Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Интенсив боғлар
47
Xulosa va takliflar :
Intensiv bog’larda o’tkaziladigan agrotexnologik tadbirlar va ularning iqtisodiy samaradorligini Samarqand viloyati Samarqand tumani fermer xo’jaliklaridan olingan ma’lumotlarga va olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalariga asoslanib quyidagicha xulosalar qilib, takliflarni berish mumkin : - Respublikamizda yuqori hosil beruvchi pakana va yarim pakana mevali (intensiv) bog’larni barpo etish, respublika aholisini mevaga bo’lgan talabini to’liq qondirish, bozorlarimiz to’kin-sochinligini ta’minlash va eksport salohiyatini yildan-yilga oshib borishini ta’minlaydi ; - Meva daraxtlaridan yuqori hosil olish uchun boshqa tadbirlar qatorida mevali daraxtlarni past bo’yli payvandtaglarda o’stirish usuli ham qo’llanilib, shox-shabbasi kichik hajmli bo’lib, barvaqt hosil beradi, solkashlik hodisasi kuzatilmaydi, qator oralariga ishlov berish va kasallik-zararkunandalarga qarshi kurashish tadbirlari oson kechadi ; - Oddiy bog’lardan gektaridan 12-15 tonnagacha hosil olinsa, intensiv bog’larda ko’chatlar ekilgandan 2-yili 12 tonnagacha, 3-yili 25-30 tonnagacha va keyingi yillar 70-80 tonnagacha, ayrim bog’lardan 90 tonnagacha hosil olish mumkin ; - Intensiv bog’lardan olingan meva hosili sifati quyosh nuri, havo, oziq moddalardan va namdan to’g’ri foydalanish natijasida oliy va 1- navli mevalar miqdori 85-88 % ni tashkil qiladi ; - Intensiv bog’larda ko’pgina agrotexnologik tadbirlarni mexanizasiya yordamida bajarilishi (qator oralariga ishlov berish, kasallik va zararkunandalarga qarshi samarali kurashish), tomchilatib sug’orish natijasida gektariga sarflanadigan suv miqdorining va suv isrofgarchiligining kamayishi, oziq moddalarni bevosita ildiz tizimi yaqiniga berilishi tufayli samaradorligining yuqori bo’lishi hisobiga mahsulot tannarxi oddiy bog’larga nisbatan ancha arzon bo’ladi; 48
- Intensiv bog’lardan olingan meva hosili sifatining yuqori bo’lishi sababli qayta ishlash korxonalariga va bozorda yuqori narxlarda sotilishi hisobiga 1 gektar yerdan olinadigan sof foyda miqdori ham yuqori bo’ladi. Masalan, 1 gektar olmazordan o’rtacha 4-yili 31 275 ming so’mgacha sof foyda olish mumkin. Rentabellik darajasi esa 100,1 % ni tashkil qiladi; - Samarqand tumani bo’yicha oddiy bog’larning 1 gektaridan olingan sof foyda 899280 so’mni tashkil qilib, rentabellik darajasi 31,1 foyizga teng bo’lgan. - Olingan ma’lumotlarga asoslanib bizlar Samarqand viloyatining Samarqand tumani fermer xo’jaliklari sharoitida intensiv bog’larni barpo qilishni, olma, nok, shaftoli singari meva ekinlarini pakana va yarim pakana payvandtaglarda o’stirishni iqtisodiy jihatdan samarali deb hisoblaymiz.
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling