Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги тошкент ирригация ва мелиорация институти


Download 453.82 Kb.
Pdf просмотр
bet2/4
Sana14.06.2018
Hajmi453.82 Kb.
1   2   3   4

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

14 

 

2-BOB.Loyiha tog’risida ma’lumot va uni atrof-muhitga ta’siri   



1.1.Loyiha  to’g’risida umumiy ma’lumot 

 

Toshkent  viloyatidagi  joylashgan  Yangi  Angren  issiqlik  elektr    stansiyasining 

qo‘shimcha bloklarini  ishga  tushirish orqali olinadigan energiyani Namangan shahri 

yaqinidagi  Kosonsoy tumaniga uzatish rejalashtirilgan .  Toshkent –Namangan  elektr  

stansiyasining  oxirgi  bo‘limidagi  kuchlanish  miqdori  500 kV teng bo‘lib,Namangan  

elektr  stansiyasi  25  ga  maydonni  egallaydi.  Namangan  shahri  Farg‘ona  vodiysida  

yirik    maydonli        va    moliyaviy    markaz    hisoblanadi.Namangan    elektr    stansiyasi  

qurilishi  Namangan  chegarasida  bo‘lib  Namangan  shahri  tinchligiga ma‘lum bir 

vaqt salbiy  ta‘sir  etishi  mumkin.  

 

1-rasm   Toshkent-Namangan yuqori voltli  liniyasining umumiy ko‘rinishi. 



 

15 

 

Namangan  elektr    stansiyasi    asosini   6  ta    avtotransfarmator   tashkil    etadi. Har    bir 



kuchlanishni  kamaytirib  berish  uchun  2 tadan 3 ta transfarmatordan foydalaniladi.     

1-bosqich  500 kv  dan   220  kv  gacha  

2- bosqich 220 kv  dan   110  kv  gacha 

3-bosqich 110  kv  dan 35  kv  gacha  

        Namangan elektr  stansiyasi  qurilma  jihozlari  pult  boshqaruv  tizimida   amalga 

oshiriladi.Transformator    hududidagi    shovqinni    kamaytirish    uchun    barer  

o‘rnatilgan.    Transformator  va    qurilmalarni    ko‘zdan    kechirganda    yoki    moy  

almashtirish  jarayonida  moy  to‘kilishini  oldini  olish  va  o‘z  paytida  moyni  yig‘ib  

olish qurilmalar o‘rnatilgan. 

Elektr    stansiyasi    ish    ko‘lamini    amalgam    oshirish    uchun    keyingi    inshoatlarni  

ko‘zdan    kechirish    kerak    bo‘ladi.  Ikkita    har    biri    100    m³    saqlovchi    rezervar. 

Texnik    maqsadlarda    ishlatiladigan    moy    saqlovchi    rezervar,    gineratorlarda  

ishlatiladigan    dizel    rezervari    alohida      binoga    joylashtiriladi    va    xavfzizlik  aloqa 

tizimi o‘rnatiladi.     Namangan elektr  stansiyasi  xavfsislik  tizimini tashkil etuvchi   

signalizatsiya,    havo    almashtirish,    yong‘in    xavfsizligi,    qorovul    minorasi, 

ogohlantiruvchi    signal,    yong‘inga    qarshi    qurilmalarni    elektr    energiya    bilan  

ta‘minlanadi. 

 

 Elektr  stansiyasi  sutkasiga  24  soat  ishlaydi.  Umumiy   24  xodim  stansiya  



boshqaruvini    amalga    oshiradi.  12    tasi    texnik    xizmatga    javobgar    va    4    tasi  

boshqaruvchi    nazoratchi.Ishchilar    uchun    vadaprovod    va    kanalizatsiya    oshxona  

ko‘zda  tutilgan.    

    Ochiq  maydonli  hududlar  asfaltlanadi  yoki  betonlashtiriladi.Yomg‘ir  suvi  drinaj  

tizimida  yig‘iladi.    Yomg‘ir  suvi  taqsimlash  moslamasiga  tushishini  oldini  olish  

juda  muhim  hisoblanadi.Uncha muhim  bo‘lmagan  joylar  ko‘kalamzorlashtiriladi. 

Po‘lat  ramkalar  kamida  2  qavat himoya  bo‘yog‘i bilan  bo‘yaladi. Ular  ma‘lum  

vaqt  davomida  ko‘riladi va  zarur  bo‘lsa qayta  bo‘yaladi. Tuproq  tarkibida  ko‘p  

miqdorda  tuz  bo‘lsa,  barcha  beton  konstruksiyalar  sulfatga  chidamli  sement  bilan  

qoplanadi.  



16 

 

  Asosiy   poydevor  yig‘iluvchi  temir  betonlardan  tayyorlanadi.Qurilish  maydonida  



ishlarni  ixchamlashtirish  uchun  temir  beton  konstruksiyalardan  foydalaniladi. Yana 

asosiy    e‘tibor  beriladigan  jihatlaridan  biri    shovqin  hjisoblanadi.  Temir    beton  

poydevor  konstruksiyasi  atrof  muhitga  shovqinni  kamaytiradi. Asosiy  poydevorlar 

bir xil balanlikda bo‘ladi.   Yuqori  kuchlanishli  elektr  uzatish  tarmog‘I 500  kVni  

tashkil  etib  ,    katta    hajmli    parallel    ravishda  A373    markali    ordinatadan    o‘tadi. 

Loyiha umimiy uzunligi 174 km ni tashkil etadi. Qo‘shilib  mavjud  2381  km tashkil  

etadi.  Loyiha    asosan  yiliga    51.935kVt/soat    elektr    energiya    bilan    taminlanib  

beriladi.O‘zbstansiya    o‘rnatish    tarmog‘i    12.472    MVt  jami    etib    shundan    IES 

10.619  MVt    va  GES      10.412    MVt  ni    tashkil  etib,  bu  ishlar    O‘zbekenergo   

tomonidan    boshqariladi.  Bu  liniyaning  qurilishidan  asosiy  maqsad    Namangan 

aholisini  yuqori  sifatli  elektr  energiya  bilan  taminlash  va  shuning      bilan  birgalikda 

oziq  ovqat  yetishtirish,  mahsulot  ishlab  chiqarish  oshirish.  Farg‘ona  vodiysida  

ortiqcha ifloslanishni kamaytirishdan iborat.   

 

2-rasm.Namangan elektr stansiyasining   bosh plani 



 

 

 



17 

 

2.2.Loyihaning atrof muhitga ta’siri 



Loyihalash amalga oshirish jarayonida atrof muhitga ta’siri matritsa 

usulida ko’rib chiqamiz. 

 

Bu 



loyihamiz 

quydagi 


bosqichlarni 

o‘z 


ichiga 

oladi:  


tayyorgarlik,qurilish, eksplutatsiya bosqichlari. Bu bosqichlarning  har  birini 

boshqa komponentlar bilan bog‘lab matritsa usulida ko‘rib  chiqamiz. 

Matritsa  usuli  faoliyat  turlari  va  loyihaning  amalga  oshirishning  turli 

bosqichlar  qatorlarini    atrof-muhit  komponentlariga  mos  kelishi.Qatorlar  va 

ustunlarning  kesishgan  yerida  shartli  belgilar  yordamida  ahamiyatini 

oldindan  aytib  berish  darajasi,  ta‘sir  etish  darajasi  va  bos hqa  malumotlar 

keltiriladi. 

Matritsani  ahamiyatli  ta‘sirlarni  aniqlashda  ro‘yhatlarga  nisbatan 

ko‘proq  yordam  beradi.Matritsa  yordamida  avvalgi  loyihalar tajribasini  oson 

hisobga  olish  mumkin  va  ko‘rib    chiqish  mumkin.  Bundan  tashqari, 

matritsalar  nafaqat  atrof-muhitda  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  ahamiyatli 

o‘zgarishlarni  balki  jiddiy  ekalogik  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin  bo‘lgan  

loyiha elementlarni ham ko‘rsatadi. 

Matritsa va ro‘yhatlarning kamchiligi to‘gridan to‘gri bo‘lmaydigan  

va  bilvosita  ta‘sirlarni  aniqlashga  moslashmaganligidadir.  Masalan  yer  osti 

suvlaridan  bo‘ladigan  ta‘sir  ekotizmda  o‘zgarishlarga  olib  keladi,  ammo 

oddiy  matritsa  yordamida  aniqlash  va  tasvirlash  oddiy  ish  emas,    bundan 

tashqari  juda  ko‘p  ustun  va  kolonkalardan  iborat  bo‘lg an  matritsalarni 

qo‘llash  juda  qiyin,  ya‘ni    juda    murakkab  bo‘lgan  obyektlarni  loyihalash  

Shuning  uchun  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  bo‘lmaydigan  ta‘sirlarni  tizimli  ravishda 

aniqlash uchun ikkinchi darajali matritsalar qo‘llaniladi. 

 

 



 

18 

 

Matrisa usuli yordamida tekshirish  

 

 

 



 

 

 



 1-jadval

Loyihasi/           

Atrof- muhit 

kamponenti 

Tayyorgarlik ishlari 

Qurilish 

Eksplutatsiya payti 

Qurilish 

maydoni 

Ishchilar 

joyi 

Yo’llar 

Loyiha 

qurilishi 

Qurilish 

transport 

mashinalari 

Chiqindi 

Energiya 

ishlab 

chiqish 

Energiya 

uzatish 

Energiyani 

qabul qilib 

olish 

ATMOSFERA 

  

  

  

  

  

  

  

  

 

 

1) Ifloslanish 



  



-q.m 

-q.m 

-q.m 

  

  

  

2) Shovqin 

  

  



-q.m 

-q.m 

-q.m 

  

  

  

3)Chang 

  

  

  

-q.m 

-q.m 

-q.m 

  

 

 

 

 

  

GIDROSFERA 

  

  

  

  

  

  

  

  

  

1)Yer usti suvlari 

  

  

  

-q.m 

  

  

  

  

  

2) Yer osti suvlari 

  

  

  

-q.m 

  

  

  

  

  

 

 

  

  

  

 

 

  

  

  

  

  

 

 

Tuproq resurslari 







-q.m 

-q.m 

-q.m 

  

?* 

  

O’simlik  olamiga 







-q.m 

-q.m 

  

  

?* 

  

Hayvonat olamiga 







-q.m 

-q.m 

  

  

?* 

  

 

 

Ijtimoiy-iqtisodiy 

sharoit 

  

  

  

  

  

  

  

  

  

1.Aholi salomatligi 

  

  

  

-q.m 

-q.m 

-q.m 

  

  



2.Ish bilan 

taminlash 

  

  

  

-q.m 

-q.m 

-q.m 

  

  



19 

 

Bu  loyihani  atrof  muhitga  ta‘sirini  baholashda    matritsa  usulidan 



foydalanamiz.  Bu  usulda    atmosfera,  gidrosfera,  tuproq,  flora  va  faunaga  bo‘lgan 

ta‘sirni  ko‘rib  chiqamiz  .  birinchi  navbatda  atmosferaga  bo‘lgan  ta‘sirni  ko‘rib 

chiqsak. Atmosferaga bo‘ladigan asosiy ta‘sirlar ifloslanish, shovqin, chang .   Bu 

ta‘sirlar  asosan  qurilish  bosqichida  amalga  oshadi  va  ma‘lum  vaqt  davom  etadi. 

Ifloslanish har xil texnikalarning harakati,ishlashi jarayonida sodir etiladi. Tuproqni 

yumshatish,  qazish  ,to‘ldirish,  tekislash,    portlatish  ishlarida    chang  ko‘tariladi  va 

atrof muhitga  shovqin tarqaladi. 

Gidrosferaga    bo‘ladigan  ta‘sir  asosan    qazish  ishlarida  chiqqan  suvlarni 

tindirib keyin  irrigatsion tizimga quyish talab etiladi.  

 

Asosiy ta‘sir tuproq resurslarga bo‘lib bunda tuproq unumdor qatlamiga zarar  



yetadi va ma‘lum darajada ifloslanish kuzatiladi. Tuproq qazilganda , portlatilganda   

chang  hosil  bo‘lib  malum  darajada  ifloslantiradi.  Buning  oldini  olish  uchun  ish 

jarayonida suvdan foydalanish va namlik yetarli sharoitrda olib borish talab etiladi. 

 

O‘simlik  qoplamiga  zarar  asosan  qurilish  paytida  bo‘lib,  bunda  liniya 



trassasiga    halal  beriganlari  olib  tashlanadi  iloji  boricha  kesmaslik  choralari 

ko‘rilishi lozim 

 

Hayvonat olamiga bo‘lgan ta‘sir qurilish jarayonida va eksplutatsiya davrida 



yuz  beradi.  Shovqin-  suron  hayvonlarni    arealini  o‘zgartirishga  sabab  bo‘ladi. 

Buning  oldini  olish  uchun  o‘sha  yerdagi  hayvonlar    fizalogiyasini  o‘rganib  keyin 

ishni tashkil etish lozim  

 

Aholini    salomatligi  birinchi  navbatda  o‘sha  joydagi    holat  bilan  bog‘liq 



bo‘lib  ko‘p  ish  joylari    va  madaniy  markazlar  shifoxonalar,  maktab,  bog‘cha  va 

boshqa  markazlar  faoliyati    energiyani  ta‘minlanishiga  bog‘liq  .  Agar  energiya 

yetarli  darajada  ta‘minlansa  sug‘orish  yerlariga  suv  chiqarish  ,  ishlamay  yotgan 

ishlab chiqarish korxonalarning ishga tushishi natijasida yangi ish o‘rinlar yaratiladi. 

Liniya qurilishida aholining ma‘lum bir  qatlamni ish bilan taminlash imkoniyatiga e 

bo‘ladi. Aholi va hududda joylashgan     sog‘lomlashtirish muassasalari muntazam 

elektr toki bilan ta‘minlanishi, natijada  tibbiy, ijtimoiy,  iqtisodiy salohiyati ortadi. 

 


20 

 

2.3.Loyihaning qurilish paytida atrof-muhitga ta’sirlar 

 

Loyiha      qurilish  va  uning    amalga  oshishi  uchun    tuproq    resurslariga,  suv 



resurslariga,  havo  resurslariga,  o‘simlik,  hayvonat  resurslariga  bo‘lgan  ta‘sirni 

ko‘rib chiqamiz. Loyihaning asosiy atrof-muhitga ta‘siri  qurilish jarayonida bo‘lib, 

bunda  loyiha  ma‘lum  ekspert  guruhlaridan  o‘tgandan  so‘ng  qurilish  ishlari 

boshlanadi. Bu ishlar odam kuchi har xil texnikalar yordamida bajariladi.    Loyixa 

ta‘siri  qurilish  boshlanishigacha  bo‘lgan  bosqichda,  qurilish  bosqichida  va 

ekspluatatsiya  davrida,  shuningdek  konservatsiya  davrida  mavjud  bo‘ladi.  Qurilish 

boshlanishiga  qadar  bo‘lgan  bosqichdagi  faoliyat  asosan  o‘z  ichiga  tavsiya 

etilayotgan va YVEUL ning alternativ yo‘nalishlari va mavjud 220 kVt YVEUL ni 

boshqa  yo‘nalishga  o‘tkazish  kabilarni  o‘z  ichiga  oladi.  Yana,  Namangan 

nimstanstiyasi, tuproqni o‘rganish va yerlarni ajratish kabilarni xam o‘z ichiga oladi.  

 

Izlanish  ishlari  5-6  kishilik  guruh  bilan  amalga  oshiriladi.  Izlanish  ishlari 



jarayonida  mayda  shaxobchalar  va  to‘siqlar  yo‘qotiladi.  Ammo  izlanish  guruhiga 

katta  shoxlar  va  daraxtlarni  kesishdan  ko‘ra  asbob-uskuna  joyini  o‘zgartirish  va 

triangulyatsiyaning  qo‘shimcha  hisoblarini  amalga  oshirish  osonroq.  Mayda 

shoxlarni  va  sezilarsiz  to‘siqlarni  yo‘qotish  izlanish  ishiga  qo‘shimcha  ta‘sir 

o‘tkazadi. Izlanish ishlarini olib borishda guruh vezdexod transportidan ob‘yektlarga 

borish  uchun  foydalanadi.  Obzorni  qurishning  imkoni  bo‘lmaganda  guruh  azolari 

uning  yoniga  piyoda  borishlari  kerak  bo‘ladi.  Amalda  izlanish  ishini  amalga 

oshiruvchi  guruh  tavsiya  etilgan  va  alternativ  yo‘nalishlarning  butun  uzunligi 

bo‘ylab  piyoda  yuradi  va  bu  odatda  «butun  liniya  bo‘yicha  yurish»  deb  ataladi. 

Transport vositasi va uning atrof-muhitga chiqarayotgan chiqindilari ta‘siri sezilarli 

darajada  emas.  Izlanish  ishlarini  amalga  oshiruvchi  guruh  ko‘chib  yurishlari  va 

УVEU  tayanchlari  va  chegaralari  joyini  identifikatsiya  qilish  qulayligi  uchun  bir 

qancha  belgilar  qoldirishi  mumkin.  Bu  faoliyatning  atrof-muhitga  ta‘siri  sezilarli 

darajada emas.  

       Ammo  insonlarning  sog‘lig‘ini  saqlash  va  xavfsizligini  ta‘minlash  uchun 

izlanish  guruhi  azolari  individual  xavfsizlik  vositalari  xisoblangan  kaska,  po‘lat 

armaturali va sirpanmaydigan taglikli va tirnoqli poyafzal kabilarni kiyishlari kerak. 

Guruh  a‘zolari  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  yuqimli  kasalliklar  bo‘yicha  maxalliy 

shifokorlarga  murojaat  qilishlari  va  kerakli  extiyot  choralarini  ko‘rishlari  kerak 

(vaksina, oziq-ovqat va suvni xavfsiz bo‘lishini ta‘minlash). Shuningdek guruh o‘zi 

bilan  birinchi  yordam  ko‘rsatish  uchun  aptechka  va  imkoni  boricha  favqulodda 

holatlar  yoki  xalokat  paydo  bo‘lishi  holatiga  aloqa  vositasi  olishlari  kerak.  Guruh 

asboblarning  xavfsizligini  yetarli  darajada  ta‘minlashi  ayniqsa,  tik  chuqurliklar 

masshtabini  xisoblashda,  daryo  va  irmoqlardan  o‘tishda  kerak.  Guruh  raxbari 

xavfsizlikni  ta‘minlash  vositalarini  maqsadli  qo‘llash  va  sog‘liqni  saqlash  uchun 


21 

 

javobgar  bo‘lishi,  keraksiz  xavfdan  nari  bo‘lishi    kerak.  Guruh  raxbari  o‘z 



kompaniyasining kadrlar bo‘limi oldida sog‘liqni saqlash va xavfsizlikni ta‘minlash 

tadbirlarining  ayniqsa,  komandaning  boshqa  a‘zolariga  xavf    tug‘diradigan    har 

qanday tadbirni buzilish uchun hisob berishi kerak.  

 

 Tuproqni  o‘rganish bo‘yicha guruh odatda izlanish guruhi orqasidan boradi. 



Tuproqni  o‘rganish  guruhi  quduqlar  qaziydi  va  laboratoriya  tahlili  uchun  tuproq 

na‘munalari  oladi.  Tuproq  na‘munalari  bitta  minora  tayanchi  joylashgan  joydan 

katta  bo‘lmagan  5  dan  10  l  gacha  olinishi  mumkin.  Odatda  tuproqni    o‘rganish 

guruhi joyni topish oson bo‘lishi uchun teshiklarga identifikatsiya belgisi qo‘yadilar.  

 

 Shaxsiy  xavfsizlikni  va  sog‘liqni  saqlashni  ta‘minlash  nuqtai  nazaridan 



tuproqni  o‘rganish  guruhi  izlanish  guruhidagi  kabi  aloqa  vositalari  birinchi  tibbiy 

yordam aptechkasi kabilarga ega bo‘lishi kerak.  

   Namangan  nimstansiyasi  25  ga  maydonda  quriladi.  Yer  hozirgi  vaqtda  qishloq 

xo‘jaligi  sug‘oriladigan  yeri  ko‘rinishida  turibdi.  Ammo  yerning    unumdorligiga 

tuproqning  sho‘rligi  jiddiy  ta‘sir  ko‘rsatadi.  Bu  maydonning  Namangan  shahriga 

yaqinligi  tufayli  uning  kategoriyasi  sanoat  qurilishi  uchun  mo‘ljallangan  yerga 

o‘zgartirildi.  

 

YVEUL  uchun  ajratilgan  yer  2  kategoriyaga  qisman  vaqtincha  foydalanish 



uchun  yer  va  doimiy  qayta  qurish  uchun  yer  kategoriyasiga  ajratiladi.  Vaqtincha 

foydalaniladigan  yer  keltiradigan  yo‘llarni  qurish  uchun  maydonlarni,  ishchilar 

uchun, asbob-uskunalar va materiallarni saqlash beton aralashtirish va maydalagich 

qurilmalarini  saqlash  uchun  ba‘za  lagerini    ham  o‘z  ichiga  oladi.  YVEUL  uchun 

vaqtincha  foydalanadigan  yer  tozalanadi  va  YVEUL  da  bevosita  yerlarning 

cheklanganligi uchun boshlang‘ich foydalanish uchun tiklanadi. Undan tashqari  

YVEUL tasarrufidagi yaylov yerlarida o‘tlarning o‘sib ketishini nazorat qilish 

uchun qoramol boqish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.   Namangan viloyatida doimiy 

foydalanish  uchun  YVEUL  ning  174  km  yeri  bo‘ylab  0,17  ga  bog‘  yerlari  4,05 

sug‘oriladigan  fermerlik  yerlari  va  7,2  ga  o‘tloq  yaylov  yerlari  ajratilgan. 

Ohangaron  tumanida  doimiy  qayta  o‘zgartirish  uchun  0,11    0,25  va  0,36  ga  bog‘ 

yerlari,  fermerlik  yerlari  va  yaylov  yerlaridan  iborat.  Namangan  viloyatida 

vaqtincha  foydalanish  uchun  yer  maydoni  5,5    98,15  va  147  ga  bog‗    yerlari, 

sug‘oriladigan fermerlik yerlari va yaylov yerlari bor. Ohangaron tumaniga 8,0 va 

139,5 ga bog‘  va  yaylov  yerlari  zarur.  Ohangarondagi  fermerlik va  sug‘oriladigan 

yerlarga  tegilmaydi.YVEUL  220  kVt  yo‘nalishini  o‘zgartirish  0,93  ga 

sug‘oriladigan fermer yerlarini hozir foydalanilayotgan yerlarni doimiy foydalanish 

uchun ajratishni va 48,8 ga yerni vaqtinchalik foydalanish uchun talab etadi.  

   

Doimiy  va  vaqtincha  foydalanish  uchun  ajratiladigan  yerlar  maydoni  quyida 



1-jadvalda  ko‘rsatilgan.  Ohangaron  vodiysidagi  3  ta  uyni  ko‘chirish  kutilmoqda. 

Ammo loyiha xujjatini aniqlashtirilgan 1 uy ko‘chirilishi mumkin emasligi ma‘lum 



22 

 

bo‘ldi.  «Namangan» nimstanstiyasining qurilishi kichik bino qurilishiga o‘xshash, 



ammo bu yerda provodlar va aloqa kabellarini o‘rnatish uchun kabel kanallarining 

tarmoqlangan tizimi joylashtiriladi. Qo‘shimcha yer ishlari va asoslarni qurish asbob 

panellari va rezerv generator o‘rnatish  uchun zarur bo‘ladi. Boshqarish shiti  binosi 

va  kabinet      tashqarisida  hovli  tekislanadi  va  bunda  notekis  tuproq,  uning  yuqori 

qismi  olib  tashlanadi.  Transformator,  suv  uchun  idishlar  va  moy  saqlash 

rezervuarlari kabi og‘ir uskunalarni joylashtirish belgilab olinadi va poydevorlarini 

o‘rnatish  uchun  yer  ishlari  bajariladi.  Injenerlik  geologik  tadqiqotlar  natijasiga 

bog‘lik  ravishda og‘ir  uskuna va  inshootlarni  tutib turishi  uchun tuproqning    tutib 

turish  imkoniyatini  oshirish  maqsadida  tuproq  shibbalanadi.  Po‘lat  armatura  va 

opalubka  o‘rnatiladi,  so‘ng  beton  quyiladi.  Beton  qotgandan  keyin  uskuna  va 

tirgaklar o‘rnatiladi. Drenaj tizimi  qaziladi, drenaj tizimi oxirida  moy va  yog‘lar 

yomg‘ir  yoki  erigan  qor  suvlari  bilan  oqib  chiqib  ketmasligi  uchun  panjarali 

kollektor o‘rnatiladi. Poydevor o‘rnatish va drenaj quyish vaqtida olingan material 

mavjud  sathdan  baland  joyni  to‘ldirish  uchun  ishlatiladi.  Tuproq  va  graviy 

taqsimlanadi  va  shibbalanadi.  Yo‘l  va  ORU      betonlanadi.  Asbob-uskunalarni  suv 

toshqini  xavfidan    himoya  qilish  uchun  mavjud  balandlikdan  0,2-0,4  m  balandroq 

qilib betonlanadi. Hudud to‘siq bilan o‘raladi, kuzatuv kameralari va signalizatsiya 

o‘rnatiladi.  

Maydonchani  tayyorlash  vaqtida  olib  tashlangan  tuproq  maydonchaning 

qurilish  va  ORU  uchun  foydalanilmaydigan  qismiga  quyiladi.  Qurilish  tugagach 

tuproqning  yuqori  qismi  obodonlashtirish  va  ko‘kalamlashtirish  uchun  ishlatiladi. 

Nimstanstiya  uchun  ajratilgan  25  ga  yerning  2-3  gasi    ko‘kalamlashtiriladi  va 

obodonlashtiriladi.  

 

 Nimstanstiya qurilishidagi asosiy ekologik muammolar o‗z ichiga qurilish va 



yer  qazish  texnikasi  ishlashi  natijasida  hosil  bo‗ladigan  shovqin,  chang  va 

ifloslantiruvchi  moddalardir.  Nimstanstiyada  qo‘llaniladigan  qurilish  texnikasining 

kutilayotgan  shovkin  darajasi  3-jadvalda  keltirilgan.  O‘zbekistonda  shovkin 

me‘yorlari   inshoot atrofidagi  shovkinni  emas,  qurilish ichidagi shovqinni nazarda 

tutadi.  O‘zbekistonda  turar-joy  ichidagi  shovkin  me‘yori  45  dBa  ni  tashkil  etadi. 

Shovkin  chiqaradigan  asboblarning ishi kunduzgi vaqt  bilan  chegaralanadi. Loyixa 

injeneri shovqin   darajasi  o‘lchagichi bilan qurilish maydoni chegarasining beshta 

nuqtasida  ish  kuni  boshlanishidan  oldin,    tongning  o‘rtasida  va    qurilish  ishlari 

avjiga  chiqqan  vaqtda  kun  yarmida  foydalaniladi.    Shovqin  darajasini  o‘lchash 

natijalari qurilishning registratsiya jurnaliga yozib qo‘yiladi.  

 

 

 



 

23 

 

 



 

   


 Qurilish bosqichidagi shovqinning standart me‘yorlari. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



2-jadval 

 

Asbob-uskunalar 



Masofadagi shovqinning kutilayotgan  maksimal 

darajasi, dBa 

Betonqorgichlar 

87 


Kranlar 

86 


Kraskopultlar 

89 


Ekskavatorlar 

90 


Payvandlash apparatlari 

73 


Samosval 

87 


 

   


Qoidaga  ko‘ra,  shovqin  darajasi      masofa  har  gal  ikki  barobar    uzayganda 

6dBa  ga  kamayadi.  Masalan,  87  dBa  shovqin  darajasidagi    betonqorgich  

ishlayotgan uskunadan 15 m nari masofada 81 dBa, 30 m masofada -76 dBa, 60 m 

masofada- 70 dBa va 120 m masofada 64 dBa bo‘ladi.  Nimstanstiya maydoni 500m 

x  500m.  avval  aytib  o‘tilganidek,  shovqinli  uskunalar  tungi  vaqtda  ishlamaydi. 

Qurilish ishlarining ba‘zi turlari, masalan, masalan, qoziklar qoqish 70 dBa shovqin 

darajali  sanoat  zonalari  uchun  MFK  normasi  standartdan  ortiq  b‘ladi.    Shovqin 

darajasi  vaqtincha  xarakterga  ega  va  pudratchi  qo‘shni  xududlarni  shunday  ishlar 

haqida ogohlantirish  kerak, chunki ular ham shu ishlar borishi grafigiga moslashib 

olishlari kerak.  

   

Pudratchi  yaqin  24  soat    ichida  ishlatilmaydigan  barcha  tuproq,  graviy,  qum 



va  graviyni  qoplaydi.  Agar  qoplama  uyumlar  ustidan  olinganda  pudratchi  chang 

ajralishini  kamaytirish  uchun    yuzalikni  namlashi  kerak.  Qurilish  maydonini  tark 

etayotgan  yuk  mashinalarning  g‘ildiraklari  yo‘llarni  iflos  qilmasligi  uchun 

tozalanishi  kerak.  Pudratchi  bosimli  yuvish  apparatini  chiqish  joyida  o‘rnatadi. 

Zaruriyat  tug‘ilganda,  pudratchi  kerakli  davlat  organlari  tomonidan  berilgan  

transport  vositalarining  yoki  asboblarining  chiqindilarga  sinovi  natijalarini    taqdim 

etishi  kerak.      agar  loyiha  injeneri  konkret  transport    yoki  asbob    atmosferaga 

ifloslantiruvchi  moddalarni  o‘rnatilgan  me‘yordan  ortiq  ekanligini  aniqlasa,  u 

pudratchining diqqatini shunga qaratishi  kerak va u mustaqil sinov o‘tkazishni talab 

qilishi  mumkin.  Loyixa  injeneri  bir  oyda  bir  marta  havo  tarkibida  muallaq  qattiq 

zarralar,    oltingugurt  dioksid    va  azot  oksidi  mavjudligini  tekshiradi  va    agar 


24 

 

zaruriyat  tug‘ilganda kuzatuvlar  davlat tomonidan amalga oshiriladi. Havo sifatini 



nazorat  qilish  uchun  na‘muna  olish  idishi  shamolga  teskari  tomonga  va  shamolga 

qarshi  joyga  qurilish  maydonchasida  havoning  qo‘shimcha  ifloslantiruvchilari 

uchun mo‘ljallangan yerida o‘rnatiladi.  

   


Pudratchi transport vositalarining shinalarini tozalash uchun foydalaniladigan 

oqova suvlarni tutib qolish uchun transport vositalarining kirish-chiqish joyi  yonida 

o‘ra-tindirgich    barpo  qilishi  kerak.    Pudratchi    shuningdek,  qum,  graviy  va    loy 

orasidan  sizib  chiqadigan  har  qanday  suvni  tutish  uchun  vaqtinchalik  yer      qazishi 

kerak.  Bu  tadbir      drenaj  tizimining  loyqa  bosishi  va  daryo    irmoqlarda  suzib 

yuruvchi zarralarning ko‘payishining oldini olishi kerak . Loyixi injineri bir oyda bir 

marta o‘ra –tindirgichdan namunalar olishi va muallaq suzib yuruvchi zarralar. Moy 

va yog‘lar tarkibda mavjudligi miqdorini taxlil etadi.  Agar namuna suzib yuruvchi 

zarralar,  moy  va  yog‘lar  kontsentratsiyasi  O‘zbekistonda  o‘rnatilgan  me‘yorlardan 

ortiq  bo‘lsa  loyixa  injeneri  tindirgichlarni  kengaytirishni  yoki  shu  muammoni 

bartaraf qilish uchun tadbir ko‘rishni talab qilishi mumkin.  

   


Nimstanstiya  uchun  tavsiya  etilayotgan  yer    maydoni  tuproqning  kuchli 

darajada  sho‘rlangani  uchun  unumdorligi  past  bo‘lgan  sug‘oriladigan  yerda 

joylashgan.  Yer  sanoat  ehtiyojlari  uchun  foydalaniladigan  yerlar  kategoriyasiga 

kiritilishi kerak. Loyixa daraxtlarni kesishni yoki yovvoyi hayvonlarni ko‘chirishni 

talab  etmaydi.    Loyixa  doirasida    shahar  muhiti  uchun  xarakterli  bo‘lgan 

jonivorlarga ta‘sir etadi.  

   «Namangan»  nimstanstiyasining  bu  viloyatda  qurilishi  ishga  joylashish 

imkoniyatlarini  yaratadi.    Loyixada  bevosita  ishlayotgan  insonlar  uchun  iqtisodiy 

foyda berishdan tashqari, bilvosita iqtisodiy foydalar  ish bilan band aholining sarf – 

xarajatlari  iste‘moli ortishi xisobiga xam   foyda beradi.  Nimstanstiya Namangan 

shaxri  yaqinida  joylashgan,  shuning  uchun  quruvchilar  uchun    yashash  joy 

qurishning keragi yo‘q. Tashqi personal va loyixa uchun zarur bo‘lgan mutaxassislar  

shaxarda  ijara uyda  turishlari  mumkin. Ixtisosli va ixtisossiz ishchi  kuchi  shaharda 

yetarli.  Pudratchi  personalning  ovqatlanishi  va  dam  olishi  uchun  kichik  yotoqxona 

tashkil etishi mumkin.  

   


Shaxsiy  xavfsizlik  va  sog‘liqni  saqlash  nuqtai-nazaridan  loyixa  injeneri  « 

individual  himoya  vositasisiz  ish  yo‘q»  degan  qoidaga  qat‘iy  rioya  qilish  kerak. 

qurilishning  barcha  ishchilari  kaska,  himoya  poyafzali  va  shu  kabi  individual 

himoya vositalarini kiyib yurishlari va to‘g‘ri  foydalana olishlari kerak. Pudratchi 2 

yoki  3  ta  ishchini  birinchi  yordam  ko‘rsatishga  o‘rgatishi  kerak  va  qurilish 

maydonchasida  kichik  avariyalar  holatida  qo‘llashi  kerak  bo‘lgan  birinchi  yordam 

asboblari  bilan  taminlashi  kerak.  Vaqtinchalik  va  mavsumiy  ishchilarni  ishga 

olishdan avval loyixa injeneri ular bilan 1-2 soatlik tanishtiruv suxbatini o‘tkazishi 



25 

 

kerak.  Qurilishda  hosil  bo‘ladigan  oqava  suvlar  septik  rezervarda  qayta  ishlanishi 



kerak.  

  

Farg‘ona  vodiysi  qadimiy  madaniy  va  tarixiy  axamiyatga  ega.  Nimstanstiya 



uchun  taqdim  etilgan  yer  uchastkasida  er  ishlari  olib  borishdan  oldin  arxeologik 

ahamiyatga  materiallar  mavjudligini  avvaldan  aniqlash  qiyin.  Loyixa  injeneri  va 

pudratchi  barcha  kerakli  tadbirlarni  arxeologiya  bo‘yicha  davlat  muassasi  bilan 

aniqlab  kelishib  oladi    .  Agar  loyixa  injeneri  fikriga  ko‘ra  arxeologik  topilma 

aniqlansa,  bu  yerda  barcha  qurilish  ishlari  to‘xtatiladi  va  qurish  uchun  ekspertlar 

chaqiriladi.  

  

Qurilish  ishlari  borayotgani  uchun  qurilish  maydoniga  yaqin  yerda  yo‘l 



xarakati ancha intensiv bo‘ladi. Olib borishning qo‘shimcha  xajmi kuniga 3 ta to‘la 

avtobus deb baxolanadi. Hozirgi vaqtda Namangan viloyatida ayniqsa, avtotransport 

xarakati  juda  intensiv.  Yo‘l  xarakatining  jiddiy  o‘zgartirilishi  talab  etilmaydi. 

Ammo  og‘ir  mexanizmlar  tashilgan  loyixa  injeneri  yo‘l  harakati  yo‘nalishidagi 

o‘zgarishlarni shaxar hokimiyati bilan kelishib olishi kerak.  Qurilish faoliyatining 

atmosferaga tasiri yo‘l tiqinlari, shovqin va chang kabi chiqindilarning chiqishi kabi 

tasurotlar Namangan viloyatining barcha aholisi uchun ahamiyatsiz yoki nol bo‘ladi.  

     YVEU  ni  barpo  qilish  uchun  qurilish  ishlari  o‘z  ichiga  YVEU    tirgaklarini 

o‘rnatish uchun yer ishlarini o‘z ichiga oladi. Agar yer yumshoq bo‘lsa, tuproqning 

tayanchlik  qobilyatini  barqarorlashtirish  uchun  qoziqlar  qoqiladi.  Bu  shamol 

kuchiga va sesmik faollikka qarshi turishga yordam beradi.  

 

 



 

 

 



Texnik jihozlar nomlanishi 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

    3-jadval   

 

№ 

 Nomlanishi  



 Yoqilg‘i 

turlari 


 Yuk ko‘tarish 

qobilyati 

 Kamaz yu ko‘taruvchi, 13 dona. 



Dizel 

8t 


Kraz yuk ko‘taruvchi, 13  dona 

Dizel 

7t 


Yuk ortuvchi , 2 dona.  

Dizel 

5t 


Buldozer , T-100, 15 dona 

Dizel 

79kVt 


Bulldozer , T-130, 13 dona. 

Dizel 

96 kVt 


Qo‘zg‘aluvchan kompressor,zif-55, 5  dona. 

Dizel 

35 kVt 


Avtokran , КC-4501, 10 dona 

Dizel 

10t 


Zanjirli kran, 5 dona. 

Dizel 

16t 


 G‘ildirakli kran, CMC-10, 3 dona 

Dizel 

25t 


10  Suv sepkich, 2 dona. 

Benzin 


6000 l 

11  Burgilash mashinasi, МРК-750, 5 dona. 

Dizel 

79 kVt 


12  Zichlagich , 2dona.  

Dizel 


15 t 

13  MatorniysiqqichПО-100M, 5 ед.  

Dizel 

 

14  Bir kovushli ekskvator, 2 dona 



Dizel 

0,5 m


3

 

15  Gusenitsali bir kovushli ekskvator, 2 dona 



Dizel 

1,0 m


3

 

16  Gusenitsali bir kovushli ekskvator, 1 dona 



Dizel 

0,25 m


3

 

17  Kichik elektrostansiya.  



Dizel 

 


26 

 

 



Agar  tirgak  qoyali  tuproqda  joylashsa,  poydevor  o‘rnatish  uchun  portlatish 

moddalaridan foydalanish kerak. Po‘lat armatura va  qolip o‘rnatilib, ustidan beton 

quyiladi.  Beton  qotgach  qazib  olingan  tuproq  qayta  solinadi  va  zichlanadi.  Po‘lat 

konstruksiyalar  avtomobil  transportida  olib  yurish  qulay  bo‘lishi  uchun  kerakli 

o‘lchamda  yasaladi.  Tyagalar  modernizatsiyalanadi.  Payvandlashning  ba‘zi  turlari 

tirgaklarni montaj qilish joyida bajarilishi kerak.  

   

YVEU  ni  qurish  uchun  benzin  va  dizel  yoqilg‘ida  ishlaydigan  103  ta  birlik 



asbob  talab  etiladi.  Asbob  har  xil  joylarda  uzatish  liniyalarining  174  km  bo‘ylab 

mobilizatsiya qilinadi. Uskuna bir vaqtning o‘zida relefga, tuproqqa va poydevorga 

bo‘lgan  talablardan  kelib  chiqib  30  km  maydonda  ishlaydi.  YVEU    qurilishi 

jarayoni   ning asosiy ta‘siri shovqin. Shovqin darajasi ochiq maydonda odatdagidek 

yuqori  bo‘lishi  mumkin.  Ammo  parmalash  mashinasi  kompresorlar  va  ko‘chma 

elektrostanstiyalar  kabi  shovqinli  uskunalar  foydalaniladigan  maydonlar  tavsiya 

etilayotgan  YVEU  uzunligi  bo‘yicha  turar  joy  bo‘lmagan  uchastkalardir.  Aytib 

o‘tilganidek  bu  tumanlar  ildizli  jinslar  va  shag‘al  bilan  xarakterlanadi.  Fermerlik 

yerlari va bog‘lari vodiyning quyi qismida joylashgan bo‘lib bu yerlarda poydevor 

o‘rnatish  uchun  yer  ishlari  olib  borish  oson.  Tuproqning  tutib  turuvchi  qobiliyati 

juda  past  bo‘lgan  holda  poydevor  uchun  qozik  qoqish  kerak.  Qozik  qoqishdagi 

shovqin 100 dBA bo‘lishi mumkin. Pudratchi shovqinli uskunalardan foydalanishni 

qishloq  yaqinidagi  maydonlarda  faqat  kunduzgi  vaqtda  foydalanishi  kerak.    Agar 

quyosh  botgandan  keyin  ishlash  zaruriyati  tug‘ilsa  pudratchi  yaqin    oradagi 

qishloqqa bu haqda xabar berishi va hech ham shovqinli uskunani kechki soat 8 dan 

keyin ishlatishi kerak emas.  

  

 Qurilishning tasirotlaridan yana biri uskunalardagi yoqilg‘ining yonishi bilan 



bog‘lik.    Qurilish  natijasida  ajralgan  chiqindilar  «Ifloslantirish  manbalarini 

inventarizatsiya qilish va O‘zbekiston Respublikasi korxonalari uchun atmosferaga 

ifloslantiruvchi moddalarning chiqishini meyorlashtirish bo‘yicha qo‘llanmalar» da 

keltirilgan  tadbirlarga  muvofik  xisoblangan.  O‘  zbekiston  hukumati  transport 

vositalari  va  asbob-uskunalar  chiqaradigan  chiqindilar  xarakteristikasi  bo‘yicha 

ularni xalqaro amaliyotga muvofikligini taminlashi zarur .  

  

 Payvandlash  va  bo‘yash  eng  katta  kommulyativ  chiqindilarni    hosil  qiladi, 



ammo  tirgaklar  orasidagi  masofani  hisobga  olganda  chiqindilar  yengil  yuqolishi 

mumkin. Har  bir tirkakka  100  kg payvandlash  elektrodlari  ishlatiladi. Payvandlash 

jarayoni azot, ozon oksidlari va qattik zarralarning qoldiqlarini hosil qiladi. Har bir 

tirgak  uchun  300  l  ximoya  bo‘yogi  kerak.  Loyixa  doirasida  neft  maxsulotlari  va 

metallga asoslanmagan bo‘yoq ishlatilgani ko‘rsatiladi.  

  

 Tirgak  uchun  poydevor  barpo  qilishdagi  yer  ishlarida  tuproqning  yuqori 



qatlami  qazib  olingan  tuprokning  boshqa  joyidan  aloxida  uyiladi.  O‘rtacha  12  m

2

 



27 

 

grunt  bir  tirgak  uchun  qaziladi.  Tuproq  asosiga  bog‘lik  ravishda  taxminan  8  km



2

 

tuproq qazilgan o‘raga  beton  qotgandan  keyin  0,3  0,5  m  yuqoriroq  qilib  to‘kiladi. 



Tuprok qayta to‘kkandan so‘ng uni zichlab tekislanadi va tuprokning yuqori qatlami 

tiklanadi. Pudratchi xavfsizlik choralarini ko‘rishi, ayniqsa, yomg‘irlar mavsumida 

extiyotkor bo‘lishi kerak. 

  

 Namangan  viloyatining  maydonida  poydevor  o‘rnatish  bo‘yicha  ishlar  sizot 



suvlarining  yuqorida  joylashganligi  tufayli  alohida  qurilish  usullarini  qo‘llashni 

talab etadi. Yer ishlari vaqtida suvni doimiy ravishda olib turish kerak bo‘ladi. Sizot 

suvlari  uchun  xovuz  yaratiladi.  Poydevor  va  qoziklar  uchun  sulfatlarga  tasirchan 

bo‘lmagan  beton  qo‘llash  kerak  bo‘ladi.  Chunki  sizot  suvlarida  sulfatlar  ko‘pligi 

aniqlangan.  Hovuzdagi  suv  betonni  qorishtirish  uni  qotirish  va  tuproqning  yuqori 

qatlamini o‘t o‘sishi uchun sug‘orish maqsadida qo‘llaniladi.  

  

 Poydevor  tirgaklari  o‘rnatiladigan  maydonlarda  daraxtlar  va  o‘tlar  kesib 



tashlanishi kerak. Bu loyixaning qolgan tasiridir. Loyixa bajarilishi borasida yaylov 

yerlardagi  kesiladigan  daraxtlar  soni  sezilarsiz  bo‘ladi.  Loyixa  tugashiga  3-4  oy 

qolganda  loyixa  injeneri  kesilgan  daraxtlar  ro‘yxatini  beradi  va  daraxtlarning 

kompensatsion  ekilishini  tashkil  etadi.  Kesilgan  daraxtlar  inventar  ro‘yxatiga 

bog‘lik ravishda loyiha injeneri bu maydonlarning qurilish boshlanishigacha bo‘lgan 

suratini oladi va keyingi choralar uchun saqlab qo‘yadi.  

  

 Qoziqlar  qoqish,  yuk  mashinalari  xarakati  va  qurilish  texnikasi  shovqinlari 



yaylovlardagi  yovvoyi  hayvonlarga  havotir  soladi.  Bu  ta‘sirot  vaqtinchalik 

xarakterga  ega.  Tirgaklar  o‘rnatish  uchun  yer  ishlari  boshlashdan  oldin  loyiha 

injeneri  maydonda  qushlar  ini  borligi  va  yovvoyi  hayvonlar  borligini  tekshiradi. 

Ular bor bo‘lsa loyiha injeneri qush ini yoki hayvonlar ko‘payish joyini ko‘chirishni 

tashkil etadi. Tirgaklar qurishda daryolar o‘zanidan foydalinilmaydi yoki suv florasi 

va faunasiga tasir o‘tkazilmaydi.   Mehnat gigiyenasi va shaxsiy xavfsizlik nuqtai – 

nazaridan loyixa injeneri ishlarni amalga oshirishda individual ximoya vositalaridan 

foydalanishni  ta‘minlaydi.  Barcha  yangi  ishchilar  xavfsizlik  va  individual  ximoya 

vositalaridan  foydalanish  tadbirlari  bilan  tanishadilar.    Penya  va  shtraflar  ataylab 

xavfsizlik  qoidalarini  buzgan,  masalan,  kaska    kiymagan,    xavfsizlik  kamarlarini 

bog‘lamagan  va  payvandlash  maskasini  taqmagan  ishchilarga  solinadi.  Loyixa 

injeneri va pudratchi baxtsiz xodisalarda birinchi yordam ko‘rsatishni I  xodimlarga 

o‘rgatadilar. 

   


Kotlovanlar  maydoni  katta  emas  va  tirgaklar  uchun  poydevor  bilan 

cheklanadi.    Biror  bir  qimmatga  ega  bo‘lgan  arxeologik  topilmalar  uchraganda  

loyixa  injeneri  va  pudratchi  56-punktda  ta‘riflangan  «tasodifiy  topilma»  tadbirini 

harakatga  keltirishlari  lozim.  Yangi  liniya  yo‘nalishini  o‘zgartirishda  olib 

boriladigan  qurilish  ishlari  YVEU  qurilishiga  o‘xshash.  Yangi  tirgaklarni  

keltiruvchi simlarni va komplekt tarkibiy qismlarini o‘rnatgandan so‘ng elektr toki 



28 

 

yangi  liniyaga  ulanadi.  Eski  liniyalar  har  qanday  xavf,  masalan,  kuchsiz  struktura 



komponentlari  mavjudligiga  tekshiriladi.  Avval  keltiruvchi  simlar  va  komplekt 

qismlari  olib tashlanadi. Keltiruvchi sim bo‘sh g‘altakka o‘raladiyu komponentlar 

PXB  bilan  ifloslanishiga  tekshiruvidan  o‘tkaziladi.  Ayniqsa,  1990  yilgacha  

o‘rnatilganlari  tekshirilishi  kerak.    Agar  komponentlar  haqiqatan    yoki  ehtimoliy 

PXB  bilan  zararlanishi  aniqlansa,  unda  ular  yaxshilab  baxolash  uchun  alohida 

saqlanadi  va    PXB  bilan  zararlangani    aniq  tasdiqlansa,  ular    uzoq  vaqt  saqlash 

uchun yuboriladi. Ularni  mahsus poligon yoki chiqindilarni utilizatsiya qilish uchun  

mo‘ljallangan yerda to boshqa manbalardan ularning yetarli miqdori to‘plangunicha 

saqlanadi.    Po‘lat  tirgak    buziladi  va    kerakli  joyga  jo‘natish  uchun    bo‘laklarga 

bo‘lib  kesiladi.    Simlar  va  po‘lat  tirgaklar  boshqa  YVEU  lar  uchun  qayta 

qo‘llanilishi mumkin yoki metallom sifatida sotilishi mumkin. Beton poydevor  olib 

tashlanadi,  juda bo‘lmasa, yer satxidan 0,25 m pastga olinadi, agar poydevor yo‘l 

bo‘yida bo‘lsa, u to‘sik va xavfli bo‘lishi mumkin.   

      


Loyihaning  ijtimoiy-iqtisodiy  sektorga  ko‘rsatadigan  asosiy  ta‘siri  ijobiy. 

Loyixa  amalga  oshganda  sug‘orish  suvi  iste‘molchilari  o‘z  fermer  xo‘jaliklarini 

ishlashi  uchun  foydalanadilar.  Kuchlanishdagi  o‘zgarish  elektr    qishloq  xo‘jalik 

asbob-uskunalarining  xizmat  muddatini  qisqartiradi  va    ba‘zi  xolatlarda  uning 

ishdan chiqishiga olib keladi.  Elektr energiyasining ancha ishonchli manbasiga ega 

bo‘lganda  sug‘oruv uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatishga ketadigan kamchiliklar 

kamayishi  kutilmoqda.          Maktab  va  muassasalar,  masalan,  tibbiyot  muassasalari 

ishonchli  elektr  ta‘minotida  yanada  samarali  ishlay  oladi.  Elektr  asbob-

uskunalarining  eskirishi  pasayadi.  O‘ta  muhim  va  ta‘sirchan  asbob-uskunalarni 

rezerv elektr ta‘minoti uchun bo‘lgan ehtiyoji kamayadi.  

    Yanada  ishonchli  elektr  manbasiga  ega  bo‘lgan  sanoat  korxonalari  yanada 

samarali ishlay oladi. Suv va havoning sifati yaxshilanishi katta darajada bo‘lmaydi  

chunki elektr iste‘moli gaz va o‘tin yoqilg‘isida ishlaydigan individual generatorlar 

va  issiklik  manbalari  tomonidan  ta‘minlanmaydi.  Tozalash  inshootlari  va  suv 

ta‘minoti,  shuningdek,  qattik  chiqindilarni  qayta  ishlash  va  chiqindilarni  tartiblash 

korxonalari  elektr  ta‘minotining  ishonchli  manbasiga  ega  bo‘lsalargina  samarali 

ishlaydilar.        Loyixa  elektr  energiyasini  tarmoqqa  taqsimlashning  samaradorligini 

yaxshilash  imkonini  beradi.    Loyiha,  kutilgandek  hozirgi  vaqtda  umumiy  ishlab 

chiqarilgan  energiyaning  4%  ni  tashkil  etadigan  gaz  transport  tizimining 

yuqotishlarini kamaytiradi.  Shunga karamay,  yangi YVEU ning elektr energiyasini 

uzatishning  butun  tarmog‘iga  ta‘siri      energiyani  ishlab  chiqarish  va  uni  iste‘mol 

qilish,  YVEU    va  uning  inshootlarini  eksplutatsiya  qilish  va  texnik  xizmat 

ko‘rsatish,  shuningdek,  dispecherlik  ishlari  usullari    omillarini  yaxshilab  taxlil 

qilishni  talab  etadi.  Karbonat  angidrid  gazining  chiqishini  ekvivalenti  qisqarishi 



29 

 

taxlili  uchun  energiya  uzatishning  butun  tizimini  kompleks  modellashtirish  talab 



etiladi, bu berilgan tadqiqot chegaralaridan tashqariga chiqadi.  

Nimstansiya  ishga  tushgandan  keyin  faoliyatning  juda  kam  turlari  ekologik 

muammolar  tug‘dirishi  mumkin.  Asosiy  muammo  transformatorning  shovqini. 

Tarmoqni havoli-moyli uzgichlar bilan uzishdagiga nisbatan ancha kamroq shovqin 

chiqaradigan  oltingugurt  geksoftoridli    uzgichlar  o‘rnatiladi.  Bundan  tashkari 

shovqin  darajasini  pasaytirish  uchun  shovkin  chiqaradigan  asboblar,  dizelli 

generatorlarga    giloflar  kiydiriladi.    Faoliyatning  asosiy  turi  boshqaruv    shiti 

binosida  nimstanstiyadan  tokni  olib,  tarmoqning  boshqa  sohalariga  uzatish  uchun  

amalga  oshiriladi.  Tirgaklarning  strukturaviy    sharoitini,  rezervarlarni  va  asoslarni 

tekshirish va ularga xizmat ko‘rsatish zarur bo‘ladi.  

   

Shunga  qaramay,  15  yilda  bir  marta  transformatordagi  moyni  chiqarib 



tashlash  va  yangi  moy  quyish  kerak.  Moy  moyidishga  quyiladi.  Hamma  moy 

chiqarilgandan  keyin  transformatorga  yangi  moy  to‘ldiriladi,  ishlangan  moy  esa 

uzoq  saqlash  uchun  bochkalarga  solinadi  yoki  zaxarli  va  xavfli  chiqindilarni 

kuydiradigan  korxonalarga  yo‘q  qilish  uchun  yuboriladi.  Ishlangan  moy  yuqori 

issiqlik chiqarish qobiliyatiga ega va nominal ravishda zaharli hisoblanadi, shuning 

uchun  sement  zavodlari  uni  yo‘q  qilish  uchun  pul  to‘laydilar.      YVEU    va 

liniyalarning  o‘zgargan  yo‘nalishlari  asosi  va  tirgaklari  strukturaviy  jixatdan 

mustaxkamligi  vaqti  vaqti  bilan  tekshirilishi  kerak.  Maxsus  tekshiruv  faqatgina 

g‘ayrioddiy  hodisa  strukturaviy  butunlikka  tasir  qiladigan,  masalan,  zilzila,  kuchli 

shamollar  va  kuchli  toshqinlar  oqibatida  o‘tkazilishi  mumkin.  Keltiruvchi  sim 

ishdan chiqadigan kamdan-kam xolatlarda yangi keltiruvchi simlar tortilgan bo‘lishi 

kerak. Xodimlar xavfsizligini taminlash doirasida yangi keltiruvchi sim o‘rnatgunga 

qadar elektr taminoti vaqtincha to‘xtalishi kerak. Tirgak atrofi va keltiruvchi simlar 

tagidagi  maydon  qoramol  boqish  uchun  foydalanish  mumkin  va  aslida  mol  boqish 

o‘t-o‘lanlarning o‘sib ketishining oldini  olish uchun tavsiya qilinadi. Agar qoramol 

boqqanda  butalar  va  baland  o‘t-o‘lanlarni  yuqotish  iloji  bo‘lmasa,  begona  o‘t  va 

butalarni  ko‘lda  olib  tashlash  yoki  ular  bilan  kurash  uchun  gerbetsidlarni  qo‘llash 

kerak.  Ammo  gerbetsidlarni  qo‘llaganda,  Stokgolm  konvensiyasida  barqaror 

organik  ifloslantiruvchilar  a  va  v  ilovalardagi  pestesidlar  ro‘yxatida  sanab  o‘tilgan 

sog‘likni  saqlash  butun  jahon  tashkilotidagi  ro‘yxat  qilingan  birinchi  va  ikkinchi 

sinf bo‘limidagi xavfli sanalgan moddalar gerbesidlar tarkibida bo‘lishi kerak emas. 

Pestesid  va  gerbesidlarni  qo‘llash  uchun  jalb  qilingan  xodimlar  kerakli  tarzda 

tayyorlangan  bo‘lishlari  va  individual  himoya  vositalari  bilan  taminlanishi  kerak. 

Birinchi  yordam  aptechkasi  va  zaharga  qarshi  dori  hamma  vaqt  tayyor  bo‘lishi 

kerak,  inspektorlar  zaharlanish  alomatlarini  aniqlashga  va  birinchi  yordam 

ko‘rsatish,  zaharga  qarshi  moddalarni  qo‘llash  kabilarga  tayyor  bo‘lishi  kerak.    

YVEU  shovqini  simlardagi  asosiy  razryad  tufayli  hosil  bo‘ladi.  Loyixa  uchun 


30 

 

hamma keltiruvchi simlar shunday loyixalanadiki, unda sim yuqorisidagi kuchlanish 



asosiy razryaddagi boshlang‘ich kuchlanishdan oshmasligi kerak. Shunga qaramay, 

simlar  yuzasining  mexanik  zararlanishi  (gadir-budirlar,  kirilgan  joylar),  ifloslanish 

(yog‘  tomchisi,  qattik  jismlar)  va  yog‘inlar  (yomg‘ir,  shudring,  qor  va  b.)  tufayli 

buzilishi mumkin. Ular maydonning elektr kuchlanishini orttirishi mumkin. Natijada 

asosiy razryad YVEU simlarida ayniqsa jala yoqqanda yuz beradi. Juda eski YVEU 

larda  asosiy  razryad  shovkinini  yaxshi  ob-havoda  xam  eshitish  mumkin.  Turar  joy 

binolarida shovqinning mumkin bo‘lgan darajasi 45 dBA ni tashkil etadi.     YVEU 

konstrukstiyasi  MFK  ning  asosiy  prinsiplariga  to‘la  muvofik.  O‘zbekiston 

Respublikasining  elektr  maydonlariga  ta‘siri  standartlari  MFK  talablariga  mos 

bo‘ladi.  500  kVt  liniyalar  uchun  keltiruvchi  simlar  va  uylar  o‘rtasidagi  minimal 

masofa  100  m  bo‘lishi  kerak.  Vodiyda  joylashgan  uylar  uchun  liniyalar  bir  tog‘ 

chizmasi  liniyasidan  qarama-qarshi  tog‘  chizmasigacha  ko‘riladi.  Ko‘pincha 

keltiruvchi  sim  va  vodiy  quyi  qismi  o‘rtasidagi  masofa  100  m  dan oshadi.  Ammo 

tekislikda  xavf  paydo  bo‘lishi  mumkin  chunki  tirgaklar  uylar  bilan  teng  darajada 

joylashgan. Uylar hech bo‘lmaganda MFK talablariga muvofik uzatish liniyalaridan 

80-100 m masofada bo‘lishi kerak.      Umuman YVEU tirgaklari qushlar uchun in 

qurishga  yaxshi  joy  emas.      Chunki  elektr  maydonining  yukori  kuchlanishi 

fiziologik  jarayonlarga  belgilangan  darajada  ta‘sir  ko‘rsatishi  mumkin.  Salbiy 

oqibatlar,  masalan  tok  urishi  qushlar  YVEUL  tirgaklarini  dam  olish  uchun 

foydalanganlarida,  fazalar  orasidagi  biriktiruvchi  sterjenlarga  tekkanlarida  yuz 

berishi mumkin. Qushlarning o‘limini oldini olish yoki kamaytirish uchun tirgaklar 

ustiga  qushlarni  qo‗rqitadigan  tikanakli  mixlar  o‘rnatiladi,  shuningdek  shovkin  va 

vibratsiyalar  hosil  qiluvchi  manbalar  quyiladi.  U  asboblar  fazalararo  birikmalarga 

sim  yoki  maxsus  metall  manjetlar  bilan  mahkamlanadi.  Maxsus  to‘sik  va 

fiksatsiyalangan  zontlar  tekshiruvdan  o‘tgan  va  qushlarni  yorqin  rang  bilan 

qo‘rqitishda  samarali  ekanligi  isbotlangan.        Mehnat  gigiyenasi  va  xavfsizligi 

nuqtaiy  nazaridan  YVEUL  da  ishlaydigan  xodimlar  EMP  ta‘siriga  tushmasligi 

kerak.  Individual  himoya  vositalarini  xodimlar  o‘z  joyida  qo‘llashi  kerak.YVEUL 

ga  ishga  tushishdan  avval  hamma  xodimlar  xavfsizlik  texnikasi  o‘tishlari  zarur. 

Xodimlar  5  yilda  bir  marta  mehnatni  himoya  qilish  bo‘yicha  malaka  oshirish 

kurslarida  o‘qiydi.  Nimstanstiya  quvvati  kamdan-kam  konservatsiyalanadi.  

Ko‘pincha nimstanstiyalar xizmat ko‘rsatish zonasida qo‘shimcha quvvat talablarini 

qondirish  uchun  kengaytiriladi.  Ammo  Namangan  nimstansiyasi  eksplutatsiyadan 

chiqarilsa,  tasodifiy  taminotning  oldini  olish  uchun  barcha  birikmalar  va  butun 

elektr  taminoti  o‘chirilishi  birinchi  bosqich  bo‘ladi.  Bu  vaqtda  transformatorlar,  

yoqqichlar    va  nazorat  asboblari  chiqariladi.  Transformator  moyi  texnik  xizmat 

ko‘rsatish  vaqtidagi  kabi  chiqariladi.  Moy  bilan  ifloslangan  transformatorlar  va 

boshqa simlar yopiladi va uzoq saqlash uchun jo‘natiladi. 



31 

 

Bu  tumanda  tuproq  namunalari  zaharli  va  xavfli  moddalar  bilan 



ifloslanganligi  analiz  qilish  uchun  tanlab  olinadi  va  zaruriyat  bo‘lganda 

zararsizlantirish  rejasi  tayyorlanadi  va  amalga  oshiriladi.  Agar  zaharli  va  xavfli 

chiqindilar bilan zaharlanish shu joyning o‘zida yuqotilish xususiyatiga ega bo‘lsa, 

shunday qilgan yaxshiroq. Aks holda ifloslangan tuproq   olib  tashlanadi  va  zaxarli 

va  xavfli  chiqindilar  bilan  birga  ko‘miladi.Yaqin  tarixda  YVEUL  kam  holatda 

konservatsiyalangan.  Tarmoqning  o‗tkazish  qobiliyatini  kengaytirish  uchun  elektr 

energiya  bilan  xizmat  ko‗rsatish  zonalari  qo‗shimcha  talablarni  qondirish  uchun 

qo‗shimcha  YVEUL  yoki  tok  o‗tkazuvchi  simlar  qo‗shilgan.  Konservatsiya 

zaruriyati  bo‗lganda  o‗zgartirilgan  220  kVt  YVEUL    o‗zgartirilgan  trassasi  uchun 

foydalaniladigan tadbir qo‗llanadi. 

Avariya va favqulotda hodisalarining oldini olish tadbirlarini baholash 

Nimstanstiya  yashin  qaytargich  bilan  himoyalangan,  yana  saqlovchi  to‘siq  va  24 

monitor, 24 ta qo‘riqlash videokuzatuv tizimi monitorlari bilan taminlangan. Begona 

kishilarning  kirishi  qattik  nazorat  ostida.  Nimstanstiyada  foydalaniladigan  isitish 

uskunalari elektrli , gaz yoki ochiq olov qo‘llashni talab etmaydi. Nimstanstiyaning 

cheklangan  perimetri  chekish  man  etilgan  zona  hisoblanadi.  Ventilyatsiyaning 

barcha  tizimlari,  elektr  razvedkalar,  tortuvchi  ventilyatsiya,  portlash  xavfini  oldini 

olishni nazarda tutib loyihalangan. Nimstanstiyaga  tayinlanishdan avval favqulodda 

hodisalar paytida harakatlanish tadbirlari bo‘yicha o‘qitiladi. Shuningdek, xodimlar 

favqulodda  holatlar  va  yong‘inda  harakatlanish  bo‘yicha  vaqti-vaqti  bilan  o‘qib 

turadilari.Hamma  ko‘rilgan  ehtiyot  choralarga    qaramay  yong‘in  aniqlanmagan 

sabablari  tufayli  yuzaga  kelishi  mumkin.  Nimstanstiya  yong‘in  o‘chirish  avtomat 

tizimi  taminlangan.  Yong‘inga  qarshi  uskunalar  barcha  transformatorlarning 

yonishini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. 



Каталог: uploads -> books -> 26622
26622 -> O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi valiеv xidoyat inoyatovich
26622 -> O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi
26622 -> Temur va temuriylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy taraqqiyoti. Temur va temuriylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy taraqqiyoti
26622 -> O‘zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent pediatriya tibbiyot instituti
26622 -> Îqilxon ibrohimov, jamil sadirov ìusiqa 7-sinf uchun darslik Qayta ishlangan 4-nashri
26622 -> A. X. Vаxidov, D. A. Abdullaеva
26622 -> Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
26622 -> Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
26622 -> O. E. Eshonqulov Toshpmi asab kasalliklari, bolalar asab kasalliklari va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling