Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
Boshqaruv hisobining vazifalarining mezonlar bo„yicha guruhlanishi
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
Boshqaruv hisobining vazifalarining mezonlar bo„yicha guruhlanishi
T/r Boshqaruv hisobining vazifalarining mezonlar bo„yicha guruhlanish mazmuni 1. Xo‗jalik jarayonlari (ta'minot, ishlab chiqarish, sotish) kesimida. 2. Korxona faoliyatini (ishlab chiqarish va tijorat jarayonlarini boshqarish va h.k.) boshqarish turlari bo‗yicha 3. Xo‗jalik jarayonlarini joriy boshqarish (strategik rejalashtirish, me'yorlashtirish, xarajatlarni hisobga olish va mahsulotni kal'kulyasiyalash) bosqichlari bo‗yicha 4. Qarorlarning muddati va davriyligi (reja asosida, aniq vaqt tartibida) bo‗yicha 5. Korxonaning tashkiliy tuzilishi darajasida (korxona miqyosida, mas'uliyat markazlari bo‗yicha) 6. Mas'uliyat markazlari darajasi bo‗yicha (xarajat markazlari, daromad markazlari, foyda markazlari va investisiya markazlari) 7. Boshqariladigan ob'ektlar turlari (xarajat tashuvchilari, faoliyat turlari va xarajatlarni hosil bo‗lish joylari) bo‗yicha Ushbu metodlar tarkibi ixtisoslikka oid adabiyotlarda turlicha izohlanmoqda (6-ilova). Olimlarning fikrlarini tadqiq etish natijasida tadqiqotda quyidagi ta'rif boshqaruv hisobining metodi mazmunini to‗liq ochib beradi degan fikrga kelindi: boshqaruv hisobida buxgalteriya hisobining metodlaridan tashqari statistika, iqtisodiy tahlil va iqtisodiy-matematik metodlar, kompleks iqtisodiy tahlilning eng asosiy bo‗limlaridan biri bo‗lgan parametrik tahlil, firmalararo taqqoslash, sifatli guruhlash, raqobat razvedkasi va marketing tadqiqotlarining uslublari ham ishlatiladi. 18 Boshqaruv hisobining tashkiliy-uslubiy elementlaridan yana biri boshqaruv hisobining funksiyalari hisoblanadi. Tadqiqotlarni ko‗rsatishicha, iqtisodiy adabiyotlarda boshqaruv hisobining funksiyalariga oid ko‗plab ta'riflar mavjud (7-ilova). Ushbu ta'riflar o‗rganilib, quyidagi ta'rif boshqaruv hisobining funksiyalari mazmunini to‗liq ochib beradi degan xulosaga kelindi: «Boshqaruv hisobi funksiyalari korxona strategiyasi va istiqbolda rivojlanish yo‗nalishlarini aniqlash va mablag‗lardan foydalanishni iqtisodiy samaradorligini oshirish; reja va byudjetlar tuzish; normativ xo‗jalikni shakllantirish va normativlarga rioya qilinishini nazorat qilish; korxona, bo‗linma va mahsulot turlari bo‗yicha xarajatlar hamda moliyaviy natijalarni aniqlash; korxona va ichki bo‗linmalarni qo‗yilgan maqsadlariga erishishi borasidagi faoliyat natijalarini tezkor nazorat qilish va baholash; korxona, bo‗limlar va mahsulot turlari kesimida faoliyat natijalarini tahlil qilishdan iboratdir». Olimlarning boshqaruv hisobi tamoyillari borasidagi tadqiqotlarni o‗rganish bu sohada ham yagona bir fikrga kelinmaganligini ko‗rsatmoqda (8-ilova). Tadqiqotchi A.Zakirovaning ushbu masala bo‗yicha bildirgan fikrlari bizningcha, sanoat korxonalari uchun ham taalluqlidir, ya'ni mazkur masalani tadqiq etishda sanoati tarmog‗i ishlab chiqarishini o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim. Shunga ko‗ra sanoati korxonalarining boshqaruv hisobi umumqabul qilingan tamoyillardan tashqari quyidagi tamoyillarga asoslanishi lozim: - maqsadlar va faoliyat natijalarini muvofiqlashtirish; - turli boshqaruv qarorlarini tayyorlash bo‗yicha prognozlashtirish, rejalashtirish, tashkil qilish, hisobga olish, nazorat qilish, tahlil etish va tartibga solish kabi ishlarni bir vaqtda bajarish; - korxona tashkiliy tuzilishining boshqaruv vazifalarini yechilishiga qarab faoliyat ko‗rsatish sharoitini o‗zgarishiga mos holda barqarorligi; - hal qilinishi lozim bo‗lgan boshqaruv vazifalariga qarab, faoliyat sharoitlarini doimiy o‗zgarishiga qaramasdan, korxonaning tashkiliy tuzilishining barqarorligi; 19 Ob'ek- ti Pred- meti Vazifa- lari Tamo- yillari Funk- siyalari Maqsad- lari Metod- lari Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling