Ўзбекистон республикаси мактабгача таълим вазирлиги


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi0.5 Mb.
#1017137
  1   2   3
Bog'liq
Abdiyozova Muborak. (1)



ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ 
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ 
 
Мактабгача таълим ташкилотлари директор ва 
мутахассисларини қайта тайёрлаш ва уларнинг 
малакасини ошириш институти 
“Болаларни ижтимоий мослашуви”  
ўқув модул 
25-guruh tinglovchisi 
Abdiyozova Muborakning 
2021-yil 


Mavzu;Adaptatsiya tushunchasi haqida 
ma`lumot. 
Reja; 
1.Adaptatsiya haqida ma`lumot bering. 
2.Ijtimoiy moslashuv. 
3.Adaptatsiya turlari . 


Боланинг мактабгача таълим ташкилотига қабул қилиниши унинг ҳаётидаги 
муҳим босқичдир. Бу жараён боланинг одатий ҳаёти ва кун тартибининг 
ўзгариши ҳамда онасидан ажралиши билан бирга кечади. Бу жараён янги 
ҳаёт шароитларига мослашишни талаб этади, хўш мослашув ўзи нима? 
Адаптация (мослашув)-бу тананинг янги муҳитга, бу ҳолда боланинг МТТга 
мослашишини тушунамиз. Ҳамма болалар ҳам бу мослашиш жараёнидан ўта 
олмайди. Боланинг ҳаётидаги бу ўзгаришлар кўпинча уларнинг ақлий ва 
жисмоний соғлигига таъсир қилади.
Adaptatsiya [lot. adaptatio – moslashuv] – 1) organizmning turli yashash 
sharoitlariga moslashishi; 2) sezgi aʼzolarining oʻziga taʼsir etadigan 
qoʻzgʻatuvchilarga moslashishi natijasida ularda sezgirlik darajasining oʻzgarishi 
(masalan, koʻzning yorugʻlik yoki qorongʻilikka moslashuvi).
Qoʻzgatuvchining taʼsir kuchi oʻzgarishi bilan sezgirlik ham 
oʻzgaradi. Qoʻzgʻatuchilar sust taʼsir etganda sezgirlik oshadi, kuchli taʼsir etganda 
esa kamayadi. 
Adaptatsiya hodisasi hamma tashqi sezgilar (koʻrish, eshitish, hid, taʼm, badan 
sezgisi)ga xos. Taktil, harorat, hid va koʻrish sezgilarida adaptatsiya kuchli, 
eshitish va ogʻriq sezgilarida kuchsiz. Ichki sezgilar (masalan, tashnalik, 
ochlik)ga nisbatan moslanish hosil boʻlmaydi. 
Adaptatsiya organizmning meʼyoriy hayot faoliyatini saqlab turishini, atrof 
muhitning turli omillari: harorat va iqlimning oʻzgarishiga (q. 
Iqlimga moslashish
), 
balandlikka (q. 
Balandlik kasalligi
), koʻpgina infeksion agentlarga (q. 
Immunitet

moslanishini taʼminlaydi. 
Moslashish reaksiyasi moddalar almashinuvi jadalligining uzluksiz oʻzgarib 
turishiga asoslangan. Odam organizmining moslashuv reaksiyasi tez (spetsifik) va 
sekin (nospesfik), tugʻma (tur evolyutsiyasi jarayonida shakllangan) yoki 
orttirilgan (har bir organizm uchun oʻziga xos) reaksiyalarga boʻlinadi. Masalan, 
ogʻritadigan omil taʼsiriga javoban oyoq-qoʻlni tortib olish, jismoniy ish qilganda 
nafas olishning kuchayishi, qon oqimi va yurak faoliyatining tezlashishi hamda 
qonning qayta taqsimlanishi, qorongʻida koʻz yorugʻlik sezish layoqatining 
zoʻrayishi – bularning hammasi tugʻma tez adaptatsiya reaksiyalari hisoblanadi. 
Har bir kishining turli yashash sharoitlariga moslashish imkoniyati uning irsiyati, 
yoshi, sogʻligʻi va boshqa(lar)ga bogʻlik

Tirik organizmlarning tarixiy rivojlanishjarayonida tashqi muhitning 
o„zgarishlariga javoban organizmlarning ichki va tashqi tuzilishlarida kelib 
chiqadigan belgi va xususiyatlar yig„indisi hisoblanadi. Bizga ma‟lum bo„lgan 


barcha tirik organizmlar, ya‟ni bakteriyalar, zamburug„lar, o„simliklar va hay- 
vonlar yashash sharoitiga moslashgan. 
Suvda yashovchi baliqlar suvga, qushlar havoda uchib yurishga, shuningdek, 
cho„lda suvsizlikka bardosh berib o„sayotgan yantoq va saksovullar yashash 
sharoitlariga yaxshi moslashgan. 
Moslashish organizmning tashqi muhitda yashab qolishi yoki nobud bo„lishini 
muammo qilib qo„yadi. Har qanday tirik organizm yashashi uchun ushbu 
muammolarni hal etishi kerak bo„ladi. Moslashish cheksiz va to„xtovsizdir. 
Inson moslashish haqidagi yetarli bilimlarga ega bo„lsa, o„z hayoti uchun zarur 
bolgan muammolarni oson hal etadi. Olimlar o„simlik va hayvonlarni 
iqlimlashtirish yo„li bilan organizmlarni o„z maqsadlariga muvofiq o„zgartirish 
mumkin ekanligini isbotlab berganlar. Natijada hozirgi davrdagi xilma-xil o„simlik 
va hayvon turlari yangi sharoitga moslashgan va o„z nasliy tabiatini o„zgartirgan. 
Zahiriddin Muhammad Bobur Afg„oniston, Hindiston kabi mamlakatlarda 
bo„lganida, u joylarning tabiati va o„ziga xos xususiyatlarini jonajon Vatani 
Andijon bilan taqqoslaydi. U Hindistondan tustovuqlar, to„tiqushlar, bulbul kabi 
qushlar va boshqa hayvonlardan o„z Vataniga olib keladi. 
Aql-zakovatli inson hozirgi davrda, ya‟ni yangi sharoitda tabiat bilan 
uyg„unlashgan holda ish ko„rishi lozim. Aks holda sayyoramizda yashab qolishiga 
kafolat berish qiyin bo„lib qoladi. 
Salomatlik - tashqi muhitning doimo o„zgarib turadigan sharoitlariga, odamning 
doimo moslashish imkoniyatidir. Ortiqcha ovqatlanish, qattiq hayajon, og„ir ruhiy 
hissiyotlar inson organizmini yemiradi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling