Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги тошкент ирригация ва мелиорация институти


Download 453.82 Kb.
Pdf просмотр
bet3/4
Sana14.06.2018
Hajmi453.82 Kb.
1   2   3   4

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

32 

 

3-BOB. Loyihaninng atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlari. 

 

 

Qurilishdan  oldingi  bosqichda  daraxtlarning  shoxlarini  kesish  va  boshqa 



to‘siqlarni  bartaraf  qilish  va  kutilmagan  xodisalar  uchun  tadqiqotchilar  o‘rtasida 

trening  o‘tkazish,  nazoratni  olib  borish,  kesilgan  shoxlar  o‘rniga  yangilari  o‘sib 

chiqadi, tadqiqot texnikalari olib ketiladi. Ko‘rinib turibdiki ta‘sir darajasi juda past. 

 

Tuproq  tarkibini  o‘rganish,  butalarni  kesish,  skvajinalarni  teshishva 



kutilmagan  xodisalar  uchun  chora-tadbirlar,  tadqiqotchilar  o‘rtasida  nazorat  olib 

borish, olingan tuproq namunasi kam, kesilgan butalar qayta tiklanadi. 

 

Tuproqni  qazib  olish  va  ularni  olib  ketish,  tuproqning  unumdor  qatlamining 



qolishi,  atrofdagi  zovur  tizimlarida  muallaq  moddalarning  ko‘payishi,  havoda 

tuproqni  tashish  jarayonida  hosil  bo‘ladigan  chang  miqdorini  ko‘payishiga  qarshi 

chora-tadbirlar  qurilish  maydonchasidan  ketishdan  oldin  barcha  yuk  tashishi 

mashinalarini  yuvilishi  va  ko‘chib  boradigan  qurilish  texnikalari  usti  yopilganligi, 

quruq  yil  fasllarida  qurilish  maydonchalarini  namlab  turish,  qazib  olinayotgan 

tuproqlarni  va  sochiluvchan  qurilish  materiallarini  namlash  yoki  ustini  yopish, 

yomg‘ir  bo‘ladigan  vaqtlarda  yuk  tashish  jarayonida  tuproqlarning  ustini  yopish, 

tuproq unumdor qatlamini saqlash. 

 

Skvajinalarni  qazish  jarayonida  shovqin-suron,  yerlarga  yoqilg‘ini  to‘kilishi 



natijasida  tuproq  va  suvlarning  ifloslanishini  oldini  olish  va  kamaytirish 

uchunchora-tadbirlar  belgilangan  doimiylikda  texnikani  ishchi  holatini  saqlash, 

yog‘lar va yoqilg‘ini to‘kilishini oldini olish maqsadida texnik ko‘rikdan o‘tkazish, 

texnikada  ishlaydigan  hodimlarga  tegishli  mavzular  bo‘yicha  texnik  o‘quvlarni 

tashkil  etish,  qurilish  maydonchalari  atrofida  muhofaza  devorlarini  barpo  etish, 

barcha texnika shovqin-suronini kamaytiradigan barcha jihozlar bilan ta‘minlanishi 

lozim.  

 

Atmosfera havosiga og‘ir texnikadan chang zarrachalari oltingugurt dioksidi, 



azot  oksidikabi  ifloslantiruvchi  moddalarni  tashlanishi,  qurilish  hududida  og‘ir 

texnika  harakatining  ko‘payishi  aynan  o‘rnatiladigan  tayanchlarni  keltirilishi  va 

o‘rnatilishi, yer qazish jaryonida arxologik va tarixiy obidalarnmi topilishi.Chetdan 


33 

 

kelgan ishchilar tomonidan yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish uchun chora-



tadbirlar  barcha  ishlatiladigan  texnikalrni  standart  talablariga  javob  berishini 

ta‘minlash,  texnika  harakatlanishining  mahalliy  boshqaruv  organlari  bilan 

kelishilishi,  shovqin-suron  chiqaruvchi  qurilish  ishlarini  olib  borish  kunduz  kuni 

davomida ruxsat etiladi, agar zarurat bo‘lsa atrofdagi aholinio oldinda ogohlantirish, 

yerlarni qazish ishlariga  jalb  etilga hodimlar uchun  ish  jarayonida  tipilgan qazlima 

obidalar  bilan  ish  yurgizish  bo‘yicha  tushuntirish  ishlarini  olib  borish,  mahalliy 

arxeologik  tashkilotlar  bilan  muloqot  o‘rnatish,  topilgan  obidalar  qurilish 

maydonchalarida  tegishli  arxeologik  tashkilotlar  tomonidan  yo‘riqnomalar  asosida 

davom ettirish. 

           Qurilish  ishlari  bog‘liq  bo‘lgan  tassodifiy  voqealarni  oldini  olish    chora 

tadbirlari  mahalliy  ishchilarga  imtiyozlar  berish,  chetdan  keladigan  ishchilar  

tegishliu  tibbiy  ko‘rikdan  o‘tkazish,  yuqumli  kasalliklarni  oldini  olish,  tibbiy 

vaziyatni nazorat qilish, birinchi tez tibbiy yordam asboblarning mavjud bo‘lishi, 

ishchilarning  mehnat  intizomiga  ega      bo‘lishi,  asosiy  ishchilar  mehnat  intizomiga 

ega bo‘lishi va vaqti-vaqti bilan o‘quv ishlarni olib borish. 

 

 Oporalarni  qo‘yish    uchun  asoslarni  qurish  jarayonida  eng  ko‘p  ta‘sir 



ko‘rsatadigan  shovqin-  suron  ta‘siri  bo‘ladi.  Ta‘sir  darajasi  tuproq  xususiyatlariga 

bog‘langan  bo‘lishi  mumkin  uni  kamaytirish  chora  tadbirlari  agar  qazish  ,  tog‘ni 

yorish, qurilish ishlari aholiga yaqin o‘tkaziladigan bo‘lsa, ishlar faqat kunduzi olib 

borilishi kerak. 

 

O‘gir  texnika  kelishi  va  ishlatilishi  natijasida  shovqin-  suron  tebranish  va 



atmosfera  havosini  ifloslanishi  kuzatilishi  mumkin  buni  oldini  olish  tadbirlari 

shovqin-suron  chiqaruvchi  qurilish  ishlari  olib  borilishi  kunduz  kuni  olib  borilishi 

ruhsat  etiladi.  Agar  bunday  ishlarni  olib  borish  zarurati  kechki  paytda  ham  bo‘lsa, 

atrofdagi aholi oldindan ogohlantiriladi.Tog‘ni yorish ishlari bahorning birinchi uch 

haftasida  o‘tkazilishi  man  etiladi.Qush,  baliqlar  ko‘payishi  paytida  shovqin-suron  

salbiy ta‘sir  ko‘rsatadi. 

 

Oporalar  uchun  quriladigan  asos  tuproqqa  salbiy  ta‘sir  ko‘rsatishini  olish 



uchun tuproqning ustki unumdor qatlami alohida saqlanadi va ish tugagandan so‘ng 

34 

 

qayta  ko‘miladi.Boshqa  qazib  olingan  tuproqlar  alohida  saqlanib  ,  chang  hosil 



bo‘lishini  oldini  olish  uchun  vaqti-vaqti  bilan  namlanishi  kerak.Ortib  qolgan 

tuproqlar  asoslar atrofidagi yerlarni balandroq qilish uchun ishlatiladi. 

 

Namangangacha bo‘lgan qurilish yer osti suvlarning sathi baland bo‘lganligi 



uchun mahsus tadbirlar talab etadi. Qazish jarayonida hosil bo‘lgan yer osti suvlari 

mahsus  tindirgichlarda  tindirilgandan  so‘ng  drinaj  yoki  irrigatsiya  tarmoqlarga 

tashlanishi  lozim.Bashniyalarning  asosiga  ishlatiladigan  beton  qorishmasi  sulfatlar 

ta‘siriga chidamli bo‘lishi lozim. 

 

Moddalardan  foydalanish  xavfsizlik  chora  tadbirlari    tozalashda  kimyoviy 



moddalardan  foydalanadigan  bo‘lsak    Stokgolm  konvensiyasiga  kiritilgan  talablar 

bo‘yicha bo‘ladi.Qurilish boshlig‘i va ishchilar mahsus o‘qitilishi kerak. Kimyoviy 

moddalardan  qolgan  bo‘sh  idishlar  yig‘ilib,  o‘rnatilgan  tartibda  bartaraf  qilinishi 

lozim. 


 

Bashniyalarni qurilish ishlarini olib borish uchun  mahsus xavfsizlik jihozlari- 

kamarlar,  payvandlash  jarayonida  –  mahsus  ko‘zoynak  ,  qo‘lqoplar  bilan 

ta‘minlanishi talab etadi.Buning uchun barcha ishchilar tegishli texnik o‘qitilishdan 

o‘tgan bo‘lishlari lozim. Boshliqlar doimiy ravishda ishchilarni texnik xavfsizligiga 

javob  berishlari  lozim.Talabni  bajarmagan  ishchilar  mamuriy  jazo  ko‘rilishini 

taminlash. XFX talablariga rioya qilish. 

 

Chetdan  kelgan  ishchilar  tomonidan  yuqumli  kassallikni  oldini  olish  uchun 



quydagi  chora  tadbirlar  ko‘rilishi  lozim.  Ishchilar  tibbiy  ko‘rikdan  o‘tganligi, 

ishchilarning  shaxsiy  gigiyena  ,yuqumli  kasalliklar  tarqalishi,  ularning  belgilari 

to‘grisida  tushuntirish  ishlarini  olib  borish.Tibbiy  xodim  doimiy  ravishda  nazorat 

olib borish. 

 

YVL  qurilishi  uzoq  masofada  bajariladi  va  ishchilar  va  mahalliy  odamlar 



o‘rtasida  muloqot  natijasida  nizoli  holatlar  yuzaga  kelsa  ishga    ko‘proq  mahalliy 

odamlarni  jalb  qilish  ,  agar  qurilish  olib  borilyotgan  hududda  mahalliy  obidalar 

bo‘lsa , loyiha injineri mahalliy odamni jalb qilib ishni tashkil qilishi kerak. 

 

Zararli  moddalar  bilan  ifloslanishni  oldini  olish  uchun  quydagi  chora  -



tadbirlar ko‘riladi. Foydalanishdan chiqarilgan transformatorlar va elektr jihozlarni 

35 

 

tarkibida zaharli moddalar borligini tekshirish lozim. Agar bunday jihozlar bo‘lsa , 



ular  o‘rnatilgan  qoidalar  asosida  o‘ralib,  bunday  zaharli  moddalarni  bartaraf 

qilinadigan  mahsus  belgilangan  joyga  yuborilishi  kerak.Agar  bunday  jihozlar 

bo‘lmasa muhofaza qilinadigan joyda saqlanishi lozim. 

 

Asosan  loyiha  iqlim  o‘zgarishiga  ijobiy  ta‘sir  etadi.Tarmoqda  energiyani 



yuqolishlari 

kamayadi.Buning 

natijasida 

uglerod 


dioksidi 

yoqilishi 

kamayadi.Kelajakda loyiha amalga oshirilishi natijasida uglerod dioksidi tashlanishi 

kamayishi  natijasida  ―karbon  kreditlar‖  olinishi  mumkin.  Elektr  taminoti  bilan 

bog‘liq  bo‘lgan  sug‘oriladigan  maydonlardan  olinadigan  hosildorlikka  ijobiy  tasir 

ko‘rsatadi.Doimiy va uzluksiz elektr taminotiga ega bo‘lgan tashkilotlar kasalxona, 

biznes  tarmoqlari,  muzlatkich  elementlari  ,  sovuq  va  issiq  sezuvchi  turli  ishlab 

chiqarish jihozlari uchun foydali hisoblanadi. 

 

Transformator  va  jihozlar  yangilash  tadbirlariga  havo  va  moy  asosida 



ishlaydigan  o‘chirgichlar  o‘rniga  oltingugurt  geksaftoridli  kamroq  shovqin 

chiqaradigan  yoqgichlar  ishlatish,  mahsus  shovqinni  kamaytiradigan  asboblarni 

qurish talab etiladi. 

 

Mineral  yog‘larni  transformatorlardan  o‘rtacha  bug‘lanish  0.11  gm/kuniga 



yoki bir litr uch oy davomida yog‘ni bug‘lanishi juda kichik miqdor.Yog‘ har 15-18 

yilda  moy  almashtiriladi.Almashtirilgan  yog‘ni    oqizilib  ketilishini  oldini  olish 

uchun yoglarni quruq idishga yig‘ish.Eski yog‘lar yig‘ilib utilizatsiya qilinadi. 

 

Qushlarni  YVL  bilan  urilishini  oldini  ilish  uchun  to‘qnashuvga  qarshi 



uskunalar o‘rnatish. 

 

Elektromagnit  maydon  o‘rnatilgan  xalqaro  standartlardan  oshmasligi 



kerak.Aholi  yashash  joylarida  xavfsiz  masofani  saqlash  500  kVli  tarmoq  uchun 

kamida 100 m,  220kVli uchun 44 mni tashkil qiladi. 

 

Minoralarning  asoslarida  ro‘y  beradigan  hodisalar  oldini  olish  uchun 



eksplutatsiya ishlariga jalb etilgan xodimlar texnik o‘quvlardan o‘tishlari lozim 

O‘tni  nazorat  qilish  uchun  mol  boqish  va  boshqa  tabiy  yo‘llar.Agar  kimyoviy 

moddalardan  foydalanish  kerak  bo‘lsa,  barqaror  organik  moddalardan 

foydalanmaslik kerak.Zaharlanishga qarshi jihozlarga ega bo‘lishlari kerak. 



36 

 

 



Tuproqni analiz qilish va zararsizlantirish chora  -tadbirlariga  keng tarqalgan 

va oz miqdorda ta‘sir etmaydigan , lekin uzoq vaqt kuchli ta‘sir ko‘rsatish kuchiga 

ega bo‘lgan moddalar  tahlil qilinadi. 

 

Yongin oldini olish chora-tadbirlariga olovga qarshi jihozlar, olovga,chidamli 



uskunalar, ventilatsiya jihozlarini taminlash.Nol simga ulanish , aftomatik ravishda 

elektr  tokdan  uzish.Jihozlarni  izolyatsiya  bilan  taminlash.  Yong‘inga  qarshi 

mahalliy tashqi yordam bo‘limlari tashkil etiladi. 

 

Asos  eroziyaga  uchrab    minoralarning  ag‘darilishini  oldini  olish  uchun 



belgilangan doimiylikda minoralarning asoslarini va tuzilishini tekshirib ko‘rish. 

Eroziyaga 

chidamli 

materiallardan 

foydalanish, 

eroziya 


nazoratini 

olib 


borish,tasodif  hodisalar  uchun  ajratilgan  masofani  tozalab  turish,  yaqin 

masoofalarda qurilishni oldini olish, minora ag‘darilganda o‘sha zahoti tokdan uzish 

va izolyatsiyalash mustahkamroq joyga qurish. 

 



37 

 

 



4-BOB. MUQOBIL VARIANTLAR 

 

     Yangi  Angren-  Namangan      yuqori  voltli  elektr    liniyasining    bir  qator 

avzalliklari  va  kamchiliklari  mavjud  bo‘lib  ,  buning  uchun  biz  bir  necha  muqobil 

variantlarni  ko‘ririb  chiqamiz.Loyiha  bajarilmasa  sarf  ko‘payadi  ishlab  chiqarish 

kamayadi,sifat  pasayadi.  Kuchlanish  tez-tez  o‘zgarishi  natijasida  elektr  bilan 

ishlovchi  jixozlarni  ishdan  chiqarishga  olib  keladi.  Ishlab  chiqarish,    sanoat 

,shifoxonalar,labaratoriya, oziq-ovqat saqlovchi omborlarni , yuqori sifatli energiya  

talab  qiluvchi  sohalarni  qo‘shimcha  o‘zlariga  zaxira  eletr  saqlovchi  dizel 

generatorlariga  ega  bo‘lishga  mabur  bo‘lishadi.  Dizel  divigatelli  elektr  uzatish 

generatorlari  bu  markazlashtirilgan  liniyalardan  kamchiligi  ko‘proq  chiqindi 

chiqindi  chiqindi  chiqarishidir.  Namangan  kichik  stansiyasi  Farg‘ona  vodiysida 

joylashgan bo‘lib, undagi shamol tezligi past bo‘lganligi sababli havo almashinuvi 

sekin,    ifloslantiruvchi  moddalar  yuqori  darajada  bo‘ladi.  Aholini  qish  oylarida 

ko‘mir  orqali  isitilishida  ifloslantirish  bilan  bog‘liq  muammolar  ortadi.  Qishloq  

xo‘jaligida  suv  taminoti  elektr  nasoslarga  bog‘liq  .  Agar  elektr  energiya  yetarli 

darajada taminlanmasa sug‘orishga benzin yoki dizel yoqilg‘ili nasos orqali ishlashi 

va buning natijasida havoga zararli gazlar miqdorining ortishiga olib  keladi. 

Kichik  stansiyalarda  qo‘llaniladigan  texnalogiyalar    bo‘yicha    muqobil 

variantlar    

Kichik  stansiya  joylashuvi  bo‘yicha    3  variant  ko‘rib  chiqilgan.  Birinchi  variant 

Namanganning  chetki  ishlab  chiqarish  zonasida  joylashgan.  Bu  xududning 

qulayliligi  ishlab  chiqarish  hududida  joylashganligi,  kamchiligi  ochiq  yer  hududi 

borligi  bo‘lib  ,  qurilish  paytida  yoki  jarayonida  harakatlanuvchi  texnikalarning 

shovqini Namangan aholisiga tasir ko‘rsatishi mumkin. 

Ikkinchi variant  Namangan shaxrining sharqiy qismida hisoblanadi. Qurilish 

ashyolari  va  o‘gir  texnikaning  harakati  shahar  atrofi  yoki  shahar  yaqinida  amalga 

oshirilishi.  Bu  ikkala    variantda  aholi  ta‘sir  ostida  qoladi.  Agar  aholi  ba‘zi  qismi 

sayohat yoki biror ish bilan safarda bo‘lsa  kam ta‘sirli bo‘ladi. 



38 

 

Gul  texnalogiyasi  o‘chirgichlardan  ishlab  chiqiladi.    Tanlov  havoli  ,yog‘li,gazli 



yoqib o‘chirgichorasida turadi. Elektr  yoqgichlar boshqalarga qaraganda qimmatli 

hisoblanib bu proyektni kamaytirishda fon darajasigacha boradi. 

Yana bir yuqori voltli elektr uzatish muqobil variant. 

Bu 


loyihaning 

Angren 


–  Namangan  orasidan  o‘tishi    qulay 

hisoblanadi.Buning    qulayligi  shundaki  yer  relefini  buzmasligi  ,poyezd  yo‘llari 

mavjudligi  bilan  farqlanadi.  Bu  qurilishdagi  atrof  muhitga  bo‘lganta‘sirni  

kamaytiradi. Trassalash uylarni tabiy to‘siqlari  va balandliklarni maksimal darajada 

o‘zgartirish ularni aylanib o‘tish imkonini beradi.      


39 

 

 



40 

 

 

Mavjud va loyihalanayotgan liniyalar 


41 

 

5.BOB. Elektr  liniyaning atrof  muhitga  ta’sirini baholashda HFX  masalalari 



 

5.1. HFXning nazariy asoslari. 

Mehnat muhofazasi insonning ishlab chiqarishdagi sharoitlari va xavfsizliklari bilan 

qiziqadi, fuqaro mudofasi esa uning favqulotdda holatlarini o`rganadi. 

Hayot  faolyat  xavfsizligi  esa  kishilik  jamiyatining  hamma  holatlaridagi  sharoitlari 

va  xavfsizliklari  bilan  qiziqadi  va  o`rganadi.  Boshqacha  qilib  aytganda  Hayot  faolyat 

xavfsizligi  mehnat  muhofazasi  va  fuqaro  mudofasiga  qaraganda  keng  va  universaldir, 

ya`ni ular aniq vaziyatlarda xavfsizlikning ta`minlashning qisman holatlarini o`rganadi. 

―Hayot-faoliyat  xavfsizligi‖  fani  fan  va  texnika  rivojlanishining  mantiqiy  asosida 

vujudga keladi. 

Dunyoda  insonlar  tabiiy,  texnik,  antropogenik,  ekologik,  qo`shilma  xavflar  ostida 

yashaydi.    Bunday  turdagi  xavflar  bir-birlari  bilan  birgalikda  ta`sir  qiladi  va  oqibatlarini 

chuchuklashtiradi. 

Buzulishlar,  yong`inlar  va  talofatlar  soni  kamayadi.  Bunda  ishlab  chiqarishdagiga 

qaraganda hisoblab bo`lmas darajada ko`p odam halok bo`ladi.  

O`tgan o`n yillik insoniyatga  sanoqsiz ofatlar olib keldi. Chamasi, yakka shaxs va 

jamiyat  foydasini  ko`zlab,  idora  va  kasbiy  chegaralanishlarni  bekor  qilgan  holda,, 

xavfsizlik muammolarini keng qo`yishga intilmoq kerak. 

Bunday imkoniyatlarni va usullarni ko`rib chiqqan holda  hayot-faoliyat  xavfsizligi 

–bu  har  qanday  faolyatga  qo`yilgan  xavfsizlikning  nazariy  va  amaliy  asoslaridir.  HFX 

ning alohida ahamyati mutaxassislarga bilim berishdir. 

Tarkibiy jihatdan HFX to`rtta qisimdan tashkil topgan: 

1.

 

Nazariy asoslari. 



2.

 

Tabiiy jihatlari. 



3.

 

Ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligi. 



4.

 

Favqulodda  vaziyatlar. 



Faoliyat kishilik jamiyatining bor bo`lib turishi uchun zarur bo`lgan sharoitdir. Mehnat 

faoliyatining oily shaklidir. 



42 

 

Faylasuflarning fikricha, insonlarga berilgan eng maq`bul bo`lgan  ta`rif bu Hato adens 



ya`ni harakatlanuvchi inson. 

Faoliyat  va  mehnatning  shakillari  xilma-xildir.  Ular,  turmushda,  jamiyatda, 

madaniyatda ishlab chiqarishda, ilm va boshqa hayot sohalarida kechadigan amaliy, aqliy 

va ma`naviy jarayonlarni o`z ichiga oladi. 

Faoliyat  jarayoning  madelini  umumiy  holda  ikkita  elementdan  tashkil  topgan  deb 

qarash mumkin, ya`ni bir-biri bilan to`g`ri va qaytma aloqada  bo`ladigan inson va muhit 

elementlaridir. 

Qaytma  aloqalar  moddiy  dunyoning  tashqi  ta`siriga  javob  bera    oladigan  umumiy 

qonunlarga asoslangan. ―Inson-muhit‖ tizimi ikki maqsadlidir. 

Birinchi maqsad ma`lum samaradorlikga erishishdan tashlik topsa, ikkinchisi ko`ngilsiz 

oqibatlarni  bartarafqilishdan iboratdir. 

Hayot  faoliyat  xavfsizligi  fanining  maqsadi  ishlab  chiqarishda    va  favqulodda 

holatlarda  xavfsizlikni    ta`minlash  va  yaxshi  ish  sharoitlarini  yaratish  uchun  insonlarni 

nazariy  va  amaliy  jihatdan  tayyorlash,  hamda  ekstremal  vaziyatlarda  qanday  harakat 

qilishni o`rgatishdan iboratdir. 

Shuning  bilan  birgalikda  HFX  fani  bir-biri  bilan  o`zaro  bog`liq  bo`lgan  uchta  asosiy 

vazifani yechadi: 

 



Xavflarni  taqqoslash,  ya`ni  xavflarni  sonli  xarakteristikasi  va  kelib  chiqish 

nuqtalarini ko`rsatgan holda ularni qiyofasini bilish; 

 

Foyda va xarajatni taqqoslash asosida xavflardan himoyalash



 

Mumkin  bo`lgan  salbiy  xavflarning  (qolgan  xavf-xatar  tushunchasi  kelib  chiqqan 



holda) oqibatlarni bartaraf qilish. 

Fanning asosiy tushuncha va ta`riflari. 

Xavf- hayot faoliyat xavfsizligining markaziy tushunchasi bo`lib, u hodisa, jarayon va 

ob`ektlarning  inson  sog`lig`iga  to`g`ridan-to`g`ri    yoki  bilvosita  ma`lum  sharoitda  qay 

darajada zarar yetkazish qobilyatini ko`rsatadi, ya`ni ko`ngilsiz oqibatlarni olib keladi. 

Tahlilni maqsadga ko`ra xavfni xarakterlovchi belgilar soni ko`payishi yoki kamayishi 

mumkin. 


43 

 

HFXdagi  xavfga  berilgan  yuqoridagi  ta`rif  mavjud  bo`lgan  standart  tushunchalar 



(xavfli  va  zararli  ishlab  chiqarish  omillari)  o`ziga  tortuvchi,  hamda  faoliyatni  barcha 

turlarini hisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir. 

Xavf  energiyaga ega bo`lgan kimyoviy yoki biologik faol tashkil qiluvchilarni o`ziga 

mujassamlashtirgan  hamma  tizimlarni,  hamda  inson  hayot  faoliyati  sharoitiga  javob 

bermaydigan tavsiflarni o`zida saqlaydi. 

Xavfsizlik – bu faoliyatni holati bo`lib, ma`lum ehtimollikda xavflarni kelib chiqishini 

bartaraf qilishdir. 

Xavfsizlik  bu  insonlar  oldiga  qo`yilgan  maqsaddir.  HFX  esa  maqsadga  erishishning 

vosita, yo`l va usullaridir. 

5.2. Mehnat muhofazasi. 

 

Elektr  liniyalar  bilan    ishlash  davomida  bir  qancha    salbiy  holatlar  yuzaga  kelishi 



yoki  salbiy ta‘sirlar bo‘lishi mumkin.   

Bular:  jarohatlanish,  sinishlar,  shovqin,  titrash,    xamda  zararli    va  zaxarli 

moddalardir.    Bulardan  ishchilarni  himoya  qilish  bir  qator  tadbirlarni  amalga  oshirish 

zaruriy shart hisoblanadi. 

Qurilish-montaj  ishlarida    baxtsiz  hodisalardan    ko‘pincha  odamning  balanlikdan 

tushib ketishi yoki odamlarning  tepasiga  biror narsalarning tushib  ketishi oqibatida yuz 

berishi mumkin. Shu sababli ham  balanlikda ishlashda xavfsizlik qooidalariga rioya qilish 

kerak  


Narvonlar,  havozalar,  so‘rilarning  balanligi  ish  xarakteriga  mos    bo‘lishi  kerak. 

Tagidan  yoki  ustidan  har  xil  ko‘taruvchi  ulamalarni  qo‘yish  taqiqlanadi.  Agar  4m  dan 

ortiq,  ammo  7m  dan  past      balanlikda  ishlashga  to‘gri    kelsa  ko‘chma  xavvozalardan 

foydalaniladi. Bularning yuqorisida kamida  2 kishiga mo‘ljallangan,panjara bilan ixotalab 

qo‘yilgan maydonchasi  bo‘lgan roliklari yuradigan vishkalardir. 

Ishlash  vaqtida  piramidalarning  roliklarni  ponalab  qo‘yish,  piramidalarni  surishda 

esa  ularning  ustida  odamlar  ham  ,asboblar  ham  bo‘lmasligi  kerak,  7m  dan  yuqori 

balanlikda ishlashda, odatda qo‘zg‘almas xavozalardan foydalaniladi. 

Ko‘pincha yuklash tushirish ishlarini bajarishga va yuk ko‘tarish mexanizmlaridan 

foydalanishga  to‘g‘ri  keladi.  Bu  ishlarga  mahsus  o‘rgatilgan  ishchilargina  qo‘yilishi 



44 

 

mumkin.  Elektromantaj  ishlarida  1  kishiga  50  kg  dan  ortiq  bo‘lmagan  yukni  tashishga 



ruhsat beriladi. Ayollar 20 kg dan ortiq bo‘lmagan yuklarni ko‘tarishga ruhsat  beriladi.    

Liniya uchun trassani  tozalashda daraxt kesish,yiqitish, va tashish ishlariga yoshi 18 

dan kichik shaxslarni qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.qorong‘u tushishi bilan tumanda yoki 6 

ball va undan kuchli shamolda daraxt yiqitish man qilinadi. 

   Shovqin  deb,  bir  necha  tovushlar  yig`indisidan  iborat,  kuchli  va  chastotasi  bilan 

turli xilga bo`linib, vaqt birligi ichida tartibsiz o`zgarib turuvchi xodisaga aytiladi. 

Shovqin  charchashni  oshirib  va  ish  qobilyatini,  shuningdek    xavflarga  nisbattan 

e`tiborni  paaytiribgina  qolmay,  balki    yurak  tomir  sistemasini  va  oshqozon    faoliyatini 

buzilishi,  eshitmaslikka  olib  keluvchi  karlik  hamda  asab  buzilishining  asta-sekin 

rivojlanishiga sabab bo`lishi mumkin. 

Shovqinga qarshi kurash tadbirlari. Ish joylarida  shovqinning baland-pastligi, ruxsat 

etilgan  darajadan  ortiq  bo`lsa,  tezda  ishlab  chiqarishda  shovqinga  qarshi  kurashish 

tadbirlarini  o`tkazish  zarur.  Bu    tadbirlar  o`z  ichiga  tibbiy,  texnikaviy,  sanitariya-

texnikaviy  uslublari  va  shovqinga  qarshi  kurashish  vositalarini  qamrab  oladi.  Tibiiy 

profilaktika dastlabki va vaqt-vaqti bilan ko`rikni o`tkazish, unda ishchilarning sog`lig`ini 

chuqur  tekshirish  va  ishchilardan    ma`lum    ish  sharoitida  foydalanish  mumkinligi  

to`g`risida xulosa chiqarish maqsadida olib boriladi. Vaqt-vaqti bilan o`tkaziladigan tibbiy 

ko`rikga  asosan,  mehnat  va  maishiy  sharoitlarni  hisobga  olgan  holda,  tibbiy  va  texnik 

xususyatlarga xos profilaktika tadbirlarini o`tkazish zarurligi to`g`risida xulosaga kelinadi. 

          Shovqinga    qarsi  kurashning  texnikaviy  uslublari  uch  asosiy  yo`nalishga  ega:  1) 

shovqinni  sodir  bo`lish  manbasida  yo`qotish;      2)  tovushni  chegaralovchi  va  yutuvchi 

vositalardan foydalanib shovqinni tarqalish yo`lida kuchini pasaytirish;  3) mehnat tartibini 

o`zgartirish va eshitish organlarini himoyalovchi shaxsiy vositalardan foydalanish.  

          Shovqinga  qarshi  kurashishning  sanitarya-texnik  tadbirlari  korxonani  ishlab 

chiqarish  doirasida,  shuningdek  uni  o`rab  turuvchi  joyda  shovqinni    tarqalishini 

qiyinlashtiruvchi yo`nalishda bo`lishi kerak. Turar joy massivi va shovqin ishlab chiqarish 

korxonasi  daraxtzor  va  butazorlardan  tashkil,  ko`m-ko`k  himoyalash  chegaralari 

joylashgan bo`lishi kerak. 



45 

 

          Ishlab  chiqarish  binolarining  ichki  qismlarini  loyihalashda    shovqinni  keltirib 



chiqaradigan  uchastka,  mashina  va  uskunalarni  birlashtirish,  ya`ni  yaqinlashtirish  kerak. 

Shovqinni  ruxsat  etilgan  me`yordan  ortiq  hosil  qiladigan  ishchi  joyida  mashinalarni  iloji 

boricha  kam  ishchi  joy  sarflagan  holda  bir  joyga  yig`ish  kerak.  Aqliy    zo`riqishdagi 

ishchilarning  xonalari,  shovqin  chiqarib  ishlaydigan  mashina    va  uskunalardan  ma`lum 

uzoqlikda  joylashgan bo`lishi lozim. 

           Titrash  deb,  uskuna  va  mashinalarning  ayrim  qattiq,  mo`rt  detallarini  barcha 

joylashtirilgan maydonlari va asoslarining to`lqinlanishiga aytiladi. Titrash natijasida asab 

va  qon-tomir  sistemasi  zararlanishi  mumkin,  kapilyar  tomirlarning  spazmalanishi  sodir 

bo`ladi,  xushdan  ketishga  va  gipertoniyaga  moyillik  kuzatiladi,  qonda  o`zgarishlar, 

umumiy  xolsizlik  yuz  beradi.  Titrashlar,  ayniqsa,  ayollar  organizmiga  zararli  ta`sirlar 

ko`rsatadi.  Titrashlarning  intensivligi  ularning  amplitudalari  va  chastotalariga  bog`liqdir. 

To`lqin  amplitudasi  qancha  katta  bo`lsa,  ruxsat  etilgan  chastota  shuncha  oz  bo`ladi  va 

aksincha ruxsat etilgan chastota qancha katta bo`lsa, to`lqin amplitudasi oz bo`ladi. 

           Titrashlardan  himoyalanish  xuddi  shovqindan  himoyalanish    tadbirlari  singaridir. 

Ya`ni  titrash  manbai  chegaralanadi,  mashina  va  apparatlarni  masofadan  turib 

boshqarishning    avtomatik  usuli  qo`llanadi.  Har  xil  prokladkalar  o`rnatiladi,    polga 

prujinalar  qo`yib  maxkamlanadi,  harakatlanuvchi  mashinalar  uchun  pnivmatik  shinalar, 

g`ilidiraklar  o`rnatiladi,  yumshoq  ko`targichlar,  haydovchilar  uchun  yumshoq  o`rindiqlar 

va  gidravlik  amartizatorlar  o`rnatiladi.    Titrashni  yana  ham  kamaytirish  maqsadida 

titraydigan  konstruksiyalar  va  detallarga  maxsus  mastika  qatlami  suriladi.titrashdan 

himoyalanish  uchun  rezina  oyoq  kiyimlari,  paralonli  qo`lqoplardan  foydalaniladi. 

Titrovchi  qurilmalar  bilan  ishlovchi,  har  bir  soat  ishlagandan  keyin  10-15  minutdan 

tanaffus qilishi, ishlab chiqarish gimnastikasi bilan shug`ullanishi kerak. Me`yordan oshiq 

titrovchi  qurilmalar  bilan  ishlash  man  etiladi.  Shovqin  va  titrashli  joylarda  ishlovchi 

barcha ishchilar davriy ravishda tibbiy ko`rikdan o`tib turishi kerak. Sanitariya me`yorlari 

va qoidalariga asosan, titrashli ishlarga bog`liq bo`lgan joylarda  18 yoshga to`lmagan va 

xomilador ayollarning ishlashiga ruxsat etilmaydi. 

          Zaraxli moddalar va ulardan himoyalanish chora tadbirlari. 



46 

 

           Kimyoviy moddalar insonga ta`siri ular bilan bevosita (aralashmalar tayyorlaganda, 



urug`larga,tuproqqa,  o`simliklarga  bevosita  ishlov  berishda,  ishlov  bergan  uchaskalarda 

ishlaganda)  va  bilvosita    o`simlik,  oziq-ovqat  maxsulotlari  orqali,  kimyoviy  preparatlar 

bilan  ishlov  berilgan  dalalardan  olingan  meva-sabzavotlar,  shuningdek  hayvonot 

maxsulotlari orqali (go`sht, tvorog, sut, tuxum va boshqalar) va o`simlik maxsulotlari yem 

sifatida  ishlatilganda  qaysilari  tarkibida    nitrat  va  pestitsidlarning  miqdori  me`yoriy 

ko`rsatkich  darajasidan  yuqori  bo`lganda  seziladi.  Pestitsidlar  inson  uchun  mineral 

o`g`itlarga nisbattan xavflidir.   

           Ishlatilishiga  ko`ra  pestitsid  insektitsidlar  (qurt-qumursqalarga  qarshi  kurashish 

uchun),  akaritsidlar  (kanaga),  rodintitsidlar  (zararli  kemiruvchilarga),  fingitsitlar 

(zamburug`larga),  bakteritsidlar  (bakteriyalar),  gerbitsidlar  (begona  o`tlarga)  va 

boshqalarga bo`linadi. 

           Elektr  tokidan  jarohatlanish    sabablari    va  uning  oldini  olish.  Korxonada  odatda 

o`zgaruvchan  elektr  tokidan  foydalaniladi.  Ko`pgina  jihozlar  380  V  kuchlanish  bilan 

ishlaydi, yoritish uchun esa 220 va 127 V kuchlanishdan foydalaniladi. Elektr xavfsizligi 

shartlariga  ko`ra,  elektr  qurilmasi  1000V  gacha  va  1000  V  dan  yuqori  kuchlanishli 

qurilmalarga bo`linadi. 

           Elektr  toki  urishiga  kishining  elektr  zanjiriga  ulanib  qolishi  (tegib  ketishi)  sabab 

bo`ladi. Elektr toki ulanib qolishining ikki xil shakli bor: ikkita sim orasida ulanib qolish  

va sim bilan yer orasida ulanib qolish. Ikkala  holda ham jarohatlanish darajasi kuchlanish 

kattaligiga, pol va poyabzal himoyalanishning  holatiga, ishlab chiqarish  xonasidagi muhit 

sharoitiga,  simlarga  tekkan  paytda  kishining  holatiga  bog`liq.  Tana,  qo`llar  orqali  tok 

o`tishi eng xavfli hisoblanadi, chunki tok o`tadigan yo`lda yurak, o`pka, miyya joylashgan. 

Odamning elektr tokidan jarohatlanishining  boshqa holatlariga quyidagilar sabab bo`ladi: 

 



Elektr  qurilmalarini  o`rganish    va  ulardan  foydalanishda  xavfsizlik  texnikasi 

qoidalarini buzilishi; 

 

Elektr  jihozlarni  kuchlanish  ostida  qolgan  tok  o`tkazmaydigan  metal  qismlarga 



tegib turishi; 

 



Jarohatlanishning xavfsiz mehnat usullarini bilmaslik. 
1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling