'mitaning biror bir ishtirokchi-davlat boshqa ishtirokchi-davlat ushbu Pakt 
bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarmayapti, degan ma'lumotini qabul qilishi va ko'rib 
chiqishi yuzasidan vakolatini tan olishini bayon etishi mumkin. Mazkur moddada 
nazarda tutilgan ma'lumot agar Qo'mita vakolatini o'zi tan olgani haqida bayonot 
bergan ishtirokchi-davlat tomonidan taqdim etilgan hollardagina qabul qilinishi 
va ko'rib chiqilishi mumkin. Qo'mita shunday bayonot bermagan davlatga tegishli 
hyech bir ma'lumotni qabul qilmaydi. Ushbu moddaga muvofiq qabul qilingan xabar 
quyidagi tartibga binoan ko'rib chiqiladi:
a)  agar ushbu Paktda ishtirok etuvchi biror bir davlat boshqa ishtirokchi-davlat 
ushbu Pakt qarorlarini hayotga tatbiq etmayapti deb topsa, o'sha davlat bu masalani 
qayd etilgan ishtirokchi-davlat e'tiboriga yozma tarzda yetkazishi mumkin. O'sha 
xabarni olgan davlat shunday xabarni yuborgan davlatga uch oy mobaynida yozma 
izoh yoki boshqa har qanday bayonot berib mazkur masalani tushuntirib o'tadi. 
Ayni paytda ushbu izoh yoki bayonotda imkon qadar va maqsadga muvofiqligiga 
ko'ra shu masala borasida qabul qilingan, qabul qilinadigan yoki qabul qilinishi 
mumkin bo'lgan ichki tartib-qoidalar va tadbirlar ko'rsatiladi;
b) agar dastlabki xabarni ma'lum bir davlat olganidan keyin olti oy mobaynida 
masala manfaatdor ishtirokchi-davlatlarni qoniqtiradigan darajada hal etilmagan 
bo'lsa, o'sha davlatlardan har biri masalani Qo'mitaga taqdim etish huquqiga ega. 
U bu to'g'rida Qo'mitani va boshqa a'zolarni xabardor qiladi;
c)  Qo'mita ayni holda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplariga 
ko'ra imkoniyatdagi barcha ichki vositalar sinab ko'rildi va tugadi, deb 
tasdiqlaganidan keyingina o'ziga taqdim etilgan masalani ko'rib chiqadi. 
Agar shu vositalarning qo'llanishi asossiz holda cho'zilib ketadigan bo'lsa, bu 
qoidaga amal qilinmaydi;
d) Ushbu moddada nazarda tutilayotgan xabarlar ko'rib chiqilayotganida Qo'mita 
yopiq majlis o'tkazadi;

217
e)  «s» kichik bandning qarorlariga rioya qilgan holda Ushbu Paktda e'tirof etilgan 
inson huquqlarini va asosiy erkinliklarini hurmat qilish asosida masalalarni 
do'stona hal etish maqsadida Qo'mita manfaatdor ishtirokchi-davlatlarga xolis 
xizmat ko'rsatadi;
f)  Qo'mita ko'rib chiqishi uchun o'ziga taqdim etilgan har qanday masala yuzasidan 
«b», «s» kichik bandlarida ta'kidlangan manfaatdor ishtirokchi-davlatlarga murojaat 
qilib, ishga aloqador har qanday axborotni taqdim etishni so'rab iltimos qilishi 
mumkin;
g') «b» kichik bandida ta'kidlangan manfaatdor ishtirokchi-davlatlar Qo'mitada 
masala ko'rib chiqilayotganda vakil bo'lish va taqdimnomani og'zaki yoki yozma 
holda berish huquqiga ega;
h) xabar olingan kundan boshlab o'n ikki oy mobaynida Qo'mita «b» kichik 
bandiga muvofiq quyidagi shartlar asosida ma'ruza taqdim etadi:
i)  agar «ye» kichik bandi qarorlari doirasida masala hal etilsa, Qo'mita o'z 
ma'ruzasida dalillar va qanday to'xtamga kelganligi haqida qisqacha bayon etish 
bilan cheklanadi;
j)  agar «ye» kichik bandi qarorlari doirasida bir to'xtamga kelinmasa, Qo'mita 
dalillarni qisqacha bayon etish bilan cheklanadi; manfaatdor ishtirokchi-
davlatlarning yozma taklifnomalari va og'zaki taqdimnomalar bayoni ma'ruzaga 
ilova qilinadi.
Har bir masala bo'yicha ma'ruza manfaatdor ishtirokchi-davlatlar ko'rigidan o'tadi.
2.  Mazkur modda qarorlari ushbu Paktda ishtirok etuvchi o'nta davlat shu 
moddaning 1 bandiga binoan bayonot berganidan so'nggina kuchga kiradi. Bunday 
Bayonot Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi huzurida ishtirokchi-davlatlar 
tomonidan saqlash uchun topshiriladi, Bosh kotib esa ularning nusxalarini boshqa 
ishtirokchi-davlatlarga yuboradi.
Bayonot, Bosh kotibni xabardor qilgan holda, har qanday vaqtda qaytarib olinishi 
mumkin. Bunday xatti-harakat xabar predmeti sanalgan va mazkur moddaga binoan 
jo'natilgan har qanday masalaning ko'rib chiqilishiga to'sqinlik qilmaydi, agar 
manfaatdor ishtirokchi-davlat yangi bayonot bermasa, Bosh kotib bayonot qaytarib 
olingani to'g'risida xabardor bo'lganidan so'ng hyech bir ishtirokchi-davlatning keyingi 
biror bir xabari qabul qilinmaydi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling