Zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab


Download 196.65 Kb.
bet1/12
Sana17.06.2023
Hajmi196.65 Kb.
#1551324
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
FIZIKA 11-SINF 2023...






OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI




2022–2023-OʻQUV YILI UMUMIY OʻRTА TА’LIM MАKTАBLАRINING 11-SINF OʻQUVCHILАRI UCHUN FIZIKA FАNIDAN YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI OʻTKAZISH


BOʻYICHA METODIK TAVSIYA VA MАTЕRIАLLАR




TOSHKENT–2023





Imtihon materiallari Respublika ta’limi markazining ilmiy-metodik kengashida muhokamaga qo‘yilib, tavsiya qilindi (2023-yil 28-martdagi 1-son Ilmiy-metodik kengashning qarori). Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 11-sinf oʻquvchilari yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish boʻyicha metodik tavsiya va materiallarni tijoriy maqsadda kоʻpaytirib tarqatish taqiqlanadi.
Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari metodbirlashmalari bosqichli nazorat imtihoni materiallariga 15–20% gacha оʻzgartirishlar kiritishi mumkin.


Tuzuvchi:


A. B. Xudoyberdiyev – Respublika ta’lim markazi metodisti.

Taqrizchilar:


I. A. Raupov – Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 27-maktabning oliy toifali fizika fani o‘qituvchisi.
G. X. Rizayeva – Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinfini tugatgan o‘quvchilar fizika fanidan Davlat ta’lim standarti bo‘yicha ma’lum darajadagi kompetensiyalarga ega bo‘ladilar. O‘quvchilarning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash maqsadida 2022–2023-o‘quv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon og‘zaki so‘rov shaklida o‘tkaziladi.
Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-, 8-, 9-, 10-, 11- sinflari fizika fani dasturi mavzularini qamrab olgan. Shuningdek, tavsiyada nazariy savollar, amaliy va laboratoriya ishlari bo‘yicha baholash mezonlari keltirilgan.
Har bir o‘quvchi bittadan biletni tanlab oladi. Biletda o‘quvchiga 3 tadan savol beriladi. Savollarning 2 tasi nazariy, 1 tasi amaliy: laboratoriya mashg‘ulotiga oid bo‘ladi. Tayyorgarlik ko‘rish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi.
Fizika fanidan variativ reja bo‘yicha faoliyat yuritayotgan maktablar pedagogik kengash qarorlari bilan qo‘shimcha savollar va masalalar kiritishi zarur.
Har bir berilgan savolga javob 5 ballik tizim asosida baholanadi.
Baholar umumlashtirilib, o‘rtacha baho chiqariladi. Masalan: 5+4+3=12:3=4

Download 196.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling