Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги тошкент ирригация ва мелиорация институти


Download 453.82 Kb.
Pdf просмотр
bet1/4
Sana14.06.2018
Hajmi453.82 Kb.
  1   2   3   4

 

   



 

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ҚИШЛОҚ ВА СУВ ХЎЖАЛИГИ 

ВАЗИРЛИГИ 

ТОШКЕНТ ИРРИГАЦИЯ ВА МЕЛИОРАЦИЯ ИНСТИТУТИ 

 

 



 

Гидромелиорация 

   факультет 

 

 



 

 

«Экология ва сув ресурсларини 



                                                      бошқариш»  кафедраси 

 

                                                                   «Ҳимояга рухсат этилди» 



кафедра   мудири 

_______ А.Т.  Салохиддинов 

«_____»   ___________ 2013 й. 

 

   Бакалавр даражасини олиш учун 



МАЛАКАВИЙ   БИТИРУВ  ИШИ 

Мавзу:  Тошкент-Наманган юкори волтли  линиянинг атроф-мухитга 

таьсири.

 

 

 



 

Бажарди: 

 

“Эколгия ва АММ” йуналиши  4-босқич                 

талабаси  Kучаров  Шухриддин 

 

 

Битирув  иши 

рахбари: 

 

 

Доц. Холмирзаева  М. 

 

 



Тошкент  2013

 

 

 

Mundarija: 

 

Kirish...........................................................................................................................4 



1-BOB.O‘rganilayotgan loyihaning tabiiy-geografik joylashgan o‘rni......................6 

1.1.Ohangaron vodiysining geografik o`rni va qisqacha tavsifi.................................6 

1.2. Iqlimi....................................................................................................................6 

1.3.Tuproqlarning meliorativ sharoiti ........................................................................7 

1.4 Gidrogeologik sharoiti...........................................................................................8 

1.5. O`simlik va hayvonot dunyosi  ...........................................................................9 

1.6. Ijtimoiy va iqtisodiy holat  ................................................................................ 10 

2-BOB. Loyiha  tog‘risida ma‘lumot va uni atrof-muhitga ta‘siri ............................15 

2.1. Loyiha  to‘g‘risida umumiy ma‘lumot................................................................15 

2.2. Loyihaning atrof muhitga ta‘siri.........................................................................18 

2.3. Loyihaning  qurilish paytida atrof muhitga ta‘siri..............................................21 

3-BOB.Loyihaning atrof-muhitga ta‘sirini  kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar....33 

3.1. Loyihaning atrof-muhitga ta‘sirini   kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlari.......33 

4-BOB.Muqobil  variantlar........................................................................................38 

5-BOB. Hayot faoliyat xavfsizligi.............................................................................41 

5.1.HFXning nazariy asoslari....................................................................................41 

5.2.HFXning mehnat muhofazasi..............................................................................43 

5.3.Yong‘in xavfsizligi..............................................................................................47 

5.3.HFXda birinchi tibbiy yordam............................................................................48 

Xulosa........................................................................................................................51 

Foydalanilgan adabiyotlar.........................................................................................52 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

Kirish  

 

          Ilmiy-texnika  taraqqiyoti  asrida  planetamizdagi  hayotiy  jarayonlarni  chuqur 



o`rganish  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.Insoniyatni  rivojlanishi  tabiatdan  ko‘plab 

resurslarni  olish  va  unga  chiqindilarni  chiqarib  tashlash  bilan  boradi.  Bu  jarayonlar 

sanoatlashish  davrini  boshlanishi  bilan  mislsiz  ko‘lamni  tashkil  etdi.  So‘ngi  uch  asr 

davomida sanoat taraqqiyoti tufayli ko‘plab resurslar yer osti va yer usti boyliklaridan, 

qishloq  xo‘jalik  yerlaridan,  baliq  zaxiralaridan,  suv  va  quruqlik  hayvonlaridan, 

o‘simlik dunyosidan kengroq foydalana boshlandi, o‘rmonlar maydoni keskin qisqardi. 

Qisqa  vaqtda    dunyo  miqyosida  tuproq  eroziyasi  kuchaydi,  vayron  qiluvchi  suv 

toshqinlari  avj  oldi,  daryolar  sayozlashdi,  chuchuk  suv  muammosi  vujudga  keldi. 

Landshaftlarni tubdan o‘zgarishi va intensiv ov qilish natijasida ko‘plab fauna va flora 

turlari yo‘q bo‘lib ketdi yoki ular soni keskin kamayganligi kuzatilmoqda. 

 

 XX  asr  ikkinchi  yarmi  va  XX  boshlarida  cho‘yan  eritish,  kimyo  sanoatini 



rivojlanishi,  temir  yo‘llar  qurilishi,  dengiz,  daryolarda  kemalarning  paydo  bo‘lishi, 

ichki yonuv dvigatellaridan keng foydalanish, qishloq xo‘jaligi rivojlanishi va boshqa 

soxalarni  keskin  o‘sishi  foydalanilmaydigan  chiqindilarni,  chang,  qurum,  tutunlar 

ko‘payishiga va nihoyat atrof-muhitni ifloslanishiga olib keldi. 

Sanoat  rivojlanishidan  avval  chiqindilar  va  oqova  suvlar  asosan  daryoga 

tashlanar, biroq tabiatning o‘zini o‘zi tozalash va tiklash kuchi evaziga atrof muxitni 

ifloslanishi ro‘y bermasdan, tabiiy muvozanatda turar edi.  

XX  asrning  ikkinchi  yarmiga  kelib  atrof-muhit  muhofazasi  va  tabiiy 

resurslardan  oqilona  foydalanish  muhim  muammo  bo‘lib  qoldi.  Atrof-muhitni 

(atmosfera  xavosi,  yer  usti  va  yer  osti  suvlari,  tuproq,  flora  va  fauna  )  ifloslanishi 

kuchayib  bordi.  O‘z  navbatida  atmosfera  havosining  ifloslanishi  Quyosh  radiatsiya 

balansiga  ham  ta‘sir  etib  yer  shari  temperaturasining  o‘zgarishiga,  iqlimning  global 

isishiga sabab bo‘lmoqda. 

Agar insoniyat hozirgi tarraqiyot yo‘lidan borishni davom ettirsa uning xalokati 

ikki-uch avlod yashab o‘tgandan so‘ng yuz berishi ehtimoldan xoli emas.   

Ekologik sharoiti keskin hududlarga aylanganini ko‘rsatish mumkin. Shuning uchun 

olimlar va mutahasislar O‘zbekiston hududi uchun atrof-muhit muammolari orasida 

eng muhimi havoning ifloslanishi, aholining toza ichimlik suvi bilan etarli darajada 

ta‘minlanmaganligi, chuchuk suvning yetishmasligi, yer osti va yer usti suvlarining 

ifloslanishi, tuproqning sho‘rlanishi va degradatsiyaga uchrashi, biologik 

mahsuldorlikning kamayishi va turlar xilma-xilligining kamayishi deb 

hisoblashmoqda. 

Hozirgi kunda zamon rivojlanishi natijasida turli korxonalar, zavodlar, fabrikalar 

soni  ko`payib  ketmoqda.  Bu  albatta  insonlarni  ehtiyoji  uchun  kerakli  bo`lgan 

maxsulotlarni chiqaradi, lekin maxsulotdan ko`ra  insonlarga, tabiatga, tiriklikga juda 


 

katta ziyon yetkazmoqda. Ekologiyani buzilishi natijasida turli xildagi kasalliklar kelib 



chiqishi ko`payib ketmoqda.  

Prizidentimiz  I.A.Karimov  bu  borada  shunday  deydi:  ‖Ekologiya  hozirgi 

zamonning  keng  miqyosdagi  keskin  ijtimoiy  muammolaridan  biridir.Uni  hal  etish 

barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi 

ko‘p  jihatdan  ana  shu  muammoning  hal  qilinishiga  bog‘liqdir.  Ochiq  aytish 

kerakki,uzoq  yillar  mobaynida  eski  ma‘muriy-buyruqbozlik  tizimi  sharoitida  bu 

muammo  bilan  jiddiy  shug‘ullanilmagan.  Tabiatni  muhofaza  qilish  tadbirlariga 

arzimas  darajada  kam  mablag‘  ajratilar  edi.  Bu  mablag‘  tabiatga  yetkazilayotgan 

zararning mingdan bir qismini ham qoplamas edi. Ekologiya muammosi yer yuzining 

hamma  burchaklarida  ham  dolzarb.  Faqat  uning  keskinlik  darajasi  dunyoning  turli 

mamlakatlarida va mintaqalarida turlichadir….‖. 

Hozirgi  kunda  butun  jahonda  Ekologiya  muammolari  birinchi  o`ringa  chiqib 

qoldi.  Ekologik  muvozanatini  buzulishini  oldini  olishni  bir  qancha  yo`llari  amalga 

oshirilgan va oshirilmoqda. Bu esa o`z samarasini bera boshladi. 

Men  malakaviy  bitiruv  ishimda  Ohangaron-Namangan  yuqori    voltli    liniya 

loyihasining atrof muhitga ta‘sirini o‘rgandim   

Ishimdan maqsad  loyiha faoliyatini o‘rganib, atrofdagi ob`yektlarga zarari bor-

yo‘qligini,    loyihani  faoliyatini  davom  etirish  yoki  to`xtatilishini  va  uni  sabablarini 

ko`rib chiqishdir. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

1-BOB.O’rganilayotgan loyihaning tabiiy-geografik joylashgan o’rni



1.1.Ohangaron vodiysining  geografik o`rni va qisqacha tavsifi. 

 

       Toshkent  viloyati  –  O`zbekiston  Respublikasi  tarkibidagi  viloyat  Respublikaning 



shimoliy-sharqida 1938-yil 15-yanvarda tashkil qilingan. Shimol va shimoliy-g`arbdan 

Qozog`iston  Respublikasi,  shimoliy-sharqdan  Qirg`iziston  Respublikasi,  sharqdan 

Namangan  viloyati,  janubdan  Tojikiston  Respublikasi,  janubiy-g‘arbdan  Sirdaryo 

viloyati  bilan  chegaradosh.  Maydoni  (Toshkent  sh.  maydonisiz)  15,3  ming  km

2



Aholisi (Toshkent shahri aholisisiz) 2,4 mln. kishidan ziyod (2004). Viloyat tarkibida 



15 ta tuman Bekobod, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Zangiota, Oqqo`rg`on, Ohangaron, Parkent, 

Piskent, Toshkent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyo`l, O`rta Chirchiq, Qibray, Quyi 

Chirchiq, 17 shahar Angren, Bekobod, Bo`ka, Do`stobod, Keles, Olmaliq, Oqqo`rg`on, 

Ohangaron,  Parkent,  Piskent,  Toshkent,  To`ytepa,  Chinoz,  Chirchiq,  Yangiyo`l, 

Yangiobod,  G`azalkent  18  shaharcha  Alimkent,  Bo`zsuv,  Gulbahor,  Zafar,  Iskandar, 

Krasnogorsk, Nurobod, Olmazor, Salor, Tuyabo`giz, Chig`iriq, Chorvoq, Eshonguzar, 

Yangibozor,  Yangichinoz,  Yangihayot,  O`rtaovul,  Qibray  146  qishloq  fuqarolari 

yig`ini bor. Markazi — Toshkent shahar. 

 

 

Rasm 1.Toshkent viloyati 



1.2. Iqlim sharoitlari 

Tabiati:  Viloyatning  shimol  va  shimoliy-sharqiy  qismlari  G`arbiy  Tyanshan 

tog`lari va uning tarmoqlari Qurama, Piskom va Ugom tog`lari bilan band. Eng baland 

joyi  Piskom  tizmasidagi  Adelung  tog`i  4301  m.  Chatqol  va  Qurama  tog`lari  orasida 



 

Ohangaron  daryosi  kesib  o`tgan,  Ohangaron  platosi  joylashgan.  Viloyat  hududining 



katta  qismi  Sirdaryo  tomon  qiyalanib  boradigan  tog`  oldi  tekisligi  Chirchiq—

Ohangaron  vodiysidan  iborat.  Ohangaron  daryo  vodiysi,  Qurama  tog`i,  Angren—

Olmaliq  atrofida  foydali  qazilmalardan  mis,  polimetall  rudalari,  oltin,  kumush, 

qo`rg`oshin, alyuminiy hom ashyosi, qo`ng`ir ko`mir, molibden konlari, plavik shpati 

va dala shpati, turli xil qurilish materiallari bor. Termal va mineral suv zahiralari ko`p. 

Viloyat  kuchli  seysmik  zonada  joylashgan.  Ayniqsa,  Chirchiq  va  Ohangaron 

havzalarida aniq seziladigan zilzilalar buning ifodasidir. Juda kuchli zilzila 1868-yilda 

Toshkentda  bo`lib  o`tdi  va  1966-yilda  takrorlandi.  Turli  intensivlikdagi  yer  osti 

silkinishlar vaqt-vaqti bilan hozirgi kunda ham davom etmoqda. 

Iqlimi  keskin  kontinental.  Qishi  nam,  nisbatan  iliq,  yozi  uzoq,  issiq  va  quruq. 

Yanvarning  o`rtacha  temperaturasi  —  1,3°  —1,8°C  teng  past  temperaturasi  —34° 

tekislikda,  —38°  tog`  etaklarida,  iyulning  o`rtacha  temperaturasi  26,8°  eng  yuqori 

temperaturasi 43—47°. Tekislik qismida yiliga 250 mm, tog` oldilariga 350—400 mm, 

tog`larda  500  mm  yog`in  yog`adi.  Yog`inning  ko`p  qismi  bahor  va  qishda  yog`adi. 

Qor  tog`lardagina  uzoqroq  saqlanadi.  Vegetatsiya  davri  tekislik  qismida  210  kun. 

Daryolari  Sirdaryo  havzasiga  mansub  (Sirdaryo  —  o`rta  oqimi,  uzunligi  125  km  va 

uning  irmoqlari  —  Chirchiq,  Piskom    va  Ohangaron).  Bular  Tyanshan  tog`laridan 

boshlanadi  va  suvidan  elektr  energiya  olishda  va  sug`orish  ishlarida  foydalaniladi. 

Sug`orish kanallari: Bo`zsuv, Qorasuv, Dalvarzin, Toshkent va boshqalar. Tuyabo`g`iz 

suv ombori («Toshkent dengizi»), Chorvoq suv ombori, Ohangaron suv omborlari bor. 



1.3.Tuproq resurslari 

     Tuproqlari:  tekislikda  bo`z  tuproq,  tog`  etaklarida  (500—600  m  balandlikkacha) 

tipik  bo`z  tuproq,  undan  balandroqda  chimqo`ng`ir,  yuqoriroqda  o`tloqidasht  tuproq, 

daryo  terrasalarining  quyi  qismida,  yer  osti  suvi  yuza  joylarda  o`tloqi  va  botqoq 

tuproq, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlardan iborat. Toshkent viloyatining tekislik 

qismi  to`la  haydalgan,  Sirdaryo  bo`ylarida  kichik  to‘qaylar  (terak,  tol,  jida,  har  xil 

butalar)  mavjud.  Tog‘  etaklari  va  tog`larda  (1200—1400  m  balandlikkacha)  tog` 

dashtlari, yuqoriroqda siyrak archazorlar, 2000 m dan balandda subalp va alp o`tloqlari 

bor. Daryo  vodiylarida  terak, tol, tog`  etaklari  va  tog`larning  o`rtacha  balandliklarida 


 

olmazor va yong`oqzorlar uchraydi, tog`olcha o`sadi. Tekisliklarda sariq yumronqoziq, 



qo`shoyoq,  kaltakesaklar,  cho`l  toshbaqalari,  qalqontumshuq  ilon  va  boshqalar, 

Sirdaryo to`qaylarida chiyabo`ri, tolay quyoni, qobon  tog` etaklari va tog`larda ayiq, 

tulki,  tog`  qo`yi,  jayra,  bo`rsiq,  kaklik,  to`rg`ay,  archa  boltatumshug`i  va  boshqalar, 

tog`  daryolari  va  jilg`alarda  qora  baliq,  osman,  laqqacha  uchraydi.  Viloyat  hududida 

«Chimyon» 

,«Burchmulla»,«Bog`iston»,«Humson»,«Oqtosh» 

kabi 

bolalar 


oromgohlari,  iqlimiy  kurort  va  dam  olish  uylari  bor.  Toshkentdan  20  km  uzoqlikda 

«Toshkent mineral suvlari» balneologik kurorti joylashgan. Toshkent viloyatida Ugom 

Chotqol  milliy  bog`i  (maydoni  574  ming  ga)  tashkil  etilgan.  Boshqizilsoy  bo`limida 

meteorologiya stansiyasi (1956 yildan) faoliyat ko`rsatadi. 



1.4. Suvresurslari 

      Asosiy  suv  manbalari  Chirchiq  daryosidan    ajralib  chiqqan  Bo`zsuv  kanali 

hisoblanadi.  Bo`zsuv,  Qorasuv,  Salor,  Anhor,  Kalkovuslardan  chiqadigan  73  ta 

birinchi  va  ikkinchi  darajali  kichik  suv  tarmoqlari  Toshkent  shahrimizni  to`liq  suv 

bilan  ta‘minlaydi.  Toshkent  shahrida  91  ga  yerda  1.4  mln.m

3

  suv  hajmi  bo`lgan  bir 



nechta sun‘iy suv havzalari ko`llar ham mavjud. 

Har kuni Toshkent shahrida 1.5 mln.m

3

 ichimlik suvi iste‘mol qilinadi, bunda 30% yer 



osti va 70% yer usti suv manbalaridan olinadi. 

     Vodoprovod  tarmog`i  bilan  ta‘mirlash  darajasi  99%,  oqava  suv  tarmog`i  bilan 

ta‘minlash darajasi 90% ni tashkil qiladi. 

     Shahar  hududida  566  ta  tashkilot  balansida  bo`lgan  2000  dan  ortiq  quduqlar 

qazilgan.  Ochiq  suv  havzalario`rtacha  637.0  mln.

3

  m  hajmda  shahar  yer  ustki  suv 



havzalariga  tushiriladi.  Oqava  suvlarning  asosiy  hajmi  uchta  kommunal  tozalash 

inshoatlari (93.6%) va 25 ta tashkilotlar hisobiga to`g`ri keladi. 25 ta ob‘yektdan 7 tasi 

tozalangan oqava suvlar bo`lib, ya‘ni 2.56% ni tashkil etadi. Qolgan 18 tasi shartli toza 

oqava  suvlar  bo`lib,  sizot  suvlari  istirohat  bog`laridagi  ko`llardan  chiqadigan  suvlar, 

issiqlik energetik korxonalaridan chiqayotgan suvlardir. 

     Shuni  ta‘kidlash  lozimki,  1991  yilda  ochiq  suv  havzalariga  70  taga  yaqin 

tashkilotlar  oqava  suvlarni  chiqargan  bo`lib,  ularning  50  tasi  tozalanmagan  oqava 

suvlarni tashkil qilgan. 



 

     Toshkent  shahar  tabiatni  muhofaza  qilish  qo`mitasining  analitik  nazoratiga 



ixtisoslashtirilgan  davlat  inspektsiyasi  (SIAK)  laboratoriyasi  tamonidan  5  ta  yer  usti 

suv havzalarida 27 ta nuqtadan 47 ko`rsatkich bo`yicha sifat nazorati olib boriladi. 



1.5 Hayvonot va o`simlik dunyosi 

     Tоshkent shаhаr hududidа 271 хil hаyvоnlаr mаvjud bo`lib, ulаr mаvsumiy tоifаgа 

bo`linаdi, jumlаdаn 15 хil bаliqlаr (mаrinkа, tаshkentskаya vyerхоvоdkа, syeryebryan 

kаrаs,  sаzаn,  ilonbaliq  vа  bоshqаlаr),  2  хili  yer  vа  suvdа  yurаdigаn,  12  хil  sudrаlib 

yurаdigаn hаyvоnlаr mаvjud. 

     Qushlаr  fаunаsi  bоy  bo`lib,  217  turdаgi  qushlаr  mаvjud;  shundаn  11  turi  o`trоq 

(zimоrоdоk,  byelоkrsh,  dyatyel,  mаlаya,  kоlchаtаya,  gоrlitsа,  chyersh,  drоzd, 

pоlyevоy,  vоrоbyey  vа  bоshqаlаr),  39  хili  in  quruvchi  (chyeglоk,  tyuvik,  splyushkа, 

chyernsh  strij,  ivоlgа  vа  bоshqаlаr),  89  хili  qishlоvchi  (mаlaya,  bаklаn,  bоlshаya 

byelаya  tsаplya,  kryakvа,  chirоk-svistunоk,  pyeryepyelyatnik,  dyerbnik,  ushаstаya 

sоvа, chyernоzоb drоzd, zyablik, vyurоk, grаch, syerаya vоrоnа, gаlkа vа  bоshkаlаr) 

vа  78  хili  uchib  o`tuvchi  turi  (chyernsh  kоrshun,  sаrich,  lyuха,  syersh  jurаvl,  jurаvl 

krаsаvkа,  zyelyenаya  va  zоlоtistаya  shurkа,  sizоvоrоnkа,  chyernоgоlоvsh  chyekаn, 

syerаya muхоlоvkа, tyenkоvkа vа bоshqаlаr) mаvjud. 

Аlоhidа tа‘kidlаsh kerаkki, 30-yillаr охiri 40 -yillаr bоshidа zаg`izgоn vа 60- yillаrdа 

mаynа  qushlаrini  pаydо  bo`lgаnligi  vа  nаtijаdа  jаnubiy  bulbul,  muхоlоvkа, 

zyelyenushkа vа yonlamoq bo`lib ketishigа sаbаb bo`lgаnligidir. 

      Tоshkent shаhridа  220  dаn  оrtiq  dаrахt  vа  butаlаr хillаri mаvjud. Keng  tаrqаlgаn 

turlаridаn  qаrаg`аy,  emаn,  terаk,  kаshtаn,  plаtаn  vоstоchnaya  dаrахtlаrini  misоl 

keltirish  mumkin.  Dаvlаt  muhоfаzаsigа  qimmаtbахо  vа  kаm  uchrаydigаn  28  хil 

o`simliklаr nаzоrаtgа оlingаn.   Yirik  gulli mаgnоliya, lоlа vа bоshqаlаr. 

     Tоshkent  shаhrining  mаrkаziy  qismidаgi 20  dоnа  yoshi  100  yildаn  оshgаn  (Emаn 

vа Chinоr) dаrахtlаrgа Dаvlаt tаbiаt yodgоrligi mаqоmi berildi. 

Tоshkent  shаhridа  ko`kаlаmzоrlаshtirilgаn  mаydоn  15200  gа  yoki  shаhаr 

mаydоnining 30 % ni tаshkil qilаdi. 

     Аhоli    jоn  bоshigа  kokаlаmzоrlаshtirish  mаydоnining  69  kv.m  o`rtаchа  50kv.m 

to`gri kelаdi. Tоshkent shаhri хududidа Bоtаnikа bоg`i bo`lib, uning mаydоni 66,0 gа 


 

vа  shаhаr  bo`yichа  umumiy  mаydоni  158,4  gа  hududidа  11  tа  хiyobоn  mаvjud. 



Bundаn tаshqаri, Hаyvоnоt bоg`i bo`lib, undа 440 хildаn оrtiq hаyvоnlаr yashаydi. 

1990-  yillаrgа  nisbаtаn  ko`kаlаmzоrlаshtirilgаn  yerlаr  mаydоni  аhоli  jоn  bоshigа  9,5 

kv.m  gа  оshgаn.  Hоzirgi  pаytdа  ko`kаlаmzоr  yerlаr  ko`rsаtkichi  yuqоri  bo`lgаn 

hududdаr  Bektemir  (108,6  kv.m),  Uchtepа  (85,4  kv.m),  Chilоnzоr  (78,9  kv.m)  vа 

Shаyхоntоhur (72,5 kv.m) tumаnlаridir. 

        Ko`kаlаmzоrlаshtirilgаn  mаydоni  аhоli  jоn  bоshigа  kаm  bo`lgаn  tumаnlаrdаn 

Yakkаsаrоy  (35,4  kv.m),  Mirzо  Ulug`bek  (51,6  kv.m)  vа  Sirg`аli  (58,2  kv.m) 

tumаnlаrini misоl tаriqаsidа keltirish mumkin. 

         Tоshkent  shаhri  bo`yichа  biохilmа-хillikni  sаqlаsh  uchun  quyidаgilаr  zаrurdir: 

Birinchi  -  bоshqаruv  vа  hukumаt  оrgаnlаrigа  o`zini-o`zi  bоshqаrish  оrgаnlаri,  o`quv 

muаssаsаlаrigа  аhоli  yashаsh  jоylаridа  vа  mаgistrаl  yo`l  qаtnоvlаridа 

ko`kаlаmzоrlаshtirish ishlаrini оlib bоrishgа ko`mаklаshish; 

      Ikkinchi  -  Bоtаnikа  bоg`idа  nоyob  mаnzаrаli  dаrахtlаrni  хususаn  kаshtаn,  emаn, 

nаgnоmiya chingа vа ignаbаrgli dаrахtlаrni rivоjlаntirish ishlаrini dаvоm ettirish. 

      Uchinchi  -  Bоtаnikа  IICHM  kuchi  bilаn  shаhrimizning  аyrim  аntrоpоgen  tа‘siri 

kuchli  bo`lgаn  jоylаrdа  chаng  zаrаrli  mоddаlаrni  o`zigа  ko`p  yutib,  kislоrоd  аjrаtib 

chiqаruvchi dаrахtlаrni ekish bo`yichа izlаnishlаr оlib bоrish.  

     To‘rtinchi  –  O`simlik  dunyosini  hоlаtini    nаzоrаtini  оshirish,  nоqоnuniy  dаrахt 

kesilishigа  yo`l  qo`yilmаslik  vа  ichki  ishlаr  оrgаnlаri  bilаn  hаmkоrlikdа  yovvоyi 

hаyvоnlаr vа o`simliklаr sаvdоsi bo`yichа аniqlаngаn hоlаtlаr bo`yichа ish оlib bоrish. 



1.6. Ijtimoiy xolat 

      Aholisi.  Toshkent  viloyatidagi  aholining  zichligi  o`rtacha  1  km

2

  ga  157  kishini 



tashkil etadi, asosan, o`zbeklar (60,9%), shuningdek, rus (8,1%), qozoq (14,3%), tatar 

(2,5%), tojik (5,0%), koreys (2,8%), ukrain va boshqalar millat (turk, qirg`iz, uyg`ur, 

nemis  va  boshqa  jami  80  millat)  vakillari  yashaydi  (2004).  Chorvoqdan  tortib 

Sirdaryogacha  viloyat  aholisi  zich  joylashgan.  Ayniqsa,  bir  qancha  yirik  shaharlar 

zanjiridan  tashkil  topgan  Toshkent  aglomeratiyasida  aholi  juda  ko`p.  Toshkent 

viloyatidagi ko`pchilik shaharlar poytaxtni ulkan shoda shaklida o`rab olgan. 



10 

 

Xo`jaligi.  Toshkent  viloyati  mamlakatning  sanoati  yuqori  darajada  rivojlangan 



viloyatlardan  biridir.  Uning  geografik  o‘rni  iqtisodiyotining  ravnaq  topishiga  imkon 

beradi.  Viloyat  xo`jalik  kompleksi,  asosan,  poytaxt  xo`jalik  kompleksini  to`ldiradi. 

Ayni  paytda  viloyat  respublika  sanoat  mahsulotining  20%ni,  elektr  energiyasining 

45%ni,  ko`mirning  98%ni,  sementning  43%ni,  po`lat  va  metall  prokatining  100%ni, 

rangli  metallarning  asosiy  qismini ishlab chiqaradi. Viloyatda 190 ta  sanoat, 160  dan 

ortiq qo`shma, 20 mingdan ortiq kichik va o`rta biznes subyektlari faoliyat ko`rsatadi. 

Eng  muhimlari:  «G1ishchi»  (Angren),  «Agat  va  Farhod»  (Bostonliq  tumani), 

«Metallurfemont» (Bekobod), «Orion» (Qibray tumani). 

    S  a  n  o  a  t  ining  etakchi  tarmoqlari  —  energetika,  mashinasozlik,  metallurgiya, 

ko`mir,  kon  metallurgiyasi,  kimyo  sanoati,  poyabzal,  paxta  tozalash,  oziq-ovqat 

sanoati, to`qimachilik hamda qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash. 

    Viloyatda 

sanoat 

korxonalaridan 



Bekoboddagi 

Uzbekistan 

metallurgiya, 

Olmaliqdagi  konmetallurgiya,  Yangi  Angren,  Toshkent  issiqlik  elektr  stansiyalari 

hamda  Chirchiqdagi  o`tga  chidamli  va  qiyin  eriydigan  metallar  kombinatlari  ishlab 

turibdi. 

Chirchiqdagi  «Elektrkimyosanoat»,  Olmaliqdagi  «Ammofos»  va  Angrendagi 

«O`zbekrezinatexnika»  ishlab  chiqarish  birlashmalari  Respublika  kimyo  sanoatidagi 

yirik  korxonalardan  hisoblanadi.  Bu  korxonalarda  qishloq  xo`jaligi  va  boshqa 

tarmoqlar  uchun  azotli  va  fosforli  o`g`itlar,  ammiakli  selitra,  kaprolaktam  ishlab 

chiqariladi.  «O`zbekkimyomash»,  «Chirchiq  qishloq  xo`jaligi  mashinasozligi», 

«Transformator»  korxonalarida  qishloq  xo`jaligi  uchun  zarur  bo`lgan  paxta 

seyelkalari,  kultivatorlar,  podborshchiklar  va  ehtiyot  qismlar  va  boshqalar  ishlab 

chiqariladi. 

    Viloyatdagi «Toshkent-tibtexnika» (Qibray tumani), «O`zBMZ» (Toshkent tumani), 

«Gidravlika»,  «Uskuna  quruvchi»  (Zangiota  tumani),  Dalvarzin  ta‘mirlash  zavodi 

(Bekobod  tumani),  Tog`  transporti  uskunalarini  tamirlash  zavodi,  «Angrengazmash» 

(Angren sh,) korxonalari yirik korxonalardan xisoblanadi. 

    Viloyatdashuningdek,«Ohangaronsement»,«Santexquyma», 

Ohangaronshifer», 

«Ohangaronlinplast», 

«Bekobodsemtamir», 

«G`azalkentoyna» 

kabi 


qurilish 

11 

 

materiallari  ishlab  chiqaradigan  va  qayta  ishlaydigan  korxonalar  ham  mavjud  bo`lib, 



ularda  sement,  shifer,  keramika,  oyna,  g`isht,  linoleum,  temirbeton  konstruktsiyalari 

kabi mahsulotlar tayyorlanadi. 

    Oziq-ovqat  sanoati  ham  rivojlangan.  Bunda,  asosan,  mahalliy  hom  ashyodan 

mahsulot tayyorlanadi. Bu sanoat go`sht-sut, yog`-moy, unqandolat, vino-araq, tamaki 

va boshqa tarmoqlarni o`z ichiga oladi. 

     Oziq-ovqat 

sanoati 

paxtachilik 

mahsulotlari, 

bog`dorchilik, 

tokchilik, 

sabzavotchilik,  chorvachilik  va  boshqalarga  asoslanadi.  Viloyatda  4  ta  un  zavodi, 

konserva,  pivo,  aroq,  non  va  non  mahsulotlari  zavodlari,  sholi  tozalash  korxonalari 

bor. Yangiyo`l shahar viloyat oziq-ovqat sanoatining markazlaridan biri. Bu erda yog`, 

konserva,  vino  va  spirt  zovodlari,  qandolat  fabrikalari  mavjud.  Chirchiq,  Olmaliq, 

Angren shaxarlari, Bekobod, Qibray, Zangiota, Toshkent, Bo`stonliq tumanlarida ham 

oziq-ovqat korhonalari ko`p. 

     Qishloq  xo`jaligining  asosiy  tarmoqlari:  paxtachilik,  bog`dorchilik,  tokchilik, 

pillachilik;  tog`  etaklarida  lalmikor  dehqonchilik  (asosan,  bug`doy  va  arpa 

yetishtiriladi).  Ayniqsa,  mustaqillik  yillarida  sohada  ixtisodning  ko`p  tarmoqli  turlari 

shakllanib  borayapti.  Toshkent  viloyatida  50  mingdan  ortiq  dehqon  xo`jaligi  va  7,5 

mingdan  ortiq  fermer  xo`jaligi  faoliyat  ko`rsatadi.  Bugungi  kunda  dehqon  va  fermer 

xo`jaliklarining yalpi mahsulotdagi salmog`i 72%ni tashkil etadi (2004). 

So`nggi  10  yilda  paxta  urug`chiligini  rivojlantirishga  e‘tibor  ortib  borayapti.  Viloyat 

paxta  seleksiyasi  va  urug`chilik  sohasida  ilmiy  izlanishlar  natijasida  jahon  talablarini 

qondiruvchi tola, yuqori hosilli va tez pishar navlar yaratilmoqda. 

    Toshken  viloyati  1990-yillargacha  SSSRda  kanop  yetishtiriladigan  yagona  region 

edi.  Sirdaryo  va  Chirchiq  sohillarida  sholi  yetishtiriladi.  Keyingi  yillarda  viloyatda 

qishloq  xo`jaligi  ekinlari  strukturasini  o`zgartirishga  alohida  ahamiyat  berilyapti. 

Paxtachilik,  g`allachilik  asosiy  o`rinlarni  egallaydi.  Toshkent  viloyatida  shuningdek, 

kartoshka,  meva  va  rezavor  mevalar, uzum  yetishtirish ham  yil  sayin ortib  borayapti. 

Pillachilik  bilan  shug‘ullaniladi.  Chorvachilik  rivojlangan.  Toshkent  viloyatida  168 

shirkat  xojaligi,  8  parrandachilik  fabrikasi  bor.  Chorvachilik  go`sht-sutga 

iqtisoslashgan. 



12 

 

    Toshkent  viloyatidagi  barcha  jamoa  va  xususiy  xo`jaliklarida  425,5  ming  bosh 



qoramol  (shu  jumladan,  190,3  ming  sigir),  20,2  ming  cho`chqa,  446,1  ming  qo`y  va 

echki, 4018,2 ming parranda bor . 

  Chirchiq  —  Ohangaron  vodiysi  obikor  dehqonchilikning  asosiy  rayonidir. 

Viloyatdagi  barcha  ekin  maydoni  315  ming  ga,  shu  jumladan,  yerning  108,0  ming 

gektariga paxta, 135 ming gektariga boshoqli don ekinlari, 5,8 ming gektariga texnika 

ekinlari, 17,4 ming gektariga kartoshka, sabzavot va poliz, 39,7 ming gektariga yem-

hashak ekinlari ekiladi. Bog`, tokzor 30,8 ming ga va 8,5 ming ga o`rmonzorlar bilan 

band,  pichanzor  va  yaylovlar  198,5  ming  gektarni  egallaydi  .  Ekinlarni  sug`orishda, 

asosan, Chirchiq daryosi, qisman Ohangaron va Sirdaryodan foydalaniladi. 

Toshken  viloyati  respublika  poytaxti  aholisiga  sut,  go`sht,  tuxum,  meva-sabzavot 

yetkazib  beradi.  Kartoshka  va  sabzavot,  asosan,  Toshkent,  Chirchiq,  Yangiyo`l, 

Angren  shaharlari  atrofidagi  xo`jaliklarda  ekiladi.  Zangiota  va  Qibray  tumanlari 

Toshkent  shahar  aholisini  kartoshka  va  sabzavot  bilan  ta‘minlashga  ixtisoslashgan. 

Viloyatda tokchilik va bog`dorchilik ham yahshi rivojlangan. Bog`larda asosan, nok va 

olma  o`stiriladi.  Bog`larning  asosiy  qismi  Bo`stonliq,  Qibray,  Yangiyol,  Parkent, 

Ohangaron, Zangiota, Toshkent, Quyi Chirchiq tumanlarida joylashgan. Sharqiy tog`li 

va  tog  etaklaridagi  tumanlarda,  asosan,  qo`y  va  echkilar  boqiladi.  Echkilarning  40% 

angor echkilari, qo`ylar esa hisor va jaydari qo`ylardir. 

Ohangaron tumani viloyatning janubiy  sharqiy qismida  joylashgan   . 1929 yil 

29-sentabrda  tashkil  etilgan.      1957  yilda  O‘rta  Chirchiq  va  Toshkent  tumanlariga 

qo‘shilgan. 1971 yilda 31- avgustda qayta tashkil etildi. Maydoni   3,19  ming km2  .  

Axolisi 79,0 ming kishi,asosan ,o‘zbeklar ,  shuningdek, tojik, qozoq,qirg‘iz,rus,tatar, 

ukrain  va boshqa millat vakillari yashaydi.  Tumanda 1 ta shahar Ohangaron Туманда  

, 8 qishloq fuqarolar yig‘ini bor . Markazi Ohangaron shahri. 

 

Xududi  janubiy  sharqda  Qurama  shimol  va  shimoliy  g‘arbda  Chotqol  tog‘ 



tizmasi  o‘rtasida  joylashgan.  Bu  tog‘  tizmalari  Qamchiq  davonida  birlashadi.  Iqlimi 

kontinental.Tuman  hududidan  Ohangaron  daryosi  va  uning  irmoqlari    oqib  o‘tadi.   

Foydali  qazilmalardan  qo‘ng‘ir  ko‘mir,  mis,  rux,  molibden,  oltin,  alunit  va  boshqa 


13 

 

qurilish  materiallari  bor.  O‘tga  chidamli  tuproq,  qum,  shag‘al,  ohaktosh  zaxiralari 



katta.     

Tumanda  4 ta   qo‘shma  korxona, 170 ga yaqin xususiy  firma,  masuliyati  cheklangan 

jamiyatlar  bor  .  Sement  ishlab  chiqarish  mamlakatda  ishlab  chiqarilgan  sementning 

60%  ni  beradi.  Qishloq  xo‘jaligida  g‘allachilik  yetakchilik  qiladi.Bog‘dorchilik, 

chorvachilik,  polizchilik  bilan  ham  shug‘ullanadi.526    ta  fermer  xo‘jaligi  mavjud. 

Pichanzor va yaylovlar katta maydonni egallaydi. Ohangaron o‘rmon xo‘jaligi mavjud.    

Tuman  jamoa  va  xususiy  xo‘jaliklarda  qoramol,  qo‘y,  echki,  paranda  boqiladi.53  ta 

umumiy  o‘rta  ta‘lim  maktablari,  kasb-hunar  kollejlari  faoliyat  ko‘rsatadi.  28  jamoat 

kutubxonasi  va  madaniy  muassalar  bor.Tuman  markaziy    kasalxonasi,  14  ta  qishloq 

vrachlik punkti, 3 ta vrachlik ambulatoriyasi, 3 ta dorixona aholiga xizmat ko‘rsatadi. 

Tuman  hududida  Toshkent-Angren  va  Toshkent-  Qo‘qon-O‘sh-Qashqar  xalqaro 

avtomobil yo‘li o‘tgan.  Toshkent shaxri va viloyat tumanlari markazlariga avtobuslar 

qatnaydi.   

 

 



 


Каталог: uploads -> books -> 26622
26622 -> O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi valiеv xidoyat inoyatovich
26622 -> O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi
26622 -> Temur va temuriylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy taraqqiyoti. Temur va temuriylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy taraqqiyoti
26622 -> O‘zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent pediatriya tibbiyot instituti
26622 -> Îqilxon ibrohimov, jamil sadirov ìusiqa 7-sinf uchun darslik Qayta ishlangan 4-nashri
26622 -> A. X. Vаxidov, D. A. Abdullaеva
26622 -> Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
26622 -> Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
26622 -> O. E. Eshonqulov Toshpmi asab kasalliklari, bolalar asab kasalliklari va


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling