Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги


Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi


Download 2.25 Mb.
bet10/12
Sana09.06.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1467238
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Doc

Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi

Xo’jalik faoliyati jarayonida har bir korxona o’z investitsion faoliyatiga muttasil e'tibor qilishi kerak.
Investitsion faoliyat kapital xarajatlarining korxona iqtisodiy qudratini qaratilgan eng samarali shakllarini asoslash va ro’yobga chiqarish jarayonini ifoda etadi.
Investitsiyalar yo’naltiriladigan sohaga bog’liq ravishda ular ishlab chiqarish va moliya investitsiyalariga bo’linadi.
Ishlab chiqarish investitsiyasi - bu faoliyatning muayyan sohasi va turiga real kapital o’sishiga, ya'ni ishlab chiqarish vositalarining, moddiy - buyum boyliklar va zaxiralar oshishiga omil bo’luvchi xarajatlardir.
Moliyaviy investitsiyalar qimmatli qog’ozlar va moliyaviy boyliklarga qilingan xarajatlarni o’zida namoyon etadi. Bunday xarajatlar o’z-o’zidan real moddiy kapitalni ustira olmaydi, biroq foyda keltirishga qodir. Shu jumladan, turli joylardagi oldi-sotdilarda qimmatli qog’ozlar kursining vaqtga qarab o’zgarishi yoki pullar tafovuti xolatiga olib sotarlikdan kelgan foyda ham.
Investitsiya pul, boyliklarni uzoq muddatga qo’yish deganidir. Biroq, bu muddatlar g’oyat xilma-xil bo’lishi mumkin, shu munosabat bilan uzoq muddatli investitsiyalar (bir yildan ortiq) va qisqa muddatli investitsiyalarga farqlanadi.
Investitsiyalar haqidagi masala odatda har qanday tashkilot uchun eng murakkab hisoblanadi, chunki investitsion harajatlar faqat kelajakda daromad keltirishi mumkin. shu bois, to’g’ri investitsion qarorlar qabul qilish uchun tashkilotlar taklif etiladigan loyixalarning eng avvalo iqtisodiy jozibadorligini baholashlari, odatda uning erkin pul mablag’larini anchagina ulushi jalb etiladigan jarayonlar haqida ko’proq aniq taxminlar olishga harakat qilishlari zarur. Zayom vositalar investitsiyalar manbalari bo’lishi mumkin. Bunday holda tashkilotlarga ularni qo’llashning mufassal hisob-kitobi zarurki, u bunday qo’yilmalarning

maqsadga muvofiqligiga investorni ishontirsin. Muayyan ishga kapital qo’yish, odatda, qo’yiladigan, mablag’larni ma'lum turiga oid zamonaviylashtiriladigan, kelishtiriladigan iqtisodiy sub'ektga yoki oldinga qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun zarur ob'ektlar guruhi, jarayonlarga, yuzaga kelgan muammolarni xal etishga bog’lash vositasida sodir bo’ladi. Aniq yo’nalish, mo’ljalga ega qo’yilma loyiha qo’yilmalari deyiladi. Bir tomondan, bu uning mohiyatini ochib beruvchi va uning amaliy faoliyati imkoniyatini tasvirlovchi tafsilotlar, hisob-kitoblar, chizmalar, tasvirlar ko’rinishidagi ob'ekt fikri, g’oyasi va ramzidir. Ikkinchi tomondan, iqtisodiy ma'noda loyiha - bu aniq, g’oyaviy ijtimoiy-iqtisodiy fikrni amaliy jihatdan ro’yobga chiqarish bo’yicha amallar tadbiriy choralar dasturidir.
Investitsion loyihalar ikki ma'lum belgiga ega: loyihaga yirik qo’yilmalar zaruriyati va qo’yilmalar va ulardan foyda olish vaqtinchalik masofa mavjudligi.
Investitsion loyiha bir qancha bosqichda amalga oshiriladi. Eng avvalo loyihani ishlab chiqish va ro’yobga chiqarishni farqlaydilar.
Loyihani ishlab chiqish - bu loyiha maqsadlariga erishish bo’yicha ish- harakat tarzi, modeli, hisob-kitoblarni amalga oshirish, variantlarni tanlash, loyiha qarorlarini asoslashdir. Investitsion loyihani ishlab chiqishda eng asosiy narsa - loyihani amalga oshirish haqida qaror qabul qilish va shu loyihaga investitsiya ajratish asosida asosiy xarajat bo’lib hisoblanuvchi har taraflama texnik - iqtisodiy asoslanishni tayyorlashdir. Texnik-iqtisodiy asoslanishga qo’shimcha ravishda yoki uning tarkibida agar loyiha tijorat harakteriga ega bo’lsa, loyihaning biznes rejasi ishlab chiqiladi.
Loyihani amalga oshirish. Uni amaliy jihatdan ro’yobga chiqarish, loyiha tarzini muayyan iqtisodiy voqealikka aylantirish, loyihada qo’yilgan maqsadlarga erishishdir.
Ko’rib chiqilgan har ikkala bosqich bir butunlikka birlashtiriladi, kelishiladi va ishlab chiqarish va loyihani ro’yobga chiqarish jarayonini boshqarish vositasida muvofiqlashtiriladi, buning uchun boshqarish organlari mavjud yoki yuzaga keltiriladi.
Ko’rsatilgan bo’linish bilan bir qatorda va u bilan uzviy aloqada investitsion loyiha investitsiyalar harakteri ajratilishi yo’nalishi va ulardan foydalanishga, shuningdek, mablag’larni ob'ektga qo’yishdan foyda olishga bog’liq ravishda fazalarga bo’linadi.
Investitsion loyixalashtirishga bag’ishlangan adabiyotda to’liq investitsion jarayonni uch asosiy fazaga bo’lish qabul qilingan. Bu butun davrni loyiha hayoti muddati yoki hayotiy jarayon deb ataladi. Loyiha investitsion jarayonining fazalari mohiyati va farqini to’ldirgan va to’laroq tasavvur qilish uchun vaqtda loyihani amalga oshirishda xarajat qilinadigan investitsion zaxiralar hajmi va daromadning (foydaning) loyihaga kapital xarajatlashdan keladigan foyda samarani tavsiflovchi kattaligi qanday o’zgarishini tasvirlaymiz.
Jarayonning birinchi fazasiga mos keluvchi bosqichda loyihani asoslashda tadqiqot va ishlovlar o’tkaziladi, loyiha hujjatlari ham tayyorlanadi. Bu fazada loyihaning tadqiqot va ishlovlar o’tkaziladi, loyiha hujjatlari kam tayyorlanadi. Bu fazada loyihaning iqtisodiy, texnik va texnologik ishlovi bir-biriga uyushib ketadi. Uni amalga oshirishning tashkiliy asoslari ishlab chiqariladi va investitsiyalash manbalari mo’ljal qilinadi. Birinchi fazaning investitsiya oldi deb atash qabul qilingan, chunki u loyihaga asosiy investitsiyalar qo’yilishdan oldin keladi.
Ikkinchi faza. Odatda, investitsion deb ataladi. Bu fazaning asosiy mazmuni zudlik bilan ajratilayotgan va singib ketayotgan pul investitsiyalarining loyihada ko’zda tutilgan mahsulot ishlab chiqarishning yaqqol omiliga aylanishiga olib keladi. Bu faza davomida imoratlar va inshoatlar tiklanadi, jihozlar sotib olinadi va rostlanadi, ishlab chiqarish infrastrukturasi tuziladi, tajriba va undan keyin mahsulotni turkumli ishlab chiqarish va sotish boshlanadi. Bu investitsiyalar asosiy hajmini sotib yuboruvchi xarajatlar fazasidir. Biroq, qanchadir vaqtdan boshlab tovarning birinchi turini sotilishi barobarida foyda keltiradigan loyiha nafaqat xarajatli balki daromadli bo’lib qoladi.
Investitsion faza tugallanishi barobarida ob'ekt qurila boshlagach investitsion xarajatlar hajmi kamaya boshlaydi, loyiha keltiradigan daromad hajmi esa ortadi, chunki u asta-sekin loyiha quvvatiga chiqa boshlaydi, bu ishlab chiqarish chiqimlari kamayib sotish hajmining xiyla ortishiga imkon beradi. Loyihaning bu - tariqa rivoji uning foydalanish deb ataluvchi uchinchi xal qiluvchi fazasida kuzatiladi. Chunki u ishlab chiqarishdan foydalanish loyihaga ko’ra yaratilgan ob'ektni ishlatish vaqti va rejimiga muvofiq keladi. Investitsiyaning uchinchi fazasida odatda pasayib boruvchi hajmda ishlab chiqarishni tutib turish uni orttirish uchun ham jihozlar amortizatsiyasi zarur. Biroq mahsulot sotishdan keladigan daromad bu fazada investitsion xarajatlardan ancha-muncha oshadi. Buning oqibatida T1 vaqtning bu shuncha muddatda daromadning umumiy summasi loyihaga qo’yilgan kapital qiymatiga teng bo’ladi. Bu loyiha qoplash nuqtasiga yetganidan guvohlik beradi.
Keyin loyiha asta-sekin eskira boshlaydi. Uning mahsulotiga bo’lgan talab tushib ketadi. Mahsulot bahosi pasayadi. Bu loyiha daromadliligini susaytiradi shu bilan bir vaqtda loyihani asosiy vositalari axloqiy va jismoniy jihatdan eskiradi. Shu munosabat bilan ularni saqlab turish investitsiyalar hajmining ortishini talab etishi mumkin.
Shu narsa ravshan bo’ladiki, loyihaning hayot jarayoni intiqoga eta boshlaydi va loyihaning zarariga aylanishini chetlab o’tishi uchun uni yo’qqa chiqarish maqsadga muvofiq deb topiladi.
Shuni ta'kidlash joizki, loyihani ishlab chiqarish va amalga oshirish jarayonida uning barcha fazasida uning moliyaviy ahvoli balanslashtirishini tekshirish nuqtai nazaridan loyihani moliyaviy jihatdan baholash zarur. Buning uchun loyihaning ayni holda to’lov qobiliyati deb ataladigan qadrliligini o’tkaziladi. Loyihani ishlab chiqaruvchi, amalga oshiruvchi, moliya bilan ta'minlovchi shaxslar shu narsani kuzatishlari kerakki, har bir daqiqada loyihaga to’lash uchun zaruriy pullar, keladigan to’lovlar loyihani moliya bilan ta’minlash manbalari mablag’lari tushumi bilan ta'minlangan bo’ladi. Investitsiyalarga qattiq ehtiyoj ularning yaqqol etishmasligi har doim investitsion zaxiralardan oqilona samarali foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu vazifa ikki xil turda kuzatilishi mumkin. Agar iqtisodiy loyihani amalga oshirish uchun investitsiyalar hajmi ma'lum bo’lsa, xarajatlanadigan investitsiya hajmidan ehtimol tutilgan eng ko’p iqtisodiy samara olishga intilish kerak, binobarin, investitsion zaxiraning har bir birligidan kam. Agar kapital xarajatlash hisobiga zaruriy natija olish ma'lum bo’lsa, unda qo’yilgan moliyaga etishga imkon beruvchi investitsion zaxiralarning eng kichik xarajatini qidirib topish kerak. Investitsiyalar samaradorligini baholashda “Iqtisodiy samara” va “Iqtisodiy samaradorlik” tushunchalarini farqlamoq lozim bo’ladi. Samara bu investitsiyalash kapital xarajatlash hisobiga erishiladigan natija bo’lsa samaradorlik bu samara va samara olishni shart qiluvchi investitsiyalar kattaligi nisbatdir.
Xarajatlangan kapitaldan (K) olinadigan mutlaq iqtisodiy samara (E) xarajatlangan kapital hisobiga olingan daromad (D) va qo’yilmalarning o’z kattaligiga tafovut ko’rinishida belgilanadi, ya'ni E = D-K.
Mutlaq samara vaqt funktsiyasi hisoblanadi. Avvaliga u manfiydir (salbiydir), chunki qo’yilgan (xarajatlangan) kapitalga xali daromad olingan yo’q. Keyin esa kapitaldan kelgan foyda barobarida asta-sekin ortib boradi va nisbat ijobiyga aylana boshlaydi va kapital xarajatlanishidan kelgan daromad qo’yilmaning o’zidan ortib ketadi. Investitsion xarajat qo’yilmalar mutlaq iqtisodiy samarasi o’zgarishi jadalligi yaqqol ko’rinib turibdi. qo’yilmalardan kelgan daromad qo’yilmalarga teng bo’lgan davr davomida ilgari aytganimizdek, investitsiyalarni qoplash muddati deb ataladi. Bu iqtisodiyotning ishlab chiqarish sektoridagi kapital xarajatlash samaradorligining eng izchil ko’rsatkichidir. Kichik biznesga qo’yilmalar tez ishga tusha biladigan ob'ektlar odatda 2-3 yil ichidek qoplanadi, uzoq muddatli qo’yilmalarni qoplash uchun esa 10-15 va undan ko’proq yil kerak bo’ladi. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi yoki nisbiy iqtisodiy samara daromad munosabati, qo’yilgan kapital qaytishiga nisbatan investitsiyalardan tushgan foyda belgilanadi. Korxona alohida iqtisodiy loyiha darajasidagi investitsiyalar samaradorligi
E = P К
nisbati ko’rinishida aniqlanadi. Bunda P-kapital qo’yish hisobiga olingan
foyda.
Shu narsa ravshanki, qo’yilmalar samaradorligi oxir oqibatda birlikdan ortib ketishi kerak shundagina u qoplanadi. Inflyatsiyalar va vaqtinchalik masofalar hisobi investitsiyalar samaradorligiga baho berish chog’ida bir oz qiyinchilik tug’diradi. Investitsiya hisobini esa oddiy usuli inflyatsiyalar yillik foizi kattaligiga investitsiyalar yillik foydaliligini kamaytirishdan iborat (baholarini ko’tarish). Vaqtinchalik oshishlar uchun diskontlashni qo’llaydilar, u samara va xarajatlarni ma'lum bazis davriga olib keladi. Xarajatlarni diskontlash, ya'ni xarajatlarni “T” foydasiga hisob-kitob davri boshiga (ya'ni loyihani ro’yobga chiqarishning boshlanish muddati) keltirish bu xarajatlarni “D” diskontlash koeffitsientiga ko’paytirish bilan amalga oshiriladi va

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling